An’anaviy ta’lim
|
Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ta’lim
|
Nashr materiallari
|
Nashr materiallari
|
Audio va video materiallar
|
Kompyuter o’rgatuvchi dasturlar
|
Elektron jurnallar
|
Interfaol ma’lumotlar bazasi
|
Kompyuter tarmoqlari orqali uzatiladigan boshqa o’quv materiallar
|
H ozirgi paytda masofali o’qitish kurslarining birnechta texnologiyalari mavjud. Ularga kompleks “keys-texnologiyalar”, korrespondentlik ta’limi, televizion va sun’iy yo’ldosh kanallari, mobil texnologiya, kompyuterli tarmoqtexnologiyalari misol bo’la oladi.
Texnologiyalariasosida masofali o’qitish kurslarini tashkil etilishi tinglovchilarga kompleks o’quv-uslubiy materiallarni etkazib berish bilan birga, o’quv jarayonini boshqarishga, shuningdek tyutorlar hamda tinglovchilar orasida seminarlarni, konsultatsiyalarni o’tkazish, hamda tinglovchilar bilimini nazorat etishning monitoringini tashkil etish imkonini beradi. Masofali o’qitish kurslarini tashkil etishda o’quv jarayonini rejalashtirilishiga alohida e’tiborni qaratish lozim.
Masofali o’qitish tizimida foydalanilayotgan har qanday texnika yoki texnologiya, u qanchalik zamonaviy bo’lmasin, etarli darajada tayyorlangan o’quv materiallarisiz o’quv jarayonining effektivligiga ta’sir ko’rsata olmaydi. SHu sababli samarali o’quv jarayonini tashkil qilishda zamonaviy texnika va texnologiyani ishlatish bilan bir qatorda mazmunli, har tomonlama qulay, grafika, multimedia va interaktivlik xususiyatlariga ega bo’lgan elektron darsliklarni ham ishlab chiqish zarur.
Avvalo darslik - davlat ta’lim standarti, o’quv dasturi, uslubiyoti va didaktik talablari asosida belgilangan, milliy istiqlol g’oyasi singdirilgan, muayyan o’quv fanining mavzulari to’liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o’zlashtirilishiga qaratilgan hamda turdosh ta’lim yo’nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr ekanligini ta’kidlaymiz.
Elektron darslik esa, kompyuter texnologiyasiga asoslangan o’quv uslubini qo’llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o’quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o’zlashtirilishiga mo’ljallangan bo’lib:
o’quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklda;
o’quv materiallar verbal (matn) va ikki o’lchamli grafik shaklda;
multimedia qo’llanmalar, ya’ni ma’lumot uch o’lchamli grafik ko’rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklda;
taktil (his qilinuvchi, seziladigan) hususiyatli, o’quvchini “ekran olamida” stereo nusxasi tasvirlangan real olamga kirishi va undagi ob’ektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi [5].
H ozirgi kunda ta’lim muassasalarining hammasida ham kompyuterli ta’lim etarlicha yo’lga qo’yilgan deyish qiyinroq. Elektron darslik yaratish borasida anchagina ishlar qilinayotgan bo’linsada, hali darsliklarga oddiy kutubxonaning kitoblariga ega bo’lishdek ochiq tizimlar mavjud emas.
Masofali o’qitish orqali elektron darsliklardan foydalanish, kompyuter vositasi yordamida talabalar berilgan topshiriqlarni bajarishga erishish, ularning bilim darajalarini aniqlash muhim hisoblanadi. Unda talaba ma’lum ta’lim portali orqali o’zining login va parolini kiritib, kurslar bo’yicha ta’lim oladi. YA’ni, ma’ruza matnlari o’qishi, topshiriqlar, test, savol-javob va boshqasini bajarishi evaziga, ma’lum ballarni to’playdi. Elektron darslik va video kurslar dars yoki darsdan tashqari mustaqil ta’lim olishda qo’llanilishi mumkin.
Odatda, elektron darsliklar va video kurslardan lokal tarmoqda kompyuterning o’zidayoq internetga ulanmasdan qo’llaniladi. Masofali o’qitishda esa, aksariyat hollarda, Internet tarmog’iga ulanish va ko’rsatilgan saytda ro’yxatdan o’tish zarur bo’ladi. Tahlillarga ko’ra AQSH, Evropa, Osiyo davlatlarining ta’lim tizimida elektron darsliklardan foydalanib asosan talabalarni tarmoq texnologiyasi asosida o’qitib kelishmoqda.
Elektron darsliklar yaratish juda murakkab va qiyin ishdir. Ta’lim texnologiyasi markazida talaba, texnologiya mazmunida – talabalar tomonidan mustaqil ravishda ta’lim olish qobiliyatini rivojlantirish, o’quv faoliyat asosida hamkorlik yotadi. Elektron darslik ishlab chiqishda uchta asosiy komponent: o’quv materialni bayon etish, amaliy mashg’ulotlar bajarish va teskari aloqa (talabalar tomonidan bilimlarni o’zlashtirilganlik darajasini aniqlash jarayoni) e’tiborga olinishi kerak.
Har bir elektron darslik alohida ko’rinishda bo’lishi va ma’lum standart talabga javob berishi lozim. Ta’lim tizimida zamonaviy informatsion texnologiyalarning qo’llanilish yo’nalishlaridan biri yuqori darajadagi samarali va sifatli multimediali elektron darsliklarni ishlab chiqishdan iborat. Elektron darslikning qo’llanilish sohasi keng bo’lib, ayniqsa mustaqil ta’lim olish va masofali o’qitish jarayonida samarali natijalar beradi.
Oddiy o’quv qo’llanmalar hali ancha vaqtgacha talabalarni o’quv quroli bo’lib xizmat qiladi. Ekranga qaraganda pechatdan chiqqan matnni o’qish albatta oson va qulay. SHuning uchun ham elektron darslik yaratilayotganda, bu o’quv qo’llanma oddiysidan qanday afzalliklari bor degan savolga javob berishga tug’ri keladi. SHundan so’ngina agar qulayliklari bo’lsagina elektron darslik yaratishga kirishishimiz mumkin. Elektron darslik ko’pincha oddiy qo’llanmani to’ldiradi hamda juda ko’p afzalliklariga ega ekanligi xammamizga ma’lum.
Elektron darslikning yaratilishini oddiy kitobga o’xshash, ya’ni bet ketidan bet chiqadigan qilib yaratish ham mumkin. Elektron darslik yaratishda yuqori sifatdagi rasmlarni iloji boricha kamroq qo’llanish kerak, chunki ular ham darslikni kompyuterga yuklashni sekinlashtiradi.
Elektron darsliklar yaratishda matnning hajmi ham katta ahamiyatga ega va undagi shriftlarni hajmi va giperssilkalarning soni ham o’ziga yarasha ahamiyatlidir [14].
YAxshi elektron darslik ma’ruza mobaynida namoyish etish vositasi, kompyuter sinflarida tashkil etiladigan mustaqil ishlash mashg’ulotlarida repititor, mustaqil ta’lim olishga vosita, kompyuterda laboratoriya ishlarini bajarish mobanida uslubiy yordamchi, talabalar tomonidan bilimlarni o’zlashtirishini nazoratchisi, amaliy mashg’ulotlar uchun masala va mashqlar bilan ta’minlovchidir. Lekin, elektron darslikda yuqori sanalgan imkoniyatlarni mujassamlanishi uchun darslik yaratayotgan mualliflardan pedagogik mahorat, bilim va ularda o’rganilayotgan fan hususiyatini inobatga oluvchi murakkab uslubiy ishlanmalarning bo’lishi talaba etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |