Korxonaning xizmat safari xarajatlari
N
|
Boriladigan joy
|
Yo'l narxi
|
Kunlar soni
|
Kunlik harajat
|
Kishilar soni
|
Jami harajat
|
1.
|
Toshkent
|
8000
|
5
|
150
|
4
|
|
2.
|
Buxoro
|
8600
|
4
|
150
|
5
|
|
3.
|
Kiev
|
18600
|
12
|
480
|
4
|
|
4.
|
Moskva
|
17800
|
10
|
510
|
6
|
|
5.
|
London
|
85000
|
15
|
1050
|
5
|
|
Mazkur masala uchun “Jami harajat” ustuni quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
= (2* “yo'l narxi” + “Kunlar soni” * “Kunlik harajat” )* “Kishilar soni” Yechish:
1. Jadvalning Al katagiga jadval mavzusini bildiruvchi matnni kiritamiz: Korxonaning xizmat safari xarajatlari kiritilgan matn masalamiz uchun tuzilayotgan jadval o'rtasiga keltirilishi uchun quyidagicha ish yuritamiz:
matn yozilgan katakdan boshlab o'ng tarafga ushbu masalani yechish uchun kerakli sondagi ustunlar ajratiladi (bizning xolda 7ta);
“Glavnaya” nomli vkladkadagi “Viravnivaniye” nomli uskunalar panelidan “birlashtirish va markazga joylashtirish” buyrug'ini bildiruvchi tugmani bosamiz.
2. Ikkinchi satrdan boshlab, jadvalimiz ustunlari nomlarini kiritamiz:
N
|
Boriladigan joy
|
Yo'l narxi
|
Kunlar soni
|
Kunlik harajat
|
Kishilar soni
|
Jami xarajat
|
Agar jadvalimiz ustunlari nomlari kataklarga sig'masa yoki katak kenglik qilsa, u xolda ustunlar kengligini kerakli mikdorda o'zgartirishimiz mumkin. Buning uchun, sichqoncha ko'rsatkichi yordamida EJ ustunlari nomlari yozilgan satrdagi ustunlarni ajratib turuvchi vertical chiziqlarni ushlagan xolda (chiziq ustiga sichqoncha ko'rsatkichi keltirilganda u o'z ko'rinishini o'zgartiradi), kerakli tarafga harakatlantiramiz.
Kataklarni boshlang'ich m’lumotlar bilan to'ldiramiz:
1.
2. 3. 4.
5.
|
Toshkent
|
800
|
5
|
150
|
4
|
Buxoro
|
860
|
4
|
150
|
5
|
Kiev
|
18600
|
12
|
480
|
4
|
Moskva
|
17800
|
10
|
510
|
6
|
London
|
85000
|
15
|
1050
|
5
|
5. Jadvalimizning oxirgi ustuniga (bizning xolda F2) natijani hisoblash formulasini =(2* C2 + D2 * E2) *F2
teramiz va Enter tugmasini bosamiz. Shundan so'ng F2 katagida hisoblash natijasi paydo bo'ladi. Jadval ko'rsatkichini F2 katagiga keltirsak dasturning formulalar satrida kiritgan formulamiz ifodalanib turadi.
Qolgan satrlarda ham shu formula asosida hisoblashlar bajarishimiz kerak. Buning uchun, jadval koʻrsatkichini F2 katagiga keltirib, uning oʻng past burchagidagi nuqtani sichqoncha yordamida ushlaymiz va natijasi hisoblanishi kerak boʻlgan oxirgi qatorgacha sudrab olib borib qoʻyib yuboramiz. Bu bilan qolgan kataklarga ham shu formula tahsir etadi va natijalar mos kataklarda xosil boʻladi.
6. Natijada quyidagi jadvalni hosil qilamiz.
N
1.
2. 3. 4.
5.
|
Boriladigan joy
|
Yo'l narxi
|
Kunlar soni
|
Kunlik harajat
|
Kishilar soni
|
Jami harajat
|
Toshkent
|
800
|
5
|
150
|
4
|
94000
|
Buxoro
|
860
|
4
|
150
|
5
|
11600
|
Kiev
|
18600
|
12
|
480
|
4
|
171840
|
Moskva
|
11080
|
10
|
510
|
6
|
244200
|
London
|
85000
|
15
|
1050
|
5
|
928750
|
Diagramma va grafiklar
Bazi hollarda raqamli ma’lumotlar yanada tushinarli bo'lishi uchun diagramma ko'rinishda tasvirlashga to'g'ri keladi. Diagrammalar satr va ustunlardagi ma’lumotlarni ko'rgazmali ifodalashning grafik ko'rinishidir. Microsoft Office paket dasturlarida diagrammaning har hil turlarini hosil qilish imkoniyati mavjud. Quyida diagrammaning mavjud turlari keltirilgan oyna
IKtflr\ur. i 'Jипиpиыdппdh
Biz bularni Microsoft Excel dasturida ko'rib chiqamiz. Diagramma hosil qilish uchun avvalombor raqamli ma’lumot kerak bo'ladi. Misol uchun keyingi oynada keltirilgan ma’lumotlar berilgan bo'lsin.
_i_
Berilgan F.I.Sh. larning ballarini solishtirish diagrammasini hosil qilish uchun:
1. Kerakli ma’lumotlar (F.I.Sh., Ball ustunlari) belgilanadi
2. “Вставка” ilovasi “Диаграммы” guruhidan kerakli diagramma turi tanlanadi, masalan
gistogramma.
Diagramma tanlanganda panelda yangi “Конструктор” va “Формат” ilovalari hosil boʻladi.
Konstruktor vkladkasi
Bu vkladkadagi mos tugmalarning vazifas
“Добавить элемент диаграммы” - Diagrammaga elementlarni qO’shish, ochirish, O’zgartirish uchun
“Экспресс- макет” - Diagrammani elementlarning har hil komminatsiyada qatnashgan
maketlariga O’tkazish
“Изменить цвета''-Diagrammada qatnashgan maydonlarga mos chiziq yoki sohalarning
rangini O’zgartirish
“Стили диаграмм” - Diagrammani tayyor stillar yordamida formatlash
“Строка/столбец” - Satr bO’yicha chizilgan diagrammani ustun bO’yichaga O’tkazish va
aksincha.
“Выбрать данные” Diagramma ma’lumotlari diapazonini O’zgartirish
“Изменит тип диаграммы” Diagrammani boshqa turga o'tkazish
“Переместить диаграмму” Diagrammani boshqa varaqqa yoki ishchi kitobiga ko'chirish
Diagrammaning elementlarini qo'shish, o'chirish va o'zgartirish uchun diagramma
Diagrammani tayyor stillar yordamida formatlashda I
Diagramma elementlari
Format vkladkasi
Ushbu vkladka diagramma belgilangan paytda hosil bo'lib, diagrammani formatlash uchun ishlatiladi. Formatlash deganda Diagramma ustunlari, sohasi, elementlarining foni (Заливкафигуры), chizig'i rangi va turi (Контурфигуры), o'lchami (Размер), effektlari ya’ni soya, yorqinligi, silliqligi (Эффектыфигуры) qayta ishlov berish uskunalari tushiniladi.
Endi bir nechta misollar keltiramiz:
1. Tadbirkorning mahsulotlarini sotishidan qilgan foydasini hisoblash.
Bizga tovar nomi, soni, tan tarhi, harajat, sotilish narhi haqidagi ma’lumotlar berilgan bo'lsin.
Foydani hisoblash =(G3-E3)*D3-F3 formulani kiritib, umumiy foyda =СУММ(H3:H7) formula bilan bajarilgan.
Tovar nomi, Tan narhi va Sotilish narhi ustunlariga diagramma hosil qilamiz. Buning uchun shu ustunlar belgilab olinadi va “Вставка” ilovasidan “Линейчатая” tanlaymiz, natijada quyidagi hosil boʻladi
Tovar nomi va Foyda ustunlariga diagramma hosil qilamiz. Buning uchun kerakli ustunlar belgilab olingandan keyin “Вставка” ilovasidan “Круговая” turini tanlaymiz.
buyruqlaridan foydalaniladi.
Ma’lumotlarni tartiblash uchun kerakli ma’lumotlar belgilanadi va “Главная” ilovasidagi
■ raqamli ma’lumotlarni o'sish tartibida, satrli ma’lumotlarni alfavit tartibida tartiblaydi. (Belgilash boshlangan ustun bo'yicha).
ПI
Buni birorta jadvalli ma’lumot bilan ko'rib chiqamiz
№
|
Tovar nomi
|
Soni
|
Tan narhi
|
Harajat
|
Sotilish narhi
|
Foyda
|
1
|
Televizor
|
10
|
700000
|
100000
|
750000
|
400000
|
2
|
DVD Player
|
25
|
175000
|
280000
|
220000
|
845000
|
3
|
Muzlatgich
|
10
|
1200000
|
450000
|
1350000
|
1050000
|
4
|
Dazmol
|
50
|
200000
|
180000
|
230000
|
1320000
|
5
|
Printer
|
5
|
1000000
|
200000
|
1150000
|
550000
|
Soni ustuni bo'yicha kamayish tartibida tartiblash
Tan narhini oʻsish tartibida, bir hil tan narhlilarning Tovar nomlarini alfavit tartibida tartiblash.
Ma’lumotlarni Filtrlash
Ma’lumotlarni filtrlash uchun“Главная” ilovasidan kiriladi va “Фильтр” tanlanadi. Natijada jadvalli ma’lumotning sarlavha yacheykalarida pastga yo'nalgan tugmalar hosil bo'ladi
Filtr qilinadigan ustundagi tugma bilan kerakli saralash sharti kiritiladi. Masalan foydasi 600000 dan katta tovarlarni qoldirmoqchi boʻlsak mos tugma bosilib “Числовыефильтры” ga kirilib “больше” tanlanadi keyin 600000 kiritilib OK tugmasi bosiladi.
i
Shu tarzda har hil shart ostidagi filtrlarni bajarish mumkin. Filtr tugmalarini bekor qilish
ga kiriladi va “Фильтр” tanlanadi.
uchun ham “Главная” ilovasidan
Gipermurojatlar hosil qilish, eslatmalar qoʻyish
Microsoft Excel varaqidagi yacheykaga gipermurojat oʻrnatish uchun “Вставка” ilovasidan “Гиперссылка” tanlanadi
Hosil bO’lgan oynada bolanishi kerak bO’lgan hujjatning nomi, webhujjatadresiyokielektronpochtamanziliko'rsatilishimumkin. Gipermurojato'rnatishniCtrl+Kklavishlarbilanamalgaoshirishmumkin.
Eslatmalarqo'yish“Рецензирование” ilovasidan“Создать примечание” buyrug'ibilan
bajariladi. Eslatma qo'yilgan yacheyka I Foydashaklida bo'ladi.
Eslatmani o'chirish uchun “Рецензирование” ilovasidan “удалить” yoki sichqonchaning o'ng tugmasini bosib konteks menyudan “удалитьпримечание” bilan bajariladi.
Nazorat uchun savollar:
Elektron jadvallar qanday masalalarni yechish uchun mo'ljallangan?
Elektron jadval- Excel qanday yuklanadi va u bilan ishlash qanday tugallanadi?
Excelning asosiy tavsiyanomasi qanday bo'limlarni o'z ichiga oladi?
Jadvalni formatlash turlari?
Microsoft Excel dasturida qanday diagramma turlari mavjud?
Ma’lumotlarni tartiblash usullari.
Mavzu-4: MULTIMEDIYANING ASOSIY TUSHUNCHALARL AUDIO VA VIDEO MA’LUMOTLAR BILAN ISHLASH ASOSLARI
Reja:
Multimedia tushunchasi.
Multimedianing afzalliklari
Turli sohalarda multimedia
Tayanch iboralar: Multimedia, Math CAD, PLUS 6.0, CD.ROM, Media Plaeer, Videо fayl
Multimediy vositalari (multimedia - ko'pvositalilik) - bu insonga o'zi uchun tabiiy muhit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda bo'lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.
Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:
Axborotning xilma-xilturlari: an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original(nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro'yxatdan o'tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optic kompakt disklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, electron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi;
Muayyan vaqtdagi ish, o'z tabiatiga ko'ra static bo'lgan matn va grafikadan farqi ravishda, audio va video signallar faqat vaqtning ma’lum oralig'ida ko'rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o'tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotira katta sig'imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo'yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;
- "inson-kompyuter" interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida
foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur holat ta’lim, ishlash yoki
dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.
Multimedia vositalari asosida o'quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo'lga qo'yish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida hayotimizga kirib keldi. Uning o'zi nima degan savol tug'iladi? Ko'pgina mutaxassislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya effektlari asosida o'quv materiallarini o'quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko'rinishidir.
Rivojlangan mamlakatlarda o'qitishning bu usuli, hozirgi kunda ta’lim sohasi yo'nalishlari bo'yicha tatbiq, qilinmoqda. Hatto, har bir oila multimedia vositalarisiz hordiq, chiqarmaydigan bo'lib qoldi. Multimedia vositalarining 1981 yildagi yalpi oboroti 4 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilgan bo'lsa, 1994 yili esa 16 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Hozirgi kunda esa sotilayotgan har bir kompyuterni multimedia vositalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Kompyuterlarning 70-yillarda ta’lim sohasida keng qo'llash yo'lida urinishlar zoye ketganligi, avvalombor, ular unumdorligining nihoyatda pastligi bilan bog'liq edi. Amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, multimedia vositalari asosida o'quvchilarni o'qitish ikki barobar unumlidir va vaqtdan yutish mumkin. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30% gacha vaqtni tejash mumkin bo'lib, olingan bilimlar esa xotirada o'zoq muddat saqlanib qoladi. Agar o'quvchilar berilayotgan materiallarni ko'rish (video) asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlab qolinishi 25-30 % oshadi. Bunga qo'shimcha sifatida o'quv materiallari audio, video va grafika ko'rinishda mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75 % ortadi. Bunga biz multimedia vositalari asosida chet tillarini o'rganish jarayonida yana bir bor ishonch hosil qildik.
Multimedia vositalari asosida o'quvchilarni o'qitish quyidagi afzalliklarga ega:
berilayotgan materiallarni chuqurroq, va mukammalroq o'zlashtirish imkoniyati bor;
ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi; v) ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;
g) olingan bilimlar kishi xotirasida o'zoq muddat saqlanib, kerak bo'lganda amaliyotda qo'llash imkoniyatiga erishiladi.
O'z o'rnida, multimedia vositalaridan keng foydalanish yo'lida ayrim obyektiv muammolar ham mavjud. Bulardan eng asosiysi - o'quvchilar uchun kerak bo'lgan o'quv materiallarini, qonunlarni va boshqa ko'rsatmalarni qo'llanma qilib kompyuter dasturlarini ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlarida multimedia elementlarini qo'llash esa, kompakt disklarni (lazer disklari) qo'llashni talab qiladi. Hozirgi kunda bunday ko'rinishdagi kompakt disklarni respublikamizda ishlab chiqarish imkoniyati yo'qdir. Bular ma’lum bir miqdordagi mablag'ni oldindan jalb etishni talab qiladi.
Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan o'quvchilarga ta’lim berish va qayta tayyorlash jarayonida keng foydalanish, kelajakda yetuk va yuqori malakali mutaxassislarni kamol toptiradi.
Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining tez rivojlanib borishi, ayniqsa, axborotlarni o'zatish kanallarini rivojlanishi telekommunikatsiya sohasiga o'ziga xos tarixiy o'zgarishlar kiritmoqda. Mamlakatimizdagi barcha o'quv yurtlarini va biznes bilan shug'ullanayotgan kompaniyalarni distant uslubi asosida birlashtirilsa, o'qitish jarayonini va tijorat ishlarini yanada yuqori pog'onaga olib chiqadi.
Distant uslubi asosida o'qitish quyidagi texnologiyalarni o'z ichiga oladi:
Interaktiv texnologiyalar:
audiokonferensiyalar ;
videokonferensiyalar ;
ish stolidagi videokonferensiyalar ;
elektron konferensiyalar ;
ovoz kommunikatsiyalari ;
ikki tomonlama sputnik aloqa ;
virtual borliq ; Nointeraktiv texnologiyalar:
bosib chiqarilgan materiallar;
audiokassetalar;
videokassetalar;
bir tomonlama sputnik aloqa;
televizion va radio ko'rsatuvlari;
disketa va CD-ROM lar.
Avvalombor, distant uslubi asosida o'qitish, jugrofiy jihatdan uzoqda joylashgan maktablar va akademik ta’lim uchun mo'ljallangan edi. Lekin, zamonaviy axborbtlar va telekommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi tabiiy ta’lim-tarbiya jarayonini uzoq masofadan turib amalga oshirishga yo'l ochib berdi. Natijada distant uslubi asosida o'qitish, tez vaqt ichida ko'pgina maktablarda, tijoratchilar ichida va ishlab chiqarish korxonalarida keng qo'llanila boshladi va o'qitishda yangi uslublarni qo'llashga yana bir turtki bo'ldi. Distant uslubi asosida o'qitishning Xalqaro kengashining tahlillari shuni ko'rsatmoqdaki, hozirgi kunda jahonda 10 milliondan ortiq talabalar shu uslub asosida ta’lim olishmoqda. AQSHda shu uslub asosida o'qitish maqsadida yangi o'quv markazlari barpo etilmoqda. Shunday qilib, ular milliy kadrlarni zamon talabi asosida tayyorlash va qayta tayyorlash uchun olga qadam qo'yishmoqda.
Bugungi kunda matnlar va matematik formulalarni qayta ishlash uchun odatiy tusga aylangan tovush va tasvirning kompyuterli qayta ishlash imkoniyatining paydo bo'lishi, shubhasiz, butun insoniyat faoliyatiga ta’sir ko'rsatadi.
Multimedia tizimlarni ko'rish uchun foydalanilayotgan kompyuterning hisoblash quvvatini oshirishigina yetarli emas, buning uchun qo'shimcha apparatli qo'llab-quvvatlash analogli audio va videosignallarni raqamli ekvivalentga qo'shish va uning teskarisi uchun zarur bo'lgan analogli-raqamli va raqamli-analogli o'zgartirgich videoprotsessorlar, dekoderlar maxsus integral chizmalar va boshqalar ham zarur.
Odatda, yuqorida ko'rsatilgan qo'shimcha apparatli vositalar kompyuterlarning video va audio imkoniyatlarini kengaytiruvchi turli platalar ko'rinishida shakllanadi:
Ko'chmas video tasvirlar bilan ishlash uchun TARGA platasi;
- harakatlanuvchi videotasvirlarni yozish va aks ettirish uchun Video Blaster, Video Spigot,
Intel Smart, Video Recorder platalari;
- Microsoft firmasining Sound Blaster, Sound Galaxy Sound for Windows audioplatalari.
Video va audio axboroti bilan ishlashning zaruriyati ma’lumotlarning katta hajmi va ularni
o'zatishning yuqori tezligi bilan bog'liq, ko'plab muammolarni yuzaga keltirdi. Bu, audio-video axborotning so'ngi texnologiyalarini rivojlantirish va katta sig'imdagi jamgaruvchilarning yangi namunalarini yaratishning boshlanishi bo'ladi. Masalan, 650 Mb sig'imli va 150 kb/s hisoblash tezligidagi CD-ROM optik kompakt diski shu jumladandir.
Multimedia uchun zamonaviy CD-ROM texnologiyalar taqdimnomasi ilk marta 1987 yili Sietldagi konferensiyada bo'lib o'tdi va bu sana video va audioaxborotli to'laqonli multimedianing paydo bo'lishi boshlanishi deb hisoblanadi.
Multimedia tarkib topishining bundan keyingi qadami CD-I texnologiyasi (Compact Disk Interactive - interaktiv videodisklar) bo'ladi, ular kompyuter yordamida lazerli video-murvatni boshqarish yo'li bilan kompakt diskdan axborotni ixtiyoriy tanlashni tashkil etishga imkon beradi. Bu texnologiyani Philips Electronics firmasi ishlab chiqadi va u Sony, IBM va Microware firmalari tomonidan qo'llab-quvvatlanadi.
IBM va Intel firmalari tomonidan ishlab chiqilgan va multimedia tizimlari ko'rilishi uchun foydalaniladigan DVI texnologiyasi to'rt bazaviy unsurdan tashkil topgan:
videotizimning asosi bo'lgan ixtisoslashgan mikroprotsessor turkumi (masalan, tasvirlar kompressiyasi va dekompressiyasi uchun Intel firmasining I 82750RV piksel protsessori; signallarni raqamli qayta ishlash uchun Texas Instrument firmasining TMS320S10 protsessori; tasvirning videoxotirasida joylashgan ifoda uchun Iptel firmasining i82750DV displeyli protsessori va boshqalar); oxirgi paytlarda bulardan ham zamonaviylari bozorda taklif qilinmoqda;
drayverlar (Video Driver, Audio Driver va VRAM Driver hamda CD - ROM Driver ) va alohida kichik tizimlar darajasidagi dasturiy interfeys: grafika va videoeffektlar ma’lumotlari kompressiyasi va dekompressiyasi AVSS (Audio-Video Support System); RTX (Real Time Executive) STD (Standart) multivazifadorligini ta’minlash, xotirani, kirish-chiqishni boshqarish va boshqalar;
galma-gal paydo bo'luvchi audio va video axborot saqlovchi, ma’lumotlarni CD - ROM jamg'aruvchisidan foydalanilganda tezligi bir tekisligini ta’minlovchi maxsus shaklli fayllar;
subyektiv qabul qilishga yo'naltirilgan va ba’zi yo'qotish yoki bo'zib ko'rsatishlarga yo'l qo'yuvchi axborotning turli namunalari tiklash algoritmlari. Bu texnologiyani qo'llashning eng oddiy misoli bo'lib, siyraklash algoritmi, ya’ni tasvirning diskretligini kamaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. JPEG (Joint Photographic Exerts Group) statik tasvirlarni siqishning eng ko'p
tarqalgan algoritmida jarayonlar natijasida koʻchmas tasvirlarning visual zararsiz 20-50 martagachasi qilishga olib boorish mumkin.
Harakatlanayotgan tasvir va audioaxborotlar uchun prediktiv kodlash (Predictive Coding) algoritmlaridan foydalaniladi.
Bu guruh algoritmlari orasida MREG (Moving Pictures Experts Groups ) algoritmlarini ajratib koʻrsatish mumkin, ular 25-50 marta siqish koeffitsentini ta’minlaydi. Jumladan, agar 24-betli rangli va 30 kadrlar /s.li 640x480 oʻlchamli siqilmagan raqamli televizion tasvir uchun 27 Mb/s ma’lumotlarni oʻzatish tezligi talab etilsa, unda MREG1 algoritmi talab etilayotgan oʻzatish tezligini 550 kb/s. gacha kamaytiradi. MREG1 algoritmi, shuningdek, siqish koeffitsenti 5-10 marta boʻlgan audioaxborot kompressiyasi uchun ham qoʻllaniladi.
DVI texnologiyasida foydalaniladigan video siqish algoritmlarini ikkiga boʻlish mumkin:
JPEG rusumli simmetrik chizmali algoritmlar, ular real vaqt miqyosida siqishni amalga oshirish va huddi videomagnitafondagi kabi sifat darajasida kompyuter (Real Time Video) vinchesteriga ma’lumotlarni yozishga imkon beradi, bunda CD - ROM ni tayyorlashga zaruriyat qolmaydi;
MREG rusumli nosimmetrik kompressiya algoritmlari, ular CD-ROM (Production Level Video) ga yozish uchun mahsulotni bozorbop yoʻsinda yaratishda foydalaniladi va multimedianing tizimida videoni fakat aks ettirishni ta’minlaydi. Bunda videoni siqish darajasi 100-160 martaga yetadi, videomagnitafon yozuviga yaqin sifat saqlanadi.
25:1 siqish koeffitsenti displeyning chorak ekranida yaxshi sifatli videotasvirni olish uchun kifoya. 10:1 nisbatda siqilganda DVI texnologiyasi boʻlgan (Real Time Video) videotasvirli darcha toʻliq ekranning 1/5 qismini egallaydi.
Audioaxborot yomon siqiladi (mumkin boʻlgan siqish koeffisenti 1,9-2,5), bu hol tinglash a’zolarining boʻzib kursatishlarga befarq emasligi bilan izohlanadi.
Shunday qilib DVI texnologiyalari video va audioni aks ettirish uchun zarur boʻlgan axborot hajmini keskin qisqartirishga imkon beradi, bu hol ma’lumotlar umumiy hajmini kamayishiga va multimedianing fan, ta’lim, biznes va aloqa sohalariga keng kirib borishiga olib keladi. Bunda foydalanuvchiga interaktiv lazerli videodisklar tayyorlovchilari xizmatiga murojaat etmay, oʻz amaliy multimedianing tizimlarini yaratish, axborotning barcha turlarini saqlash uchun oddiy vinchesterdan foydalanish imkoniyati beriladi. Bundan tashqari,hozirdayoq, multimedia ovoz berilgan, tasvirli hujjatlarni Ethernet tarmoqli platasi orqali kompyuter tarmogʻiga joʻnatish mumkin. Biroq, videotasvirli, toʻliq tarmoqli multimedianing tizimlar uchun taxminan 200:1 siqish koeffitsenti zarur. Bunday koʻrsatkichga hozirdayoq erishish mumkin va bu boradagi ishlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
IBM firmasi RS/2 turkumidan keyingi oʻz kompyuterlari uchun Ultimedia sifatida mashhur multimedia vositalari paketini ishlab chiqqan. Bu vositalar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- kompakt-diskda yetkazib beriladigan va operatsion tizim turlarini tanlash hamda multimedia
dasturlarini namoyish etishga imkon beruvchi M57 va M77 qurilma modullari;
- amaliy dasturli multimedia kioski (oʻyinli, ta’lim beruvchi, xizmat koʻrsatuvchi va
hokazolar);
Storyboard Livel, Linkway Livel va Audio Visual Connestion singari multimedia ishlab chiqishning foydalanuvchi vositalari turkumi;
konferensiya ishtirokchilariga umumiy axborotlarni ekranda taqsimlashga imkon beruvchi kompyuterli videokonferensiyalarni qoʻllab-quvvatlash uchun R2R moduli (IVM Regson to Regson);
turli manbalardagi audio va video axborotlar yuqori sifatini kafolatlagan holda videoni 30 kadr/s chastotali qamrab olish, siqish va aks ettirishni ta’minlovchi IVM RS/2 Astion Media II Display Adapters moduli.
UNIX. Ishchi stansiyalar uchun ham multimedianing mahsulotlarini yaratish tizimlari ishlab chiqilmoqda, lekin firmalarning harakatlari shaxsiy kompyuterlar uchun tizimlarni ishlab chiqish kabi birlashmagan. Mavjud tizimlar ishchi stansiyalarning aniq bir rusumlarida foydalaniladi, masalan, Mpower tizimi Hewlett-Packard Corp firmasi kompyuterlarida, DECspin tizimi - (Digital Equipment Corp firmasi EHMlarida qoʻllanmoqda.
Biroq, umumiy foydalaniluvchi ishlanmalar ham mavjud. Jumladan. Gain Technology Ins (A+Sh) kompaniyasi Gain Momentum tizimini taklif etdi, u UNIX ОТmuhitida X Window, OSF/Motif va OpenLook grafik interfeysi bilan ishlashda multimedia imkoniyatini ta’minlaydi. Bunga qo'shimcha ravishda Massachusets texnologiya instituti X Window Assotsiatsiyasi X Window muhitida ishlovchi standart dastur uchun VEX videokengaytirishni ishlab chiqdi va foydalanishga taqdim etdi. Gain Momentum tizimi asosan MBBT, obyektlar birlashishi tili va kutubxonalar turkumidan iborat. MBBT moduli matnli fayllar, fayl turkumlari, raqamlashgan tovush va tasvirlar o'rtasidagi aloqani o'rnatadi. Obyektlarni birlashtiruvchi Arrle firmasining Nurermedia Yengine tili foydalanuvchiga multimedia ma’lumotlari bazasida yo'nalish topishga yordam beruvchi 30 modulli kutubxonalar turkumini o'zida namoyon etadi. Tizim kompyuterli ishchi stansiyaga moslashishga imkon beruvchi amaliy dasturlarning portativ interfeysini (ARI -Arrlication Rgogram Interface) ham o'z ichiga oladi.
Hozirgi jamiyatimiz uchun multimedianing ahamiyatini tasdiqlovchi - 1987 yilda Vashingtonda AQSH kongressi kutubxonasida Interaktiv axborot texnologiyalari milliy namoyishlar laboratoriyasi va original multimedia - ilovalar va dasturlarning doimiy ko'rgazmasi ochilganligi diqqatga sazovordir. Multimedia va distant uslublari asosida ta’lim berish yildan-yilga ortib, takomillashib bormoqda.
Ta’lim sohasida multimedia. Ma’lumki, auditoriyada o'qilayotgan ma’ruzani talabalarning 25%iga yaqini rostman o'zlashtiradi, xolos. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, bir vaqtning o'zida ham ma’ruzani eshitish, ham uni kompyuter ekranida ko'rish va ekranga chiqarishni aktiv boshqarish asli o'zlashtirish sifatini oshiradi. Hozir multimedia o'quv programmalaridan Math CAD, PLUS 6.0 kabi kuchli programmalar mahsulotlari tarkibidan foydalaniladi.
Programmalash texnologiyasida multimedia. Bu zamonaviy programma mahsulotlarini yaratishdagi yangi texnologiyadir. Bu professional bo'lmagan foydalanuvchini muloqot menyulari, chiroyli tasvirlar, sintezlangan tovushlar, musiqa tovushlari, dinamik grafikaning turli effektlari kabi programma ob’ektlarini dasturiashdek murakkab ishdan ozod qiladi. Tovushli (audio) va, ayniqsa, video ma’lumotni kompyuterda saqlash uchun taqqoslaganda nihoyatda kichik sig imlar kerak bo'ladi. Shu bois multimedia sifatiga ega bo'lgan dasturiy mahsulotlar (o'quv qo'llanmalari, ma’lumotnomalar, ensiklopediya, xordiq chiqarishga mo'ljallangan turli dasturlar) odatda kompakt disklarda tarqatiladi. Bunday mahsulotlardan foydalana olishimiz uchun CD.ROM deb ataladigan jamlovchi disk zarur bo'ladi. U bo'lmasa, kompyuterni muhokama etilayotgan ma’nodagi imkoniyatlari, undagi o'yinlar bilan chegaralanadi, xolos! CD.ROM deb atalmish jamlovchi disk nafaqat multimedik ilovalardan foydalanish uchun zarur. Kompakt disklarda katta o'lchamdagi boshqa dasturiy mah-sulotlar ham tarqatiladi. Ular o'nlab yuqori zichlikdagi oddiy disketalarning o'rnini egallashi mumkin. Ya’ni jamlovchilar disklar faqat multimediaga taalluqli bo'lib qolmay, balki keng ma’nodagi tadbiqlarga ega moslamalardir.
Video fayllarni ko'rish jarayoni. Video fayl o'zida bir qator statik rasmlarni mujassamlash-tiruvchi oddiy multiplikatsiyadan farqli o'laroq, raqamlar shakliga o'tkazilgan muayyan shakllarni o'zida saqlovchi fayldir. Bu ikki tushunchalar orasidagi farq nisbiy bo'lib, avvalo kadrlarni hosil qilish uslublari bilan farq qiladi. Ma’lumki multiplikatsiya yoki animatsiya tez ko'rsatilishi natijasida harakatning sun’iy tarzda tasavvurini hosil qiluvchi bir qator rasmlar to'plamini tashkil qilishdan iborat. Real video esa videokameraga real voqeani olishdan iborat. WINDOWS video fayllarni tovush bilan tutashtirilgan maxsus formatini ifodalash vositalarini o'zida qamraydi. Hujjatlarga multimedia faylidagi ixtiyoriy bo'lakni, agar u Media Plaeer dasturi vositasida ochilgan bo'lsa, boshqa, masalan, matnli fayl bilan tutashtirish va joylashtirish mumkin. Bu Media Plaeer dasturi OLE server vasifasini o'tay oladi.
Internetda qo'llaniladigan asosiy multimedia fayllari formatlari quyida keltirilgan:
Fayl formati
|
Fayl tun
|
Kengaytmasi
|
Sun Systems sound
|
raqamli audio
|
.au
|
Windows sound
|
raqamli audio
|
.wav
|
Audio Interchange
|
raqamli audio
|
.aiff, .aifc
|
MPEG/MP3 audio
|
raqamli audio
|
.mpg, .mp3
|
MIDI audio
|
Tovush boshqarav komandalari
|
.mid, .midi
|
RealMedia
|
Audio/video potok
|
.ra, .rm, .ram
|
CompuServe GIF
|
Grafika
|
.gif
|
JPEG
|
Grafika
|
.jpg, .jpeg
|
TIFF
|
Grafika
|
.tif, .tiff
|
Windows bitmap
|
Grafika
|
.bmp
|
Macintosh picture
|
Grafika
|
.pict
|
Fractal animations
|
Animatsiya
|
.fli, .flc
|
MPEG video
|
Video
|
.mpg, .mpeg
|
QuickTime
|
Video
|
.mov, .qt
|
Microsoft video
|
Video
|
.avi
|
Digital video (формат DV)
|
Video
|
.dv
|
Macromedia Shockwave Director
|
Prezentatsiya
|
.scr, .dir
|
Macromedia Shockwave Flash
|
Animatsiya
|
.swf
|
MS Power Point 2010 oynasi bilan tanishish.
Animatsiyalarni yaratish va ular bilan ishlash .
Taqdimotni o'tishlar (Perexodi) va mavzular (Temi) bilan boyitish.
Taqdimotga bo'lim(Razdel)lar qo'shish.
Asosiy tushunchalar
Faraz qiling, Siz odamlar bilan to'la majlislar zalidasiz. Shu yerdan turib o'zingizning yangi fikrlaringizni bo'lg'usi mijozlaringizga etkazish uchun imkoniyat paydo bo'ldi. Ushbu imkoniyatni amalga oshirishda MS Power Point yordamga keladi. Bu dastur har xil video-klip va animatsiyalardan foydalanib taqdimot yaratish orqali, o'z fikringizni tushunarli qilib yetkazib berish imkoniyatini beradi.
Shu bilan bir qatorda, bugungi kunda reklamalarga juda keng e’tibor berilmoqda. Reklamalarning har xil ko'rinishlari: sahifalar, e’lonlar, tele- va radio reklamalar sizga ma’lum. Bugungi kunda kompyuter - reklamalarini yaratish va tarqatish bo'yicha eng kuchli vositaga aylandi.
Reklama namoyishini yaratish bu ko'p vaqtni talab qiladigan, juda muhim va ma’suliyatli jarayondir. Bu o'rinda sizdan talab qilinadigani rasmlar, animatsiya (harakat), qisqa matnlardan iborat senariyni o'ylab topishdir. Namoyish(prezentatsiya)lar va slayd-filmlar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi - MS Power Point dasturidir. U grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib, sizga sifatli namoyishlar yaratish imkonini beradi.
Zamonaviy kompyuter va proektorlardan foydalangan holda seminarlar, konferensiyalar, bitiruv ishlari himoyalari hamda o'quv jarayonida namoyishlardan foydalanish oddiy holga aylandi.
Namoyish - bu MS Power Point yordamida yaratilgan, bitta faylda saqlanuvchi va ularni ko'rsatish ekranda amalga oshiriladigan slaydlar va maxsus effektlar to'plamdan iborat bo'lib, tarqatma material, ma’ruza rejasi yoki konspekt shaklida bo'lishi ham mumkin.
Slayd esa namoyishning aloxida sahifasi (kadri) bo'lib, unda sarlavha, matn, grafik, diagramma va boshqa ma’lumotlar joylashgan bo'lishi mumkin. MS Power Point yordamida
yaratilgan slaydlarni printer yordamida chop etish yoki maxsus agentliklarda 35-millimetrli fotoplyonkalarga o'tkazib olish mumkin.
Animatsiya - bu slaydlarni namoyish qilish va ko'rsatishda ularni samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va ularni yig'indisidan iborat.
Tarqatma material deb namoyish slaydlarini bitta sahifaga ikki, to'rt yoki oltitadan qilib chop etib anjuman qatnashchilarga tarqatish uchun tayyoriangan materialga aytiladi.
Slaydlarga MS Power Point 2010da mavjud bo'lgan ma’ruza mavzusiga mos fon tasviri uchun mo'ljallangan Dizayn mavzusi yoki ranglar jilosi o'rnatish orqali taqdimotni boytish mumkin.
Yaratilgan taqdimotni MS Power Point 2010 va undan avvalgi laxjalarida ochish va tahrirlash imkonini beruvchi - .pptx (.ppt), MS Power Point 2010 dasturisiz ishlay oladigan Demonstratsiya Power Point - .ppsx (.pps), chop etilgan hujjat shaklida - .pdf, shuningdek har bir sahifasini rasm shaklida - .jpeg, .gif va .tiff hamda video fayl shaklida - .WMV formatlarida saqlash imkonini beradi.
2. MS Power Point 2010 oynasi bilan tanishish. MS Power Point 2010 oynasi ko'rinishi oddiy va sodda bo'lib, unda professional darajadagi taqdimotlar yaratishga kerak bo'ladigan barcha vosita(instrument)lar jamlangan. Uning tasma(lenta)sida to'qqiz guruhga bo'lingan vkladkalar mavjud bo'lib, ularda:
Fayl - fayl yaratish, ochish, saqlash, chop etish, ma’lumot olish
Glavnaya - slaydlar, almashishlar buferi, shriftlar, abzatslar, chizmalar, qidirish va almashtirish
Vstavka - slaydga jadval, tasvir, illyustratsiya, gipermurojaat, matn, belgi va multimediyalar joylash
Dizayn - slayd sahifasi parametrlari, mavzulari va fonini tanlash
Perexodi - bir slayddan boshqasiga o'tish, slaydni ko'rsatish vaqti va tovush o'rnatish hamda tanlanganlarni ijro etib ko'rish
Animatsiya - slayd o'byektlariga harakat, qo'shimcha harakat, slaydni ko'rsatish vaqtini o'rnatish hamda tanlanganlarni ijro etib ko'rish
Pokaz slaydov - taqdimotni boshidan yoki kelgan joyidan namoyish qilish va ularni sozlash
Retsenzirovanie - to'g'ri yozilganligini tekshirish, mtn yozilgan tilni o'zgartirish va izohlar o'rnatish
Vid - taqdimotni ko'rish rejimini o'zgartirish, bir nechta oynalar bilan ishlash
va boshqa amallarni bajarish buyruqlari jamlangan. MS Power Point oynasining ish sohasida yangi taqdimot yaratish uchun odatiy qabul qilingan slaydning maketi bilan birga slaydga eslatmalar joylashtirish (zametki кslaydu) darchasi, tasmasida Glavnaya deb atalgan vkladkaga o'rnatilgan vosita(instrument)lar panellari nomlari va elementlari, quyi o'ng tarafida slaydlar bilan ishlash rejimlari va slayd masshtabi, chap tarafida barcha yaratilgan slaydlarning kichraytirilgan shakli ko'rinib turadi.
MS Power Point 2010 oynasidagi Fayl vkladkasini tanlash orqali, yaratgan taqdimotingiz faylini boshqaruv elementlari yordamida namoyish uchun tayyorlashingiz mumkin. Bundan tashqari taqdimotdan foydalanishi imkoniyatini cheklash va uni himoyalashni amalga oshirish mumkin. Agar taqdimotga multimediya, ya’ni audio- va video- fayllari O’matilgan bo’lsa, u holda ularni zichlashtirgan holda saqlash orqali disk hotirasini tejash imkoniyatidan foydalanish mumkin.
Yangi taqdimot yaratish va uni saqlash, boshqa taqdimotni ochish, tarqatma materiallar tayyorlash va slaydlarni chop etish kabi amallar ham Fayl vkladkasi yordamida bajariladi.
MS Power Point 2010 ning Fayl vkladkasi tarkibi
3. Animatsiyalarni yaratish va ular bilan ishlash
MS Power Point 2010da obyektlarga o'rnatiladigan animatsiyalar avvalgilariga nisbatan birmuncha yangilangan va to'ldirilgan. Slaydlardagi animatsiyali harakatlar jonli kabi amalga oshiriladi.
Animatsiyalar to'rt turga bo'lingan bo'lib, ular obyektning slaydga kirib kelishi - Vxod, slaydda ajralib ko'rinishi - Videlenie, slayddan chiqib ketishi - Vixod hamda slayd bo'ylab biror yo'nalish bo'yicha harakat qilishi - Puti peremesheniya kabilardir. Bitta obyektga bir nechta animatsiya o'rnatish mumkin. Buning natijasida taqdimot tinglovchiga yanada tushunarli bo'lishiga erishiladi. Animatsiyaning boshlanishi, harakat chegaralari va qo'shimcha parametrlari, shuningdek ularni bajarilish tartibini almashtirish kabi amallarni ham bajarish mumkin.
MS Power Point 2010 Animatsiya po obraztsu funksiyasiga ega bo'lib, uning vazifasi biror obyektga o'rnatilgan animatsiya nusxasini boshqa obyektga ham qo'llashdan iborat. Ya’ni boshqa obyektga shu animatsiyani boshqatdan o'rnatib o'tirmasdan uning nusxasini qo'llash mumkin.
MS Power Point 2010da yangi animatsiyalar o'rnatish
Endi slayddagi har bir obyektga animsiya o'matish ketma-ketligini bajarilishini ko'rsatib o'tamiz.
Animatsiya o'rnatiladigan slaydga o'ting.
Animatsiya o'rnatiladigan obyektni tanlang.
Animatsiya vkladkasidagi animatsiya panelndan biror animatsiyani tanlang va shu harakatni slaydda bajarilishini kuzating.
Parametri effektov tugmasi yordamida unu yanada takomillashtitishga harakat qiling.
Agar bu animatsiya sizni qanoatlantirmasa shu o'byektga qo'shimcha boshqa animatsiyalardan bir yoki bir nechtasini qo'llashingiz mumkin.
Buning uchun animatsiya vkladkasidagi Dobavit animatsiyu tugmasini bosing. Animatsiya ko'rinishlari ifodalangan oyna ochiladi.
Sichqonchako'rsatkichibilanbiroranimatsiyako'rinishinitanlangvashuharakatnislayddabajarilishinikuzating. Maqul bo'lgan harakatni qoldiring va navbatdagi harakatga o'ting.
Shu yerning o'zida tasmadagi Parametri effektov tugmasi yordamida animatsiyaga qo'shimcha harakatlar kiritishingiz mumkin.
4. Taqdimotni o'tishlar (Perexodi) va mavzular (Temi) bilan boyitish
Agar siz anchadan buyon taqdimotlar yaratish bilan shug'ullanib yurgan bo'lsangiz, u holda bir slaydni yopib boshqasini ochish uchun o'tishlar (Perexodi) ishlatilishidan xabaringiz bo'lsa kerak. Bu ishni MS Power Point 2010da yanada jonliroq chiqishiga katta e’tibor berilgan.
Bir slayddan boshqasiga o'tish vaqtida tovush chiqarish (masalan: qarsaklar, suvni shildirashi va boshqalar) effektidan foydalanish ayrim hollarda tinglovchilarda yaxshi fikriar pado bo'lishiga olib kelishi mumkin.
MS Power Point 2010da bir slayddan boshqasiga o'tishlar o'rnatish
Bunday o'tishlarni har bir slaydga alohida yoki barcha slaydlarga birvarakayiga joylashtirish
mumkin.
Endi bir slayddan boshqasiga o'tish effektini o'rnatish ketma-ketligini bajarilishini ko'rsatib o'tamiz.
Bir slayddan boshqasiga o'tish effektini o'rnatmoqchi bo'lgan taqdimotingizni oching.
Tasmaning Perexodi vkladkasidagi Perexod кetomu slaydu panelidagi o'tishlar ko'rinishlaridan birortasini tanlang.
O'zingizga yoqqan o'tishlardan birortasini tanlamaguningizcha yuqoridagi ishni takroriayvering.
Tanlagan o'tishingizga qo'shimcha parametrlar kiritish uchun Parametri effektov tugmasidan foydalaning.
Agar O’tishga qO’shimcha ravishda tovush effekti joylashtirmoqchi bO’lsangiz, u holda tasmadagi Zvuk tugmasida joylashgan biror tovushdan foydalanishingiz mumkin. Quyidagich tovushlar mavjud: qarsaklar, baraban, blaster, shamol, granata, portlash va hokazo.
O’tish vaqtini O’zgartirish uchun Dlitelnost tugmasidan foydalaning.
Shu tanlagan O’tish effekti va uning parametrlarini barcha slaydlar uchun birday bO’lishini xoxlasangiz Primenit коvsem tugmasini tanlang.
O’tishlardan birini O’matganingizdan sO’ng, uni yana bir bor ijro etib kO’ring. Buning uchun tasmadagi Perexodi vkladkasining Prosmotr tugmasini bosish kerak. Tanlagan xatakatingiz sizni qoniqtirsa navbatdagi slaydga O’tib yuqorida keltirilganlarni takrorlash kerak. Agar shu tanlagan harakatingizni hamma slaydlar uchun umumiy bo'lishini xoxlasangiz 7 punktda keltirilgan amalni bajaring.
5. Taqdimotga bO’limlar qO’shish.
Odatda taqdimot yaratilayotganida undagi namoyish etiladigan mavzu bir nechta kichik mavzuchalarga bO’linib tayyorlanadi va bitta fayl sifatida saqlanadi. Chunki har bir kichik mavzuni alohida faylda saqlash ma’lum noqulayliklar keltirib chiqaradi. Masalan, har bir mavzuchani alohida MS Power Point 2010da namoyish etiladi, O’tib bO’lingan mavzuchaga qaytish kerak bO’lsa uni faylini topish kerak va hokazo. Shuning uchun, bitta faylda saqlanayotgan taqdimotni alohida mavzuchalarini yangi bO’lim(Razdel)larda saqlansa uni namoyishi vaqtida bir bO’limdan boshqasiga O’tish qiyinchilik tudirmaydi.
Taqdimot namoyishida boshqa bO’limga O’tish
Rasmda kO’rinib turganidek, taqdimot namoyishi vaqtida kontekst menyuni ochib Pereyti кrazdelu orqali avvaldan tayyorlab qO’yilgan bO’limlardan biriga O’tish osonlik bilan bajariladi.
Taqdimotni bO’limlarga bO’lish uchun amalga oshiriladigan ishlar ketma-ketligini kO’rsatib O’tamiz.
BO’lim boshlanishi kerak bo'lgan slaydni tanlang.
Tasmadagi Glavnaya vkladkasidagi Slaydi panelidan Razdelni tanlang.
Ochilgan rO’yxatdan Dobavit razdel buyrui tanlanang.
Shundanso'ngchaptomondagislaydlarustunida
Do'stlaringiz bilan baham: |