participants
, fizik atributlar -
physical evidence
hamda
jarayonlar –
process
larni ko’rsatish mumkin. Elektron marketing uchun fizik
atributlar yetkazib berishni, infratuzilmani, mahsulotni o’rab-chirmashni o’z ichiga
olsa, jarayon sifatida elektron xizmat ko’rsatish to’liq tsiklining barcha biznes-
jarayonlari kiradi. Marketingni tashkilotni boshqarishning bir qismi sifatida ko’rish
mumkin. Odatda hal qilinayotgan maqsadi, vazifalari va bajarayotgan funktsiyalari
nuqtai-nazaridan marketing bo’limi har qanday turdagi tashkilotda quyidagi
tashkiliy tuzilmalardan iboratdir:
Analitika va izlanish
–marketing izlanishlarini amalga oshirish, ma’lumot
yig’ish, tahlil qilish va bozor analitikasi natijalarini interpretatsiya qilish.
Mahsulot yoki xizmat bahosini hosil qilish
– bozorga yo’naltirilgan ravishda
baholash strategiyasini ishlab chiqish va baho hosil qilish modellarini
yaratish.
Sotuv jarayonini boshqarish;
Marketing kommunikatsiyalarini boshqarish – reklama va PR.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni boshqarish hamda franchayzing.
Elektron biznesni amalga oshirish uchun kompaniya egallagan bozor
segmentining xususiyatlarini yaxshi bilish juda muhim deb hisoblanadi.
Iste’molchilarni asosiy kor’satgichlari va iste’mol afzalliklari bo’yicha
guruhlashtirish, maqsadli auditoriyani aniqlash hamda unga yo’naltirilish
(
targetlashtirish
) muvaffaqiyat garovi bo’lishi mumkin. Demak, targetlashtirish –
bunga muhtoj bo’lgan iste’molchlarga aniq va maqsadli ta’sir qilishni anglatadi.
Bozorlar segmentlarini quyidagicha ko’rinishda tavsiflash mumkin:
441
Jug’rofiy segmantatsiya
–maqsadli auditoriyani geografik printsip bo’yicha,
istiqonat qilish joylari bo‘yicha guruxlantiriladi. Geolokatsiyaga asoslangan
zamonaviy mobil ilovalar xuddi shi jug’rofiy segmentataiyadan foydalanadilar.
Masalan, mehmonxonalarni bron qiladigan yangi servislar iste’molchilarning
qaerda turganlarini hisobga olgan holda ularga hizmatlar ko’rsatadilar. Masalan,
potentsial
iste‘molchilarga
mehmonxanalar,
restoranlar,
parkovkalar
joylashganligini ko’rsatadigan xaritalar taklif qiladilar. Ushbu jug’rofiy
segmentatsiya internet-segmentatsiyaning eng tez rivojlanayotgan va ommabop
turidir.
Demografik segmentatsiya
– bunda iste’molchilar yoshi, jinsi va ma’lumot
darajasi bo’yicha bo’lib chiqiladilar. Bunda marketologlar turli xildagi usullar
yordamida potentsial va real mijozlarning qiziqisharini o’rganadilar.
Psixografik segmantatsiya
– iste’molchilari shxslar turi bo’yicha va iste’mol
modellari bo;yicha guruxlantiriladi.
Bozorlarni segmentlashtirishning ahamiyati shundaki, bu orqali marketologlar
kerakli guruhdagi iste’molchilarga nisbatan ularga mos bolgan reklama tadbirlarini
amalga oshiradilar.
Internetda ma’lumot tarqatishning quyidagi kanallarini farqlash mumkin:
To’g’ridan-tog’ri kanal (direct channel)
– bunda ma’lumotlar ishlab
chiqaruvchidan iste’molchiga bevosita jo‘natiladi;
Bilvosita kanal
– ishlab-chiqaruvchi va iste’molchi orasidagi munosabat amalga
oshirilganda orada vositachining mavjudligi;
Aralash kanal
– bir qancha ishlab chiqaruvchilar va ularning vositachilarining
birgalikdagi say’i-harakatlari asosida ma’lumot tarqatilishi.
Kompaniyalar internetda ko’p kanalli usuldan foydalanadilar va bunda
vositachilar ham ishtirok etadilar. Bunda an’anaviy ma’lumot tarqatish usullari
ham, elaktron kanallar ham birgalikda ishlatiladi. Offlayn kompaniyalar ham sotuv
hajmini oshirish uchun onlayn kanallardan foydalanadilar. Keyingi yillarda
vositachi-kompaniyalarning agregator deb atalgan yangi turlari paydo bo’lgan va
ular iste’molchilarga tez va arzon hizmat ko’rsatish uchun ishlab chiqaruvchi
hamda hizmat ko’rsatuvchi kompaniyalarni birlashtiradilar. Zamonaviy biznesda
agregatorlar muhim rol o’ynaydilar va ular ishlab chiqaruvchilar hamda
iste’molchilar orasidagi aloqalarni yaxshilaydilar, narxlarni pasaytiradilar va
bozordagi raqobatni mukammallashtiradilar. Misol sifatida on-line travel transport
442
bozoridagi quyidagi agregatorlarni keltirishimiz mumkin:
Uber, Yandex.Taxi,
GettTaxi, booking.com, TripAdvisor, parter.ru
va boshqalar.
Internetdagi eng ommabop reklama turiga
Do'stlaringiz bilan baham: |