Nazorat uchun savollar:
CD.ROM ning EMD va QMD dan farqi va o'xshashligi.
Multimedia texnologiyasini joriy etish talablari.
Windows muhitida multimedia texnologiyasi qanday qilib ish yuritadi?
MS Power Pointning vazifasi nima?
Namoyish nima?
Slayd deb nimaga aytiladi?
Animatsiya nima?
MS Power Point 2010da tayyoriangan taqdimotni qanday formatlarda saqlash mumkin?
MS Power Pointda slaydga video fayllar qanday joylashtiriladi?
Taqdimotni qanday chop etiladi?
Mavzu-5: Dreamweaver dasturida Web – sahifa yaratish.
Reja:
1. Web-sahifa, Web-sayt, Web-server.
2. Razmetkali tillar: HTML, XML, XHTML, WML, JavaScript.
3. Ssenariyli tillar, "klient-server" texnologiyasi.
4. Web-sayt yaratish.
5. Web-sahifaga matn kiritish.
Tayanch so‘z va iboralar: web-sahifa, web-sayt, web-server, web-sahifa, web-sayt, teglar, Web-sahifa, Web-sayt, Web-server.
Web-texnologiyani (Internet-texnologi ) o‘rganishni Web-dizaynning quyidagi uchta tushunchasini o‘rganishdan boshlaymiz: Web-sahifa, Web-sayt va Web-server.
Web-sahifa - o‘zining unikal adresiga ega bo‘lgan va maxsus ko‘rish dasturi yordamida (brauzer) ko‘riluvchi hujjatdir. Unga matn, grafika, ovoz, video yoki animasiya ma’lumotlar birlashmasi - multimediyali hujjatlar, boshqa hujjatlarga gipermurojaatlar kirishi mumkin. Web-sayt - bir qancha web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi.
Web-server - tarmoqqa ulangan kompyuter yoki undagi dastur hisoblanib, umumiy resurslarni klientga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Web-serverlar ma’lumotlar bazalari va multimediyali ma’lumotlarni bir biriga moslashtiradi; Web-serverda Web- sahifa va Web-saytlar saqlanadi.
Biz Internet tarmog‘idagi Web-sahifalarni ko‘rishimiz uchun WWW (World Wide Web) deb ataluvchi servisdan foydalanamiz.
World Wide Web (WWW, Butun dunyo o‘rgimchak to‘ri) - bu klient-server texnologiyasi asosida tashkil etilgan, keng tarqalgan Internet xizmatidir.
Gipermatnli ma’lumotlar tizimi ma’lumotlar bo‘g‘inlari to‘plamlari, shu bo‘g‘inlarda aniqlangan gipermatnli aloqalar to‘plamlari va bo‘g‘inlar va aloqalarni boshqarish instrumentlaridan tashkil topgan. World Wide Web texnologiyasi bu - gipermatnli taqsimlangan tizimlarni Internetga kiritish texnologiyasi va shundan kelib chiqib, u bunday tizimlarning umumiy ta’rifiga mos kelishi kerak. Bu shuni bildiradiki, gipermatnli tizimlarning yuqorida keltirilgan barcha komponentalari Web da ham bo‘lishi kerak.
Webga, gipermatnli tizim sifatida, ikki xil nuqtai nazardan qarash mumkin. Birinchidan, o‘zaro gipermatnli o‘tishlar (ANCHOR konteyneri) vositasida bog‘langan tasvirlanishi kerak bo‘lgan sahifalar t’plami sifatida. Ikkinchidan, tasvirlanayotgan sahifalar (matn, grafika, uyali kod va hokazolar) ni tashkli qiluvchi elementar ma’lumot obyektlarining to‘plami sifatida. So‘nggi holatda sahifaning gipermatnli o‘tishlar to‘plami - bu matnga ichki qo‘yilgan rasm kabi ma’lumot bo‘lagi.
Ikkinchi yondashuvda gipermatnli tizim elementar ma’lumot obyektlari to‘plami uchun gipermatnli aloqalar rolini o‘ynovchi HTML-sahifalarning o‘zi tomonidan aniqlanadi. Bu yondashuv tayyor komponentalardan tasvirlanayotgan sahifalarni qurish nuqtai- nazaridan ancha serhosilroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |