Raxmonov shaxram masulyati cheklangan jamiyat



Download 192,61 Kb.
bet1/2
Sana23.07.2022
Hajmi192,61 Kb.
#842483
  1   2
Bog'liq
421 RAXMONOV SHAXRAM,


421 RAXMONOV SHAXRAM
MASULYATI CHEKLANGAN JAMIYAT

REJA:


  1. Masulyati cheklangan jamiyat

  2. Mas’uliyati Cheklangan Jamiyatning Afzalliklari



Masʼuliyati cheklangan jamiyat (qisqartmasi: MChJ) xoʻjalik shirkatining bir boʻlib, uning mulki (kapitali) muassislar orasida tegishli nizomlarda koʻrsatilganidek taqsimlanadi[1].
Masʼuliyati cheklangan jamiyat — aʼzolari jamiyat majburiyatlari boʻyicha faqat oʻzlari qoʻshgan ulush doirasida javobgar boʻladigan jamiyat. Ikkitadan kam boʻlmagan jismoniy yoki yuridik shaxslarning kelishuviga koʻra, umumiy xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanish maqsadida ularning ulushlarini qoʻshish yoʻli bilan tashkil etilishi mumkin. Bunday jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi. Jamiyat tarkibida yuridik shaxs boʻlgan ishtirokchilar oʻz mustaqilligini va huquqiy shaxsligini saqlab qoladilar. Jamiyat mablagʻlari qatnashuvchilarning ulushi hisobidan shakllantiriladi. Muomalaga aksiyalar chiqarmaydi. Jamiyat aʼzolariga pay guvohnomalari beriladi. Jamiyat aʼzosi oʻz ulushini boshqa shaxsga faqat jamiyat roziligi bilan oʻtkazishi, sotishi mumkin. Bunday jamiyatlar turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi Mas., AQSH va Angliyada — Ltd. va LLC, Germaniyada — GmbH (Gesellschaft mit beschränkter Haftung), Fransiyada — SA va SARL va boshqa
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zararlar uchun o’zlari qo’shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo’ladilar.

Kichik tadbirkorlik subyekti bo’lmagan jamiyat to’liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va jamiyatning joylashgan manzili ko’rsatilgan dumaloq muhrga ega bo’lishi kerak. Jamiyatning muhrida uning firma nomi jamiyatning ixtiyoriga binoan boshqa tillarda ham ifodalanishi mumkin.
Jamiyat o’zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega bo’ladi, o’z nomidan huquqlarni olishi, majburiyatlarga ega bo’lishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin.
Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin.
Ro’yxati qonunlarda belgilanadigan ayrim faoliyat turlari bilan jamiyat faqat lisenziya asosida shug’ullanishi mumkin.
Jamiyat o’z majburiyatlari yuzasidan o’ziga qarashli barcha mol-mulk bilan javobgar bo’ladi.
Jamiyat o’z ishtirokchilarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
Yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning ishtirokchilari bo’ladilar.
Qonunda ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning jamiyatda ishtirok etishi taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo’lmasa, jamiyatning ishtirokchilari bo’lishga haqli emaslar.
Jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilishi mumkin bo’lib, u jamiyatning yagona ishtirokchisiga aylanadi. Jamiyat keyinchalik bir ishtirokchisi bo’lgan jamiyatga aylanishi mumkin.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning to’liq firma nomi jamiyatning to’liq nomini va «mas’uliyati cheklangan jamiyat» so’zlarini o’z ichiga olishi kerak. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning qisqartirilgan firma nomi uning to’liq yoki qisqartirilgan nomini hamda «mas’uliyati cheklangan jamiyat» degan so’zlarni yoki MChJ abbreviaturasini o’z ichiga olishi kerak.
Yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning ishtirokchilari bo’ladilar.
Qonunda ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning jamiyatda ishtirok etishi taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo’lmasa, jamiyatning ishtirokchilari bo’lishga haqli emaslar.
Jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilishi mumkin bo’lib, u jamiyatning yagona ishtirokchisiga aylanadi. Jamiyat keyinchalik bir ishtirokchisi bo’lgan jamiyatga aylanishi mumkin.
Jamiyat Ta’sischilari quyidagilarga huquqlarga ega:

  1. qonun hujjatlarida va jamiyat ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning faoliyati to’g’risida axborot olish hamda uning buxgalteriya daftarlari va boshqa hujjatlari bilan tanishish;

  2. jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligidan qat’i nazar ushbu Qonunda va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda istalgan vaqtda jamiyatdan chiqish;

  3. jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olish

  4. foydani taqsimlashda ishtirok etish;

  5. Jamiyat ishtirokchilari qonun hujjatlarida va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo’lishlari mumkin.

  6. jamiyatning ustavida nazarda tutilgan tartibda mazkur jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga sotish yoki o’zga tarzda ularning foydasiga voz kechish;

Jamiyatning ishtirokchilari ta’sis shartnomasini tuzadilar va jamiyat ustavini tasdiqlaydilar. Jamiyatning ta’sis shartnomasi va ustavi jamiyat ta’sis hujjatlari deb hisoblanadi.
Agar jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilsa, shu shaxs tasdiqlagan ustav jamiyatning ta’sis hujjati hisoblanadi. Jamiyat ishtirokchilarining soni ikki va undan ortiq kishiga ko’paysa, ular o’rtasida ta’sis shartnomasi tuzilishi kerak.
Jamiyatning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) o’z hissasini to’liq kiritishi kerak.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko’paytirishga u to’liq to’langanidan keyingina yo’l qo’yiladi.

Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko’paytirish jamiyat ishtirokchilari umumiy yig’ilishining jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi bilan (agar jamiyatning ustavida bunday qarorni qabul qilish uchun ovozlarning bundan ko’proq soni zarurligi nazarda tutilgan bo’lmasa) qabul qilingan qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Jamiyat yilning har choragida, yarim yilda bir marta yoki bir yilda bir marta o’zining sof foydasini jamiyat ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash to’g’risida qaror qabul qilishga haqlidir. Jamiyatning jamiyat ishtirokchilari o’rtasida taqsimlanadigan foydasi qismini aniqlash to’g’risidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig’ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig’ilishi jamiyat boshqaruvining oliy organi hisoblanadi.
Jamiyat foydasining uning ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash uchun mo’ljallangan qismi ularning jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi tomonidan yoki jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi tomonidan amalga oshiriladi.

Download 192,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish