Foydalanilgan adabiyotlar:
A.S.Groshev. Informatika. Argangelsk, 2010., - 470 str
The Theory and Practiceof Online Learning.Published by AU Press, Athabasca University. 1200, 10011 – 109 Street.Edmonton, AB T5J 3S8, -P 484. 2011.
George Veletsianos. Emerging technologies in distance education. Published by AU Press, Athabasca University. 2010. - P. 350.
10-mavzu. Pedagogik sohalarda ishlatiladigan dasturiy ta’minot turlari.
Amaliy mashg‘ulot №1 Mavzu: Ovoz, grafik va matnli axborotlarni kodlash. (2 soat)
Ishning maqsadi: Ovoz, grafik va matnli axborotlarni kodlashni o‘rganish.
Nazariy ma’lumotlar: EHMda saqlanadigan eng kichik axborot o‘lchov birligi bit deb qabul qilingan. 8 bitdan iborat ketma-ketlik bayt (inglizcha byte- belgi degani) deb ataladi. Har bitta belgi uchun kompyuter xotirasidan 1 bayt joy ajratiladi. Shunday qilib, 8 ta 0 va 1 raqamlaridan tashkil topgan ketma- ketliklar jami 256 ta bo‘lib, ular 256 xil turli belgilarni kodlash, masalan, kirill va lotin alifbosining katta va kichik harflarini, raqamlarni, tinish belgilarni va boshqalarni kodlash imkonini beradi.
Bit va baytlardan tashqari quyidagi kattaroq birliklardan ham ikkilik ma‘lumotlarda axborotning miqdorini o‘lchash uchun foydalaniladi:
1 Kbayt = 210 bayt = 1024 bayt (taxminan 1 ming bayt)
1 Mbayt = 220 bayt (taxminan 1 mln bayt)
1 Gbayt = 230 bayt (taxminan 1 mlrd bayt)
Kiritilayotgan belgi yoki harfni kompyuter “tanishi” uchun, ular xotirada saqlanishi o‘z-o‘zidan ma’lum. Lekin bunday belgi yoki harflarning ikki ming xil ko‘rinishlarini saqlash lozim, bu esa o‘z navbatida ularni xotirada saqlash uchun o‘ta qiyin muammoni yuzaga keltiradi. Shuning uchun bu belgilar (rus, lotin alifbosi harflari, tinish belgilari, arifmetik amal belgilari va h.k.) mashinada sonlar (0 va 1) bilan kodlanadi.
Axborotni ma’lum bir qonun-qoida asosida kompyuterda qayta ifodalash kodlash deyiladi.
Deyarli barcha zamonaviy kompyuterlarda har bir belgiga 8 bit (1 bayt) ketma-ketlik mos keladi. Masalan, I harfiga 11101001, L harfiga 11101100, K harfiga 11101011, D harfiga 11100100, M harfiga 11101101 va h.k. kodlari mos keladi.
Masalan, “ILM” so‘zi 24 bitdan iborat quyidagi ketma-ketlik bilan kodlanadi: 111010011110110011101101,
11101001 1110110C11101101
v 4 v J 4 v /
I L M
Eski telegrafda, masalan, axbarot Morze alifbosi bilan, ya’ni nuqta va tirelar ketma-ketligi ko‘rinishida kodlashtirilar va yozilar edi.
Kompyuter ixtiyoriy harfni “tanishi” uchun uning xotirasiga harflar har xil usulda yozilgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun darslikdagi matn harflarini kompyuter tanishi uchun uning xotirasiga harf va belgilarning taxminan 2 ming xil ko‘rinishlarini saqlash kerak. Bu juda mushkul va qimmatga tushadigan ish. Bi jarayonlarni soddalashtirish uchun barcha harflarni 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 raqamlari bilan almashtirish mumkin. Shu yo‘sinda tanish belgilarni ham raqamlar orqali kodlash imkoniyati bo‘ladi. Masalan, nuqtani 36, vergulni 37 bilan va h.k. Ko‘pgina zamonaviy kompyuterlarda har bit belgiga 8 bitlik (1 bayt) ketma - ketlik mos qo‘yiladi. 8 ta nol va birlardan tashkil topgan turli ketma-ketliklar jami 28=256 ta bo‘lib, ular 256 xil turli belgilarni kodlash, masalan, lotin, rus, alifbosining katta va kichik harflari, raqamlar, tinish belgilar va boshqa belgilarni kodlash imkonini beradi.
Nol va birlar ketma-ketligi bilan grafik axborotlarni ham kodlash mumkin. Gazetadagi rasmga diqqat bilan razm solsangiz u mayda nuqtalardan tashkil topganligini ko‘rasiz. Turli poligrafiya uskunalarida bu nuqtalarning zinchligi turlicha bo‘ladi. Masalan, “Toshkent oqshomi” gazetasida rasm “xalq ta’limi” jurnalidagi rasmga qaraganda aniqroqdir. Ko‘pcilik gazetalardagi rasmlarda bir santimetrlik uzunlikda 24 ta nuqta bo‘ladi, ya’ni 10X10 santimetrli rasm taxminan 57600 nuqtalardan iborat. Agar bular faqat oq va qorq nuqtalardan iborat bo‘lsa, u holda ularning har birini 1 bit bilan kodlasa bo‘ladi. Agar nuqtalar har xil bo‘lsa, u holda bitta nuqtaga bir bit etarli bo‘lmaydi. Ikki bit bilan nuqtaning to‘rt xil rangini: 00-oq, 01-ochkulrang, 10-to‘q kulrang, 11-qora rangni kodlash mumkin. Uch bit 8 xil rangni, 4 bit 16 xil rangni kodlash imkoninni beradi va h.k.
topshiriq:
Axborotlarni kodlash haqida tushuncha bering.
Axborotlarning turlarini ayting.
Axborotlarning miqdoriy ifodalanishini tushuntiring.
topshiriq:
Axborot miqdorini uning o‘lchov birliklari yordamida ifodalang:
0‘zingiz haqingizdagi ma’lumot (ism, familiya, manzilgoh) qancha bit, bayt, kilobayt, megabayt va gigabayt bo‘lishini hisoblang.
Yumshoq magnitli disk hajmini o‘lchov birliklarda ifodalang.
Kompyuterning qattiq diski (vinchesteri) hajmini o‘lchov birliklarda ifodalang.
Kompakt disk hajmini o‘lchov birliklarda ifodalang.
Flesh disk hajmini o‘lchov birliklarda ifodalang.
Agar 45A sahifali kitobning har bir sahifasi 30 ta satr va har bir satrida 65 tadan belgi mavjud bo‘lsa, kitobdagi jami belgilar necha bit, bayt, kilobayt, megabayt va gigabaytlardan iborat bo‘lishini hisoblang. Bu yerda A - talabaning guruh jurnalidagi tartib raqami.
3-topshiriq.
Respublikamizga ilk bor qanday rusumli EHM qayerga o‘rnatildi?
Respublikamizda “Informatika” fanini rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlardan kimlarni bilasiz?
Mamlakatimizda “Informatika va axborot texnologiyalari” rivojlanishi haqida qanday Qonun va Qarorlar ishlab chiqarilgan?
Axboriy jarayonlarga misollar keltirib daftaringizga yozib keling?
Axborot sohasida qanday keskin o‘zgarishlar ro‘y bergan? Bu o‘zgarishlarni o‘rganib keling?
Respublikamizda axborotlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur qanday qismlarga bo‘linadi?
O‘zbekistonda birinchi marta Internet festivali qachon bo‘lib o‘tdi?
Nazorat uchun savollar:
“Informatika” fani haqida nimalarni bilasiz?
Axborot nima? U haqida nimalarni bilasiz?
Axborot texnologiyalar nima?
Axborotlashgan jamiyat deganda qanday jamiyatni tushunasiz?
Axborotning qanday miqdoriy o‘lchovlari mavjud?
Axborot qanday saqlanadi?
Axborotlarni kodlash nima, axborotlarni kodlashga qanday zaruriyat bor?
Triada va tetrada tushunchalarini izohlang.
Foydalanish uchun adabiyotlar:
S.S.G‘ulomov va boshqalar “Axborot tizimlari va texnologiyalari”. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik. - T: “Sharq”, 2000 y. 529 b.
A.Abduqodirov, A.Xaitov, R.Shodiyev “Axborot texnologiyalari”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. - T: “O‘zbekiston”, 2001 y.
A.Axmedov, N.Toyloqov “Informatika”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. - T: “O‘zbekiston”, 2001 y. 272 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |