Rashod Nuri Guntekin ,,Choliqushi" romani. - Rashod Nuri Guntekin ,,Choliqushi" romani.
- XT1-Abdubannoyeva Dilsanam 2207-group.
- Rashod Nuri Guntekin ilg'or fikrli turk ijodkorlarining ma'naviy izdoshi,turk adabiyotining yetakchi vakillaridan biri.1892-yilda Istanbulda tavallud topgan yozuvchi,adabiyotshunosh,tarjimon,dramaturg Rashod Nuri Guntekin samarali ijod qilib,adabiyot ixlosmandlariga 24ta roman,7ta hikoyalar to'plami va qator pyesalar yozib qoldirgan. Guntekin "Choliqushi"romanida turk qishloqlarining yorqin manzaralari,asar qahramonlarining hayoti,sargushatlari tasvirlangan.
1.ASAR JANRI: roman Muallif ijodiy metodi: realizm - 1.ASAR JANRI: roman Muallif ijodiy metodi: realizm
- Asarning tematik tasnifi Ijtimoiy-psixologik
- 2.ASAR MAVZUSI:Asarda bosh qahramon Feridening boshidan otkazgan kechinmalari hamda Kamronga bolgan otashin muhabbati juda chiroyli qilib tasvirlab berilgan. Gururi va sevgisi orasida muntazam kurashni toxtatolmagan Feride uzoq yil gururining sevgisi ustidan qozongan galabasidan azoblanib yashaydi. Asar voqealari bosh qahramonning gururi tufayli kop yillarini safarda qiyinchiliklar orasida otkazgani asosiga qurilgan.
- 3.ASARNING ASOSIY G'OYASI va asarda Feridening qaysarligi tufayli oz muhabbatini tan olmasdan nafratini muhabbatidan ustun qoyib, gururi va sevgisi ortasidagi jangi asosiy goya sifatida olingan. U hattoki, muhabbatini qalbining tub-tubiga yashirib, oziga ham bu haqida oshkor qilishga jurat etolmasdan qalb ogriqlarini boshidan otkazadi. Mana shu kechinmalarga gururi, nafrati, qaysarligi sabab qilib olingan.
- 4.ASAR SARLAVHASI Asarning bosh qahramoni bolmish Feride tabiatan ozod erkin bolib yashashni xohlaydigan mard, jasur obraz sifatida talqin qilingan. Shuning uchun ham yozuvchi ushbu asarni Choliqushi deb nomlagan.
- Portret va personaj tasviri Kopchilik asarlardagi bosh qahramon qiz obrazi sodda, kongilchan, muloyim qilib tasvirlanadi. Lekin Rashod Nuri Guntekin Feride obrazini buning aksi qilib yoritgan, yani uni qatiyatli, juratli, mard, ozini xafa qildirib qoymaydigan, hayot qiyinchiliklariga chidamli va shu bilan birga ich ichidan ozi ham tan ololmaydigan sevgisining asirasi sifatida gavdalantirgan. Kamron obrazini esa buing aksi, biroz boshroq, muloyim, qatiyatsiz lekin shu bilan birga oliyjanob inson qilib tasvirlagan. Yozuvchi tomonidan bu ikki qarama-qarshi obrazlarning psixologiyasi juda kuchli va aniq qilib ochib berilgan. Asardagi voqealar rivojida muallif va bosh qahramon qiz ortasida kontrast holatlari ham berib otilgan. Yani, Feridening ogir va mashaqqatli safarlaridagi qiyinchiliklari bilan birga muallif tomonidan bazi solim joylarning chiroyli tabiati, gozal boglari qushlarning dilga yoqar sayrashlari hamohangligida tasvirlab berilgan. Bu orqali yozuvchi hayot faqat qiyinchilik, kurash va sinovlardan iborat emasligini uning har bir lahzasidan zavq olish kerakligini bildirib otgan.
- Muallif va personaj nutqining oziga xos xususiyatlari va badiiy asardagi xalq tili imkoniyatlari Asarda muallif soz oyinidan ustalik bilan foydalangan. Asar voqealari asosiy qahramon Feridening xotira daftari sifatida uning tilidan hikoya qilinadi va ushbu hikoyalariga juda ham tasirli, manoli bitiklarni bitadi. Misol tariqasida, xotira daftarining oxirgi sahifalarida Feride yillar davomida hatto ozidan ham yashirishga urinib kelgan sevgisini nihoyat tan oladi. Ha, nega endi aldashim kerak? Butun nafratimdan, isyonlarimdan, butun osha bolib otgan noxushliklardan qati nazar, men sening bir parchang edim kabi jumlalarni keltirib o`tish mumkin. Shuningdek, asarda boshqa obrazlar tomonidan xalq tili ham keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |