Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma



Download 5,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/414
Sana26.04.2022
Hajmi5,77 Mb.
#582887
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   414
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

AQSH, 
Avstriya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Koreyava boshqalar
) asosiy e’tiborni 
“raqamli tibbiyot” va “aqlli shahar” ijtimoiy yo‘nalishlariga qaratgan. Bunday 
loyihalarni rivojlantirish yo’nalishi jiddiy iqtisodiy samaraga ega emas, ammo bu 
holatbir qator dalillar bilan asoslanishi mumkin: 
birinchidan, har qanday keng ko‘lamli rivojlanish dasturi g‘arb turidagi 
ochiq jamiyatdajamiyat tomondan ma’qullanishi va qo‘llab-quvvatlanishi lozim. 
Shu sababli, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bunday ijtimoiy loyihalar belgisi 
ostida boradi; 
ikkinchidan, yirik sanoatlarda raqamlitexnologiyalar joriy qilishertami-
kechmi, o‘z-o‘zidan iqtisodiy maqsadga muvofiqlik tufayli ro‘y beradi. Ijtimoiy 


63 
loyihalar esa davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadi (
ya’ni, 
maqsadga muvodiq narsalar aqlga muvofiq, aqlga muvofiq narsalar esa maqsadga 
muvofiqdir
); 
uchinchidan, ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarraqamli iqtisodiyotni 
ma’lum bir ko‘rinishda amalga oshirishga imkon beradigan sezilarli texnologik 
asoslarga ega bo‘ladi. Keng ko‘lamli ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish 
natijasidako‘p sonli mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilardan teskari aloqaga ega 
bo‘linadi, bu esa foydalanuvchi nuqtai-nazaridan texnologiyalarni takomillashtirish 
va ularni aholining keng qatlamlari uchun ochiq qilishga imkon beradi; 
to‘rtinchidan, raqamlitexnologiyalarni sanoatda joriy qilish (
masalan, 
ishlab chiqarishda buyumlar interneti, 
3D
-printerlarni ishlab chiqarishga keng 
miqyosda joriy qilish kabilar
) ancha tor doiradagi vazifalarni hal qilishi ko‘zda 
tutilgan. “
Raqamli tibbiyot
” va “
aqlli shahar
” ijtimoiy loyihalarini amalga oshirish 
esa ko‘proq murakkablik va xilma-xillikni talab qiladi hamda bunday loyihalar 
keng halq ommasi tomonidan taqdirlanadi. Barcha zamonaviytexnologiyalar 
uchun, ayniqsa, boshqaruv tizimi nuqtai-nazaridan shundayko’rinishdagi 
«
ijtimoiystress-test
» zarurdir.Yuqorida aytib o‘tilganfikrlar va g’oyalar tufayli, 
ushbu ijtimoiy yo‘nalishlarning ijtimoiy muhit uchun muhimligi bizningcha, 
o’quvchiga ancha tushunarli bo’lgandir. Lekin ularning raqamli iqtisodiyot 
respublika dasturida qanday o‘ringa ega bo‘lishi lozimligi noaniq bo‘lib 
qolaveradi. Ilk pallada, resurslar cheklanganligi sababli, sa’yi-harakatlarni qaysi 
yo‘nalishga qaratish zarurligi haqida qaror qabul qilish zarur bo‘lishi ehtimoli 
katta, ya’ni, oldimizda ikki yo’l turibdi: ularning biri texnologiyalarni ijtimoiy 
moslashtirish bilan shug‘ullanish, ikkinchisi esa mahalliy texnologik asoslarni 
ko‘paytirish yo’li. 
Bunda ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning ijobiy yo‘nalishiga o‘tish 
bosqichidagi asosiy omillar quyidagilar hisoblanadi: 

elektron hukumat konsepsiyasini amalga oshirish; 


64 

transport, uy-joy kommunal hizmatlarini va boshqalarni kompleks 
axborotlashtirishga asoslanadigan «
raqamli shahar
» g‘oyasini hayotga 
tadbiq etish; 

yangi texnologik avlod tovarlarining bozorda ommaviy ravishda paydo 
bo‘lishi (
masalan, robotlar, 3D-printerlar, haydovchisiz avtomobillar 
ishlab chiqarish va boshqalar
); 

3D-printerlarning 
ishlab chiqarishdava uy ho’jaligida qo‘llash 
ko’lamining ortishi; 

«
aqlli
» va o‘ta ekologik uy-joylar qurish g‘oyasini amalga oshirish, bu 
katta hajmdagi yangi pardozlash va qurilish materiallari talab qiladi; 

organizmni yoshartirish va davolash bilan bog‘liq innovatsion tibbiy dori-
darmonlarga talabning o‘sishi; 

turli xildagi muqobil va erkin bandlik shakllari, jumladan, autsorsing 
tarqalishi (
buxgalteriya hizmatlari, dasturlash, tarjima, banking 
hizmatlari, erkin ijodiy faoliyat va boshqalar
); 

potensial ish beruvchi tomonidanturli buyurtmalar joylashtiladigan ko‘p 
sonli professional tarmoqlarning yaratilishi. 
Sanab o‘tilgan omillar mahsulot va elektron hizmat yig‘indisi sifatida ko‘rib 
chiqilishi mumkin bo‘lgan raqamli iqtisodiyot platformalarini qo‘llash yo‘li bilan 
boshqaruv va ishlab chiqarishdagi harajatlarni qisqartirish bilan bog‘liqdir.Gap 
birinchi navbatda, hizmatlar buyurtmasi, resurslardan birgalikda foydalanish, 
kontragentlar tanlab olish, elektronsavdo, to‘lovlar va shu kabi platformalar haqida 
boradi.Texnologik jihatdan raqamli iqtisodiyotyuridik va jismoniy shaxslarning 
birgalikdagi faoliyati bo‘yicha o‘zaro aloqa qilishi mumkin bo‘lgan muhitni 
ifodalaydi. Hizmatlar sohasida raqamli texnologiyalarkatta hajmdagi operatsiyalar 
bilan namunaviy vazifalarni arzon, qulay va vositachilarsiz bajarishga qodir bo‘lib, 
bunga 
Uber
taksi buyurtmasi (
biznesni «uberizatsiya» qilish
), elektron savdo, 
internet-banking va boshqalar misol bo‘lishi mumkin. Iqtisodiyotning ko‘plab 
sohalarida daromadlilik darajasini oshirish uchun vositachilarni avtomatik tarmoq 
servislari (
yetarli darajada yaxshi ishlayotgan sayt yoki mobil ilova
) bilan 


65 
almashtirish mumkin. Biznesni bunday tashkil qilish hizmat qiymatini sezilarli 
ravishda pasaytirishga imkon berishdan tashqari, to‘liqsiz bandlik va yakka 
tartibda ishlab chiqarishning turli shakllari roli ustunlik qiladigan yangi iqtisodiyot 
tuzilmasiga olib kelishi mumkin. Kraudfanding va kraudsorsing texnologiyalari 
ham 
raqamli 
iqtisodiyot 
texnologiyalari 
sifatida 
ko‘rib 
chiqilishi 
mumkin.Vositachilarni bartaraf qilish, internetni rivojlantirish va «
aqlli
» 
avtomatlashtirilan servislar yaratish– bular ham qo‘shilgan qiymat olishga 
asoslanadigan iqtisodiyotdan hamkorlik va ne’matlar ayirboshlashga asoslangan 
iqtisodiyotga o’tishdir (
shu jumladan «shering-economy»ham
). Shu sababli, 
raqobat - o‘zaro manfa’atli kooperatsiya va o‘zaro aloqalarga o‘rin bo‘shatib 
beradi vako‘proq vertikal aloqalarga emas, balki o‘zaro teng munosabatlarga, bir-
birini to‘ldirib turadigan hizmatlar taqdim etishga asoslanadi. Bu yerdan hizmatlar 
elektron savdosi va hajmining ortishi hamda servislar sonining o‘sishi kelib 
chiqadi.Jahon banki mutaxassislarining aniqlashicha, yuqori tezlikdagi internetda 
foydalanuvchilar sonining 10% o‘sishi YIM yillik o‘sishini 0,4% dan 1,4%gacha 
oshirishi mumkin. Davlatlarning YIM dagi ulushi elektron iqtisodiyot vositasida 
yiliga qariyib 20% o‘sishi bunday iqtisodiyotning ahamiyatining tan olinishi 
hisoblanadi, rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich o‘rtacha yetti foizni tashkil 
qiladi. Bashoratlarga ko‘ra,o‘sish sur’ati saqlanib qolgan holda 10-15 yildan keyin 
bunday iqtisodiyotning jahon YIMdagi ulushi 30-40%ga yetishi mumkin ekan. 
Zamonaviy axborot platformalarini birlashtirish asosida o‘zaro aloqalarni tashkil 
qilishning yangi ijtimoiy modellari iqtisodiy texnologiyalarning 

Download 5,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish