Real iqtisodiyot


Anderrayting va maslahat xizmatlari



Download 65,41 Kb.
bet16/18
Sana30.09.2022
Hajmi65,41 Kb.
#850978
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
ik-k-118 Shexoz Hisobot

Anderrayting va maslahat xizmatlari
Agro banki sifatida o‘z mijozlariga qimmatli qog‘ozlar emissiyalari anderraytingi bO‘yicha xizmatlarni taklif qiladi. Bozorda invesorlar orasida qimmatli qog‘ozlar joylashtirilishi respublika korxonalari uchun moliyaviy resurslarni jalb etishning samarali usuli hisoblanadi. Keyingi yillarda korporativ obligatsiyalar chiqarish yo’li bilan respublika korxonalarining ehtiyojlarini moliyalash keng ommalashdi.
Korporativ obligatsiyalar, bu – emitent obligatsiyalar so‘ndirilgan kuni investorga nominal summani, shuningdek foizlarni to‘lash majburiyatini olganligini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozlar.
Korxonalarning korporativ obligatsiyalar chiqarishga qiziqishi ortayotganligini an’anaviy qarz vositalariga nisbatan bunday obligatsiyalarning afzalliklari mavjudligi bilan izohlanadi. Bular, xususan:

  • bozorda qarz resurslarini jalb etish hamda benuqson qarz oluvchi sifatida obro‘ orttirish imkoniyati – kompaniya olib boradigan, jumladan xalqaro bozorlarda qarz mablag‘larini jalb etish itsiqbollari yo’nalishida yuritadigan marketing srategiyasining bir qismi;

  • qarz mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini kreditorlar nazorat qilmasligi;

  • qarz majburiyatlarining tarkibi diversifikatsiyalanishi va tijorat banklariga qaramlik kamayishi;

  • ichki bozorda o‘z obligatsiyalarini sotish-sotib olish operatsiyalarini bajarish yo’li bilan qarz hajmini boshqarish imkoniyati va boshqalar.

Ushbu vosita investorlarga ham katta imkoniyatlar beradi.
Xususan:

  • obligatsiyalar bo‘yicha foiz savkasi tijorat banklarining depozitlaridagi foiz stavkasidan yuqori;

  • obligatsiyalar bo‘yicha foizli daromad imtiyozli stavka bo‘yicha foyda solig‘iga tortiladi – 15%.

Anderrayting jarayonida Agrobank obligatsiyalar chiqarish maqsadga qanchalik muvofiqligini aniqlash yuzasidan konsalting xizmatlarini taqdim etadi, shuningdek obligatsiyalar chiqarilishi va fond bozorida invesorlar orasida kafolatli joylashtirilishini ta’minlaydi.
Anderrayting xizmatlari bozorida Agrobank yuritayotgan siyosat o‘z konservativligi hamda barcha ishtirokchi tomonlarga oid xatarlar real baholanishi bilan ajralib turadi.
Agrobank anderrayter sifatida:

  • obligatsiyalar chiqarilayotganda mijozlarga barcha turdagi xizmatlarni taqdim etishga tayyor. Bular dastlabki mablaharlar berish, emissiyani davlat ro‘yxatga olish organida ro‘yxatdan o‘tkazish borasida ko‘maklashish, obligatsiyalarni invesorlar orasida joylashtirish va to‘lov funksiyalarini amalga oshirish kabi xizmatlarni o‘z ichiga oladi;

  • katta sarmoyaga ega. Bu esa unga bozorda marketmeyker vazifasini bajarish imkoniyatini beradi. Bunda emitentning kredit qobiliyati xatari potensial invesorlar tomonidan Agrobankning to‘lovga layoqatsizligi xatari bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi;

  • mijozlar obligatsiyalarining emissiyalarini ko‘rib chiqish va tayyorlash jarayonida emitent va invesorlarga oid xatarlarni sinchiklab tahlil qiladi hamda bu xatarlarni boshqarish choralarini belgilaydi. Bunday qilinishi esa bozor ishtirokchilarini maksimal darajada xatardan holi qilish imkonini beradi;

  • moliyalashning boshqa vositalarini ham taklif etishga va ularni korxonaning ehtiyojlariga qarab qo‘llanishga tayyor.

Bank anderrayting xizmatlaridan tashqari, mijozlarga resrukturizatsiyalash va xususiylashtirish masalalari bo‘yicha ham maslahat xizmatlarini taklif etadi. Bunday xizmatlar ko‘rsatilayotganda Agrobank xorijiy sherik banklar keng tarmog‘iga egaligi uning afzalligidir. Zero, bu holat bankka ilg‘or nou-xau va potensial invesorlarni O‘zbekison bozoriga jalb etish imkonini beradi.


Download 65,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish