Recept: 4 zuvala hamir uchun: 2 ta tuhum,800gr suv,ta`bga ko`ra tuz. 1kilo ot goshti,1 kilo mol goshti,zira. 600gr yog`.



Download 0,72 Mb.
bet4/4
Sana17.02.2017
Hajmi0,72 Mb.
#2764
1   2   3   4
    Bu sahifa navigatsiya:
  • TOGRI

Temir moddasi sizga nima uchun kerak? Temir moddasi qon ko'payishi uchun kerak. Agar qonda temir moddasi yetishmasa,kamqonlik kasalligi kelib chiqadi.

                                                                Yuqoriga qaytishhttp://www.ayel.edunet.uz/images/mn.gif

 

http://www.ayel.edunet.uz/images/bm.gif



                        Ibn Sino uyqu haqida

Uyqusi kelmaydigan kishiga sut iste'mol qilish yaxshi tadbirdir. Agar uyqudan avval yeyilgan ovqat hazm bo'lgandan keyin hammomga tushib, boshdan issiq suvni ko'p qiyulsa, shunday tadbir uhlash uchun yaxshi yordamchidir.

Och qorin bilan uxlash yomon va quvvatni susaytiradi. (Qorin) to'qligi bilan va ovqat qorinning yuqori qismiidan tushishidan ilgari uxlash ham yomondir. Chunki bu holatda (uyqu) chuqur uyqu bo'lmaydi, balki bezovta uyqudir.

Kunduzgi yuqu ham yomondir: u rutubatlardan bo'ladigan kasalliklarni va nazla kasalliklarini vujudga keltiradi, rangni buzadi, taloq kasalini paydo qiladi, asablarni bo'shashtiradi, kishini lanj qiladi, ishtahani pasaytiradi, shish va turli isitmalarga sabab bo'ladi.

Yuqudagi holatlardan eng yaxshisi o'ng tomonni bosib, keyin chap tomonga aylanib yotishdir. Qorinni bosib yotish hazmga yaxshi yordam beradi. Chunki bunday yotish tug'ma issiqlikni to'plab va (gavda ichiga) qamalib ko'paytiradi. Chalqancha yotish uxlashning yomon shakli bo'lib, (kishining) sakta, falaj va bosinqirash kabi yomon kasalliklarga tayyorlaydi.

TO'G'RI 

OVQATLANISH





     Asosiy ovqatlar: Non, guruch, kartoshka, don mahsulotlari, makaronlar  jo0

 

    Himoyalovchi ovqatlar:



mevalar: anor, qovun, qulupnoy, anjir, o'rik, olma, gilos, tarvuz

sabzavotlar: sabzi, ko'katlar, oshqovoq, pomidor, bulg'ori qalampiri,

 

 turp, rediska, bodring, baqlajon, qizilcha



 

      O'stiradigan ovqatlar:

·         Sut mahsulotlari: sut, qatiq, qaymoq, pishloq, suzma

·         Turli xil go'shtlar, mosh, oq va qizil loviya, no'xat, soya, tuxum

Quvvat beruvchi ovqatlar:

     yog', shakar, asal, sariyog'

   

 http://www.ayel.edunet.uz/images/cuisin1.jpg

 

 



 

Mustahkam uy qurish uchun  poydevor, devor, tom, pechka kerak. Sog'lom bo'lish uchun ovqatlanishda ham to'rt narsa katta ahamiyatga ega.

 

1. Asosiy ovqatlar mustahkam uy uchun zarur bo'lgan fundament kabidir. Odatda asosiy ovqatlar  arzon va vitaminlaru minerallarga boy bo'lgan yaxshi quvvat manbaidir. Bu asosiy ovqatlar tana uchun  kerakli  bo'lgan ko'pgina zarur narsalarni beradi, lekin salomatlikni saqlash  va tananing o'sishiga yordam berishi uchun (ayniqsa bolalarga) etarli emas.



2.Uyning devorlari "o'stiruvchi ovqatlarni" ifodalaydi. Bu ovqatlarsiz tana baquvvat va sog'lom bo'lib o'smaydi. (muskullar, suyaklar, a'zolar)  

3.Uyning tomi odamlarni turli ob-havodan himoya qiladi. "himoyalovchi ovqatlar" vitaminlarga boydir va ular xam bizning tanamizni kasal bo'lishdan himoya qiladi. Kasal bo'lgan paytimizda esa tanamizni sog'ayishi uchun zarur bo'lgan narsalar bilan ta'minlaydi.

4 Pechka  qishda uyimizni isitadi, lekin tom va devorlarsiz u befoyda. "Quvvat beruvchi ovqatlar" tanani ishlashi uchun quvvat bilan ta'minlaydi, lekin  "O'stiruvchi" va "Himoyalovchi" ovqatlar yetarlicha iste'mol qilinmasa u unchalik foydali emas.  


To’g’ri ovqatlanish ikki narsa tashkil qiladi: 

1) yetarli darajada ovqatlanish va 

2) oziq-ovqatning vitaminga boy turlarini iste'mol qilish kerak.  

 

 

 



Asosiy ovqatlar deganda non, guruch, makarondan tayyorlangan ovqatlarni tushunish kerak. Siz bu narsalarni yeganingizda qorningiz to'yadi. Lekin bu sizni mehnat qilishingiz, sog'lom yurishingiz,  agar homilador yoki emizikli bo'lsangiz bolangiz uchun yetarli emas. Siz har kuni ovqatingizga sut, qatiq, tuxum, go'sht (agar bularga pulingiz yetmasa, ko'katlar, mosh, loviya, no'xat) qo'shib pishirishingiz kerak. Agar siz bir xil turdagi ovqatlarni yesangiz bu sizning sog'ligingiz uchun yetarli bo'lmaydi; shuning uchun kaloriyali, vitamin va mineral tuzlarga boy bo'lgan turli xildagi ovqatlarni yeyishingiz kerak.  

To'g'ri ovqatlanmasa quyidagi ta'sirlar ko'rinadi:

· odatdagi oddiy kasalliklar va infeksiyalar ularda uzoqroq va og'irroq kechadi.  

· tananing kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyati (ayniqsa infeksiyalarga) susayadi.  

· aqliy va jismoniy rivojlanishiga yomon ta'sir qiladi.  

· kamqonlik kasalini keltirib chiqaradi.  

· agar ovqatda vitaminlar yetarli bo'lmaganda lab burchaklarida bichilish paydo bo'ladi.



 

                                                            Yuqoriga qaytishhttp://www.ayel.edunet.uz/images/mn.gif

http://www.ayel.edunet.uz/images/bm.gif

                    Agar boshingiz og'risa...ayel

Yong`oqning toza qobig`i xina bilan aralashtirilib, boshga surtilsa, og`riqni qoldiradi.
Oshqovoqni xomligida hidlang yoki suvini quloqqa tomizing.

Moychechak (romashka) gulini choy kabi damlab, ichib tursangiz miya va bosh og`rig`ini qoldiradi

Boshi og`rigan kishi boshiga atirgul yog`ini surkash kerak. Shunda u yaxshi davo bo`ladi.

Nahorda hech narsa yemasdan yantoq suvini boshga tomizsangiz va bir soatdan so`ng binafsha yog`idan burunga tomizilsa, bosh og`rig`idan qutulasiz.

4-5 misqol xina gulini 75 misqol asal va suv bilan ichsangiz, bosh og`rig`idan qutilasiz.

Boshingiz gangib og`rishi kamqonlikdan bo`lsa, u holda olma, behi, uzum, bodomni qand bilan istemol qilish , novvotli choy ichish dardni yengillashtiradi.




Odamlarga yoqish va ular e’tiborini qozonish qoidalari

Insonlarga yoqish                                                        Hurmatga sazovor bo'lish

Insonlar e'tiborini qozonish                                        Oilani baxtli qilsh

                                            Telefonda so'zlashish qoidasi



http://www.ayel.edunet.uz/images/bm.gif


                 Insonlarga yoqishning besh qoidasi:
1. Suhbatdoshingiz bilan chin dildan qiziqing!
2.Insonlarga ochiq chehra va nimtabassum bilan munosabatda bo’ling!
3.Unutmang, insonning ismi – u uchun eng yoqimli va eng muhim ohangdir!
4.Eng yaxshi tinglovchi bo’ling! Boshqalarga ko’proq o’zlari to’g’risida gapirishlariga imkoniyat bering!
5.Suhbatdoshingizni qiziqtiruvchi mavzular to’g’risida ko’proq gapiring!
 

http://www.ayel.edunet.uz/images/bm.gif



Insonlar e’tiboriga erishishning o’n ikki qoidasi:
1.Tortishuvlar paytida ma’naviy balandlikda bo’lishning yagona yo’li – bu tortishuvdan voz kechishdir!
2.Suhbatdoshingizning har qanday fikriga hurmat ko’rsating. Insonlarga hech qachon “nohaqsan” demang!
3.Agar siz nohaq bo’lsangiz, tez va keskin tan oling!
4.Suhbatni do’stona ohangda boshlang!
5.Suhbatdoshingizni har qanday masalada fikringizga “Ha, to’g’ri”, deb aytishga undang va erishing!
6.Suhbat davomida kamroq gapiring, uning ko’proq gapirishiga imkon yarating!
7.Mazmunli fikrlarni suhbatdoshingiz o’ziniki hisoblasin!
8.Har bir masalaga suhbatdoshingizning nuqtai nazari bilan qarang!
9.Boshqalarning fikri va xohishlariga ta’sirchan bo’ling!
10.Marhamatli inson ekanligingiz bilinib tursin!
11.Kinolarda va radiolardagi eng yoqimli harakatlarni o’zingizga singdiring va kinoradio qahramonlaridek harakat qiling!
12.Otashin, aniq, insonga ma’naviy quvvat beruvchi gaplarni gapiring!


http://www.ayel.edunet.uz/images/bm.gif

            

Insonlarni xafa qilmasdan ularga ta’sir ko’rsatish va hurmatiga  sazovor bo’lishning to’qqiz qoidasi:
1. Gapni suhbatdoshingizni maqtab va yaxshi tomonlarini tan olish bilan boshlang!
2. O’zgalarning xato-kamchiliklarini to’g’ridan-to’g’ri aytmang, boshqalar misolida gapiring!
3. Oldin o’zingizning xatolaringiz to’g’risida gapiring va shundan so’ng suhbatdoshingizni sekinlik bilan tanqid qiling!
4. Suhbatdoshingizga buyruq bermasdan, unga savol berish orqali ishni bajartiring!
5. Insonlarga o’z muvaffaqiyatlarini saqlab qolishlari va yanada amalgam oshirishlariga imkoniyat bering!
6. Har bir insonning eng kichik muvaffaqiyatlarigacha qo’llab gapiring!
7. Odamlar o’rtasida sog’lom, obro’li muhit yarating va natijada ular shu darajada qolishga harakat qilsinlar!
8. Shunday qilingki, inson yo’l qo’ygan xatoliklarini osonlik bilan to’g’rilashi mumkinligini va bu qiyin emasligini his etsin!
9. Shunga erishingki, insonlar sizning bergan taklif-mulohaza va ko’rsatmalaringizni bajarib, natijalaridan o’zlari zavqlansinlar!

http://www.ayel.edunet.uz/images/bm.gif

             Oilangizni yanada baxtli qilishning o’n qoidasi:
1. Hech qachon tortishmang!
2. O’z umr yo’ldoshingizni o’zgartirishga urinmang, balki unga moslashishga harakat qiling!
3. Bir-biringizni tanqid qilmang, yaxshilab o’ylab, so’ng gapiring!
4. Bir-biringizga doimo e’tiborli bo’ling!
5. Bir- biringizga chin dildan minnatdorchilik bildirib turing!
6. Doimo har bir masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashing!
7. Bir-biringizdan doimo yaxshi tomonlarni qidiring! 
8. Jahlingiz chiqqanda masala yechimini keyinga qoldiring va maqsadga erishish uchun to’g’ri yo’l tuting!
9. Oilaning or-nomusini hamma narsadan ustun qo’ying!
10. Oilaning jamiyat o’rtasidagi obro’-e’tibori uchun har bir oila a’zosi mas’uldir!

http://www.ayel.edunet.uz/images/bm.gif



                         

Telefonda so’zlashish odobi
Hayotimizga telegraf, radio, keyin telefon kirib keldi. Radiotelefon, peydjer, uyali aloqa telefoni… Inson hayotining turmush tarzi rivojlanib bormoqda.
Muhim telefon so’zlashuvlari qisqa, muloyim va hurmat yuzasidan bo’lishi kerak. Tadqiqotlarga ko’ra, tik turgan holda gaplashsangiz, ovozingizdagi ohang qat’iyroq bo’ladi. Agar o’tirgan holda gapirsangiz, ovozingiz yumshoqroq va muloyimroq chiqadi.
Telefonda gaplashishning bir nechta umumiy qoidalari bor. Raqam terishdan avval o’ylab ko’rishingiz kerak. Sizning qo’ng’irog’ingiz xush kelarmikan? Telefon qilayotgan kishingizni bezovta qilib qo’ymasmikansiz? Shu tobda siz qo’ng’iroq qilayotganingizda uni kimdir bezovta qilmayotganmikan?
Har qanday qo’ng’iroq salomlashish va tanishishdan boshlanadi, keyin gaplashishingiz kerak bo’lgan odamni chaqirib berishlarini iltimos qilasiz.
Suhbatni boshlashdan oldin, muhim ishdan qoldirmadimmi deb so’rang.
Yodda tuting, tanishingiz yoki dugonangiz bilan shoshilmasdan suhbat qurayotgan paytingiz, sizga muhim ish bilan qo’ng’iroq qilayotgan bo’lishlari mumkin. Telefon orqali bekorchi gaplarni gaplashmang. Agar do’stingiz bilan ko’ngildan suhbatlashmoqchi bo’lsangiz, u bilan biror joyda uchrashib gaplashganingiz ma’qul. Judayam kech bo’lib qolganda tanishingizga qo’ng’iroq qilmang. Agar 5-6 marta chaqirgandan keyin telefonni hech kim ko’tarmasa, boshqa qo’ng’iroq qilmang. Agar kimdir raqamni noto’g’ri terib sizga tushib qolsa, qo’pollik qilmay, mayinroq javob bering: “Kechirasiz, boshqa raqamga tushib qoldingiz”. Eslab qolish zarur bo’lgan shunday qoida bor: do’stingizning uyiga ogohlantirmasdan bormang. Bu telefonning afzalliklaridan biridir.
Hech qachon telefon qilayotgan insonga “Kim bu gapirayotgan?” deb so’ramang. Bu odobdan emas.
Telefonda gaplashayotgan vaqtda aloqa uzulib qolsa, o’sha odamga qayta qo’ng’iroq qiling. Noto’g’ri ulanib qolgan bo’lsa, gaplashishdan oldin qayerga qo’ng’iroq qilayotganligini aniqlab oling.
Go’shakdan baqirib gapirmang – bu eshitishni yaxshilamaydi; yaxshisi shoshmasdan, so’zlarni aniq ifodalab gapiring. Gaplashayotganda qo’pol ham, o’ta muloyim ham bo’lmang. Uchrashuvga kelishib olayotganingizda, telefonda hamma savollarga javob bermang. Kimnidir telefonga chaqirib berishlarini so’rashsa, “Kim so’rayapti?” deb qiziqmang. Lekin rahbaringiz so’rasa, qanday joy bilan ulanayotganingiz, kim gapirayotgani, qayerdan v anima maqsadda qanday tanishtirish kerakligi haqida bilib olishingiz kerak.
Go’shakni ko’tarib qo’ymang. Yana qo’ng’iroq qilishlari mumkin. Yaxshisi, “20-30 daqiqadan keyin qo’ng’iroq qiling”, deb ayting. Sherigingizga qo’ng’iroq qilishga kelishgan bo’lsangiz, va’dangizni bajaring. O’ta zarur ishingiz bo’lmasa, ishdagi odamga shaxsiy ishlar bilan qo’ng’iroq qilmang. Ish yuzasidan bo’lsa, bir necha daqiqaga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.
Ogohlantirmasdan turib, ertalab soat 8.00 gacha, kechqurun soat 22.00 dan keyin qo’ng’iroq qilmang. Telefoningiz oldida qayd daftarchasi va qalam turishi kerak. Nimanidir yozib olish zaruriyati tug’ilsa, bu narsalarni qidirib qolmasligingiz zarur.
O’ta muloyimlik ham odobdan emas. Shakarningham ozi yaxshi. Albatta, “marhamat qilib”, “rahmat” so’zlarini ishlatasiz, biroq uzoq so’rashib, boshni qotirmaganingiz ma’qul.
Telefonsiz insonga tez yordam ko’rsatib bo’lmaydi. Bunda bo’lib o’tgan voqeani aniq va lo’nda ifoda etish zarur. Ortiqcha gaplar bilan vaqt yo’qotmagan ma’qul. Agar favqulodda hodisa bo’lgan vaqtda qo’lingizda telefon bo’lsa, yordam chaqirish uchun berish zarur. Qarindoshlaringiz, do’stlaringiz, tanishlaringizning boshiga biror ish tushsa, telefon orqali so’rash to’g’ri kelmaydi, bunday vaqtda ularning oldiga qanday yordam kerak, deb ko’ngil so’rab borish zarur.
Odatda, ishga doir qo’ng’iroqlar ishxonaga qilinadi. Agar vaziyat taqozosi bilan kimningdir uyiga telefon qilishga to’g’ri kelsa, avvalo uzr so’rash, shundan so’nggina qo’ng’iroqdan maqsadingizni qisqa bayon qilish lozim. Tafsilotlarni uchrashganda yoki ishxonaga qo’ng’iroq qilganda gaplashishga kelishib oling. Chunki odamlar uyda ish haqida o’ylamay, dam olish huquqiga egalar. Bu huquqni hurmat qilish kerak.
Agar notanish odamga qo’ng’iroq qilayotgan bo’lsangiz, albatta o’zingizni tanishtirib, bu raqamni sizga kim berganini ayting.
G’arbda telefon orqali har qanday suhbat 3-5 daqiqadan ortiq davom etmasligi kerak, deb hisoblashadi. Bunga, hech bo’lmaganda, ish yuzasidan bo’layotgan suhbat jarayonida amal qiling.
Qoida bo’yicha, qo’ng’iroqni qabul qilayotgan shaxs birinchi bo’lib tanitmaslik huquqiga ega. “Kim bilan gaplashayapman?”, “Bu kim?”, “Men qayerga tushdim?” kabi so’roqlar bilan gap boshlash odobsizlik sanaladi. Agar qo’ng’iroqqa chaqirilgan kishi joyida bo’lmasa, go’shakni olgan odam kim telefon qilganini aniqlashtirib o’tirmasligi kerak. “Kim so’rayapti?”dan ko’ra “Nima deb qo’yay?” degan so’roq yaxshiroq.
Telefonda so’zlashayotganda tinglash qobiliyati juda muhim. Buni esdan chiqarmang.
Ko’chada, odamlar orasida ba’zida mobil telefon orqali baqirib gaplashayotgan kishini uchratamiz. Yoki tramvay, avtobusda ketayotganimizda mobil telefonida gaplashayotgan odamning ovozini hamma eshitadi. Aytishlaricha, Yaponiyada avtobusda ketayotgan biro dam mobil telefonda baqirib gaplashgani uchun atrofidagi yo’lovchilar uni do’pposlashgan ekan. Bu kabi muammolarga biz duch kelmaymiz, deb bo’lmaydi. Nachora, ehtiyojlarning o’zi qonun-qoidalarni paydo qiladi. Jamoat joylarida mobil telefoningizga qo’ng’iroq qilib qolishsa agar zarur bo’lmasa, yaxshisi, “Hozir transportda yoki biror joyda edim, sal turib o’zim qo’ng’iroq qilaman”, deganingiz ma’qulroq. Zero, telefonda so’zlashuv ham sizning nazokatingizni belgilab beradi.
 

Sahifani Foteh XIDIR va

Aziza PRIMOVA tayorladi.
Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish