Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ



Download 2,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/160
Sana18.07.2022
Hajmi2,82 Kb.
#823176
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   160
Bog'liq
3-1-2022

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
40
ishlarida aqli zaif o‘quvchilarni bog‘langan nutqini rivojlantirishda maxsus yondashuvlar 
zarurligini isbotlab bergan. Ona tili darslariga oid tajriba sinov ishlarini mazmunini ishlab 
chiqishda olimaning xulosalari va tavsiyalari metodologik asos bo`lib hizmat qildi.
D.A.Nurkeldieva ilmiy tadqiqot ishini olib borishda aqli zaiflikka qanchalik erta 
tashxis qo‘yilsa va erta nuqsonga pedagogik ta’sir ko‘rsatilsa, shunchalik bu bolaning 
ishtimoiylashuvi samarali bo‘lishini ta’kidlaydi. 
K.M.Mamedov aqli zaif bola bilan psixik rivojlanishi sustlashgan bolalarni farqlash va 
shu asosda ta’limiy yondashuvlarni tatbiq etish lozim deb ta’kidlagan. 
Imkoniyati cheklangan bolalarda uchraydigan yozuv jarayonidagi muammolarni 
bartaraf etishning metodik hamda pedagogik tomonlarini Z.Axmedova tomonidan tadqiq 
qilingan va amaliyotga ish turlari joriy etilgan. Biz aynan asoslovchi tadqiqot ishimizni 
metodik tomonini shakllantirishda Z.Axmedovaning tadqiqotlarida keltirilgan tavsiyalariga 
tayandik.
M.Yu. Ayupova fonetik fonematik nutqni tekshirish usullarini tadqiq qilgan. Uy ta’limiga 
jalb etilgan bolalarning fonetik fonematik idroki bir qator fanlarni o‘zlashtirishda o‘zining 
ta’sirini beradigan omil. Shuning uchun M.Yu. Ayupova tomonidan amaliyotga joriy etilgan 
tavsiyalar dars jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi samarali muloqotni eshitib 
farqlab, eshitganlarini takrorlash jarayonlarini tashkil etishda qo‘llanildi. 
Uy ta’limiga jalb etilgan bolalarning lug‘at boyligini o‘stirishda uchraydigan 
muammolar sabablarini aniqlashda L.R. Mo‘minovaning nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar 
bilan ishlashga oid korreksion pedagogik ish tizimidan foydalanildi. Chunki lug‘at boyligi 
qanchalik boy bo‘lsa, o‘quv predmetlarini egallash shunchalik oson bo‘ladi.
Aqli zaif bolalar matematik tasavvurlarini, ularda matematik tushunchalarni shakllantirish 
bilan bog‘liq o‘quv topshiriqlar sistemasini A.Sagatov ishlab chiqqan. Olimning “Yordamchi 
maktabda matematika o‘qitish uslubiyoti” nomli uslubiy qo‘llanmasida aqli zaif bolalarning 
matematik nutqi va tafakkurini rivojlantirishda beriladigan mavzularning ketma-ketligi 
muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatib o‘tilgan .
Aqli zaif bolalarga chet tilini o‘rgatish bo‘yicha R.Shomaxmudova ilmiy tadqiqotlar 
olib borgan bo‘lib, o‘zining ishlarida aqli zaif bolalarga rus tilini o‘rgatishda ko‘rgazmali 
va turli vaziyatli yondashuvlarning ustuvorligi, ularsiz ushbu jarayon bir qadam siljimasligi 
to‘g‘risida fikrlarini asoslab bergan.
Insonni inson sifatida shakllanishida ikkinchi signal sistemasi xisoblangan nutqning 
o‘rni beqiyosdir. X.M.Pulatova imkoniyati cheklangan va nutqi rivojlanmagan maktabgacha 
yoshdagi bolalar nutqiy faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqqan.
Nogiron bolalar bilan psixokorreksion ishlarning andozasi D.Y.Maxmudova tomonidan 
ishlab chiqilgan bo‘lib, andozada bolalarda ruhiy zo‘riqishning hamda depressiyaga 
tushishning oldini olish bilan bolalarni hayotga tayyorlashning samarali ish tizimi, uning 
shakllari, usul xamda vositalari ochib berilgan. 
Qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi olimlaridan M.B.Rizashova o‘zining “Serebral falaj 
bolalar bilan korreksion ish jarayonida defektologlar va ota-onalar hamkorligi” nomli ilmiy 
tadqiqot ishida maxsus va oiladagi ta’limda korreksion ishlar samaradorligining oshishida 
defektologlar va ota-onalar o‘zaro hamkorligining samarali shakllari tavsiflab berilgan. 
Jumladan, nogiron bolalar bilan olib boriluvchi korreksion ishlar oilalarda davom etishida 
ota-onalar mas’uliyatiga yеtakchi mezon sifatida qaraladi. Ayniqsa, nogiron farzandlari 
mavjud bo‘lgan oilalarni sog‘lom turmush tarzini bilishga, bolalarga savod o‘rgatishda 
narsa va xodisalarni o‘zining nomi bilan tushuntirish kabi tavsiyalari yaxlit ma’noda aqli 
zaif farzandi mavjud ota-onalar uchun to‘laqonli mos kelishi alohida ahamiyatlidir.
Rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan bolalar va ularning ota-onalari o‘rtasidagi o‘zaro 



Download 2,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish