Rasm. Taqsimlangan tizimning tarkibiy tuzilishini ko‘rsatuvchi sxema



Download 35,92 Kb.
Sana12.09.2021
Hajmi35,92 Kb.
#172843
Bog'liq
taqsimlangan mi


Taqsimlangan tizimlar tarmoq texnologiyalari negizida yaratilgan bo‘lib, murakkab strukturaga ega. Ular tarmoq sharoitida har xil turdagi xizmatlarni taqdim etish imkoniyatiga ega, jumladan: - ma’lumotlarni saqlash va uzatish; - «nuqta-nuqta» ulanish prinsipidan «har biri har biri bilan» prinsipiga o‘tish; - turli ilovalarga xizmat ko‘rsatishning universal xizmatidan foydalanish (Internet, VPN (virtual private network - virtual xususiy tarmoq) misolida); - xizmatlarning kerakli to‘plami va hajmini shakllantirish hamda ularni belgilangan sifat darajasida taqdim etilishiga erishish; - xizmatlar sotuvchisi va xaridori o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni to‘liq va aniq tashkil etish.



    1. – rasm. Taqsimlangan tizimning tarkibiy tuzilishini ko‘rsatuvchi sxema


Taqsimlangan tizimlar tarkibidagi ma’lumotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan tizim va tarmoqlar umumiy ravishda taqsimlangan tizimlar tashkil etish qoida va andozalariga asoslanadi. Taqsimlangan tizimlar ma’lumotni qayta ishlash va kelib chiqishining hududiy taqsimlanishi bilan bog‘liq ob’ektlarning quyidagi funksiyalarini belgilaydi: - resurslarga (hisoblash quvvatlariga, dasturlarga, ma’lumotlarga) kirish va ulardan foydalanishga ruxsat berish; - «mijoz-server» rejimida vazifalarni bajarish; - tizimning ishlashi to‘g‘risida statistika to‘plash; - tizimning ishonchliligini ta’minlash. Shu sababli, taqsimlangan tizim (TT) lar har xil platformadagi texnik vositalar, operatsion tizimlar bilan ishlash imkoniga ega bo‘lishi talab etiladi. Taqsimlangan tizimlarning muhim maqsadi bog‘lovchi dasturiy ta’minot (DT) sathini ta’minlagan holda ilovani asosiy bazaviy tizimdan ajratishdan iborat. Bunday sathni qo‘llash muhim arxitekturaviy yechim hisoblanadi va uning asosiy maqsadi taqsimlanish shaffofligini ta’minlashdan iborat, o‘z navbatida shaffoflikka erishish sharti bog‘lovchi DT adaptivligini ta’minlovchi turli uslublar mavjudligini talab qiladi. Taqsimlangan tizimlar tarkibidagi ma’lumot qayta ishlash (yoki kompyuter) vositalari tarmoq apparat-dastur jihozlari yordamida o‘zaro bog‘lanadilar. Ko‘pchilik umumiy foydalanish tarmoqlari ierarxik tuzilish asosida quriladi. Ma’lumot uzatish tarmog‘ining ierarxik tuzilishdagi afzalligi axborot almashuvida xar xil ierarxik satxlarga xizmat ko‘rsatishdir. Tuzilishlardan qaysi birini tanlash foydalanuvchi talabi, yuklama xajmi va boshqa faktlarga bog‘liq. Ierarxik sath tarmoq va noierarxik tarmog‘i pastki satxlari “Yulduzsimon”, “Xalqasimon”, “Shinasimon”, “Daraxtsimon” lar ko‘proq tarqalgan tuzilishlar xisoblanadi. Ierarxiya tarmog‘i yuqori satxlarida ishonchlilikning yetarlicha yuqori ko‘rsatkichlarini ta’minlash zaruriyatida “To‘liq bog‘lanishli” yoki “K - bog‘lanishli” tuzilishlari ishlatiladi. Yuqori ishonchlilik bo‘yicha “Almazsimon” tuzilishi ma’lumot uzatish tarmoqlarida xarakatdagi ob’ektlarni qurilishida qo‘llaniladi. Daraxtsimon topologiya lokal kompyuter tarmoqlari, qishloq xududlari telefon tarmoqlari, abonent kirish tarmoqlarida qo‘llaniladi. «Xalqa» topologiyasi xar bir punktga faqat ikkita aloqa vositasi birlashtirilgan tarmoqni tavsiflaydi. Xalqa topologiyasi optik kabel yordamida lokal kompyuter tarmoqlar, transport tarmoqlar va abonent kirish tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. Ikki qavat xalqa oraliq punktlar o‘rtasida fizikaviy ulanishni juftliklari bilan tashkil qilinadi, bunda axborot oqimi ikki yo‘nalishda yo‘naltiriladi, ulardan biri asosiy, boshqasi esa – zaxira bo‘ladi. To‘liq aloqali topologiya “har biri - har biri bilan” tamoyiliga asoslanadi, bunda punktlar o‘rtasida fizikaviy va mantiqiy ulanish ta’minlanadi. Xar bir juft punktlar o‘rtasidagi mustaqil yo‘llar soni h -1 ga teng (h – punktlar soni), shuning uchun mantiqiy qatlamda aylanma yo‘llarning ko‘proq soni mavjud, bu esa aloqani, ayniqsa, aylanma yo‘nalishlarda signallar tarqalishini alternativ muxitlarini ishlatishda (masalan, optik tola, radiorele liniyalarda) aloqani maksimal ishonchliligini beradi. Tarmoqda ma’lumot uzatish jarayonlari marshrutizatorlar asosida bajariladi.

Ularda asosan ikkita masala yechiladi:

1. Ma’lumotni uzatish (forwarding) – paketni kirish portidan chiqish

portigacha harakat qilishini ta’minlash;

2. Paketular uzatilishini boshqarish – marshrutizatorni joriy holatiga

asoslanib, paketni qayta ishlash, uni qaysi marshrutga yo‘naltirish bo‘yicha qaror qabul qilish.

Marshrutizatorlarning rivojlanishi shu ikki sath vazifalarini bir-biriga

yaqinlashtirish hisoblanadi.

Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida yangi dasturiy konfiguratsiyalangan tarmoq (DKT) (2) arxitekturasi ishlab chiqildi. Unda tarmoqni boshqarish funksiyalari ma’lumot uzatish funksiyalaridan ajratilgan.

DKT ning asosiy g‘oyasi, mavjud tarmoqdagi vositalarni (ya’ni, marshrutizator va kommutatorlarni) o‘zgartirmasdan turib, ularni boshqarish jarayonlarini oddiy bir kompyuterga o‘rnatilgan maxsus dasturiy ta’minot asosida amalga oshirish. Ushbu dasturiy ta’minot tarmoq administratori nazoratida bo‘ladi.



Tarmoqdagi hamma marshrutizator va kommutatorlar tarmoq operatsion

tizimi (TOT)ning boshqaruvi asosida birlashtiriladi. TOT muntazam ravishda tarmoq vositalarining konfiguratsiyasini nazorat qilib boradi va ilovalarga tarmoqni boshqarishga imkon yaratib beradi. Ular to‘g‘risidagi ma’lumot keying bandlarda yoritiladi.
Download 35,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish