Rasmiy uslub va uning xitoy tilida berilishining oʻziga xos xususiyatlari adilova Nilufar, «Tarjimashunoslik»



Download 38,19 Kb.
bet2/5
Sana16.06.2021
Hajmi38,19 Kb.
#66894
1   2   3   4   5
Bog'liq
maqola (2)

Qolip soʻzlar (Klishe). Ariza, qaror, bildirishnoma, ma’lumotnoma, shartnoma, tabriknoma singari turli xarakterdagi rasmiy hujjatlarning har birining oʻziga xos bayon etish qolipi boʻladi. Ayni paytda, ularning har birining alohida soʻz va turgʻun birikmalari ham mavjud boʻladi. Rasmiy uslubdagi uchrashuvlar yoki hujjatlardagi kirish soʻzlari har bir tilda mavjud qoliplardir. Bunga salomlashish, murojaat va minnatdorchilik kabi qolip soʻzlari kiradi. Misol uchun:

尊敬的女士们先生们,你们好 zunjing de nushimen xianshengmen, nimenhao – Assalomu alaykum, hurmatli xonimlar va janoblar;

尊敬的总统阁下zunjing de zontong gexia – Hurmatli Prezident oliyjanoblari;

尊敬的同事们,朋友们 zunjing de tongshi men, pengyou men – Hurmatli hamkasblar, doʻstlar;

亲爱的乌兹别克人民 qinai de wuzibieke renmin - Aziz oʻzbek xalqi;

亲爱的同胞们 qinai de tongbao men – Aziz vatandoshlar;

很高兴与您会晤 hen gaoxing yu nin huiwu – Siz bilan uchrashganimdan bagʻoyatda mamnunman.

Shuni aytib oʻtish lozimki, soʻzlashuv uslubida huddi shu gapni 很高兴跟你见面 koʻrinishida ifoda etiladi.



借此机会我想向您表达我的敬意 jieci jihui wo xiang nin biaoda wode jingyi – Shu fursatdan foydalanib sizga oʻzimning hurmatimni ifoda etmoqchiman.

Ushbu uslub uchun jargonlar, oddiy soʻzlashuvga xos soʻzlar, emotsional-ekspressiv boʻyoqqa ega boʻlgan soʻzlarning ishlatilishi me’yor sanalmaydi va shu jihati bilan boshqa uslublardan keskin farq qiladi.

Rasmiy uslubning grammatik me’yori ham alohida xususiyatlarga ega. Masalan, ot soʻz turkumiga oid soʻzlar koʻp ishlatiladi. Noaniqliklarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ular olmoshlar bilan almashtirilmaydi. Bu uslubda fe’lning harakat nomi shakli faol qoʻllaniladi, gapning kesimi koʻpincha hozirgi zamonning majhul nisbatida ifodalanadi, hujjatning xarakteriga qarab shart mayli shakliga tez-tez murojaat etiladi.

Rasmiy uslubda yozilgan matnlar uchun barcha morfologik vositalar va kategoriyalarning qoʻllanilishi bir xil darajada emas. Masalan, son va olmoshlar bu uslubda boshqa soʻz turkumlariga qaraganda ikkinchi darajali omil hisoblanadi. Rasmiy uslubning sintaktik xususiyatlari ajralib turadi. Masalan, unda darak gap, ayniqsa, qoʻshma gap shakli koʻp ishlatiladi. Yoyiq va murakkab soʻz birikmalari mahsuldor hisoblanadi. Murakkab tipdagi nomlar keng qoʻllaniladi. Gap tuzilishida oʻzbek tilidagi odatdagi me’yorga amal qilinadi va yuqorida sanalgan jihatlari bilan ilmiy uslubga oʻxshab ketadi.

Nutq uslublari barcha tillarda mavjud va xitoy tili bundan mustasno emas. Tilni egallashni va uni tabiiy ravishda gapirishni istagan har bir kishi uslubni oʻzlashtirishi kerak.




Download 38,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish