Doska stend – mashg’ulotlarda o’quv munozaralari, aqliy hujum, guruh ishlari va boshqa muhokamalar natijalarini hujjatlashtirishda foydalaniladigan o’qitishning texnika vositasidir. Bunda stendga o’sha kattalikdagi qog’oz qo’yiladi va unga turli rangdagi hamda shakldagi kartochkalar yopishtiriladi. Mashg’ulot vaqtida stendda mazkur kartochkalar yordamida sxemalar, tuzilmalar, sharhlar va shu kabilarni tuzish mumkin.
Doska – stendning afzalligi shundaki, unda kartochkalar (sxemalar, tuzilmalar, sharhlar va h.k.) joylashuvini xohlagan vaqtda o’zgartirish imkoniyati mavjud. Shuningdek doska – stend bilan ishlaganda qisqa vaqt ichida barcha tinglovchilarning fikr – mulohazalari va g’oyalarini qamrab olish va qayd etish imkoniyatiga ega bo’linadi.
Sinf doskasi. Doska-stend.
1.1.4- chizma O’quv auditoriyalari uchun doskalar tizimi
Doska – bloknot – bu varaqalanadigan qog’ozli doska bo’lib, unga marker bilan yoziladi. U turli muhokamalar yakunlari va natijalarni yaqqol namoyish etishda hamda eng muhim axborotlarni qayd etishda qo’llaniladi. Uning afzalligi shundaki, xohlagan vaqtda oldingi yozilganni qo’yish ham mumkin.
1.1.5- chizma. Doska – bloknot
Talabalarni – o’quv bilish faoliyatlarini jadallashtirishga yordam beruvchi har turdagi ta’lim vositalarini tanlash va ulardan foydalanish quyidagilarga bog’liq:
1) maqsadni belgilash; 2) asosiy bilim manbaiga; 3) ta’lim usuliga; 4) o’quv materialining yangiligi va murakkabligiga; 5) talabalarni o’quv imkoniyatlariga.
Ta’lim vositalarini tanlashni aniqlovchi omillar: maqsadni belgilash; o’quv axborot mazmuni; ta’lim vositalari; yetakchi bilim manbai; o’quv materialining yangiligi va murakkabligiga qarab tanlanadi.
1.2. Ta’limning grafik tashkil etuvchilari
Grafikli tashkil etuvchilar – fikriy jarayonlarni ko’rgazmali taqdim etish vositasi bo’lib, quyidagi uchta guruhga bo’linadi:
1.Ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tarkibiy bo’lib chiqish, o’rganilayotgan tushunchalar (voqea va hodisalar, mavzular) o’rtasidagi aloqa va o’zaro bog’liqlikni o’rnatish usul va vositalari:
2. Ma’lumotlarni tahlil qilish, solishtirish va taqqoslash usul va vositalari:
3. Muammoni aniqlash, uni hal etish, tahlil qilish va rejalashtirish usullari va vositalari:
1.2.1-chizma: Ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tarkibiy bo’lib chiqish vositalari.
Ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tarkibiy bo’lib chiqish, o’rganilayotgan tushunchalar (hodisalar, voqealar, mavzular va shu kabilar) o’rtasida aloqa va aloqadorlikni o’rnatishning yo’li va vositalari O’quv faoliyatini tashkillashtirishning grafik tashkil etuvchining turi,jarayonli tuzilmasi ahamiyati va xususiyatlari;
KLASTER (Klaster-tutam, bog’lam)-axborot xaritasini tuzish yo’li barcha tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g’oyalarni yig’ish ma’nosini anglatadi. Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo’yicha yangi o’zaro bog’lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi.Dastlab talabalar klasterni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Yozuv taxtasi yoki katta qog’oz varag’ining o’rtasiga asosiy so’z yoki 1-2 so’zdan iborat bo’lgan mavzu nomi yoziladi. Birikma bo’yicha asosiy so’z bilan uning yonida mavzu bilan bog’liq so’z va takliflar kichik doirachalar “yo’ldoshlar” yozib qo’shiladi. Ularni “asosiy” so’z bilan chiziqlar yordamida birlashtiriladi. Bu “yo’ldoshlarda” “kichik yo’ldoshlar” bo’lishi mumkin. Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g’oyalar tugagunicha davom etishi mumkin.Muhokama uchun klasterlar bilan almashinadilar.
Klasterni tuzish qoidasi:
1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G’oyalari sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing.
2. Yozuvni to’xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e’tibor bermang.
3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to’xtatmang. Agarda aqlingizda g’oyalar kelishi birdan to’xtasa, u holda qachonki yangi g’oyalar kelmaguncha qog’ozga chizma chizib turing.
Do'stlaringiz bilan baham: |