Mo‘yqalamdan maxorat bilan foydalanish (uchi bilan chizish, boshchasi bilan to‘liq chizish, mo‘yqalamni turli yo‘nalishda harakatlantira olish).
|
Boshlang‘ich mashg‘ulotlarda o‘rta guruhda hosil qilingan malakalar mustahkamlanadi. Ular quyidagilardan iborat: turli shakllarda mo‘yqalam yordamida to‘g‘ri chiziq chizish, botirib olish usuli bilan chizish, nuqtalar chizish. Bu-o‘rta guruh materialini oddiygina qaytarish emas. Bolalarning ixtiyoriga bir necha xil ranglar, hamda naqshda bir-biriga moslashadigan elementlarning turli hajmlari havola qilinadi. Yilning boshida bolalarga doira ichida naqshni chizishning yangicha usuli o‘rgatiladi, ya’ni markaz, hamda konsentrik aylana bo‘ylab simmetrik elementlar chiziladi. Doira va kvadratdan tashqari naqshni tuzish uchun bolalarga oval, uchburchak, rozeta (to‘pbarggul shaklidagi bezak), oltiburchak kabi shakllar beriladi.
Katta guruhda kompozitsion usul sifatida elementlarni navbat bilan almashib chizish tamoyilidan foydalaniladi; bunday usul naqshni yanada dekorativlashtiradi. Navbat bilan almashib chizishda naqsh o‘z ichiga turli xil shakldagi va rangdagi 2-3 xil elementni olishi mumkin. Naqshning bezak elementi sifatida bolalar turli chiziq shakllaridan (enli va ensiz chiziqlar, botirib olib chizish, nuqtalar, doirachalar, aylanalar chizish) va murakkabroq bo‘lgan o‘simlik shakllari (barglar, mevalar, gullar)dan foydalanishni o‘rganadilar. Bunday o‘simlik shaklidagi elementlarni bir necha marta qaytarib chizish bolalar uchun ancha murakkablik qiladi. Bolalarga yana mo‘yqalamdan foydalanishning yangicha usuli ko‘rsatib beriladi, ya’ni qog‘ozga mo‘yqalamni yon tomoni bilan botirib olish usulidir. Bunday botirib olish natijasida hosil bo‘ladigan bosmalar barg shaklida bo‘ladi va ulardan gullarning, barglarning naqshini chizishda foydalanish mumkin (mo‘yqalamning raqamini inobatga olgan holda: № 3, № 5, № 6.)
Katta guruhda bolalar rangli fonga moslashtirgan holda turli ranglar jilosidan foydalanishni o‘rganadilar. Dekorativ rasmda mazmunli rasmga nisbatan fonning rangi juda ham turli xil bo‘lishi mumkin. Yorqin ranglarning moslashuvidan tashqari, bolalar ranglarning chiroyini ma’lum bir ranglar majmui (gamma)da (ko‘k, havo rang, oq, qizil, olov rang, sariq va hokazo) ko‘rishni o‘rganadilar. Bolalar bir xil rangdagi, sidirg‘a naqshlarni his qilish layoqatiga egalar. Masalan: qor parchasining jimjimador naqshi. Katta guruhda bolalarni hajmli buyumlarda naqshlarni hosil qilishga o‘rgatiladi. Bunday rasm chizishning murakkabligi shundaki, naqsh kompozitsiyasini kuzatish qiyin, negaki chizuvchi uni qisman ko‘ra oladi, va naqsh elementlarining shakli buyumning yuzasi qavariqligidan ozmuncha o‘zgaradi. Masalan: ko‘zani yoki biror o‘yinchoqni bezatish. Shuning uchun bolalarga naqsh bilan bezash uchun beriladigan hajmli buyumlar sodda shaklga ega bo‘lishi kerak. Masalan: Dimkov namunasi asosida loydan yasalgan qushlar, otlar. Dimkov o‘yinchoqlarining naqshi sodda va ritmikdir, turli kenglikdagi to‘g‘ri va to‘lqinsimon chiziqlar bilan nuqtalarning, doirachalarning, xalqachalarning moslashuvidan iborat. Bu ornamentlar rangi jihatdan oq asosning bir necha asosiy yorqin ranglar bilan oddiy kontrast (keskin) moslashuvini beradi.
Bolalarni quyidagi vazifalarga o‘rgatish kerak.
Bolalar to‘g‘ri to‘rtburchakka, aylanaga, kvadratga naqshni chizishni o‘rganib boradilar. Bulardan tashqari oval, uchburchak va oltiburchak ichiga naqsh chizishni o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |