J ah o n s iv iliz a ts iy a la r ! ta r ix i
vonlar sut, jun, g o ‘sht berar edi. Lekin bu yirik texnologik to ‘ntarish-
ning boshlanishi edi. Qaysiki, u yangi iqtisodiy ukladning shakllanishiga
yordam berdi. M ehnat unum dorligiga qarab jam oa va oilalam ing m ulkiy
tabaqalanishi kuchaydi. Ilgari foydalanilm agan o‘tloqlar, ekishga yaroqli
b o 'lg an yerlarni o'zlashtirish ehtiyoji tu g ‘ildi. U rug‘-qabilalar o ‘rtasida
yer, o‘tloq, podalar uchun to ‘qnashuvlar kuchaydi. 0 ‘sha davrga tegish-
li qoyatosh tasvirlarida jan g m anzaralari mavjuddir. Ovchilik qurollari
(o‘q-yoy, o ‘qlar, nayza, tayoq)dan odam lam i o ‘ldiradigan qurol sifatida
foydalanila boshlandi.
Di'hqonchilik m ashg‘uloti o ‘troq turm ush tarzini shakllantirdi. En-
dilikda odam muqim bir joyda yashab qolib o ‘zining oziq ovqatga bol-
gan ehtiyojini qondirish im koniyatiga ega boldi. Shu sababli u k o ‘pgina
o ‘troq manzilgohlar, qo ‘rg ‘onlami Ь аф о qila boshladi. B a’zida devorlar
bilan o ‘ralgan (Falastinda lyerixon, K ichik O siyoda Chatalguyuk, Suriya
va Hindistonda Bahor kabi) qo‘rg‘onlar paydo bo‘ldi.
Aholining m igratsiyasi kuchaydi. Dunyoning iqlim sharoiti qulay
bo‘lgan hududlari o ‘zlashtirila boshlandi. Chorvadorlar yaylovlam ing
o ‘t-xashak zahiralarini tugatib, boshqa hududlarga k o ‘chdilar. Tabiiy-
ki, ular o ‘zlari k o ‘chib borgan yangi hududlarda yashab turgan boshqa
urug‘-jam oalar bilan to ‘qnashdilar. Yer-suv, sero‘t yaylov va o ‘tloqlar
uchun urush-janjallar kuchaydi. Er. avv. 8-7 m ing yilliklarda Yevroosiyo
qabilalari Shimoliy Afrika, Yaqin Sharqning ch o i-yaylov lariga om m aviy
ravislula ko'chib joylashdilar.
Insonning m a’naviy dunyosida ham o ‘zgarishlar ro ‘y berdi. Dehqon-
chilik va chorvachilikni о ‘zlashtirgan jam oalar tabiiy jarayonlar, o ‘sim-
liklarni o'stirislm ing mavsumlari, hayvonlam i o ‘stirishning k o ‘p yillik
sikllarini bilishning yuqoriroq darajalariga tayandilar. Yil mavsum lari
bo'yicha tegishli luiyoliy bilimga ega bolgan urugjam oalari ilkdehqonc-
hilik kalendarini tu/dilar. Lekin tabiat kuchlariga ishonish, magiya, sehr
garlik odam ning doimiy hamrohi bo‘lib qolaverdi.
Ovchi qabilalar ham tobora kam ayib borayotgan hayvonlam i ov qi-
lishning yangi takom illashgan usullaridan foydalana boshladilar. Hay
vonlami m adaniylashtirish,ulam ing m ahsuldor nasllarini yetishtirish
ko‘nikmasi shakllana boshladi. Yuzaga kelayotgan jam iyatning tuzilishi
murakkablashdi. Faoliyat turlari ko‘paydi (tosh, yo g‘och, suyakdan m eh
nat qurollarini tayyorlash; yerga ishlov berish; m ol boqish; dehqonchilik
va chorvachilik m ahsulotlarini qayta ishlash; uy-joy qurilishi va h.k.).
Do'stlaringiz bilan baham: