Kontekst (suzuvchi) menyu. Kontekst menyu oynaning ixtiyoriy joyida sichqonchaning o'ng tugmasini bosish yordamida ochiladi. Bu menyu bandlari qaysi element ajratilgani, qanday operatsiya bajarilayotgani va shu kabi holatlarga bog'liq holda o'zgaradi. Misol uchun agar Word matnlarni tahrirlash dasturida biror so'zni ajratib, sichqonchaning o'ng tugmachasiga bosilsa, nusxa olish, ko'chirish, qirqish operatsiyalarini yoki o'sha so'zni formatlashtirish operatsiyalarini (shriftni, abzatsni formatlashtirish buyruqlarini) tanlash mumkin bo'lgan menyu paydo bo'ladi. Shunday qilib, sichqonchaning o'ng tugmachasini bosgach, siz o'sha onda ajratilgan element bilan bo'ladigan operatsiyalar nomlarini o'z ichiga olgan menyuga kirishingiz mumkin. Odatda, Windowsning an’anaviy tizimli menyusidan foydalanishga qaraganda, kontekst menyu yordami bilan buyruqlarni bajarish qulayroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |