Birinchi yo`nalish – Ta`lim va kelajak. YUNESKO uning ustuvor yo`nalishi hozirgi zamon talabiatiga mos umumboshlang`ich ta`limni va oliy ta`limni rivojlantirishni ta`minlab borishdan iborat. Bundan tashqari YUNESKO maorif sohasidagi ma`muriyat xodimlarini tayyorlashga, shuningdek, mahalliy maktablarning qurilishiga va jihozlanishiga ko`maklashmoqda bu sohada YUNESKO ning ,,Butun umr mobaynida ta`lim barcha uchun’’ dasturi muhim ahamiyatga egadir.
Ikkinchi yo`nalish – Ilm, fan, texnologiyaning barcha sohalarda integratsiyalashuvi. Bu masalaga oid 1999-yil oktabr, noyabr oylarida bo`lib o`tgan YUNESKO ning 30-sessiyasida alohida to`xtalib, o`zinig asosiy yo`nalishlaridan biri deb ko`rsatilgan. Shuningdek, kelajak avlodni atrof-muhitga
va barqaror taraqqiyotga, madaniy rang-baranglikni rivojlantirishga ko`maklashishga, ilmiy natijalarga taalluqli, mintaqaviy normalarni ishlab chiqishga va texnik axborotlarga kirishga ko`proq e`tiborni qaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |