Bilet 27
Javob 1: Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo’llanish yo’llari, fonеtik, lug’aviy, frazеologik va grammatik birliklarning qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi.Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma'lum bir sohada qo’llanadigan ko’rinishi adabiy til uslubi dеyiladi.O’zbеk adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor. 1. So’zlashuv uslubi 2. Ilmiy uslub 3. Rasmiy-idoraviy uslub 4. Ommabop (publitsistik) uslub 5. Badiiy uslub
Bu uslub xamma uchun umumiy va til vositalarini saylab ishlatishda erkindir. Bu uslubda metaforik so’zlar, dialetzmrlar, vul`garizm va frazeologik iboralar ko’proq ishlatiladi. Turli ekstralingvistik faktor –qo’l, bosh, badan harakatlari mimikalar so’zlashuv nutqi uslubiga xosdir.
Rasmiy idoraviy uslubi haqida ma’lumot
Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publisislik uslub va badiiy uslub.
Rasmiy-idoraviy nutq uslubi jamiyatdagi ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi uslubdir. Bu uslub hujjatchilik xarakteri bilan ajralib turadi. Shunga ko‘ra, yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat qonunlari, farmonlar, bayonotlar, shartnomalar, idora hujjatlari, e’lonlar va boshqa rasmiy yozishmalar uslubi hisoblanadi.
O‘zbek tilining rasmiy idoraviy til sifatida qo‘llanishi qoraxoniylar hukmronligi davrida boshlandi. XX asrdan so‘ng o‘zbek xonlari va amirlari saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar o‘ziga xos mazmuni, muayyan tartibi va nutqiy qolipi bilan ajralib turadi. Sho‘ro hukmronligi davrida o‘zbek va rus tillarida ish yuritish huquqi qonunlashtirilgan bo‘lsa-da, amalda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqeyi past edi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi rasman ish yuritish maqomi mustahkamlandi.
Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq ravishda idoraviy ish yuritish qog‘ozlari, hujjatlar ham xilma-xil va miqdoran juda ko‘p. Hujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir.
JAvob 2 So'zning o'z va ko'chma ma'nolari. So'zlarning nutq jarayoniga bog'liq bo'lmagan atash ma'nosi o'z ma'no sanaladi. So'zning nutqdan boshqa so'zlarga bog'lanib hosil qiladigan yondosh ma'no ko'chma ma'no hisoblanadi. Masalan: Odamning qulog'i - o'z ma'no, qozonning qulog'i - ko'chma ma'noda.. O'z va ko'chma ma'no birikib, ko'p ma'noli so'zni hosil qiladi.
Metafora - bu bir tushunchaning ma'nosini boshqasiga bog'laydigan, ikkalasi o'rtasida o'xshashlikni o'rnatadigan adabiy yoki ritorik figura. Boshqacha qilib aytganda, metafora tushunchalarni bir-biriga almashtiradi, ular o'rtasidagi o'xshashlikni isbotlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |