O’zbekiston Respublikasi Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (UNESCO) ga 1993-yil 26-oktabr kuni Parij shahrida o’tkazilgan YUNESKO bosh anjumanning 27-sessiyasida qabul qilingan.
YUNESKO bilan O’zbekiston Respublikasi hukumati o’rtasida birinchi memorandum 1995-yil 25-avgust kuni YUNESKO Bosh direktori Federiko Mayorning O’zbekistonga tashrifi doirasida imzolangan. Toshkent shahrida YUNESKO vakolatxonasini ochish to’g’risidagi shartnoma 1996-yil 23-aprel kuni O’zbekiston respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Parij shahridagi YUNESKO Bosh qarorgohiga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan.
Rejalashtirilgan loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilgnaidan so’ng, 2006- yil 8-sentabr kuni YUNESKO Bosh direktori Koichiro Matsuraning O’zbekistonga tashrifi doirasida YUNESKO bilan O’zbekiston Respublikasi hukumati o’rtasida yangi memorandum imzolandi. YUNESKO tashkiloti bilan hamkorlik O’zbekiston Respublikasining YUNESKOdagi doimiy vakolatxonasi va YUNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi orqali muvofiqlashtiriladi. 1995-2009-yillarda O’zbekiston Respublikasi YUNESKOning quyidagi qo’mitalariga saylangan:
1995-1997-yillar YUNESKO Bosh qarorgohi qo’mitasi;
1995-2005-yillar “Markaziy Osiyo sivilizatsiyalarining tarixi” xalqaro ilmiy qo’mitasi;
1997-2001-yillar YUNESKO ijroiya kengashi;
1999-2001-yillar Orol dengizi muammolari bo’yicha ilmiy- maslahat qo’mitasi;
1999-2001-yillar YUNESKO ishlari bo’yicha Milliy komissiyalar doimiy qo’mitasi;
1999-2000-yillar Dinlararo muloqot bo’yicha xalqaro maslahat qo’mitasi;
2001-2005-yillar Insoniyatning og’zaki va nomoddiy madaniy merosi durdonalarini e’lon qilish xalqaro hayati;
2001-yillar YUNESKO Bosh anjumani 31-sessiyasining Vakolat qo’mitasi;
2001-2005-yillar Kommunikatsiyasini rivojlantirish hukumatlararo qo’mitasi;
2005-yil YUNESKO Bosh anjumani 33sessiyasining Madaniyat komissiyasi;
2005-2009-yillar “Jahon xotirasi” dasturi xalqaro maslahat qo’mitasi;
2005-2009-yillar Ijtimoiy o’zgarishlar boshqaruvi (MOST) dasturining hukumatlararo kengashi;
2007-yil YUNESKO Bosh anjumani 34-sessiyasining Yuridik qo’mitasi;
2009-2013-yillar YUNESKO Ijroiya kengashi.
O’zbekiston YUNESKOning quyidagi xalqaro me’yoriy hujjatlariga a’zo bo’lgan:
Qurolli mojaro chiqqan holda madaniy boyliklarni himoya qilish to’g’risidagi konvensiya ( Birinchi Potokol bilan). 1954-yil 14- may (1996- yilda O’zbekiston a’zo bo’lgan);
-Madaniy boyliklarni noqonuniy olib kirish, olib chiqish va egalik huquqini boshqaga o’tkazishning oldini olish va taqiqlashga qaratilgan choralar to’g’risidagi konvensiya . 1970-yil 14-noyabr( 1996-yilda O’zbekiston a’zo bo’lgan);
umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to’g’risidagi konvensiya. 1960-yil 15-dekabr (1997-yil O’zbekiston a’zo bo’lgan);
Suvda suzuvchi qushlarning asosiy yashash manzili bo’lgan xalqaro
ahamiyatga ega suvli-botqoq yerlar to’g’risidagi konvensiya .( Ramsar konvensiyasi). 1971-yil 2-fevral ( 2001-yil O’zbekiston a’zo bo’lgan);
Nomoddiy me’rosni muhofaza qilish bo’yicha xalqaro konvensiya.2003-yil 15-oktabr ( 2008-yil O’zbekiston a’zo bo’lgan).
O’zbekistonda YUNESKO ko’magida tashkil etilgan markazlar:
Toshkent media manbai markazi (Kommunikatsiyani rivojlantirish hukumatlararo qo’mitasi dasturi);
Informatika o’quv markazi (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti);
Tinchlik ta’limi va madaniyatlararo hamjihatlik markazi (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti);
Katta yoshdagilar ta’lim markazi(O’zbekiston Prezdenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi);