Milliy – madaniy axborotni olib yuruvchi frazeologik birliklar
Hozirgi vaqtda lingvistikada til va madaniyatning o’zaro ta’siri masalasiga katta
diqqat qaratilmoqda. Til insonning madaniyatini, dunyoqarashini aks ettiradigan
vosita bo’lib hisoblanadi. Til axborotni to’plash va saqlab qolish vositasi bo’lib, u
dunyo haqidagi inson bilimining makonidir. Har qanday xalqning tabiati, turmushi,
tarixi, boyligi har xil. Nazarimizda, dunyoning tilga oid manzarasini shakllantirishda
frazeologiya alohida rol o’ynaydi. Tilning frazeologik tarkibining obrazli
mazmuniga madaniy va milliy ko’rinish gavdalantirilgan. Axir bu obrazlar
lug’atlarda odamlar ongida behuda mustahkamlanmagan, ular o’z ma’no va
dolzarblikarini saqlab qolganlar. V. N. Teliyaning mulohazasi bo’yicha “frazeologik
birliklarning o’zlari madaniy stereotiplarning rolini egallaydilar”.
Tilda madaniy milliy etalonlari bilan assotsatsiya qilinadigan o’sha iboralar
mustahkamlanadi. Frazeologik birliklar orqasida madaniyat turadi. Lingvistik
adabiyotda tilning u yoki bu variantiga tegishli birlikni aniqlaydigan lokalli
markalashtirish tushunchasi ishlab chiqilgan. Berilgan ishda lokalli markalashtirish
tushunchasida urg’u uning ekstralingvistik shartlanish tomoniga ko’chadi, lokalli
markalashtirish esa xalq hayotining moddiy sharoitlarini, mamlakat geografiyasini,
uning tarixi va madaniyatini, uning haqiqatliligini ko’rib chiqadigan frazeologik
birliklarning xususiyatlarini interpretatsiya qiladi. Milliy – fonli markalashtirish
frazeologik birliklarning semantikasi, obrazliligiga mahalliy kaloritni yaratadi.
Lokalli markalashtirishning tadqiqotida o’rganilayotgan frazeologik birliklarning
semantikasi bir burchak ostida ko’rib chiqiladi, tildan tashqari haqiqat bilan
81
nisbatning ko’rsatgichi kabi, urg’u esa ichki shaklga, frazeologik obrazga ko’chadi.
Frazeologik obraz chuqur o’ziga xoslikka ega. Uning yaratilishida kam bo’lmagan
inson hayoti bilan bog’liq haqiqatning aniq hodisalari aksida ijtimoiy tomoniga
tegishlidir. Lingvistlarning yakdillik fikri bo’yicha frazeologiya tilning ko’proq
o’ziga xos milliy sohasi bo’lib hisoblanadi.
Frazeologik fond – bu faqat tilga oid emas, balki har bir xalqning madaniy – tarixiy
xazinasidir. Frazeologik birliklar orqali tadqiqotchilar xalq olib yuradigan
ma’lumotlar haqida xabar topadilar. Birgina frazeologik birlikni bilish bu kamdir,
biz uning orqasida nima turganligini, uni mamlakatning madaniyati bilan tarixi bilan
aloqalarini o’rganishimiz ham kerak deb o’ylayman.
Bundan tashqari, lokalli markalashtirish tadqiqot qilinayotgan frazeologik birlikda
sotsiolingvistik shartlanish kategoriyasining bevosita kuzatilayotgan ko’rsatilishi
bo’lib hisoblanadi.
O’zbek tili frazeologik birliklari milliy asosda paydo bo’lgan. Ingliz tilida boshqa
tillardan olib o’zlashtirish nisbatdan kuchliroq, ayniqsa lotin va fransuz tillaridan.
Milliy – madaniy komponentlarni egallovchi tadqiqot qilinayotgan frazeologik
birliklarning taqqosli tahlili o’z xususiyatlariga ular aks ettirgan jamiyatning hayot
doirasi bilan bog’liq bo’lgan asosiy guruhlar bo’yicha ularning tasnifini ko’rsatadi:
1)
Har xil ijtimoiy guruhlarning mehnatga oid faoliyatlari asosida paydo
bo’lgan frazeologik birliklar; 2) aniq tarixiy davr, reallikni aks ettiruvchi frazeologik
birliklar; 3) odamlar, urf - odatlar, milliy o’ziga xos vaziyatlarni aks ettiruvchi
turmush, marosimlar asosida paydo bo’lgan ananali xarakterdagi frazeologik
birliklar; 4) mamlakat geografiyasini aks ettiruvchi frazeologik birliklar; 5) adabiy
manbalar, davlatga oid hujjatlar, matbuotdan paydo bo’lgan frazeologik birliklar.
Mehnat faoliyati asosida paydo bo’lgan frazeologik birliklarning haqiqiy kasbiy
mazmunini, mehnatga munosabatini, har xil sohadagi vakillarning hayoti va
turmush tarzini aks ettiradilar, bu esa ko’rib chiqilayotgan milliy kaloritni
shartlaydi. Mehnat faoliyati va ijtimoiy munosabatlar bilan bog’liq frazeologik
82
birliklarning milliy madaniy komponenti ingliz va o’zbek tillarida taqqoslanganda
aniq bilinadi.
Shunday qilib , xoxlagan natijaga olib kelmaydigan jamoaviy mehnat haqidagi
tushunchani ingliz tilida
Do'stlaringiz bilan baham: |