Rayimov Begali Urolovichning «Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning o’yin kompetentsiyasini rivojlantirish» mavzusidagi Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi



Download 170 Kb.
bet8/12
Sana06.09.2021
Hajmi170 Kb.
#166087
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Ўйин компетенцияси

O’yin kompetentsiyasi – bolaning o’yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko’nikmalardan ijodiy foydalanishi shakllantiradi. O’quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi. Ya’ni, -turli predmetlardan kompozitsiyalar yaratadi; -individual va jamoada qo’shiq ayta oladi; -raqsda harakatlariga jilo bergan xolda shaxsiy namuna yaratishi mumkin; -musiqiy asboblarda yakkaxon yoki orkestrda jo’r bo’lib chalishi mumkin; -g’oya yaratadi va tatbiq etadi; -maqsadga erishishda o’rindosh sifatida turli predmetlar qo’llaydi; -turli spektakllarda rol ijro etib ishtirok etadi; -olamni o’zgartirishda insonning yaratuvchi rolini anglaydi; -buyumlarni ikkilamchi qo’llashda g’oyalar taklif etishi mumkin.

MAKTABGAChA YoShDAGI BOLALARNI TURLI O’YINLAR ORQALI INDIVIDUALLAShTIRISh



Andijon viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi pedagog kadrlarmalakasini oshirish va pedagogika kollejlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi boshlig’i G.Usmonova Izboskan tumani 8- MTT mudirasi K.Usmonova Maktabgacha yoshdagi bolalarga mo’ljallangan dasturlarning asosini o’yin-mashg’ulotlar tashkil etadi. Negaki, izlanishlar shuni ko’rsatdiki, o’yinlar kichik bolalar hayotining ajralmas muhim qismi hisoblanadi, ular o’ynab-o’rganishadi. O’yin va rivojlanish bir-birining qo’lidan etaklaydi, shuning uchun bolalar o’sadigan sharoit ularning erkin o’ynashlari uchun imkoniyatlarga boy bo’lishi kerak. O’yinlarning shakllari turlichadir: buyumlar bilan yakka holda o’ynash, boshqa bolalar bilan uyushgan holda o’ynash, rekvizit bilan va boshqa bolalar bilan faol va murakkab sahna o’yinlari, tizimli o’yinlar, gurux bo’lib o’ynash (katta yoshdagi bolalar uchun). Ekspertlarning fikricha, o’yin bolalarning bilish va harakatlanish ko’nikmalarining o’sishi, shuningdek, atrofimizni o’rab turgan kishilar olami va unda o’zining o’rnini bilish uchun ham zarur. Bolalarning ijtimoiy ko’nikmalari o’z tengdoshlari bilan o’zaro ta’sir paytida rivojlanadi, bunda ular qoida nima, bu qoidalar qanday ishlab chiqiladi va haqiqat, adolat nima ekanligi to’g’risida bilib oladilar. Ular hamkorlik qilishi va bir-birlari bilan o’rtoqlashishni o’rganadilar. Vazifalar, toshpiriqlar qo’yish va ularni muvaffaqiyatli hal etish, boshqa bolalar bilan birgalikda harakat qilish va shaxsiy, jismoniy, aqliy va ijtimoiy muammolarni hal qilish chog’ida ularning o’zini xolis o’zi baholay olish ko’nikmasi shakllanadi. Bolalar o’yinini rag’batlantirgan holda, ular uchun bino ichida ham, ko’chada ham o’yin uchun turli tuman imkoniyatlarni yaratish zarur. Bolalar joylashgan makonning barcha qismlari faollik markazlari ko’rinishida tashkil etilgan. Ularda bolalar o’ynaydilar, ya’ni o’z fikrlari, o’yxayollari asosida erkin harakat qiladilar, bu joylar bolalarning tashabbuslari, ijod va tasavvurlarini sinab ko’rish uchun o’sha xos sinov maydonchasi rolini o’taydi. Markazlarni tuzish tegishli bino va unda ma’lum bir shartsharoitni tashkil etishni talab qilsa-da, bu bolalar o’yiniga cheklov qo’yish yoki ularda belgilanganiga ko’ra faqatgina bir yo’nalishda mashg’ulot o’tkaziladi, degani emas. Misol uchun, san’at markazida tayyorlangan qo’g’irchoqdan qurilish markazida foydalanish mumkin. Chunki bu erda teatr saxnasi bunyod etildi, sahnalashtirish markazi orqali ushbu qo’g’irchoq sahnaga olib chiqilishi mumkin. Materiallardan noziklik 36 bilan foydalanilsa, bu bilan o’quv dasturini bolalarning o’zlari qiziqishlari asosida shakllantirishlari uchun yo’l ochib bergan bo’lamiz. Kun tartibi bolalarga ularning o’zlari qiziqan faollik markazlarini ongli tanlash imkonini beradi. Dastlab bunchalik ko’p o’yinchoqlar va materiallarni birdaniga ko’rish imkoniyatiga ega bo’lmagan bolalar tez-tez markazdan markazga ko’chib yurishlari mumkin. Vaqti kelganda ular o’zlarini qiziqtirgan topshiriqlar va markazlarda jamlanadilar. Bola o’z o’yinini o’zi boshqarishi lozim: shuningdek u ma’lum bir markazdan boshqasiga o’tib yurish imkoniyatiga ham egadir. Kattalar bolalar qiziqishlarini kuzatib borib, bolaning xissiy va kognitiv o’sishi uchun zarur bo’lgan aynan shu o’yinni rivojlantirishga imkon yaratadi. Bolalar ruhshunoslari tarbiyachi va ota-onalarga vaqtlarini bolalar bilan o’ynab o’tkazishlarini maslahat beradi. Uyin chog’ida tarbiyachilar va ota-onalar bolalarga o’yinni «olib borish» va yo’naltirish imkonini bergan holda o’zlari sezmagan holda ular bilan o’zaro tajriba almashishga kirishib ketadilar. Markazlarda saqlanadigan materiallar (narsalar) bolalarning faolligini rag’batlantiradi, barcha sezish organlaridan foydalanishga ularni majbur etadi. Bolalar tajriba o’tkazgan, izlangan va o’zlari uchun yangilik ochgan xolda o’zlarining «gipotezalarini» tekshiradilar va o’z individual qobiliyatlari asosida bilimlarni egallaydilar. Xuddi ana shu tarzda bolalar muammolarni qo’yish, ularni hal etish, tanqidiy fikrlash, tanlash va tungunchalarni yuzaga keltirishga o’rganadilar. Guruhda hukmron bo’lgan doimiy ravishdagi ishchan muhitda bolalar ichki sabab vositasida bir-birlariga o’zaro ta’sir qiladi, o’z tengdoshlari va kattalar bilan muloqotda bo’lish, o’rtoqlashish jarayonida ijtimoiy ko’nikmalarni o’zlashtirib boradi. Bundan tashqari, o’yin davomida bolalar umumiy va nozik harakatlar (motorika)ni amalga oshirish asnosida ularni o’zlashtirib, muvofiqligini ta’minlashni rivojlantiradilar. Bu jarayonda tarbiyachining roli yordamchi sifatida namoyon bo’ladi. U kerakli onda o’ylashga majbur etadigan ochiq savol berish orqali o’yinni murakkablashtirishga tayyor bo’lishi kerak. U qachon qo’shimcha axborot berishi, bola tushunmagan narsani tushuntirib berishni, yangi materiallarni qo’shimcha qilishni, agar imkoniyat bo’lsa, sayohat va sayr qilish kabi qo’shimcha bilib olishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etishni bilishi zarur. Chunki bu tadbirlar fikrlash va bilimni yanada boyitish, rag’batlantirishga xizmat qiladi. O’yinni namoyish etuvchi tarbiyachilar o’yinning o’rni bo’lgan vaziyatning butun ahamiyatini baholay olishlari kerak. 37 Har bir bolaga alohida yondashish. Tarbiyachilar bolalarning maqsadga qanday erishishni, boshqalar to’g’risida g’amxo’rlik qila olish va o’z olamlariga ta’sir ko’rsatishga qobil bo’lgan, faol, harakatchan insonlar bo’lib etishishlari uchun zamin yaratadilar. Shu bilan birga tarbiyachilarni bolalikning ilk davri o’zo’zicha qanday o’tishi tashvishlantiradi. Bunday yo’l tutishda o’yinlar alohida rol o’ynashi va o’rganish jarayonini individual tarzda tashkil etish muximligini tan olish lozim. Individuallashtirish har bir bolaning muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini kafolatlaydigan rivojlanish darajasini hisobga olish va faoliyat turlarini mos ravishda rejalashtirish hisobiga qo’lga kiritiladi. Buning uchun bolaning sog’ligi, jismoniy va hissiy rivojlanish darajasi, shuningdek, kongnitiv o’sishi to’g’risida har tomonlama axborot talab etiladi. Tarbiyachining ishi qarorlar qabul qilishdan iborat bo’lib, bu davrda u bolani kuzatadi, bola o’sishning ahamiyatli sohalarida qaysi bosqichda turganligini aniqlaydi va shu asosda u yoki bu ta’sir etish yo’llarini belgilaydi. Ta’limni individuallashtirish nima uchun muhim? Individuallashtirish bilimlarni egallash jarayoni asosida bolada yoshiga xos xususiyatlar, qobiliyat, qiziqish va ehtiyojlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Bunda bolalar chuqur bilimga ega bo’ladi va o’zini o’zi hurmat qilishga o’rganadi. Ularda yanada qiyinroq vazifalarga qo’l urishga jur’at qila olish hissi paydo bo’ladi. Bolaga mo’ljallangan muhit ta’limni individuallashtirishga imkon beradi. Guruh xonasidagi jihozlar, materiallar va narsalarning joylashishi har bir bolaning o’sishi va kamol topishi uchun xizmat qiladi, berilgan topshiriqlar ham har bir bolaning bajara olish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan. Bolalarning o’zlari tegishli faollik markazini yoki o’n ikki emas, balki besh bo’lakdan yig’iladigan rasmni tanlash orqali individuallashtirishni amalga oshira boshlaydilar. Individuallashtirishda tarbiyachi shunday faoliyat turlarini o’ylab topadiki, unda barchaga birdek ko’rsatma berilsa-da, biroq har bir bola undan kelib chiqqan holda o’zi mustaqil ravishda muvaffaqiyatga erishishiga imkon beriladi. Individuallashtirish darajasini optimallashtirish mumkin. Epchillik va topqirlik talab etiladigan faoliyat turini tanlagan va bolalarni diqqat bilan kuzatgan holda tarbiyachi zaruriyat tug’ilib qolsa topshiriq va materiallarni o’zgartirishi yoki moslashtirishi mumkin. Guruh ishlarini individuallashtirish darajasini oshirish maqsadida, kichik guruhlarda o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Guruh mashg’ulotlari jadvali har bir bolaning ehtiyojini faol ijod davrida ham, dam olish paytida ham 38 hisobga olgan holda tuzilishi zarur. Individuallashtirish mazkur dasturning muhim qismi hisoblanadi. Negaki, tarbiyachi har bir bolaga qanchalik individual yondashsa, uning ishi shunchalik samarali bo’ladi. Faollik markazlari bolalarga o’zlarining shaxsiy ko’nikmalari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda o’quv tarbiya jarayonini mustaqil individuallashtirish imkoniyatini beradi. Masalan, san’at markazida bir bola qog’oz qirqadi, boshqa bola esa shu qog’ozdan qaychi bilan o’zi o’ylagan shaklchani kesib oladi. Stol ustida o’ynaladigan o’yinlar markazida bir bola to’rtta yog’och kubikdan shakl yasaydi, boshqa birovi esa yigirma besh bo’lakli karton qog’ozli tasvirni tuzishni ma’qul ko’radi. Tarbiyachi jarayonda bolalarni kuzatadi va ularning rivojlanishiga daxldor fikrlarni yozib boradi. Ancha vaqtdan so’ng u bolalarga vazifani murakkablashtiruvchi materiallarni taklif etadi yoki vaziyatga qarab ana shu vazifalarni bajarishda bolaga to’g’ridan to’g’ri yordam beradi. Bunday yo’l tutish tufayli bola yaxshi sur’atda o’sib-ulg’ayishi mumkin. Bolaning individual qiziqishi va o’sish darajasiga mos keluvchi materiallarga boy hamda tajriba to’plash imkoniyati mavjud bo’lgan muhitdir. Tarbiyachilar dasturda bolalarning yordamchilari rolini o’ynaydilar, mashg’ulotlar olib boriladigan joyda imkoniyatlar kengligini ta’min etadilar va har bir bola individual rivojlanishi darajasini hisobga olgan holda faoliyat turlarini rejalashtiradilar. Kun tartibi turli mashg’ulot turlarini o’zida qamrab olishi lozim: kichik guruhlarda birgalikda va tarbiyachi rahbarligida yakka holda (individual) yoki mustaqil (ular tomonidan tanlagan mashg’ulotlarga vaqt ajratish kerak, chunki bolalar ongli tanlab olishni o’rganadilar, o’z qiziqish va qobiliyatlarini amalga oshiradilar). Bolalarning o’z tanlovlarini amalga oshirishi, muammolarni hal etishi, atrofdagi kishilar bilan birgalikda harakat qilishi, indivdual maqsad qo’yishi va unga erishishni bilishlari «Bolaga yo’naltirilgan ta’lim» dasturidan ko’zlangan asosiy maqsadlar sirasiga kiradi. Mashg’ulotdan mashg’ulotga o’tish Bir mashg’ulotdan boshqasiga o’tish ko’p hollarda bolalar va tarbiyachilar uchun muammoga aylanadi. Shunday ham bo’ladiki, tarbiyachilar bolalarning bir mashg’ulotni tugallab ikkinchisiga o’tishlari uchun juda oz vaqt qoldirib, ularni shoshirib qo’yadilar. Agar mashg’ulotlar jadvali bolalar o’zlari uchun qulay ritmda ishlay oladigan darajada moslashuvchan qilib tuzilsa, mashg’ulotdan mashg’ulotga o’tish muammosini bartaraf qilish mumkin. Hatto kun uchun tuzilgan aniq-ravshan jadval mavjud 39 bo’lganda ham tarbiyachilar bolalarning oldingi ishni tamomlay olishlari va keyingi mashg’ulotga o’tishlari uchun etarli vaqt ajratishlari lozim. Tarbiyachilar bolalarning ishlariga nisbatan hurmat bilan qarashlarini namoyish etishlari va ularga mashg’ulotlarni tanlash variantlarini berishlari zarur. Quyida mashg’ulotdan-mashg’ulotga o’tishni uyg’un tashkil etish yuzasidan ko’riladigan choralardan namunalar keltiriladi: Mashg’ulotdan mashg’ulotga o’tish haqida bolalarni oldindan ogoxlantiring: «Bu musiqa tugagandan so’ng, biz tushlikka tayyorlana boshlaymiz» yoki (katta yoshli bolalar uchun) “Tushlikkacha o’n minut qoldi”, so’ngra — “Besh minut qoldi...” va xokazo.
O’YIN FAOLIYaTINING BOLA HAYoTIDA TUTGAN O’RNI.

Andijon davlat universiteti dotsenti.F. Kiyikboev katta o’qituvchisi A.Isroilov



Bolalar o’yinlari xalq pedagogikasining asosiy vositasidan biri bo’lib, asrlar davomida rivojlanib, yangilanib boradi. O’yin faoliyati bola hayotida, uning jismoniy, ruhiy, aqliy va kamolatga etishida muhim vositalardan biri hisoblanadi. O’yin orqali bolalar tafakkur, tasavvur, xotira, diqqati kabi barcha psixik jarayonlari rivojlanadi va atrof-muhit haqidagi bilimi va malaka kunikmalari yanada kengayib boradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o’yin faoliyatidan to’g’ri va unumli foydalanish hamda har-bir o’tkaziladigan mashg’ulotlar va tadbirlaro’yin faoliyatining samaradorligini oshirib boradi. Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida o’yin faoliyati turli xil shaklda voqeaband-ijroli, harakatli, ta’limiy, musiqiy kabi yo’nalishda olib boriladi. O’yin bolalar uchun qiziqarli va samarali bo’lishi uchun tarbiyachi o’yin qoidasi va mazmuni bilan yaqindan tanish bo’lishihamda bevosita faol ishtirokchiga aylanishi kerak. O’yin mashg’ulotlarida voqeaband-ijroli o’yinlar orqali bolalar tafakkuri kengayadi va qiziqishlari rivojlanadi. Shuningdek obrazli o’yinlar orqali bolalarda ularni qurshab turgan kishilarning kundalik hayoti, o’zaro munosabatlari, turmush tarzini kechirish yo’sinlari bilan tanishib boradi. Bolalar hamisha kattalarga taqlid qilishadi, qo’g’irchog’ini erkalayotgan qizcha onasining so’zini takrorlaydi, qo’g’irchog’ini beshikka belab alla aytadi,mana shu birgina o’yin orqali unda oila sharoitidagi ko’nikmalar hosil bo’layotganligini kuzatishimiz mumkin. Bundan tashqari “Shifokor” , “Sartaroshxona”, “Do’konda”, “Quruvchilar”, “Tikuvchilar”, “Bog’cha”, “Maktab-maktab” kabi o’yinlar vositasi orqali maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar qalbida kasbga qiziqish, faollik, o’zgalarni mehnatiga hurmat, ahil, inoqlilik, shirin suhanlik kabi xislarlari o’stirib boriladi. Bolalar yoshiga mos ertaklardan, “Sholg’om”, “Bo’g’irsoq”, “Zumrat va Qimmat”, “Ikki echki” kabilarni sahnalashtirish, qo’shiqlarni, she’rlarini, yod oldirish bilan bola xotirasi rivojlanadi. Shuningdek bolalarda fikrni to’plash qobilyati, so’z boyligi, nutq faoliyati, estetik madaniyati, ijrochilik mahorati,o’ziga bo’lgan ishonch kabi qobilyatlarini tarkib topishiga yordam beradi. Harakatli o’yinlar bolalardan epchillikni, chaqqonlikni, diqqatni bir joyga jamlashni, sezgirlikni talab qiladi. Xalq o’yinlaridan “Ismingni eslab qol ”, “Ko’z bog’logich ”, “Oq terakmi ko’k terak” “G’ozlar” , “Qushim boshi”, “To’p-tosh ”, “Jami” kabi o’yinlari orqali bolalarda harakat faoliyati rivojlanib,jismoniy quvvati oshirilib, o’zligiga 79 ishonch ruxi o’stirib boriladi. Shu bilan bir qatorda turli o’yinchoqlar bilan o’ynash to’p, arqoncha, ot, arava, veloseped kabi predmetlar bilan o’ynaladigan xarakatlar orqali ularning qalbida musobaqalashish xislari uyg’onib boradi. Ayniqsa kapto’k o’yinlari bolalarning barcha tana harakatlarini rivojlanishiga katta yordam beradi, buning uchun kapto’k o’ynashga qulay sharoit yaratib berish kerak bo’ladi. Bolalarni sport bilan shug’ullantirish avvalo oilada va maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi xonalarida emaklash, sirpanish, tirmashib chiqish, arqon tagidan o’tish mashqlarini o’rgatish va shunga doir quyidagi: “Ona tovuq va jo’jalar”, “Arqonga tegmay o’tchi”, “Olishish”, “Tortishmachoq” kabi o’yinlarni bolalarga o’rgatish orqali diqqatni jamlash kabi xususiyatlar rivojlanib boradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’limiy o’yinlar orqali bolada mustaqillik, faollik, ijodkorlik va masalaga ongli yondashish malakasi o’stirib boriladi. Ta’limiy o’yinlar ko’rgazmalilik, oddiydan murakabga o’tish usullari orqali tarbiyachi tomonidan faollashtiriladi va mustaqil xarakat qilish qobilyati shakillantirib boriladi. Ta’limiy o’yindan to’g’ri foydalanilsa bolaning tafakkuri,nutqi, xotirasi va aqliy tarbiyasiga asos solinadi. Ta’limiy o’yinlar orqali bolalarning eshitish, ko’rish, sezish a’zolari rivojlanib, turli narsani yasashda ishlatiladigan materiallarni bir-biriga taqqoslashni va guruxlarga ajratishni o’rganadilar. Ta’limiy o’yinlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarning kichik guruxlarida quydagi mavzularda o’tkaziladi. O’yinchoqlar bilan o’ynaladigan o’yinlar: “Ayiqlarga nima kerak”, “Jajji oyoqchalarimiz”, “Zumrat uchun ko’ylaklar” va boshqalar. Stol ustiga qo’yib o’ynaladigan o’yinlar: “Nima qaerda yuradi”, “Men aytgan narsani kursat”, “Kimni qo’lida nima bor” va boshqalar. Og’zaki usuldagi ta’limiy o’yinlar: “Qo’g’irchoq Lolaxoni cho’miltiramiz ”, “Qo’g’irchoq Lolaxon mexmonga keldi”, “Ajoyib xaltacha”, “Shaklini top”. “Rangini top ” kabi o’yinlar kiradi. Eshitish va ko’rish a’zolarini faollashtirish uchun: “Xilini top”, “Qaysi daraxtning mevasi”, “Nimani pati”. “Mevasini top”. “Onasini top”, “Mevalar va barglar”, “Damino”. “Yovvoyi va uy xayvonlari”, “Ishlash uchun nima zarur”. “Bu uychada qanday xayvon yashaydi”, “Bu kim yoki nima?” singari o’yinlardan foydalanish maqsadga muofiq bo’ladi. Bu o’yinlar orqali bolalarda meva va sabzavotlar, xayvon va parandalar, yil fasillari, kiyim-kechak va boshqalar, kabi tasavurlar 80 boyitilib, kengaytirilib, kurish va eshitish, esta saqlab qolish xususiyatlari rivojlantirilib boriladi. Katta guruxlarda o’ynaladigan ta’limiy o’yinlar quydagilardan iborat bo’lib, “Ayting biz topamiz”, “Topgan topog’on”, “Oshqovoq pishti”, “Loy o’yini”, “Bog’bonlar” kabi o’yinlar orqali bolalarda mehnatga muxabbat ruxi tarbiyalanib boradi. Bolalar qalbida musiqaga bo’lgan muxabbat hissini oshirishda musiqiy –ta’lim o’yinlarning roli beqiyosdir. Tarbiyachi bolalarga turli hil musiqa asboblarini ko’rsatib, chalib berish orqali, cholg’u asboblarining ovozi va tuzilishi turlari bilan tanishtirib boradi. “Ovozidan top ”, “Nimada chalyapman”, “Qo’ng’iroq qanday jaranglayapti ”,kabi o’yinlar orqali tarbiyachi bolalarga ovoz va cholg’u asboblarining tovush hususiyatlarini farqlashga o’rgatadi. Maskur mavzulardagi “Tapur –tupur qayrog’och”, “Tomga tosh otdim” “O’ynab ber”, “Mushtum va kaftchalar ”, “Yomg’ir ” kabi milliy o’yinlar orqali bolalarni musiqa ritmiga mos harakat, o’yinli qo’shiqni ijro etish, qarsaklar va mimik xarakatlarini to’g’ri bajarishga o’rgatib boriladi. -G’ozlar ,bir so’z deysizmi? -G’a-g’a-g’a! -Totli suli eysizmi ? -Xa,ha-ha -Nega patni silaysiz? -G’oq,g’oq-g’oq. -Mendan nima tilaysiz? -Boq, boq-boq Bu xildagi she’rlar mazmuni orqali kichkintoylar mustaqil fikirlashga, xayotiy tassurotlardan xulosa chiqarishga o’rganib boradi. Xulosa qilib aytganda milliy o’yinlar kichkintoylar hayotida tutgan o’rni beqiyosdir.

MAKTABGAChA YoSh DAVRIDAGI BOLALARNING IJTIMIOIY -HISSIYRIVOJLANIShIDA O’YINNINGAHAMIYaTI. Qo’rg’ontepa tumani 21-MTT mudirasi G.Ismoilova “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi biz soha mutaxassislariga ijodiy ishlash, bolalar qalbiga yo’l topish ularning ruhiy xolatini o’rganib , to’g’ri tashxis qo’yish, maktabgacha yosh davridan o’z menini anglashi bilan bir qatorda ,atrofidaginarsalardunyosinibilish imkonini bermoqda.Buo’rinda shu narsaxarakterlikibolabilishgatashnaligidanatrofdagio’zininghaddisig’ adigannarsalaribilanginaemas, balkikattalaruchunmansubbo’lgano’zining kuchixametmayligan,haddisig’maydigannarsalarbilanhamamaliymunosoba tdabo’lishgaintiladi. Masalan: bolaavtomashinani, tramvaynio’zihaydagisi, rostakamotgaminibyurgisi,uchuvchibo’libsamolyotdauchgisivarostakammili tsionerbo’lgisikeladi. 126 Biroqtabiiykibolao’zidagibundayehtiyojlarningbirontasinixamxaqiqi yyo’lbilanqondiraolmaydi. Buo’rindasavoltug’iladi. Bolalarningtoboraortibborayotganturliehtiyojlaribilanularningtor imkoniyatlario’rtasidagiqaramaqarshilikqandayyo’lbilanhalkilinadi?Buqaramaqarshilikfaqatginabirginafaoliyatorqali, ya’nibolaningo’yinfaoliyatiorqaliginahalqilinishimumkin.Ikkinchidan esa,bolalaro’yinjarayonidao’zixtiyorlaridaginarsalarni,o’zlariniqiziqti rgan, ammokattalargaginamansubbo’lgannarsalargaaylantiribxohlaganlarichae rkinfaoliyatdabo’ladilar. Bolalarningo’yinfaoliyatlariularningjismoniyvapsixikjihatdan garmonikravishdarivojlantirishuchunbirdanbirvositadir. O’yinbolalarhayotidashundayko’pqirralifaoliyatki, undakattalargamansubbo’lganmehnatham,turlinarsalarhaqidatafakkurqi lish,xomxayol,damolishvaxushchaqchaqlikmanbalarihammujjasamlangandir . Ijodiy va syujetlio’yinlarda bolalarningbarcha psixikjarayonlaribilanbirgalikda ularningindividualxislatlari xam shakllanadi.Demak,ta’lim- tarbiyaishlariningmuvaffaqiyati ko’pjihatdan bolalarningo’yin faoliyatlarinimaqsadga muvofiq tashkil qila borishga bog’liqdir. Shundayqilib,o’yinbolalarxayolitomonidanyaratilgannarsaemas, aksinchabolalarxayoliningo’zio’yinjarayonidayuzagakelibrivojlanadigann arsadir. Bolalarningo’yinfaoliyatlaridaharxil xayoliyvaafsonaviyobrazlarniyaratishlaridanshundayxulosachiqarishmum kin:odamning(shu jumladanbolalarningham) tashqimuhitdaginarsavahodisalarniaksettirishjarayonlari passiv jarayonemas,balkifaolhamdaijodiyyaratuvchan, o’zgartiruvchanjarayondir. Bolalaro’yinfaoliyatlariningyanabirajoyibxususiyatishundaniborat ki,o’yinjarayonidabolaningqiladiganxattiharakatlarivabajaradiganrollariko’pinchaumumiylikxarakterigaegabo’la di. Bunishundaytushunishkerakki, bolao’ziningturlitumano’yinlaridafaqato’zigatanishbo’lganyolg’izbirshofyorning,shifokorni ng,militsionerning, tarbiyachining,uchuvchiningxattiharakatlariginaemas,balkiumumanshofyorlarning,vrachlarning,tarbiyachil arninghamdauchuvchilarningxatti- harakatlariniaksettiradi. Albatta, turmushtajribalarivafaoliyatlaridoirasijudacheklangankichikyoshdagibo lalar(ba’zankichikguruhbolalariham) o’zlariningo’yinlaridakonkretodamlarnivaularningharakatlariniaksett 127 iradilar.(Masalan,oyisini,adasini,akasini,tarbiyachisiniva shukabi)....

MAKTABGAChA TA’LIM MUASSASALARIDA ZAMONAVIY KOMPYuTERLI TA’LIMIY O’YINLAR TEXNOLOGIYaSI Xalikova Umida Mirovna– Buxoro davlat universiteti “Amaliy matematika va informatika” mutaxassisligi 1-bosqich magistranti Ixtiyoriy ta’lim muasssasida o’qitish jarayonini boshqarish, umuman pedagogik jarayonga va tinglovchilarning bilimlarini tashkil etishga ta’sir jarayoni hisoblanadi. Uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun, pedagogik tizimlarda optimal boshqarishni ta’minlaydigan modellar ishlab chiqilmoqda. Bunday modellar qatoriga maxsus o’qitish texnologiyalarining uslub (uslubiyot) larini kiritish mumkin. V.P.Bespalko pedagogik texnologiyaning quyidagi ta’rifini beradi: pedagogik texnologiya - bu avvaldan loyihalashtirilgan o’quv-tarbiya jarayonini amaliyotga tizimli singdirishdir. Pedagogik texnologiyalarning boshqa uslublardan farqi, ularning tarbiyalanuvchilarda o’rganilayotgan materialga nisbatan qiziqish 327 orttirish va motivatsiyalarining ko’tarilishi hisobiga samaraliroq ta’lim berishni ta’minlashidan iborat. Axborot texnologiyalarini katta tezlikda rivojlanishi bilan ta’lim tizimiga masofali o’qitish - Internet tarmog’i orqali o’qitish texnologiyalari kirib kelmoqda. Bu esa, o’z navbatida zamonaviy psixologo-pedagogik uslubiyotlarni qo’llash imkoniyatini keng ochmoqda. Hozirgi paytda ta’lim tizimida, shu jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim-tarbiya jarayonida ta’limga oid o’yinlar va masofali ta’lim texnologiyalarini foydalanish alohida o’rin tutganligi uchun ushbu masalalarni kengroq o’rganib chiqishni maqsad qilib olindi. A. Ta’limiy o’yinlar: ularning vazifalari, xususiyatlari va asosiy turlari. Ta’limga oid o’yinlar ta’lim berishning zamonaviy psixologopedagogik texnologiyalarida muhim o’rin egallaydi. Usul sifatida ular * XX asrning 70-yillarida keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda qo’llanilish sohasiga mos ravishda ta’limiy o’yinlarning har xil turlari mavjud. Masalan, zobitlarni tayyorlashda harbiy o’yinlar, aktyorlar uchun syujetrolli o’yinlar, tijoratchilar va rahbarlar uchun - maxsus treninglar mavjud. Ta’limga oid o’yinlar asosiy uch vazifani bajaradilar: * vositali: aniq bir ko’nikma va malakalarni shakllantirish; •gnostik: bolalarning bilimlarini shakllantirish va fikrlashlarini rivojlantirish; •ijtimoiy-psixologik: kommunikativ ko’nikmalarni rivojlantirish. Har bir vazifaga o’yinning aniq bir turi mos keladi: instrumental vazifa o’yin mashqlarida, gnostik - didaktik, ijtimoiy-psixologik esa - rollik o’yinlarda ifodalanishi mumkin. Ta’limiy o’yinlarini samaradorligini oshirish uchun uning texnologiyasi: * o’yinni ta’lim maqsadlariga mos bo’lishi; * immitatsion-rolli o’yinni amaliy pedagogik (psixologik) vaziyatga ta’sir etishi; * o’yin qatnashchilarining o’yin mazmuniga mos keladigan maxsus psixologik tayyorgarligi; * o’yinda ijodiy elementlaridan foydalanish imkoniyatlari; * tarbiyachi (psixolog) nafaqat rahbar sifatida, balki o’yin jarayonida “to’g’rilovchi” va maslahatchi sifatida ham ishtirok etish kabi talablarga tayyor bo’lishi kerak. Ixtiyoriy ta’lim berish o’yini bir necha bosqichdan iborat bo’lishi mumkin: 328 1) o’yin muhitini yaratish - bu bosqichda o’yinning mazmuni va asosiy vazifasi aniqlanadi, uning qatnashchilarini psixologik tayyorgarligi amalga oshiriladi; 2) o’yin jarayonini tashkil etish - bu bosqichda qatnashchilarga o’yin qoida va shartlari tushuntiriladi va ular orasida rollarni taqsimlash amalga oshiriladi. 3) o’yinni o’tkazish - bunda qo’yilgan maqsad hal qilinadi; 4) yakun yasash - bu bosqichda qatnashchilarning o’zlari ham, maxsus ekspertlar (psixolog, pedagog) tomonidan ham o’yin borishi va natijalari tahlil etiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, ta’limiy o’yinlarda faqat oddiy o’yin uslubi foydalanilmaydi. O’yin jarayonida guruhiy, yakkama-yakka ish, birgalikda muhokama, test o’tkazish va so’rov, rolli vaziyat yaratishlardan foydalanish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, turli - anketa o’tkazish, sotsiometriya, «Aqliy hujum» va boshqa uslublarni cheklangan miqdorida birga olib borish va foydalanish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, o’yin uslubi pedagogikada qandaydir maxsuslikka ega. Ta’lim berish jarayonida o’yin yordamchi element sifatida qisman nazariy materialga qo’shimcha sifatida foydalaniladi va u asosiy uslub sifatida chiqa olmaydi. Ta’limiy o’yinlarning uslubi va hususiyatidan kelib chiqkan holda, ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin: * Immitatsion o’yinlar hisob-kitobga asoslangan kasblarni immitatsiya qilish, bolalarni kasbga yo’naltirish maqsadida foydalaniladi. Masalan, “Impod” o’yinida shartli tikuv ishlab chiqarish faoliyati imitatsiya qilinadi, shuningdek, mahsulotlarni modellashtirish va tikish bo’yicha tasavvurlari amaliy ko’nikmalar shakllantiriladi . *Mazmunli-rolli o’yinlar (ularning asosida aniq hayotiy, ishchan yoki boshqa vaziyat yotadi. Bunday holda, o’yin har bir qatnashchi aniq rolni bajaradigan (o’ynaydigan) teatr qo’yishni eslatadi). O’yin bunday holda mazmuni - intellektual faoliyat shaklli ijodiy o’yinlardir, shuning uchun bu holda qatnashchilarni tayyorlash va o’yin stsenariysini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega. *Innovatsion o’yinlar (ularning boshqa o’yin turlaridan ajralib turadigan farqi, harakatli tuzilishga ega ekanligi va o’yinni bir necha o’qitish-rivojlantiruvchi “fazolarda”, masalan, kompyuter dasturlaridan foydalanib o’tkazishdir. Innovatsion o’yinlar zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sifatli bilim olishga qaratilgan. 329 Agar yuqorida misol sifatida keltirilgan o’yin turlari o’zlarining uslubi bilan farq qilgan bo’lsa, u holda oxirgilarini ajratish tamoyili - aniq vaziyatni boshqarish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat bo’lgan maqsad o’yinni mo’ljallanishidir. *Tashkiliy-faoliyatli o’yinlar. Bularda e’tibor ko’proq o’yin vaziyatlarini tashxis qilish va muammoni echish variantlarini tanlashni asoslashga qaratiladi. Uslub nuqtai nazardan, bu erda e’tibor ko’proq qatnashchilarning muloqotiga, munosabatlariga va guruhiy ishlarning boshqa shakllariga qaratiladi. * Ishchan treninglar. Eng samarali uslublardan biri ishchanlik o’yinidir. Uni modellashtirish jarayonida muammoli vaziyat aniqlanadi, o’yin maqsadi uni echish yo’llarini izlanadi. Ishchanlik o’yinlari ta’lim sohasida ham, ishchanlik sohasida ham qo’llaniladi. Umuman olganda, ishchanlik o’yinida o’quvchilarda muammoni echimini izlash mexanizmi shakllanadi va mustahkamlanadi. Bundan tashqari, u o’quvchilarning psixologiyasiga to’g’rilash ta’sirini ko’rsatadi, chunki an’anaviy o’qitish shakliga xos psixologik zo’riqishdan mahrum bo’lgan va qatnashchilarni ta’lim materialni to’laroq qabul qilishga yo’naltiradi. Treningning har bir o’yin yoki psixologik uslubilti bosqichi yuqori malakali psixolog-boshlovchining tahlili bilan birga olib boriladi. Ushbu va boshqa texnologiyalarni foydalanish nazariya va amaliyotni me’yor darajada birga olib borish imkoniyatini berdi va treningni o’zini harakatlilikka olib keldi. Natijada, trening tinglovchilarga o’zlarini va boshqalarni to’g’ri baholashni, boshqa kishilar bilan kundalik hayotlarida ham, ishchanlik vaziyatlarda ham samarali munosabat o’rnatishni, albatta munosabat jarayonini o’zini kam sevishni o’rganishga yordam berdi. Ishchanlik o’yinlarni ko’rib chiqishni yakunlab, ular: *o’z fikrlarini boshqa kishilar fikrlari bilan taqqoslash; *o’zlarining xulqiy va psixologik qarorlarini anglash; *turli vazifali rollarni bajarish va boshqalarni o’rganadilar. Shunday qilib, ta’limga oid o’yinlarining ta’lim va psixologiyadagi o’rni nihoyatda zarurdir. Pedagogikada ular tarbiyalanuvchilarning faolligini, tashabbusini, mustaqilligini rivojlantirishga asoslangan rivojlantiruvchi ta’limning ajralmas tarkibiy qismidan iboratdir. Ishchanlik o’yinlarining ahamiyati to’g’risida Qozonlik pedagog-psixolog M.I.Maxmutov, ushbu texnologiyaning ahamiyati o’quvchilarning bilish, ijtimoiy va kasbiy faolligini rivojlantirishdan, ularda ishchanlik o’yinlarida qatnashish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat deb takidlagan edi. Ta’limiy 330 o’yinlarini ta’lim-tarbiya jaralniga qo’llash bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari, ushbu texnologiya umuman olganda, ta’limning samaradorligini o’rtacha uch marotaba ko’tarish imkoniyatini berishini ko’rsatmoqda. Ta’limga oid o’yinlari umuman va ishchanlik o’yinlari xususan, shuningdek, psixologik ahamiyat kasb etadi va kasbiy va shaxsiy sifatlarini rivojlanishlariga imkoniyat yaratgan holda ishchanlik sohasida keng foydalaniladi. Shuni ta’kidlash kerakki, ta’limiy o’yinlari turli-tumanligi bilan farq qiladilar va ular birgalikda ham foydalanilishi mumkin. O’yinlar bir-birlarini to’ldirishlari, masalan, rolli ishchan o’yini, innovatsion-imitatsion va boshqa hollari bo’lishi mumkin. Bu ko’rinishdagi o’yinlardan, ayniqsa, o’quvchilarni chet tillarga o’rgatishda yaxshi samara beradi. Bu holda o’yinlarda tilni egallash ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan turli uslublar birlashtiriladi. Shunday qilib, ta’limiy o’yinlar ta’lim berishda ham, xuddi shunday boshqa faoliyat sohalarida ham o’z tatbiqini topgan harakat texnologiyalarini ifodalaydilar. Pedagogikada ular ta’lim jarayonini faollashtirishga, tarbiyalanuvchilarning ijod qilishlarini boshlanishini uyg’otishga imkoniyat yaratadilar. O’yin uslublaridan foydalanilgan psixologik treninglar, o’yin vaziyatlarida hayotda ko’pincha uchrab turadigan muammolarni hal qilish, tarbiyalanuvchilarning qiziqishining ko’tarish imkoniyatlarini beradilar, shuningdek, ochiq, munosabat muhitini yaratadilar.

MAKTABGAChA TA’LIM TAShKILOTLARIDA DIDAKTIK O’YINLAR ORQALI INGLIZ TILI MAShG’ULOTLARI TAShKIL ETISh J.O.Toxirov Xorijiy tillar fakulteti talabasi Maktabgachata’limtashkilotiuzluksizta’limningasosiybo’g’inibo’li bgina qolmay, balki, yosh avlodning hamma’nan, hamjismonansog’lom shaxs sifatida voyaga etkazuvchi, zamonaviyfan-texnikayutuqlarinixabardor, bilimli, yuksak salohiyatli, birso’zbilanaytgandahartomonlamabarkamolyoshlarnishakllantiruvchimask andir. HozirgikundayurtboshimizSh.M.Mirziyoevtomonidanmaktabgachata’l imsohasigaalohida e’tiborqaratilmoqdaki, bizbu e’tiborlarinimaktabgacha ta’lim sohasiga oid qator farmon va qarorlarida ko’rishimiz mumkin.Ushbuqarorvafarmonlarningijrosio’laroq, respublikamizda mazkur sohaga tegishli ijobiy ishlar tashkil etilib borilmoqda. Jumladan, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmoqlari kengaytirilmoqda, ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib borilmoqda, bolalarning sog’lom va sifatli ovqatlanishi uchun, zamon talablari darajasida ta’lim-tarbiya olishlari uchun jahon standartlari asosida zarur shart-sharoitlar yaratilib borilmoqda. Moddiy-texnik bazasi mustahkamlangan, barcha shart-sharoitlari yaratilgan maktabgacha ta’lim tashkilotining ustivor va asosiy vazifalardan biri bu−bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish hamda ularni maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat.Bolalar bog’chasining asosiy o’quv dasturi “Ilk qadam” dasturi hisoblanib, mazkur o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan bo’lib, unda bolaning ta’limning keyingi bosqichga o’tishidagi asosiy kompetentsiyalar belgilangan. “Ilk qadam” davlat dasturining “Nutq, muloqat, o’qish va yozish malakalari” sohasi kompetentsiyasida bola nutqni eshitishi, tushunishi, o’z nutqida to’g’ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruktsiyalardan foydalanish bilan birga, 383 ikkinchi tilni o’rganishga qiziqishini namoyon etishi, ikkinchi tilni egallash bo’yicha dastlabki bilimlarini ko’rsata olishi nazarda tutilgan. Demak, hozirgi kundagi yoshlarimizning o’z ona tilini o’rganish bilan birga ikkinchi tilni o’rganishga qiziqish ma’lum bir yoshga etganda emas, balki maktabgacha ta’lim yoshidanoq o’rgatilishi maqsadga muvofiqdir. Inson o’zidagi bor bilim va malakalarni 70 foizini 7 yoshgacha o’zlashtira olishi fanda o’z isbotini topib ulgurganini hisobga olsak, K.D. Ushinskiyning “Chet tilida so’zlashishni yosh bola kattalarga o’xshab, yillar davomida emas, balki bir necha oylarda yaxshiroq o’rganib oladi” degan ma’lumoti fikrimizni yana ham isbotlaydi. Bizningcha ham, maktabgaqadamqo’yganbolagaxorijiytilfansifatidakirganda, go’yokiyangio’zlashtiruvchifan emas, balkiqiziqishlarinidavom ettiradigan fan sifatida qabul qilinsa, boladamotivatsiya,qiziqish, shu bilan birga, fanni o’zlashtirishgaosonlik, engillik tug’ilishiga xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, mamlakatimizda xorijiy tillar sarasida ingliz tilini jadal o’rganish va o’rgatish ijtimoiy ehtiyojga aylandi va davlat siyosati darajasiga aylandi. Shuni hisobga olgan holda, maktabgacha ta’lim tashkilotida xorijiy tillardan birini tanlaganda ingliz tilini tanlash bu davr taqozosi hisoblanadi. Xo’sh, MTTlardaingliztilimashg’ulotlariqandayolibborilsa, maqsadgamuvofiqbo’ladi? MTTlardaingliztilinio’rgatishmazmuniqisqavaosonso’zlardanfoyda langanholdao’yinorqali, zarurko’rgazmaliqurollardan, didaktikvositalardanfoydalanilganholdatashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.ProfessorM.A.Bonkningfikricha, yoshbolagaxorijiytilnio’rgatishdaularningpsixologiyasinihisobgaolishza rur, chunkiyosho’rganuvchiqiziqqonvazerikishniyoqtirmaydi. Shuniinobatgaolganholda,bog’chabolalariuchunqiziqarlibo’lganmavzularaso sidamashg’ulotlarnitashkil etishmaroqli jarayonga aylanishi tabiiy. Quyida biz ingliz tili mashg’ulotlarini tashkil etishda ba’zi bir didaktik o’yinlardan foydalanishni tavsiya etmoqchimiz. Jumladan, “Tezjavob”, “Pantomima”, “Harflarnitop”, “Zanjir” o’yinlariorqaliingliztilimashqlariniolibborishmumkin. «Nima qaerda yashaydi?» o’yini. O’yinning didaktik vazifasi. O’simliklarni tuzilishiga ko’ra guruhlarga ajratish. Kerakli narsalar: tulki (fox), quѐn (rabbit) va olmaxon (squirrel) niqobi. O’yinningborishi. O’yinsaѐhatgachiqilgandaolibboriladi. Tarbiyachio’yinshartibilantanishtiradi: 384 «Sizlardanbirlaringizolmaxonlarvaquѐnlar, yanabiringiztulkibo’lasiz, olmaxonvaquѐnlaryashirinishlariuchuno’zlarigajoytopishlarikerak». O’yinvaqtidatarbiyachiolmaxonlardaraxtlarortiga, quѐnlarbutalarorasigayashirinishlariniuqtiradi. Tarbiyachi «tulkikelyapti» (Thefoxiscoming!) debovozberganidankeyinolmaxonlardaraxtlargaquѐnlarbutalargaqarabyug uradilar. Buninoto’g’ribajarganlarnitulkitutiboladi. «O’zguruhingni top» o’yini. Bolalargaranglibuklanganqog’ozlartarqatiladi. Ulargahayvonvaparrandalarnomiѐzilganbo’ladi. Tarbiyachibolalargaqog’ozdarasmiberilganhayvonѐkiparrandaqandaytovush chiqarsa, ular hamshundaytovushchiqarib, o’zguruhinitopishlarinitushuntiradi. Mushuk (miѐv-miѐv). Cat ―meow‖ Kuchuk (vov-vov). Dog (puppy) ―bow wow‖ Xo’roz (qu-qu-qu-qu). Rooster ―ock-a-doodle-doo‖ Sigir (mo’-mo’). Cows ―moo‖ «Intervyu» o’yini: Maqsad: o’zihaqidagima’lumotlarniberaolishvaerkinsuhbatgakirishaolishko’nikma sinishakllantirish. Ishlatiladiganmoslama: mikrofon. Dastlab, reportѐrrolinitarbiyachi, ya’ni pedagog o’ynaydi, keyinesabolalar. Boshlovchiquyidagisavollarniberadi: What is your name? How old are you? Where are you from? vahokazo. Bundan ko’rinib turibdiki, didaktiko’yinlarorqaliMTTbolajonlarininutqifaolrivojlanadi, lug’atboyligioshadi, grammatikjihatdangapnito’g’rituzishko’nikmasiga egabo’ladi, fonetik eshitishqobiliyatishakllanadi.


Download 170 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish