Rasm joylashtirish



Download 5,52 Mb.
bet105/120
Sana12.02.2022
Hajmi5,52 Mb.
#445176
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   120
Bog'liq
2 5404688859902513053

Nazorat uchun savollar:
Himoyaning buzilishlariga sabab bo‘luvchi hujumlar qanday klassifikasiyalanadi?
Passiv tahdidga qanday hujumlar taalluqli?
Aktiv tahdidga qanday hujumlar taalluqli?
Himoya mexanizmlari qanday usullarga asoslanadi?
Himoya xizmati nima?


Mavzu-7: INTERNET TARMOG‘I VA UNING TASHKIL ETILISHI.
Reja:

  1. Kompyuter tarmoqlari turlari

  2. Internet va intranet

  3. Tarmoq topologiyasi

  4. Internet tarmog‘iga bogianish

Tayanch so‘z va iboralar: Kompyuter tarmoqlari, lokal tarmoq, global tarmoq, topologiya, server, hub, svitch, Internet, intranet, Wi-fi, Dial-Up
Kompyuter tarmoqlari turlari
Kompyuter tarmoqlarining paydo bo‘lish sabablaridan biri resurslardan hamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu holat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi. Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuining birgalikda ishlatilishi qo‘shimcha mablag‘ni asraydi.
Tarmoqdan foydalanganda axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki juda oddiy usulda qimmatli axborotlarni qayta nusxalash mumkin va alohida foydalanuvchilar o‘rtasida axborot almashish yengillashtiriladi. Bugungi kunga kelib, ayniqsa bank faoliyatida, tarmoq (ko‘p foydalanuvchi) dastur mahsulotlaridan keng foydalanilmoqda. Ular foydalanuvchilar so‘rovini mujassamlashtiradi, bir vaqtning o‘zida axborotdan foydalanish imkonini beradi.
Uzatish kanallari orqali o‘zaro bog‘langan kompyuterlar majmuiga kompyuterlar tarmog‘i deyiladi.
Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur hamda axborot tarmog‘i resurslaridan jamoa bo‘lib foydalanishni ta’minlaydi.
Kompyuterlarning tarmoqqa birlashishi qimmatbaho asbob-uskunalar - katta hajmli disk, printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli vositaga va ma’lumotga ega bo‘lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli olisdagi kompyuterlarning apparat resurslaridan foydalanish mumkin. Bunday tarmoqlar millionlab kishilarni qamrab olib, axborot tarqatish va qabul qilish jarayonini butunlay o‘zgartirib yubordi, xizmat ko‘rsatishning eng keng tarkalgan tarmog‘i - elektron pochta orqali axborot almashuvni amalga oshirishdir. Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli x,imoyalangan xolda axborotdan jamoa bo‘lib foydalanishni tashkil etish. shuningdek, foydalanuvchilar tarmoqlari o‘rtasida ma’lumotlarni uzatishning qulay va ishonchli vositasini tahminlash. Umumiy axborotlash davrida katta hajmdagi axborotlar lokal va global kompyuter tarmoqlarida saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Lokal tarmoqlarda foydalanuvchilar ishlashi uchun ma’lumotlarning umumiy bazasi tashkil etiladi. Global tarmoqlarda yagona ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy axborot makoni shakllantiriladi.
Ma’lumotlar bazasiga uzoq masofadan turib kirishda, umumiy ma’lumotlarni markazlashtirishda, ma’lumotlarni ma’lum masofaga uzatishda va ularni taqsimlab qayta ishlash borasida ko‘pgina vazifalar mavjud. Bularga bir qancha misollar keltirish mumkin: bank va boshqa moliyaviy tuzilmalar; bozorning ahvolini aks ettiruvchi tijorat tizimi (“talab-taklif”); ijtimoiy tahminot tizimi; soliq xizmati; oraliq masofadan turib kompyuter ta’limi; avia chiptalarni zaxira qilib qo‘yish tizimi; uzoqdan turib tibbiy tashxislash; saylov tizimi. Ko‘rsatilgan ushbu barcha qo‘shimcha ma’lumotlar to‘planishi, saqlanishi va undan foydalana olish (kirish) noto‘g‘ri ma’lumotlar bo‘lishidan va ruxsat berilmagan kirishdan himoyalangan bo‘lish kerak. Ilmiy, xizmat, ta’lim, ijtimoiy va madaniy hayot sohasidan global tarmoq millionlab kishilar uchun yangi xil dam olish mashg‘ulotini yaratdi. Tarmoq kundalik ishni va turli sohadagi kishilarning dam olishini tashkil etish quroliga aylandi.
Tarmoqlarni turli me’yorlarga ko‘ra sinflarga ajratish mumkin. Bular:
o‘tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq:
past 100 Kbit/ s gacha;
o‘rta 0,5-10 Mbit/s gacha;
yuqori 10 Mbit/s dan ortiq.
uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o‘lchoviga muvofiq:
LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa);
CAN (Campus-Area Network) - kampus tarmoq, (binolar orasidagi kompyuter tarmoq);
MAN (Metropolitan-Area Network) katta radiusga (bir necha o‘n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq;
WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli, mintaqaviy, maxsus qurilma va dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq;
GAN (Global-Agea Network) global (xalqaro, qit’alararo) tarmoq;
tarmoq tugunlari turi bo‘yicha (tugun - hisoblash tarmoqlari va ularning alohida elementlari ulangan joyi). Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini- va katta kompyuterlar, alohida tarmoq qam kiradi. Masalan, umumiy foydalanish tarmoqlaridagi alohida kompyuterlar (boshqachasiga ularni stantsiyalar deb qam yuritishadi) tugunlarga misol bo‘la oladi. Unchalik katta bo‘lmagan alohida tarmoqlar kampus tarmog‘i uchun tugun bo‘ladi.
Funktsional munosabatiga ko‘ra:
bir xil darajali (peer-to-peer - odnorangovoye) tarmoqlar, uncha katta bo‘lmagan, bir xil mavqega ega kompyuter tarmoqlaridir. Bu qar bir abonent tizimi bir xil ko‘lamda resurslarni taqdim va qabul qilishi mumkin bo‘lgan, axborot tizimining kontseptsiyasi. Bir xil darajali tarmoqda barcha kompyuterlar teng, ya’ni butun tarmoqni boshqarish uchun mas’ul kompyuter yo‘q. Barcha foydalanuvchilar kompyuteridagi qaysi ma’lumotlarni hamma uchun ochiq qilinishi mustaqil hal qiladi.
-tarqatilgan (Distributed) tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi. Chekli sondagi foydalanuvchilarning qar biri o‘z serveriga “mijoz-server” sxemasi bo‘yicha ulanadi. Axborotni qidirish xuddi serverda qidirilgan kabi u orqali tarmoqdagi boshqa serverlarda qam onlayn rejimda amalga oshirilishi mumkin;
-server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu erda tarmoqning bosh elementi serverdir. qolgan tugunlar serverning resurslaridan foydalanishi mumkin (masalan, Novell NetWare, Microsoft LAN Manager va boshqalar).

tarmoq operatsion tizimlarini ishlatish bo‘yicha (tarmoq OS):


gomogenli - qamma tugunlarda bir xil yoki yaqin operatsion tizimlardan foydalaniladi (masalan, WINDOWS OS tarmog‘i);
geterogenli - bir vaqtning o‘zida bir nechta tarmoq operatsion tizimlari ishlatiladi (masalan, Novell NetWare va WINDOWS).
Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va selektsiyalash lozim bo‘ladi.
Marshrutlash bu — kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo‘lini aniqlash jarayonidir.
Selektsiyalash — tegishli manzildagi axborotni saralash demakdir.
Lokal tarmoqlar selektsiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshqa tizimga uzatishni ta’minlaydi.
Mintaqaviy tarmoq — biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o‘zida mujassamlashtirgan tarmoq.
Bunday tarmoqda bir nechta markazlashgan (ya’ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quvvatli serverlar mavjud bo‘ladi va bunday serverlar o‘rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun’iy yo‘ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi.
Internet va intranet
Global tarmoq — dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o‘zida birlashtirish imkoniga ega bo‘lgan tarmoq. Bu tarmoq internet (Internet) deb ham yuritiladi.
Internet bilan birga intranet tushunchasi ham ishlatiladi. Intranet — bu internet texnologiyasi, dastur ta’minoti va bayonnomalari (protokollari) asosida tashkil etilgan, ma’lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo‘lib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot mikyosidagi yangi axborot muhitini tashkil etuvchi kompyuter tarmog‘idir.
Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jihati bilan farqlanadi: bir yoki bir nechta serverdan tashkil topgan tarmoq mijozi undagi ma’lumotlardan foydalanish uchun ularning qaysi serverda, qaysi katalogda, qanday nom bilan saqlanayotganligini, ularga kirish usuli va shartlarini bilishi zarur bo‘ladi. Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan bo‘lib, uning foydalanuvchisi bunday ma’lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari, internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan barcha elektron hujjatlar va ma’lumotlar omborini giperbog‘lanishlar yordamida o‘zaro bog‘lab yagona axborot muhiti qurish, unda qulay axborot qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo‘ladi.

Tarmoq topologiyasi


LHT tarkibiga kiruvchi hisoblash mashinalari hisoblash tarmog‘i tashkil etiladigan xududda eng tasodifiy xolatda joylashishi mumkin.
LHT topologiyasi - bu tarmoq uzellari birlashuvining o‘rtacha geometrik sxemasi.
Hisoblash tarmoqlari topologiyasi turlicha bo‘lishi mumkin, lekin lokal hisoblash tarmog‘i uchun uchta tur umumiy hisoblanadi. Bular: aylanma, shinali va yulduzsimon turlardir. Ba’zan soddalashtirib aylana, shina, yulduz degan atamalar ishlatiladi. Biroq bu atamalar topologiya turi tom ma’noda aylana, to‘g‘ri chiziqli yoki aynan yulduz shaklida degan fikrni bildirmaydi.
Har qanday kompyuter tarmog‘ini uzellar majmui sifatida ko‘rishi mumkin.
Uzel - tarmoqning uzatish vositasiga ulangan har qanday qurilma.Topologiya tarmoq uzellarini ulash tizimsini o‘rtalashtiradi. Masalan, ellips ham yopiq egri, ham yopiq siniq chiziq aylanma topologiyaga, yopiq bo‘lmagan siniq chiziq esa - shina topologiyaga mansub.
Aylana (doira) topologiya - tarmoq uzellarining yopiq egri (uzatish o‘rtasidagi) kabel bilan birlashuvini hosil qiladi. Uzatish (peredatchik) va qabul qilish (priyomnik) o‘rtasidagi har bir oralik uzel yuborgan xabarni retranslyatsiya qiladi. qabul qiluvchi uzel faqat o‘ziga yuborilgan ma’lumotnigina aniqlaydi va qabul qiladi.

Aylana topologiya nisbatan kichiqrok kenglikda shug‘ullanuvchi tarmoq uchun juda mos keladi. Unda markaziy uzel yo‘qligi bois tarmoqning ishonchliligini oshiradi. Axborotni retranslyatsiya qilish uzatish vositasi sifatida har qanday turdagi kabeldan foydalanish imkonini beradi. Bunday tarmoq uzellari xizmat ko‘rsatish tartibining ketma-ketligi uning tezkorligini susaytiradi, uzellardan birining ishdan chiqishi aylana butunligini buzadi va axborotni uzatish traktini saqlash uchun choralar ko‘rishni talab qiladi.


Shinali topologiya - eng oddiy turlardan biri. U uzatish vositasi sifatida koaksial kabeldan foydalanish bilan bog‘liq. Ma’lumotlar tarmoq uzatish uzelidan shina bo‘yicha har ikki tomonga tarqaladi. Oraliq uzellar kelayotgan axborotlarni translyatsiya qilmaydi. Axborot barcha uzellarga kelib tushadi, lekin kimga jo‘natilgan bo‘lsa, faqat ushagina qabul qila oladi. Xizmat ko‘rsatish tartibi parallel.

Bu hol shinali topologiya bilan LHTning tezkor harakatini tahminlaydi. Tarmoqni kuchaytirish va konfiguratsiyalash, shuningdek turli tizimlarga moslashtirish oson. shinali topologiya tarmog‘i alohida uzellarning buzilish ehtimolligiga chidamli. Ushbu turdagi topologiya tarmog‘i hozirgi kunda joriy etilgan. shuni tahkidlash lozimki, ularning ko‘lami kichkina va bir tarmoq doirasida turli xildagi kabeldan foydalanish imkonini beradi.


Yulduzsimon topologiya markaziy uzel kontseptsiyasiga asoslanadi. Unga sirtqi uzellar ulanadi. har bir sirtqi (periferiya) uzel markaziy uzel bilan aloxida o‘z aloqa tarmog‘iga ega. Barcha ma’lumotlar markaziy uzel orqali uzatiladi. Markaziy uzel tarmoqdagi axborot okimini retranslyatsiya qiladi va yo‘lga soladi.

Yulduzsimon topologiya LHT uzellarining bir-biri bilan o‘zaro tahsirini osonlashtiradi. Ayni paytda LhTning yulduzsimon topologiya bilan ishlash qobiliyati markaziy uzelga bog‘liq. Mavjud hisoblash tarmoqlarida nisbatan murakkab topologiyadan foydalanilishi mumkin.



U yoki bu topologiyani tanlash LHTni qo‘llash sohasi, uning uzellari geografik joylashuvi va tarmoq hajmi bilan belgilanadi.

Internet tarmog‘iga bogianish


Internetga ulanishning eng keng tarqalgan usullari quyidagilardir:
Modem orqali (kommutatsiya qilinadigan, Dial-up, ADSL).
Ajratilgan tarmoq orqali (optik tolali yoki boshqa).
GPRS orqali (uyali telefonlarga).
Radio to‘lqin orqali.
Sun’iy yo‘ldosh orqali.
Ularning asosiy farqlari:
ishlash printspi;
ma’lumotlarni uzatish tezligi;
ishonchliligi;
qurilmalarni sozlash murakkabligi;
narxi.
Modem orqali (Dial-up) bog‘lanish usulida provayderning “modem pul”iga qo‘ng‘iroq qilinadi. Agar u yerda tarmoq band bo‘lmasa login va parol so‘raladigan darcha ochiladi. Login va parolni kiritilgach uni provayder serveri tekshiradi va xammasi joyida bo‘lsa bo‘sh IP adres ajratadi. Shundan so‘ng interntda ishlashingiz mumkin. Uning yaxshi tomoni qo‘shimcha qurilmalar talab qilinmaydi va narxi boshqa ulanishlardagiga nisbatan arzon. Ammo ma’lumot
almashish tezligi juda sekin, taxminan 3-4 Kb/sek. Shuning uchun katta o‘lchamli fayllarni yozib olishga ko‘p vaqt ketadi. Seans paytida telefondan foydalanib bo‘lmaydi.

ADSL qurilmasi orqali telefon tarmog‘i yordamida provayderga ulanilsa unda ma’lumot almashish tezligi 8 Mb/sek gacha oshishi va telefondan ham bemalol foydalanish mumkin. Ammo bu xolda provayder sizning telefoningiz ulangan stantsiyangizga ham maxsus qurilma o‘rnatishiga to‘g‘ri keladi. Bunday ulanish usulida o‘z-o‘zidan xarajatlar oshib ketadi. Chunki ADSL qurilmasi sotib olinishi kerak va hizmat uchun provayderga to‘lanadigan to‘lov miqdori yuqoridir.


Ajratilgan tarmoq orqali bog‘lanishda kompyuteringiz provayder serveri bilan, narxi ancha qimmat bo‘lgan aloxida tortilgan optik tolali yoki boshqa uni almashtiruvchi kabelg‘ yordamida ulanishi kerak. Bu xolda kompyuteringizda modem bo‘lishi shart emas. Sizga I’ adreslar diapazoni berilib kompyuteringiz doimiy internetga ulangan xolda bo‘ladi. shu kabeldan telefon tarmog‘i sifatida ham foydalanishingiz mukin. Bunday ulanishda ma’lumot almashish tezligi 100Mb/sek gacha boradi. Bu xolda kompyuteringizni server sifatida ishlatib unga boshqa kompyuterlarni ham ulashingiz mumkin. Bu ulanishning narxi kabelg‘ uzunligi va qo‘shimcha qurilmalarga bog‘liq. Faqat setevaya karta olish kerak bo‘ladi.
WI-FI standarti.

Wi-Fi- texnologiyasi orqali kattaroq masofa va tezlikka erishsak bo‘ladi. Wi-Fi standartini keng tarqalgan 3 xil turi mavjud: IEEE 802.11a, b, g, n. Ma’lumotlarni uzatishda 2,4-2,5 GGts chastotadan foydalaninilib, 11-54 Mbit/sek tezlikka erishish mumkin. Masofa 100-400 metr.


GPRS orqali biror uyali telefonlar kompanisi yordamida internetga kompyuterni ulash uchun USB kabelg‘, infraqizil port yoki Bluetooth kerak bo‘ladi. Bu usul simsiz ulanish usuli deb ham ataladi. Uning ma’lumot almashish tezligi uyali aloqa operatoriga bog‘liq. Uning narxi modemli bog‘lanish usulidagidan taxminan 2 baravar qimmatroq bo‘lib, unda faqat uzatilgan va qabul qilingan axborot Mb lariga xaq to‘lanadi.
Radio to‘lqin orqali bog‘lanish simsiz ulanish turiga kirib, maxsus antennalar yordamida amalga oshiriladi. Unda foydalanuvchi kompyuteriga radiomodem va antenna o‘rnatiladi. Bunda ishlatiladigan qurilmalar narxi baland. Antenna provayder antennasini ko‘rib turishi kerak. Ma’lumot olish tezligi 2 Mb/sek gacha bo‘lgani bilan qabul qilish radiusi 5 kmgacha. Ma’lumotlarni qabul qilish sifati ob-xavoga ham bog‘liq.
Sun’iy yo‘ldosh orqali ulanish bir tomonlama yoki ikki tomonlama bo‘lishi mumkin, chunki juda qimmat bo‘lgan qurilmalar olishga to‘g‘ri keladi. Bular: Sputnikli antenna, DVB karta (sputnikli modem), konvertor va kabel.

Simmetrik internet


Asimmetrik internet

Internetda ma’lumotlarni qidirib topish.


Internet millionlab kompyuter va tasavvur qilib bo‘lmaydigan hajmdagi axborotni o‘z ichiga mujassamlagan. Har daqiqada bu kompyuterlarda axborot hajmi ko‘payadi. Bu axborot olamida adashib qolish tabiiy. Adashmaslik va ma’lumotni topish uchun ikki usul mavjud. Bu Internet da maxsus jildlar (kataloglar) va qidiruv bilan shuullanadigan serverlar mavjud. Ular ko‘p emas, lekin juda ommabop. Server katta hajmdagi xotira va tezlikka ega. Shuning uchun birdaniga u bir necha so‘rovlarga javob bera oladi. Ko‘p hollarda bitta server bir necha (o‘nlab) kompyuterlardan tuziladi. Har bir qidiruv serveri tarmoq sahifalari bo‘yicha ma’lumotlar jildiga ega. Jildda axborotning turgan joyi, qisqacha izohi, tavsifi va boshqa ma’lumotlar joylanadi. Jild millionlab sahifalar to‘risida ma’lumotga ega bo‘ladi. Qidiruv serverlar foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlar bilan ham to‘ldirilib turadi. Bu - foydalanuvchi adresi, ochilgan sahifalar nomi, foydalanilgan qidiruv sistemalari nomi haqidagi ma’lumotdir. Internetda ma’lumotni qanday topish mumkin? Ma’lumot joylashgan sahifa manzilini bilsangiz, bu muammo bir zumda hal bo‘ladi. Sahifa to‘liq manzilini «Adres» maydonida kiritsangiz, qidirilayotgan ma’lumot ekranda namoyon bo‘ladi. Bir necha daqiqadan so‘ng so‘ralgan sahifa ekranda paydo bo‘ladi.
Masalan, WWW.vcu.edu sahifasini ochish zarur. U holda Adres maydonida shu nomni yozasiz va Enter ni bosasiz. Natijada ekranda sahifa hosil bo‘ladi. So‘rov natijalari ro‘yxat shaklidagi ilovalardan va ularning tavsifidan tashkil topadi. Unda ma’lumotlar bo‘limlarga, bo‘limlar esa bo‘linmalarga bo‘lingan bo‘ladi. Masalan, yangiliklar bilan tanishmoqchi bo‘lmangiz, kerakli satrda sichqoncha tugmachasini bosish etarli. Ekranda yangiliklar qisqacha tavsifi bilan keltiriladi. Sahifaning o‘rtasida maxsus joyda Search tugmachasi joylashgan. Unda mavzu nomini kiritish va qidiruv natijasini olish mumkin. Quyida esap shu informasion ombor bo‘limlari nomlari keltiriladi.
Tarmoqda ma’lumotlarni qidirish tizimlari (Wais, Finger, ARchie, Veronica)
Wais Wais (Wide Area Information System)-keng kamrovli axborot tizimi. Kirish uchun ochik berilganlar bazasi tizimi. U tarmoq resurslarini indekslangan ma’lumotlarini saklovchi global berilganlar bazalarini majmuidir. Wais taqsimlangan berilganlar bazasida qandaydir satr yoki kalit so‘zlar yordamida ma’lumotlarni topish imkoniyatini beradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Wais fayl nomlari va formati bilan emas, balki ularda joylashgan matnlardan tashkil topgan berilganlar bazasi bilan ish kuradi.
Wais da boshqa xost kompyuterlarda mavjud berilganlar bazasi bilan bevosita aloqa bog‘lab, kerakli hujjatni undan avtomatik ravishda oladi. Demak, Wais tufayli intermurojaatlar turli bazalar tizimi bilan ham bog‘langan. Bundan tashqari Waisda mavjud berilganlar bazasiga yangi berilganlar bazasini qo‘shish mexanizmi yaxshi ishlab chiqilgan, Waisda ishlatiladigan matnlardan tashkil topgan fayllardagi matnlar ulchoviga xech qanday chegara yuk. Bunday imkoniyat xozirda tijorat maksadlarida ma’lumot olishda keng kullanilmokda.
Finger
Finger bu Internetning buyrugi bo‘lib, u foydalanuvchilar haqida ma’lumotlar olish uchun xizmat kiladi. Uning deyarli barcha operasion sistemalar (DOS, Windows) uchun versiyalari mavjud.
Finger buyrugini bajarish (Unixda) kuyidagicha bo‘ladi. Finger foydalanuvchi ruyxat nomi (login). Misol uchun: Finger mirarip@law.silk.org buyrugi bilan Internet bilan bog‘lanilsa, Finger orqali mirarip haqida ma’lumot olish mumkin. Finger dan foydalanish uchun foydalanuvchining nomi (login) va foydalanuvchi ruyxatdan utgan kompyuterning tula nomini bilish kerak.
Bu ma’lumotlar ma'lum bo‘lsa, Finger foydalanuvchi to‘g‘risida kuyidagi ma’lumotni beradi: uning ismi sharifi, uy katalogi, Internet bilan oxirgi marta kachon aloqa qilgani, ukilmagan elektron pochtaning borligi. Ayniksa oxirgi ma’lumot ko‘p xollarda foydali bo‘lishi mumkin. Chunki xususan siz yuborgan xatingizni uqilgan yoki ukilmagani (olmagani) haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.
Finger yordamida plan (shaxsiy reja) agarda u uy katalogida joylashtirilgan bo‘lsa, faylini xam ochib ko‘rish imkoniyati mavjud. Uz shaxsiy plan faylingizda esa xoxlagan rejani yozishingiz mumkin.
Fingerdan foydalanish xar doim muvaffakiyatli kechavermaydi. Kuyidagi uch xolatda u kerakli natijani bermasligi mumkin.
Finger foydalanuvchini topolmaydi. Bunda Finger attain paydo bo‘ladi. Bu esa foydalanuvchi adresi noto‘g‘ri kiritil-ganini bildiradi.
Finger kompyuterni topolmaydi, Finger unknown host: mirarip@law.silk.org.
Bu xato kompyuter nomini noto‘g‘ri ko‘rsatilganda paydo bo‘ladi.
Kompyuter Finger buyrugini topa olmaydi.
Finger miharir@law.silk.org.
Finger: Command not found (buyruq topilmadi).
Bu uzoqlashgan kompyuter-serverda mijoz kompyuter Finger buyrug‘ini topa olmadi va shuning uchun bu buyruqni bajara olmadi. Buning sababi Finger Internetning barcha kompyuterlarida bo‘lmasligi mumkinligidan dalolat beradi.
Finger yordamida, xususan turli sohalarga oid yangiliklarni ham olib turish mumkin. Misol uchun: Finger nasanews @space.mit.edu buyruk yordamida HACA yangiliklarini olish mumkin. YEr kimirlash haqidagi ma’lumotlar esa Finger spy-der@dnc.iris.washington.edu buyrugi orqali olinadi.
Archie
Mavjud fayllar haqidagi ma’lumotlar turli serverlarda bo‘ladi. Archie kalit so‘zlar orqali serverlarga talabnoma yuborish uchun xizmat kiladi. Mavjud sistema orqali archiega kirish mumkinligini tekshirish archie enter buyrugi bilan amalga oshiriladi.
Veronica
Veronica (Very Easy Rodent-Oriented Netwide Index to Computer Archives - kizikuvchilar uchun kompyuter arxivlari bo‘yicha ma’lumot beruvchi) ma’lumot va fayllar joylashgan serverni topish uchun xizmat kiluvchi dasturdir. Gopher serverlarga kirish oson bo‘lishiga karamay, ba'zan qidiri-layotgan ma’lumot yoki fayl qaysi serverdaligini topish kiyin bo‘lishi mumkin. Bu holda Veronicadan foydalaniladi va u qaysi serverda kiziktirayotgan fayl yoki ma’lumot borligini aniklab beradi. U Gopher serverlarda menyu punktini aniklab beradi. Undan ishlatish uchun Veronica serverga kirishni amalga oshiruvchi Gopher serverdan foydalanadi. Veronica ma’lumotlar bazasi dunyoda mavjud Gopher serverlarni skanerlash xisobiga tuplangan bo‘ladi. Uning ma’lumoti ma’lumotlar bazasiga gopher.tc.umn.edu serveri orqali kiritiladi. Bunda Other gopher and Information Servers (Boshqa Gopher va axborot serverlar) menyusi va uning Search Gopher space using Veronica bandi tanlanadi. Bunda ma’lumotlarning archive dan kura osonrok tanlanishiga sabab Gopher cerverlarning fayllar nomlari bilan emas, menyu bandlarini matnlar yordamida tasvirlashidadir. Bunday axborot ko‘prok tushunarlidir. Bu matnlar yordamida fayl yoki kataloglarning nomlari aytilishidan ko‘ra ularning mazmuni so‘zlar bilan aytilishini tushunish osonrok. Misol uchun biror mavzu bilan fayl nomini, faylni topishdan kura ko‘proq ma’lumot beradi. Shuning uchun Veronica archive topolmagan fayllarni xam topib beradi. Veronica Gopher fayllarni tadkik kilib bo‘lgandan sung topshirik asosida bajarilgan barcha ishlarning menyu ruyxatini beradi. Uning yordamida kerakligini Gopherdagidan tanlash mumkin.
Alta-Vista Alta-Vista nomli dastur WWWda ma’lumotlarni qidirishning zamonaviy serverlaridandir. Uning yordamida xatto rus tilida turli kodirovkada tayyorlangan ma’lumotlarni xam qidirish imkoniyati mavjud. U KOI-8 va Windows 1251 kodlarida berilgan sahifalarni ukiy oladi. Keyingi paytda u orqali kuniga millionlab foydalanuvchilar turli ma’lumot bazalariga, telekonferensiyalarga murojaat kilib turibdi.
Tezkor ishlash.
Bog‘lanishda asosiy muammo Web-sahifalarni yuklash. Ancha vaqtgacha kutishga to‘g‘ri keladi. Tezlik modemning tezligiga, telefon tarmog‘i sifatiga, biz foydalanayotgan sahifadan boshqa kishilar foydalanmayotganliklari, sahifada rasmlarning ko‘p yoki ozligiga bog‘liq.
Bog‘lanish davom etayotganligini topshiriqlar panelida modem nishoni miltillayotgani ko‘rsatib turadi. Agar to‘xtab qolsa, uskunalar panelida REFRESH yoki F5 tugmasini bosib harakatga keltirishga urinib ko‘rish shart. Internet Explorerga rasmlarni yuklamaslik buyrug‘ini bersak Web-sahifani yuklash tezlashadi. Buning uchun ВИД-СВОЙСТВА ОБОЗРЕВАТЕЛЯ bo‘limidagi ДОПОЛЬНИТЕЛЬНО sahifasidan foydalanish kerak. Ishlashni qulaylashtirish ko‘proq narsani ko‘rish uchun ВО ВЕСЬ ЭКРАН buyrug‘idan foydalanish kerak.
Internetda ma’lumotlardan nusxa olish.
Internetda ma’lumotlar bilan ishlash uchun ularni diskka ko‘chirish zarur bo‘ladi. Buni Fayl menyusining Soxranit kak... komandasi yordamida qilish mumkin. Lekin bu usul katta xajmli ma’lumotlar bilan ishlaganda noqulay. Buning uchun maxsus dasturlar mavjud. Masalan, FlashGet yoki Reget dasturlari.
Reget dasturining asosiy xususiyatlaridan biri uning ishlashga qulayligidir. U ma’lumotlarni ko‘chirish navbatini tashkil etadi. Yangi ma’lumotni ko‘chirish uchun uni quyidagi usullar yordamida navbatga qo‘yish mumkin: Download using ReGet (ReGet yordamida ko‘chirish) Internet Exrlorer dasturida \f tugmachasini bosing. Yoki sahifada sichqoncha ning o‘ng tugmachasini bosing va tanlang. Ko‘chiriladigan sahifa nomini Reget darchasiga olib o‘ting. Nastroyki programmq menyusining Integrasiya komandasi yordamida ko‘chirish holatini kuzatish mumkin. Buning uchun fayl nomida sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosing va «Cory Shortcut» (Копировать ярлык) komandasini tanlang. Ko‘chiriladigan fayl adresini maydonga ko‘chirib, Ctrl+V yoki Pravka menyusining Vstavit komandasi yordamida navbatga qo‘ying. Reget dasturi ishlash holati ikki xil: soddalashtirilgan va kengaytirilgan. Soddalashtirilgan holat imkoniyatlari kamroq va u dastur bilan dastlab ishlayotgan foydalanuvchilarga mo‘ljallangan. Kengaytirilgan holat kengroq imkoniyatlarga ega bo‘lib, bu imkoniyatlar dastur hujjatida qizil rang bilan ajratilgan. Regetning bosh sahifasi manzillari: www.reget.net - Regetning AQSh dagi sahifasi www.reget.com - Reget ning Rossiyadagi sahifasi.
Internet xizmatlari haqida tushuncha
Internetda amaliy ish jarayonida shunga amin bo‘lasizki, Internet tizimida ma’lumot almashuvining bir qancha imkoniyatlari mavjud. Masalan, siz turli xil mavzular bo‘yicha telekonferensiyalarda qatnashishingiz mumkin. Yoki, masalan, uzoqlashgan kompyuter bilan aloqa o‘rnatishingiz va undan xuddi uning oldida o‘tirgandek foydalanishingiz, fayllar va dasturlarni butun dunyodan buyurtma berishingiz, elektron jurnallarga yozilishingiz, OQ uyning matbuot xizmati xabarlaridan xabardor bo‘lib turish va boshqalarni amalga oshirish mumkin. Ushbu ro‘yxatni cheksiz davom ettirish mumkin - Internetning axborot xizmatlarini to‘la ifodalash qiyin.
Lekin, Internetning ko‘p qirraliligiga qaramay, taqdim qilinadigan barcha xizmatlar uchta asosiy ilovalarga asoslangan. Bular - elektron pochta, FTP va Telnet.
Elektron pochta, FTP va Telnet lar Internetning eng “qadimiy” xizmatlaridan hisoblanadi. Lekin hozirgi paytda, bir qancha ilovalar mavjud bo‘lib, ular o‘z protokollaridan foydalanib, mustaqil xizmat ko‘rsatadi. Masalan, jadal rivojlanayotgan World Wide Web tizimi gippermatnni uzatish protokoli NTTRga asoslangan.
Shunday qilib, Internetning servislari yoki xizmatlari deganda, tarmoqga kiruvchi serverlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat turlari tushuniladi. Quyidagi servis turlari eng ko‘p tarqalgandir:
Telnet - uzoqlashgan kompyuterga kirish servisi;
FTP - fayllar uzatish servisi;
E- mail - xabarlar uzatish servisi;
Usenet - e’lonlar elektron taxtasi (“telekonferensiyalar”) tizimi;
Gopher - matnli hujjatlarni qidirish va ko‘rib chiqish servisi;
WWW-grafika tovush va videolarni o‘z ichiga oluvchi gippermatnli hujjatlarni qidirish va ko‘rib chiqish servisi;
Internet xizmat ko‘rsatayotib, ikki qismdan iborat-mijoz va server, dasturni boshqaradi. Bunda ular har xil kompyuterda yoki bitta kompyuterning o‘zida joylashgan bo‘lishi mumkin.
Mijoz-server modelining asosiga shunday tamoyil qo‘yilganki, unda buyruqlarni kiritish uchun va izimning zaxiralariga kirish uchun ikkita bir-biriga bog‘liq dasturlardan foydalaniladi. Vazifalarni bunday taqsimlanishda sizning buyruqlaringizni qabul qiluvchi dastur mijoz deyiladi. U sizning kompyuteringizda joylashgan bo‘lib uning hisoblash zaxiralaridan foydalanadi. Unga mos dastur-server sizning ixtiyoringizga berilgan axborot zaxiralari saqlanayotgan kompyuterda joylashgan. Bu dastur o‘zining mijozidan buyurtma qabul qiladi, uni ishlab ma’lumotlarni uzatish protokoli yordamida talab qilingan axborotni qayta jo‘natadi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, server deb kompyuterni ham, dasturiy ta’minotni ham aytiladi.
Ko‘pchilik kompyuterlarda bitta emas bir necha dastur-serverlar o‘rnatilgan. Masalan, siz boshqa kompyuter bilan Telnet orqali aloqa o‘rnatishingiz mumkin, u erga xabarni elektron pochta orqali jo‘natish yoki undan qandaydir fayllarni FTP orqali olishingiz mumkin. Bunday turli xil vazifalarni bajarish uchun kompyuter ayrim ilovalarni ajrataolishi kerak. SHunday maqsadlarda portlardan foydalaniladi. Har bir dastur-serverga portning ma’lum raqami berilib, u bo‘yicha kerakli mijoz unga murojaat qiladi.
Internet ko‘z ilg‘ayolmaydigan kompyuterlar soniga aloqani ta’minlagani uchun, turli xil dastur-serverlar uchun portlarning ma’lum raqamlari o‘rnatilgan, ulardan ma’lum xizmatni taqdim qiladigan barcha kompyuterlar foydalanadi. Masalan, Telnet, odatda,, № 23 port bilan bog‘langan. Telnet - aloqasini shu port bilan o‘rnatish uchun, uning raqami komanda qatorining oxiriga qo‘shib qo‘yiladi.
Elektron pochta. Internetda foydalanayotgan elektron pochta shu kunda eng ommabopdir. Berilgan baholar shuni ko‘rsatadiki, dunyoda elektron pochtadan foydalanayotganlar soni 50 milliondan ortiq. Umuman dunyoda elektron pochtaning trafiki (protokol SMTP) butun tarmoqning faqatgina 3,7% egallaydi.
E-mail Internetga xohlagan ko‘rinishdagi ulanishda kirishi mumkin.
E-mail (Electronic mail) - bu elektron pochta uning yordamida, Siz xabar jo‘natishingiz, ularni o‘z elektron pochta qutingizdan olishingiz, xat manzillaridan foydalanib, xat korrespondentlariga avtomatik tarzda javob berishingiz, bir zumda xatingizni bir nechta oluvchilarga jo‘natishingiz, boshqa manzil bo‘yicha olingan xatni qayta jo‘natish, manzil o‘rnida mantiqiy nomlardan foydalanish, turli xil korrespondensiyalar uchun pochta qutingizni bir necha bo‘linmalarini barpo etish, xatga matn fayllarini kiritish va h.k..
E-mail munozara (bahs) yoki telekonferensiyalarni o‘tkazish imkoniyatiga ega. Buning uchun ayrim bog‘lovchi ishchi mashinalarga mail reflectorlar o‘rnatilgan. Siz u erga falon reflektorga obuna bo‘lish ko‘rsatmasi bilan xabar yuborasiz va u erga munozara qatnashchilari yuborgan xabarlar nusxalarini olaboshlaysiz. Pochta reflektori elektron xatlarni olgandan so‘ng, ularning nusxalarini obunachilarga osongina tarqatadi.
Elektron pochta servisi - Internetda eng qadimiy elektron pochtani oddiy pochta bilan to‘la taqqoslash mumkin. U ham yozma xabarlarni bir joydan boshqa joyga uzatish uchun xizmat qiladi. Bunda elektron pochta shunday afzalliklarga egaki, u xabarlarni istalgan vaqtda jo‘natishi va qabul qilishi mumkin. Haqiqatan ham E-mail yuborayotib Siz odatdagi xatni yuborishdagi kabi xat qaerga va kimga yuborilayotgani, teskari manzili (faqat barcha nomlar va manzilgohlar, albatta elektrondir) ko‘rsatiladi. Siz xatni “kopirka” (nusxa) orqali bir necha manzilgoh bo‘yicha jo‘natishingiz, xatga fayl qo‘shib yuborishingiz mumkin. Elektron xat bilan bo‘ladigan keyingi ishlar oddiy xatni jo‘natishni eslatadi.
Elektron pochtaning yana bir afzalligi shundaki, manzilning uzoqligi etkazib berish tezligiga ham, qiymatiga ham hech qanday ahamiyati yo‘q.
Fayllarni uzatish protokoli (FTP)
Nafaqat matn axborotlari, balki butun dasturlar va shuningdek, alohida fayllar bilan turli xil kompyuter tizimlari o‘rtasidagi almashuv Internet xizmatlarining yana juda qiziqarli imkoniyatlaridan biridir.
Oddiygina qilib aytganda, turli mazmunli umumiy hajmi 6000 G baytdan ortiq fayllar foydalanuvchilarning ochiq muloqotiga (kirishi) taqdim etilgan. Internet da uchraydigan turli xil atraksion tizimlar o‘rtasidagi almashuvni uzluksiz ta’minlash uchun, yana bir protokol talab etiladiki, u qo‘llaniladigan jihozdan qat’iy nazar ishlay olsin: FTP (Fayl Transfer Protokol) - fayllarni uzatish protokoli. Bu protokolni ishlatuvchi dastur yordamida, Siz Internet da ko‘pchilik FTP serverlarining bittasi bilan, ya’ni ochiq kirish uchun mo‘ljallangan fayllari bo‘lgan kompyuter bilan aloqa o‘rnatish mumkin. FTP, server va mijoz dastur bo‘lishini talab qiladi. Mijoz - dastur Sizning kompyuteringizda ishga tushadi. Bu dastur yordamida FTP - serverida Siz fayllarni ko‘rib chiqasiz va o‘z kompyuteringizga nusxalaysiz.
FTP- server bu Internet da, Sizga kerakli, foydali bo‘lgan kompyuter. U FTP mijoz dasturlaridan oladigan so‘rovlarga ishlov beradi. Ommani qiziqtirgan fayllari bo‘lgan FTbo‘limlari har qanday kishiga ularni serveriga ulash imkoniyatini beradi. Bu FTP - serverlar anonim FTP - serverlar deyiladi. Dunyoda har bir kishi serverga anonim ravishda ulanishi mumkin. Anonim serverga ulanayotib, Siz foydalanuvchilarning nomi sifatida anonymous (anonim)ni, parol sifatida esa, sizning e-mail manzilingizni ko‘rsatasiz. Ammo ayrim serverlar anonim ulanishga yo‘l qo‘ymaydi.
FTP - serverlar amalda Sizning kompyuteringizga o‘xshab tashqil etilgan. FTP - serverlarda ham fayllar papkalari (yoki kataloglar) kompyuterdagi kabi bo‘ladi. Ko‘pchilik FTP- serverlar UNIX tizimli kompyuterlarda bo‘ladi, ularning fayllar tizimi Siz o‘rganganga o‘xshash. Papkani qanday ochishni yoki uning ichiga qanday kirishni bilganingizdek, FTP bo‘limlari bo‘yicha o‘tishni ham bilasiz. FTP - serverda kataloglar va fayllarni ko‘rib chiqish uchun kerak bo‘ladigan dastur ham Explorer ga (Provodnik) o‘xshash. WS - FTP da kataloglarni ochish va fayllarni sichqonchacha bilan surib ko‘rish Explorer da bajarishga o‘xshash. YAgona farqi tashqi ko‘rinishida hamda, bir nima qilishingizdan oldin FTP serveriga ulanishingiz kerakligidir.
Uzoqlashgan kompyuter orqali tarmoq xizmatini olish (Telnet)
Telnet dasturi butunlay boshqa imkoniyatlar ochib beradi. Uning yordamida boshqa kompyuter bilan aloqa o‘rnatish mumkin va undan interaktiv rejimda foydalanish mumkin. Bu shuni bildiradiki, uzoqdagi kompyuter bilan Telnet aloqa o‘rnatilganda siz nazariy jihatdan shunday imkoniyatlarga ega bo‘lasizki, go‘yo bevosita shu kompyuter oldida turgandek. Shunday qilib, Telnet-terminal emulyasiyasi dasturidir. Telnet bilan ish seansi paytida tezlik nuqtai nazaridan siz o‘z shahringizda ulanayapsizmi yoki boshqa qit’ada joylashgan tizimga kirayapsizmi, bu hol narxiga ham tegishli. Siz faqatgina qaysi kompyuter orqali Internetga chiqayotgan bo‘lsangiz, masalan sizning xizmat ko‘rsatuvchingiz xost-kompyuter bilan uni telefon aloqasigagina xaq to‘laysiz.
Telnet dastur foydalanish juda oddiy. Uning yordamida qandaydir xost-kompyuter bilan aloqa o‘rnatish uchun faqatgina uning Internetdagi to‘liq manzilini bilish talab qilinadi. Shunday manzil sifatida IP-manzil yoki domen nomi bo‘lishi mumkin. Kerakli kompyuter bilan aloqa o‘rnatish uchun, Telnet buyrug‘ini va kompyuter manzilini ko‘rsatish zarur:
Telnet host. domain
Telnet portlari. Ma’lumki, bir necha server dasturlarga ega bo‘lgan kompyuterlarni ularni portlari orqali ajratib olinadi, har bir aniq ilovaga o‘zining xalqaro raqami berilgan. Shunday usulda aniqlangan portlarni yaxshi tanilgan (ma’lum bo‘lgan) (Well-known) deyiladi.
Telnet uchun Well-known port 23-raqamga ega. Lekin har qanday tizimning administratori boshqa amaliy dasturlar bilan ishlash uchun bo‘sh portlardan foydalanishi mumkin.
Uzoqlashgan kompyuter bilan aloqa o‘rnatganingizdan so‘ng Telnet avtomatik ravishda “Прозрачный” rejimiga ulanadi. Bu shuni bildiradiki Sizning Telnet-mijoz dasturingiz ham, va unga mos server-dastur ham ulangan xost-kompyuterda fonli rejimda ishlaydi. Ular bu holda faqat uzatish protokoli sifatida ulanishni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Bunda boshqa tizimning foydalanuvchi interfeysi bilan qo‘shni xonada ulangan terminalda ishlagandek ishlash mumkin. Bu holda Telnet mijoz/server arxitekturasi faqatgina ixtiyoringizga berilgan buyruqlarni kiritish va ishlatishni boshqaradi. Dasturning o‘zi esa ko‘rinmaydigan yoki “Прозрачный” (ravshan) bo‘lib qoladi, bundan rejimning o‘zi dalolat beradi.
Usenet telekonferensiyalari
Butun dunyodagi millionlab kishilar suhbatlashish, maslaxatlashish hamda bahslashishni xohlaydilar. Internetda bunday joy bor. Bu shunday joyki, u erda odamlar g‘oyalar va fikrlar almashadilar, jamoa e’lonlarini osib qo‘yadilar yoki yordam qidiradilar. Internetda ular Usenet konferensiyalari yoki shunchaki, konferensiyalar deyiladi. Microsoft Netvorkda ular BBS (Bulletin Board System - e’lonlar taxtasi) deyiladi. Lekin konferensiyalar forumlarga, BBS va e’lonlar taxtalariga nisbatan murakkabroq tuzilgan. Texnik ma’noda emas, madaniy ma’noda. Konferensiyalar rasmiy qoidalarga ega emas, maxsus kishilar nazorat qilishligi uchun. Ular norasmiy qoidalarga bo‘ysunadi, konferensiya qatnashchilarining o‘zi tomonidan qo‘llab- quvvatlanadi. Bundan tashqari, konferensiyalarda butun dunyoning har xil madaniyatli vakillari uchrashishadi. Bu Siz va bizga o‘xshagan, dunyoning millionlab kishilari muloqot qilish usullaridan biridir.
Shunday qilib, Usenet foydalanuvchilarga turli mavzularga xos hammabop xabarlar bilan almashish imkoniyatini beruvchi, kompyuterlar majmuidir. Bunday xabarlar shaxsiy almashuvga emas, ochiq muhokama uchun mo‘ljallangan.
Telekonferensiyalarning asosiy rubrikalari.

Nomi

Mavzuviy sohasi

Comp

Kompyuterlar bilan bog‘liq barcha mavzular

Misc

Hech qaysi guruhga mansub bo‘lmagan mavzular

News

Usenet bilan bog‘liq axborotlar va yangiliklar

Rec

Bo‘ sh vaqt va qiziqish

Sci

Ilmiy izlanishlar sohasidagi turli xil mavzular (yuqori bilim darajasi)

Soc

Cotsial mavzu

Talk

Turli xil mavzular bo‘yicha tortishuvlar

Bu telekonferensiyalar butun dunyodagi foydalanuvchilar uchun ochiq. Lekin shuni e’tiborga olmoq kerakki, lokal tarmoqlarning hammasi ham bu guruhlarning hammasiga kirishni ta’minlayvermaydi. Kelishmovchiliklarni oldini olish uchun u yoki bu xizmat ko‘rsatuvchi qanday telekonferensiyalar bilan aloqani tavsiya qilayotganligini oldindan aniqlash maqsadga muvofiqdir.


Matnli hujjatlarni izlash va ko‘rib chiqish servisi (Gopher)
Gopher tizimini Internet ilovalaridan biri bo‘lib Internetning turli zaxiralariga kirishni maksimal ravishda osonlashtirish maqsadida Minnesot Universitetida 1991 yil mijoz/server model xili asosida ishlab chiqilgan. Shuning uchun Gopher-serverlar Internetning boshqa zahiralari haqidagi axborotlarni boshqaribgina qolmay, o‘zining mijoz-dasturlariga ham ega. Boshqa mijoz- dasturlardan farqli o‘laroq, ma’lum axborot yoki fayllarni Gopher tizimidan foydalanib topish uchun Sizga qandaydir fayllar nomini yoki xost-kompyuter manzilini ko‘rsatishga to‘g‘ri kelmaydi. Gopher turli xil zahiralarni menyuga birlashtiradi, u erdan ularga kirish amalga oshiriladi.
Gopher bilan Internet bo‘yicha, ma’lum dasturni qidirayotganingizda, masalan, Archie yordamida, siz avval bu dasturda joylashgan FTP serverning manzilini olasiz, keyin shu xost- kompyuter bilan FTP- aloqa o‘rnatish, dasturni o‘z kompyuteringizga ko‘chirib o‘tkazishingiz uchun kerak. Gopher bu ikkala vazifalarni o‘zi bajaradi. Shunday yo‘l bilan Gopher orqali Telnet vositasida taqdim qilinadigan axborot haqida ma’lumotlarni olasiz. Zarur bo‘lganda Gopherning o‘zi kerakli xost-kompyuter bilan Telnet - aloqa o‘rnatadi. Bunda ayrim Gopher-serverlar kerakli xost-kompyuter bilan mijoz-dastur orqali aloqa o‘rnatibgina qolmay, ko‘pgina hollarda bir-biri bilan ham ulanadi. Shu tufayli birgina lokal Gopher - server orqali xost-kompyuterning birorta ham manzilini bilmay turib butun dunyo zahiralariga kirish imkoniyatini olasiz.
Gopher makoniga kirish. Gopher tizimi Internetda axborotlarga kirishning eng oddiy usullardan biri bo‘lganligi uchun, shunday ommabop bo‘lib ketdiki, Gopher-server boshqaradigan zahiralar, ko‘pincha “Gopher makon” (“Gophergpace”) deb atalmoqda. Gopher tizimidan foydalanish uchun, Gopher-mijoz bo‘lishi kerak, yoki birorta Gopher-server bilan Telnet-aloqa o‘rnatish kerak.
Gopher serverlari tizimini predmet katalogiga ega bo‘lgan butun dunyo kutubxonasi deb tasavvur qilish mumkin.
Internet xizmatlari - bu tarmoqga kiruvchi serverlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat turlari tushuniladi. Ulardan keng qo‘llanilganlariga quyidagilarni kiritish mumkin: Telnet - uzoqlashgan kompyuterga kirish servisi, FTP - fayllar uzatish servisi, E-mail - xabar uzatish servisi, Usenet - e’lonlar elektron taxtasi tuzilishi, Gopher - matnli hujjatlarni qidirish va ko‘rib chiqish servisi, WWW - grafika, tovush va vidlarni o‘z ichiga olgan gipermatnli hujjatlarni qidirish va ko‘rib chiqish servisi.
Tarmoqga kirish bilan bog‘liq xizmatlar servis markazlari yoki servis provayderlari deb ataladigan tashqilotlar tomonidan taqdim etiladi. Hozirgi vaqtda Internetga ulanishning eng ko‘p tarqalgan doimiy va kompozitsion yo‘llar bo‘yicha seansli ulanishlar ishlatiladi.

E-mail tushunchasi.


Internet tizimi undan foydalanuvchilarga juda ko‘p turdagi axborot almashish xizmatlarini taqdim etadi. Ana shunday xizmatlaridan biri - elektron pochta (E-mail) xizmatidir. Elektron pochta (E-mail) maxsus dastur bo‘lib, uning yordamida istalgan foydalanuvchi dunyoning istalgan joyidagi elektron adresga xat, hujjat yoki ixtiyoriy faylni jo‘natishi va aksincha, qabul qilib olishi mumkin. Eng asosiysi xat manzilga bir zumda yetib boradi. Lekin undan foydalanish uchun avvalambor foydalanuvchi bu tarmoqda o‘zining shaxsiy elektron adresiga ega bo‘lishi lozim. Elektron adresni o‘zingiz ham ochib olishingiz mumkin, faqat buning uchun kompyuteringiz ayni vaqtda Internet tarmog‘uga ulangan holda ishlab turgan bo‘lishi lozim.
E-mailda elektron manzilni qayd qilish.
Internetda yangi shaxsiy elektron pochta (E-mail) adresini qayd (registratsiya) qilishda Internetning biror server orqali, masalan, www.mail.ru qidiruv tizimida yangi elektron adres ochish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi.
Dastlab Internetga ulangan kompyuterda Internet Explorer dasturi (Opera, Mozilla Firebox va shunga o‘xshash istalgan brauzerlar) ishga tushiriladi, hosil bo‘lgan dastur oynasining Адрес: - adreslarni kiritish satriga klaviaturadan foydalanib www.mail.ru yozuvini kiritish kerak bo‘ladi. Natijada oyna hosil bo‘ladi.
Oynaning Регистрация в почте bo‘limini sichqoncha chap tugmasi bilan bosamiz, natijada, muloqot oyna hosil bo‘ladi.
Bu oynadagi Начать регистрацию tugmasini bosib, Pегистрация oynasini hosil qilamiz.
Endi bu oynadagi ■ E mad belgili satrga pochta muallifining nomi (yoki foydalanuvchining elekrton manzili) kiritiladi.


Navbatdagi ‘ Пароль belgili satrga yangi pochta uchun parolni kiritamiz va kiritilgan parolni nomli satrga qayta yozib tasdiqlaymiz.Ba’zan kiritilgan parolni unutib qo‘yishimiz mumkin. Bunday holatda Регистрация
oynasining
» ЕСЛИ ВЫ ЗАБУДЕТЕ ПАРОЛЬ
sahifasidagi maxfiy savol-javoblar bo‘limiga murojaat qilish zarur. Buning uchun avval doim esimizda turadigan biror savolni quyidagi
• Выберите вопрос:
- Выверите вопрос -
satrida joylashgan savollar ichidan tanlaymiz, agar maqbul savol mavjud bo‘lmasa, u holda quyidagi
Или укажите свой
вопрос:
день роджекия
satrdagi yozuv maydoniga o‘zimizni qiziqtirgan savolni kiritamiz. Har ikkala holda ham
javobni keyingi
javoblar maydoniga kiritamiz. Shundan keyin o‘zimiz haqimizdagi qo‘shimcha ma’lumotlarni (ismimiz, familiyamiz, tug‘ilgan sanamiz va boshqalar) tegishli bo‘limlarga kiritamiz.
Shunday qilib, biz parolni mabodo unutib qo‘ysak, yuqoridagi savollarga javobni aniq topgan holdagina pochtani ochishimiz mumkin. Aks holda elektron pochtani ocha olmaymiz.
Va nihoyat, joriy oynaning quyi qismidagi Защита от автоматических регистраций bo‘limida tasvirlangan olti xonali qayd etish raqamini klaviatura orqali bo‘sh turgan to‘rtburchakli soha ichiga yozamiz va Зарегистрировать почтовый ящик tugmasini bosib ishni tugallaymiz .



ИМЯ: srsa
maili



Shunday qilib, agar yangi pochta ochish jarayonida barcha amallar to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa, u holda foydalanuvchining shaxsiy elektron manziliga ega bo‘lganligi munosabati bilan administratorning maxsus tabriknomasi oynada nomayon bo‘ladi.
E-mail orqali aloqa bog‘lash usullari.
Elektron pochtaga kirish uchun pochta nomi va parolni kiritamiz. So‘ngra Войти tugmasini bosamiz. Natijada elektron pochtamizning oynasi hosil bo‘ladi. Elektron pochta oynasida - Bходящие, - Сомнительные, - Oтправленный, - Черновики, - Корзина kabi bo‘limlar mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘z vazifasiga ega. Masalan, Входящиеda asosan elektron pochtaga kelib tushgan xatlar saqlansa, Отправленный bo‘limida esa jo‘natilgan xatlar saqlanadi.

Internetda xat yozish, jo‘natish va kelib tushgan xat mazmuni bilan tanishish. Buning uchun Написать письмо tugmasini bosamiz. Natijada bizga xat yozish uchun oyna hosil bo‘ladi.

So‘ngra ketma-ket quyidagilarni bajarish zarur:
Кому maydoniga tegishli (xat yuboriladigan) elektron pochta manzili kiritiladi.
Xuddi shu mazmundagi xat boshqa manzillarga ham jo‘natilishi zarur bo‘lganda, Копия maydoniga xat nusxalari yuboriladigan mualliflarning elektron pochta manzillari kiritiladi.
Тема maydonida yozilayotgan xat mavzusi ko‘rsatiladi. Mavzu kiritilmagan holatda ham xato hisoblanmaydi.
Keyingi katta darchada yoziladigan xatning matni kiritiladi. Xatni yozib bo‘lgandan keyin Oтправить письмо tugmasi bosiladi. Natijada komputerning xat jo‘natilganligi haqidagi xabari paydo bo‘ladi.
Kelib tushgan xat mazmuni bilan tanishish uchun Bходящие tugmasini bosamiz. Natijada pochtamizga kelib tushgan xatlar ro‘yxati hosil bo‘ladi.
Yangi kelgan xatlar quyuqroq rang bilan alohida ajralib turadi. Agar o‘sha xatni o‘qimoqchi bo‘lsak, uning ustida sichqoncha chap tugmasini bosganimizda, ekranda yangi kelgan xatning matni hosil bo‘ladi. Matn bilan tanishib chiqqach, lozim bo‘lsa, xatga javob yo‘llashimiz ham mumkin.

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish