AgTech
-loyihalarda
ROI
(
Return of Investment
) ko’rsatgichi qishloq xo’jaligiga bo’lgan boshqa
an’anaviy investitsiyalarga nisbatan ancha katta miqdorda bo’ladi. Shuning uchun
485
bo’lsa kerak, faqat 2017 yilning o’zidayoq agrotexnologiyalarga bo’lgan
investitsiyalar shunday kompaniyalarni sotib olish yoki ularga investitsiyalar
kiritish natijasida salkam 32% ga ortdi yoki pulda ifodalaganda, $2,6 milliard
dollarga o’sdi (
Forbes
ning ma’lumotlari
). Bu xolatning sababini usoqlardan
qidirib yurishning keragi yo’q, sabab juda oddiy – yer kurrasidagi insonlar soni
borgan sari ortib bormoqda va ularning barchasini oziq-ovqat bilan ta’minlab
turish kerak. BMT ning bashoratlariga ko’ra, 2025 yilga kelib, yer sharidagi aholi
soni 8,1 milliarddan oshib ketadi, 21 asr o’rtasiga kelib esa 9,6 milliardga yetadi.
Mutaxassislarning fikrlariga ko’ra, raqamli transformatsiya tufayli, qishloq
xo’jaligi tarmoqlarining yalpi mahsuloti 60% dan ortiqqa ko’payadi va shu tufayli
oziq-ovqat yetishmovchiligi kutilmaydi. Raqamli agrotexnologiyalar sohasidagi
bunday yangiliklar bilan bog’liq ravishda O’zbekiston Respublikasi normativ-
xuquqiy hujjatlar portalida bacha tanishishi va muhokama qilinishi uchun “
Aqlli
qishloq xo’jaligi
”ni tadbiq qilishning kontseptsiyasini loyihasi nashr etildi. Ushbu
kontseptsiyaning
asosiy
maqsadlari
– qishloq xo’jaligi mahsulotlarini
xosildorligini va sifatini oshirish, chorvachilik mahsulotlarining samaradorligini
ko’paytirish, qishloq xo’jalik ekinlarini kasallik va zararkunandalardan
himoyalash, turli hildagi o’simliklarning rivojlanishiga tashqi ta’sir etuvchi nobop
faktorlarning oldini olish, qishloq xo’jaligining zamonaviy usullarini tadbiq qilish
va ishlab chiqarish madaniyatini yuksaltirishdir. Bunda alohida e’tibor
mamlakatimiz qishloq xo’jaligiga yuqori texnologiyalarni tadbiq qilishga va
xo’jalik yuritishning raqamli usullarini keng miqyosda qo’llashga qaratiladi. Ushbu
maqolada esa mualliflarning taklif etilayotgan kontseptsiyaga nisbatan tanqidiy
fikrlari, uni rivojlantirish bo’yicha takliflari va bu yo’nalishdagi bir qancha
qo’shimcha imkoniyatlar yoritiladi.
Bizning fikrimizcha, O’zbekiston Respublikasida aqlli qishloq xo’jaligi
kontseptsiyasini to’laqonli tadbiq etishning eng asosiy masalalari sifatida
quyidaglarni ko’rsatib o’tishimiz mumkin:
Mavjud suv, energetika, mineral, material va texnik resurslardan foydalanishnig
eng yangi va tejamkor raqamli texnologiyalaridan foydalanish;
486
Zamonaviy raqamli information texnologiyalar va boshqaruv tizimlari yordamida
ochiq va yopiq yer maydonlarida tomchilab sug’orish tizimlarini keng miqyosda
ishlatish;
Jahonning turli mamlakatlarida ishlab chiqilgan zamonaviy texnologiyalar
yordamida ochiq, yopiq va yarim yopiq yer maydonlarida hamda teplitslarda
mahalliy va turli xildagi tropik o’simliklar yetishtirishni yo’lga qo’yish;
Sun’iy substratlardan foydalangan xolda perlitlar va aeron texnologiyalari
yordamida mahsulotlar yetishtirish hamda ularni yaqin va uzoq mamlakatlarga
eksport qilish;
Zamonaviy aeroponika va gidroponika usullaridan foydalangan xolda aqlli
teplitslarda jahon bozorida talabgor bo’lgan ekologik toza qishloq xo’jalik
mahsulotlari yetishtirish;
Respublika uchun hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan oziq-ovqat havfsizligini ichki
va tashqi investitsiyalar jalb qilish orqali ta’minlash maqsadida qishloq xo’jaligini
boshqarish uchun perspektiv raqamli texnologiyalarni qo’llash;
Qishloq xo’jaligiga turli xildagi zamonaviy resursni tejaydigan texnologiyalarni
qo’llash, shu jumladan, aniq ekuvchi mexanizmlardan foydalanish, xar bir birlik
ekin maydoniga qancha mineral o’g’it ketishini aniq bilgan xoldaturli xildagi
o’g’itlarning sarfini kamaytirish;
Turli xildagi qishloq xo’jalik ishlarini amalga oshirish xamda ularning hisobini
aniq yuritish uchun navigatsion GPS-qurilmalar bilan ta’minlangan qishloq
xo’jalik mexanizmlari va texnologik jihozlardan foydalanish;
Qishloq xo’jalik texnikasini va jihozlarini boshqarish, chorva mollariga qarash,
sut sog’ish va shu kabi ishlarni amalga oshirish uchun robototexnika vositalaridan
foydalanish;
Yer resurslaridan foydalanishni hisobga olish, qishloq xo’jalik ekinlarining
holatini nazorat qilish, ularni kasallik va zararkunandalardan himoyalash hamda
yaylovlardagi chorva mollarini kuzatish uchun uchuvchisiz qurilmalar –
dronlardan foydalanish;
487
Mamlakat qishloq xo’jaligining turli xil yo’nalishlaridagi yuqori texnologiyali
sohalarda ishlash uchun malakali mutaxassislar tayyorlash va ularni qishloq
xo’jalik ishlariga jalb qilish;
Resbublika qishloq xo’jaligining turli sohalariga ilg’or innovatsion
texnologiyalarni va chet el tajribasini joriy qilish;
Keyinchalik umumrespublika miqyosida foydalanish maqsadida oldin shaxarlar
va so’ngra viloyatlar miqyosida ma’lumotlarni raqamli usulda almashinishga
o’tish;
Kelajakda to’liq elektron ish yuritishga o’tish maqsadida qog’oz ko’rinishidagi
ma’lumotlardan va hisobot formalaridan imkoniyat darajasida voz kechish;
Qishloq ho’jalik xizmatchilari, fermerlar va ishlab chiqaruvchilar hamda davlat
boshqaruv organlari orasidagi aloqa samaradorligini elektron usullardan
foydalangan xolda sezilarli darajada oshirish;
Mahalliy sharoitlarda turli xildagi qishloq xo’jalik ekinlarni yetishtirish usullari va
uslubiyati bo’yicha omma foydalana oladigan elektorn ma’lumotlar bankini
yaratish va bu haqdagi ma’lumotlarni barcha qishloq xo’jaligi xodimlariga
yetkazish – bu qishloq xo’jaligini ilmiy asosda yuritish va yuqori hosildorlikka
erishishga yordam beradi;
Qishloq ho’jaligini boshqarishning samarador mexanizmini yaratish uchun
ekinlar va chorva mollarining doimiy monitoring va baholanuvini yo’lga qo’yish
lozim;
Qishloq xo’jalik xodimlari va fermerlarni mahsulotlarni yetishtirish, yig’ib olish,
saqlash, qayta ishlash, sotish va marketing hamda logistika jarayonini amalga
oshirish bo’yicha maslahatlar bera oladigan konsalting kompanilari faoliyatini
yo’lga qo’yish;
Qishloq xo’jaligini respublika va viloyatlar miqyosida samarali boshqarish,
consulting hizmatlarini berish va monitoring qilish bo’yicha raqamli platformalar
yaratish;
488
Respublikaning tez o’zgaruvcha continental muhitiga moslasha oladigan qishloq
xo’jaligi o’simliklari va uy xayvonlari yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish
yoki boshqa mamlakatlarda mavjudlarini ijodiy ravishda o’zlashtirish;
Qishloq xo’jalik ekinlarining mahalliy klimatik sharoitlarga chidamli bo’lgan
yangi sortlarini yaratish bo’yicha ishlarni gen injeneriyasi usullari yordamida
rivojlantirish;
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini uzoq muddat saqlay oladigan va oson
transportirovka qila oladigan jihozlar, usullar, transport vositalari va mashina-
mexanizmlar yaratish;
Qishloq xo’jalik mahsulotlarining jahon bozorida raqobatbardosh bo’lgan
ekologik toza bozorbop turlarini yetishtirish uchun mo’ljallangan qishloq
xo’lagigi infratuzilmasini tashkil qilish;
Raqamli texnologiyalardan foydalanish asosida davlat tomonidan qishloq
xo’jaligi uchun ajratilgan davlat mablag’larining, yer maydonlarining va moddiy
boyliklarining samaradorligini ta’minlash;
Eng ilg’or xorijiy analoglar asosida rejali tarzda “
Aqlli qishloq xo’jaligi
”
texnologiyalarini mamlakatimiz xududlarida tadbiq qilishga erishish;
Innonatsion yechimlar asosida qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari logistik
infratuzilmasining samaradorligini oshirish.
Yuqorida sanab o’tilgan masala va muammolarni hal qilish hamda hayotga tadbiq qilish
uchun qishloq xo’jaligiga zamonaviy raqamli texnologiya usullari va vositalarini tadbiq
etish talab qilinadi. Buning uchun esa yuqorida ko’rsatilgan takliflarni vaqt va fazo
masshtabida samarali ravishda rejalashtirsh talab etiladi. Bu ish albatta sun’iy intellect
texnologiyalari (
Do'stlaringiz bilan baham: |