Ratsional kutish nazariyasi



Download 95 Kb.
bet5/8
Sana22.07.2022
Hajmi95 Kb.
#837181
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
RATSIONAL KUTISH NAZARIYASI

X (iks) nazariyasi bo‘yicha ishchilar ishlashni xohlamaydi, javobgarliqdan qochadi, ulartabiatan yalqov, ishyoqmas bo‘ladilar. Shu bois ularni doimo turtib, majburlab, nazorat qilib,jazo bilan qo‘rqitib turish kerak.Shundagina ular korxona uchun yaxshi ishlaydilar.
Y (igrik) nazariyasida kishilarga ishonib, qobiliyatlarini rivojlantirib, ular o‘zlariningfoydaliligi va muhimliklarini his qilishsa, ishdan qoniqish hosil qilishsa, shundagina korxonagakatta foyda keltirish mumkin deyiladi. Bu nazariya xodimning o‘z mehnatidan qoniqish hosilqilishiga hamkorlik ko‘rsatuvchi:
xizmatlarning tan olinishi;
xizmatdagi o‘sishi;
malakasining oshishi;
mas’uliyatning yuqoriligi
kabi omillarni motivatsiyaga da’vat etuvchi omillar deb talqinqiladi.
Bu nazariyaga binoan, boshqaruvchi ko‘rsatma beribgina qolmay, har bir kishining
qobiliyatini ishga yo‘naltiradi. Ishning ko‘zini bilgan rahbar o‘z qo‘l ostidagilariga vakolatlar vaqabul qilingan qarorlarni bajarishda erkinlik beradi.
Umuman rahbar oldida quyidagi ikki maqsad turishi kerak:
motivatsiya vositalarini yaxshilash yo‘li bilan qo‘l ostidagilarning norozilik
darajasini pasaytirib borish;

xodimlarning tashabbusshsh uyg‘otadigan motivatsiyaning kuchli vositalarini qo‘llab,
ularning ehtiyojlarini to‘laroq qondirish.
Motivatsiyaning ana shunday vosita (regulyator)larini quyidagi jadvalda keltiramiz (5-jadval).
5-jadval
Motivatsiya regulyatorlari
Muvaffaqiyatga intiluvchi rahbar ana shu regulyator va omillarga asoslanib, o‘z ishonchibilan boshqalarga yetakchi bo‘lib, ular orqali xizmat ko‘rsatadigan mijozlarni g‘alabagaishontiradi atrofiga istiqbolli xodimlarni yig‘ib, ularning hurmatini qozonadi, qo‘lostidagilarni sevadi, ularning muammosini o‘zining muammosi deb tushunadi, ishni yuqoridarajada bajarishga tadbirkorlik bilan kirishadi.
Quyida nemis olimlari V. Zigert va L. Langlarning mehnatni tashkil qilish va uni motivlashtirish bo‘yicha takliflarini keltiramiz:
 har bir harakat, ayniqsa mazkur harakatni bajarilishini talab qiluvchining harakati obdono‘ylangan bo‘lishi kerak;
 kishilar o‘z mehnatidan zavq olishi kerak, ishi uchun javob berishi lozim, natija uchun birgakurashishi darkor;
 har bir kishi o‘z ish joyida o‘zini nimaga qodir ekanligini ko‘rsatgisi keladi;
 kishilarning o‘z ishlarini takomillashtirish to‘g‘risidagi fikrlarini bilish lozim;
 kishilarni o‘zligini anglashga imkon berish kerak;
 maqsadga erishishga o‘z dahldorliligini his etgan xodim yanada ko‘proq kuch bilan ishlashga,o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi;
 yaxshi ishlaydigan kishilar ham moddiy, ham ma’naviy tomondan tan olinishga haqlidirlar;
har bir xodimga barcha axborotlarga kira olish huquqi bo‘lishi kerak, buning ustiga tez bo‘lishimuhimdir;
 xodimlarning ish faoliyati yo‘nalishini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror ularning ishtirokida,ularning tajribasi, bilimiga asoslangan holda qabul qilinishi kerak;
 o‘z-o‘zini ustidan nazorat bo‘lishi kerak;
 ish jarayonida xodimlar yangi bilimlarni ola bilishi lozim;
 xodimlarning suvini siqib chiqarish emas, balki ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdarkor;
 xodimlar o‘z mehnatlarining sifati to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishlari lozim;
 har bir xodim o‘z-o‘ziga imkoniyat boricha xo‘jayin, boshliq bo‘lishi kerak;
 har bir kishi muvaffaqiyatga intiladi.
Amerikalik mutaxassislarning fikriga qaraganda, mana shu maslahatlar hodimlarning ijodiykuch–quvvatini, tashabbusini oshiradi, ijodiy vaziyat, xayrihohlik vaziyatining vujudga kelishigava pirovard natijada mehnat unumdorligining ortishiga yordam beradi.

Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish