Rashidova maxbuba raximovnaning samarqand shahar maydonlarining arxitekturaviy -dizayn yechimlarini tadqiq etish


Dissertatsiya ishining tarkibiy tuzilishi



Download 2,53 Mb.
bet6/29
Sana10.07.2022
Hajmi2,53 Mb.
#770752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
DISSERTATSIYA oxirgi variant

Dissertatsiya ishining tarkibiy tuzilishi. Mening magistrantlik dissertatsiyam annotasiya, kirish, 3 ta bob xulosalari bilan, yakuniy xulosa, tadqiqot natijalari va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Dissertatsiyaga magistrantning ilmiy tadqiqotlari asosida ishlab chiqilgan taqdimoti ilova qilinadi.

I BOB.
O'ZBEKISTON SHAHARLARI TUZILMASIDA TARIXIY MARKAZLAR VA MAYDONLARNING SHAKLLANISHI
1.1. O'zbekistonning qadimiy shaharlarining paydo bo'lishi tarixi va xususiyatlari
Miloddan oldingi 2 ming yillikning oxirlari va 1 ming yillikning boshlari O’rta Osiyo tarixida quldorlik munosabatlarining yuzaga kelishi bilan belgilanadi. Amudaryoning quyi etaklarida, Farg’ona vodiysi va Zarafshon vohasida chorvachilik bilan shug’ullangan qabilalarning qarorgohlari va qabrgohlari ma’lum. Shu vaqtga qadar tuyalar uy hayvonlari sifatida ma’lum bo’lgan bo’lsa, X-VII asrlarda bir qator ish qurollari temirdan yasalib, yirik sug’orish inshootlari barpo etilganligi izlanishlar asosida aniqlangan. Mana shu davrga kelib quldorlik munosabatlariga asoslangan ilk davlat kurtaklari paydo bo’la boshlaydi. Bir-birovi bilan yer va mulk talashgan qabilalarning o’zaro urushlari natijasida va yengilgan tomon odamlarining qul qilib olinishi arzon ish kuchini keltirib chiqaradi.
Bu davrga kelib sug’orma dehqonchilik olib borilgan yerlar shimolga qarab kengayadi va ilk davlatchilikning shakllanishidagi dastlabki birlashmalar yuzaga keladi. O’rta Osiyoning shimolida va Sharqiy Eronda olov muqaddas hisoblanganligi miloddan oldingi I ming yillikning boshlariga to’g’ri keladi va bir necha yuz yildan so’ng Midiya va Fors davlatining boshqa yerlariga tarqaladi. Otashparastlarning muqaddas kitobi “Avesto“ ayni shu paytda (m.o.X-IV asrlar) yozila boshlangan degan fikrlar bor. Chunki unda miloddan oldingi VI asrning ikkinchi yarmida shakllangan markazlashgan Eron davlati haqida hech qanday gap yuritilmaydi. Atrek, Go’rgon, Qunduz, Murg’ob, Amudaryo va Zarafshon daryolari havzalarida bir qancha yurtlar yuzaga keladi. Miloddan oldingi X-VI asrlarda qadimgi G’irqoniya (Kaspiy dengizining janubi-sharqiy qirg’oqlarida), Parfiya (hozirgi Turkmaniston janubida), Areya (Tedjen- Garirud havzalarida), Marg’iyona (hozirgi Mari, bugungi Marv vohasi), Sug’diyona (Zarafshon vohasi), Baqtriya (Amudaryoning so’l sohillarida) va Drang’iyona (hozirgi Avg’onistonning janubiy-g’arbida) madaniyatlari yuzaga kelganligi ma’lum.
Bular o’ziga xos viloyatlarni tashkil etardilar. Bundan tashqari qadimgi Farg’ona (yunon tarixchilari sharhida Parakan-Parkanus) va qadimgi Xorazm mamlakatlari haqida ham ma’lumotlar bor. Jumladan Abu Rayhon Beruniyning xabariga ko’ra Qadimgi Xorazm markazlashgan davlat bo’lib, u o’z davlat tiliga, hamda yil hisobiga ega bo’lgan, Iskandar Zulqarnayn (yoki Maqduniy va yana Aleksandr Makedonskiy miloddan oldingi IV asr) boshchiligidagi grek-makedoniya askarlari bostirib kelishganda mahalliy taqvim hisobi bilan X asr bo’lgan.
Qadimgi yunon manbalarida Baqtriya hokimi “ming shahar egasi“ deb nomlangan va Farg’onada 70 tacha katta va kichik shahar bo’lgan deyiladi. Haqiqatan ham O’rta Osiyodagi ko’pgina daryolar vohalarida ko’plab shahar xarobalari endilikda jonsiz pastroq tepaliklar sifatida yastanib yotganligini ko’ramiz. Jumladan miloddan oldingi VI-IV asrlarda mavjud bo’lgan Qadimgi Xorazmdagi Ko’zali qir, Bozor qal’a, Farg’onadagi Elaton buzilmas, Tojikistondagi Qal’ai Mor, Qabadiyon, Turkmanistondagi Gaur qal’a va butun dunyoga mashhur Maroqand-hozirgi Samarqand shahrining (Afrosiyob) xarobalarini aytib o’tish kerak.
Yana shuni ham aytib o’tish joizki, eng qadimgi shaharlarga tegishli deb hisoblangan xarobalar orasida qiziqarli bir turi aniqlangan. U ham bo’lsa atrofi ko’pincha to’g’ri burchakli va ba’zan to’g’ri to’rt burchakli bo’lmagan o’ziga xos turarjoylar bo’lib, ular atrofi devorlar bilan o’rab olingan shaharlardir. Bular jumlasiga Qal’ali qir, Ko’zali qir kabi shahar xarobalari kiradi (1-rasm). Bunday shaharchalarni o’sha vaqtda 40x40x10 sm o’lchamli xom g’ishtdan ikki yoki uch qator qilib yonma-yon tiklangan, usti ellips shaklidagi ravoq bilan yopilgan bir necha qator yo’laklardan iborat hudud tashkil etib, shahar maydoni maxsus devor bilan o’rab olinganligi aniqlangan. Ma’lum masofada shaharni mudofaa qilish minolari joylashgan. Shaharga kirish joylari maxsus labirint tarzida qurilgan darvozaxonadan iborat bo’lib, mudofaa ahamiyatga ega bo’lgan. Devor orasidagi yo’lkalar tomida tuynuklar qoldirilgan deb hisoblanadi. Ular mo’ri hamda yorug’lik tushish manbai bo’lib xizmat qilgan. Endi mana shu devor bilan o’rab olingan maydon nega bo’sh qoldirilganligi masalasiga kelsak, uning suv oqadigan manbalar sahnidan balandligini hisobga olib S.P.Tolstov bu yerda shahar aholisining mol-holi saqlangan bo’lsa kerak deb tahmin qiladi.
Olimlarning fikricha bunday shaharlar o’tga sig’inuvchilarning muqaddas kitobi Avestoda shoh Jamshid nomidan qayd etilgan O’rta Osiyoda juda qadim zamonlardan ma’lum bo’lib kelgan “Vara“ tipidagi shaharning ko’rinishi bo’lishi kerak.
Qadimgi Xorazm yerlarida olib borilgan arxeologik qazilmalar miloddan oldingi IV asrgacha Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr Makedonskiy) istilosigacha bo’lgan davrda O’rta Osiyodagi shaharlarning asosiy qismi devor bo’shlig’ida turar-joylar joylashtirilgan istehkomlar tarzida bo’lgan. Bular “Avesto“ da bayon etilgan “Vara“ tipidagi shaharlar bo’lib devorlarining perimetri 7-12 km bo’lgan. Shundan keying davrda to arablar istilosigacha, O’rta Osiyoda bunchalik yirik shaharlar qurilmagan. Iskandar yurishlarining tarixnavislari Arrian, Kursiy, Plutarxlar shu haqda xabar berib, Xoriena shahri 60 stadiylik (tahminan 9 km), Sizimitra -12 km, Maroqan-22 km uzunligidagi devorlar bilan o’rab olinganligini bayon etishadi. Bunday shaharlar butun Baqtriya va So’g’diyona uchun ham harakterli bo’lib, ular asosan tepaliklarda joylashgan, Grek-Rim tarixchilari ularni “ skala “ deb atashadi, ehtimol bu “ qal’a “ so’zining boshqacharoq talaffuzi bo’lsa kerak. Bu shaharlarga misol qilib Qal’ali qir va Ko’zali qir xarobalarini ko’rsatish mumkin.
Miloddan oldingi IV asrda avvaliga Xorazm, so’ng Sirdaryo yoqalaridagi xalqlar mustaqillikda erishadilar. Lekin bu uzoqqa cho’zilmadi. IV asrning ikkinchi yarmida O’rta Osiyoni fotih Iskandar boshchiligidagi grek-makedoniya qo’shinlari istilo etadi. Iskandar O’rta Osiyo (grekcha Transoksiana) ning sharqida, Sirdaryo bo’yida (tahminan hozirgi Xo’jand shahri o’rnida) o’zining chekka istehkomi Aleksandriya –Esxata (Oliy Iskandariya) ni qurdi. Greklar bostirib kelgan davrda Samarqand, Marv, Romish va boshqa yana bir qator gullab-yashnagan shaharlar bo’lganligi ma’lum.
Ammo o’zining shahar ko’rinishidagi strukturasini yaxshi saqlab qolganlari sirasiga kiruvchilar yana Qadimgi Xorazm va Janubiy Turkmaniston hududidan topilgan shahar xarobalaridir. Bularning ichida eng mukammal o’rganilgani va yaxshi saqlanib qolgani Sulton uiz tog’ etaklaridagi tepaliklarda joylashgan Jonboz qal’a xarobalari hisoblanadi (miloddan oldingi IV-I asrlar).
Bu shahar qal’a 200 x 170 m o’lchamdagi to’rt burchakni tashkil etib, geografik tomonlarga nisbatan anchagina to’g’ri joylashtirilgan. Devorlari ikki qavatli bo’lib, ostki qismi 1 m, 30 sm qalinlikdagi paxsadan va yuqorilari ingichkaroq etib 40x40x10 sm li xom g’ishtdan bunyod etilgan, loy orasiga somon qipig’I qo’shilgan. Devorda har 1.2 m da ikki qator nayzasimon tirgoh-o’q otadigan teshiklar mavjud, burchakdagi tirgohlar qiya joylashgan.
Shaharning darvozaxonasi 52x20 m o’lchamda bo’lib, shimoliy tomondan murakkab inshoot tarzida qurilgan. Bu yerda boshqa shahar xarobalarida topilgani kabi burchak mudofaa va istehkom minoralari yo’q. O’q otish teshiklari jami 2000 askarga mo’ljallangan, bu o’z navbatida 400 xonali shahar uchun ajablanarlidir. Darvozaxona tomonga qaratib ikkita mudofaa burji o’rnatilgan, shaharning qoq o’rtasidan kengligi 30 metrga boradigan ko’cha kesib o’tadi va u istehkom to’rida joylashgan oldi maydoncha, atroflari bir qancha qo’shimcha xonalar bilan tutash markaziy bino-otashparastlar ibodatxonasi bilan yakunlanadi. Ko’chaning ikki tomonidan har qaysisi yaxlit bir yashash kvartali –mahallani tashkil etuvchi ikki turarjoy majmua (kompleks) si joylashgan. Bu imoratlar shaharda ikki urug’ yoki qabila yashashiga mo’ljallangan bo’lishi ehtimol. Har bir majmua tarkibiga 150 dan oshiq, agar keyinchalik qum ko’chkisi ko’mib yuborganlarini ham hisobga olsa 200 dan ortiq xona kirgan. Ikki toifa odamlar yashaganligi devorlardan tushgan g’ishtlardagi maxsus belgi-tamg’alardan ham bilinadi. Chunonchi topilgan g’ishtlarda 9 xil tamg’a aniqlangan bo’lib, qarama-qarshi tomonlardagi devorlar g’ishtining tamg’a nusxasi bir-birovidan keskin farq qiladi. Umuman qadimgi O’rta Osiyo va Eron uchun shu tipdagi aholisi ikki jamoa bo’lib yashagan shaharlar harholda harakterli bo’lishi kerak. X asr arab jug’rofiyachisi-sayyohi Maqdisi Gurgon shahrining Shahriston va Bekobod kabi ikki qismi haqida xabar beradi. Bu ikki mahallot ahli musulmonlar Qurbon hayitida “tuya kallasi uchun“ qandaydir (ehtimol zardushtiylikdan qolgan aqida bo’lsa kerak) ilohiy jang- tortishuv olib borishgan. Shuningdek Marv shahri Madina va Eski bozor, Niso shahri Al-xona Saribozor (bozorboshi), Abiverd esa Kordori va Sarishahar (shaharboshi) kabi qismlarga bo’lingan. Arxeologik qazilmalar olib borilgan G’ovur qal’a, Ko’hna uoz shaharchalari ham bundan darak beradi.
Umuman olganda, Jonboz qal’a shaharchasi o’zining shakli, mudofaa sistemasi va imoratlari bilan O’rta Osiyo ko’hna shaharsozligining tipik timsoli hisoblanadi. Qadimgi me’morchilik tarixini o’rganishdagi yana bir asosiy hisoblangan manba, bu shaharchaning eng to’rida 40x25 m sahndagi, balandligi 4,5 metrga boradigan tepalikda joylashgan inshootlardir. Bu inshoot bir-birovidan katta-kichikligi bilan farq qiladigan to’rtta xonadan iborat. Xonalarning ba’zi birlari otashparastlarning ibodatxonasi-olovxona vazifasini o’taganligi aniqlangan. Xona markazida muqaddas olov yoqiluvchi joy bo’lgan va uning atrofiga yirik g’ishtlardan ishlangan o’tirg’ich-supalar yasalgan. Bu xonaga yondosh joylashgan boshqa xonalar otashparastlik toat –ibodati uchun zarur bo’lgan joylar hisoblanadi.
Bu davrning yana bir buyuk shaharsozlik namunasi qadimgi Qo’y qirilgan qal’a hisoblanadi (mil.av.IV-III asrlar).
Umumiy ko’rinishi halqasimon bo’lgan bu shaharchaning markaziy qismini dumaloq shakldagi sahn tashkil etadi. Uning atrofida diametri 31 m bo’lgan ark deb taxmin qilingan aylana tarzidagi imorat joylashgan. Arkning tashqi devoir esa xom g’ishtdan qurilgan, diametric 40 metrga yaqin muntazam 16 burchakdan iborat. Nihoyat bu 16 burchakli imoratdan 15 metr masofada halqa tarzidagi tashqi mudofaa devori joylashgan. Tashqi devorda har 18-26 metr masofada burjlar joylashganligi aniqlangan. Bu devor ham xom g’isht va paxsadan qilinib, qalinligi 1 metrdan oshiqroq va balandligi 7 metrga yaqin bo’lgan. Qo’y qirilgan qal’a ko’pdan beri olimlarning diqqatini tortib kelmoqda (2-rasm). M.S.Bulatov uni o’ziga xos observatoriya bo’lganligi mumkinligini taxmin qiladi. Umuman olganda Qo’y qirilgan qal’a Qadimgi Misr, Gretsiya va ba’zi bir boshqa yerlardagi kabi muqaddas shahar –ehrom vazifasini bajarganligi holi emas. Bu yerdan oromiy xatiga asoslangan qadimgi Xorazm yozuvi topilgan. Iskandar Makduniy istilosi Yaqin Sharq va O’rta Osiyoning ko’p yerlarini uning sarkardasi Selevk tasarrufiga o’tkazgan edi. Mil.av.III asrda dastlab Parfiya, so’ng Baqtriya bu tasarrufdan xalos bo’lishdi. O’rta Osiyoning ba’zi bir yeridagi me’morchilik taraqqiyotiga qisman ellinizm (Gretsiya) madaniyati ta’siri o’tdi. Jumladan Amudaryo yoqasidagi Ayriton (Termiz) va Niso (Parfiya poytaxti) shaharchalaridan topilgan me’moriy shakl va elementlar bu fikrga misol bo’ladi. Imoratlar odatdagidek 40x40x10 sm li xom g’isht va paxsadan qilinadi. Pishiq g’isht ba’zi hollarda farj qilinadi, ustunlarni ko’tarishda qo’llaniladi. Shuningdek ustun tagkursilari marmardan qilinganligining ham guvohi bo’lamiz. Tomlarni yopishda gumbaz, toqi (savod) bilan bir qatorda yog’och ham ishlatiladi. Somonli loysuvoq, ba’zan esa uning ustidan ohak va mahalliy ganch pardozi yuritilgan. Sopolli bezak elementlari ham qo’llanilgan.
Miloddan oldingi I asrning oxirlarida hokimiyat nufuzli Kushan shohlari qo’liga o’tadi va milodiy I-IV asrlarda O’rta Osiyoning katta qismi markazlashgan Kushan davlati tarkibiga kirgan. G’oyatda serqirra madaniyatga ega bo’lgan bu davlat me’morchiligi va tasviriy san’at (asosan haykaltaroshlik) namunalari Surxondaryoda qazib o’rganilayotgan Dalvarzintepa va Xolchayon xarobalaridan ma’lum. Bu xarobalar ostidan bir qancha imoratlarning qoldiqlari hamda loydan va sopoldan ishlangan har xil haykallar, turli ashyolar topilgan.
Quldorlik davridagi hayot tarzini o’rganishda muhim hisoblangan yana bir diqqatga sazovor shaharcha Tuproq qal’a (Qadimgi Xorazm-milodiy I-VI asr) hisoblanadi. Shimoldan janubga qarab to’g’ri to’rtburchak shaklida cho’zilgan shaharning tomonlari 500x350 m. Mustahkam devorlari qadimiy xom g’ishtdan ishlangan va shimoli-g’arbiy burchagida 180x180 metrlik sahnda uchta to’rt burchak minorali shahar arki joylashgan. Ark yonidagi maydonda bir-biri bilan ulangan ijtimoiy harakterga ega bo’lgan qator imoratlar joylashgan. Ulardan biri o’rtasida ustun joylashgan peshtoqqa ega. Markazda maydonning asosiy binosi –olovxona joylashgan. Undan esa shahar darvozasiga qarab markaziy ko’cha o’tgan. Bu ko’chadan o’ng va so’l tomonga ketgan kichik ko’chalar har biri 200 tagacha xonani birlashtiruvchi 8-10 tacha turarjoy kvartallarini ajratib turadi. Tuproq qal’adan devoriy rasm namunalari va yuzdan ortiq charm hamda yog’ochga bitilgan yozuvlar topilgan. Devoriy rasm bu Moniy asos slogan yangi diniy oqim-otashparastlikning nasroniylik va buddizm bilan qo’shib ifodalangan yo’nalishidan xabar beradi.
Bu davr O’rta Osiyoda quldorlik jamiyatidan asta-sekinlik bilan yangi davr feodal munosabatlarining shakllanishiga o’tish jarayonini belgilab beradi.
Milodiy III-IV asrlar O’rta Osiyoda quldorlik tuzumining tanazzulga yuz tutishi bilan harakterlanadi. Natijada ma’lum bir vaqtga kelib avvalgi hukmi asosida markazlashgan shahar hokimiyati o’z ta’sirini yo’qotib nufuzli dehqonlar atrofiga umumiy mehnat asosida birlashgan kadivarlar uyushmalari yuzaga keladi. Bu esa o’z navbatida feudal munosabatlarning yuzaga kelishiga asos bo’ladi.
Shuning natijasida bu davr (III-IV asrlar) dagi shaharlar qurilishida avvalgi davrlardagiga nisbatan o’zgarishlar sodir bo’ladi. Natijada O’rta Osiyo me’morchiligida yangi sotsial hayot yuzaga chiqargan bino –feodal ko’shklari barpo bo’ladi.
Feodal ko’shklarining qadimgi xarobalari butun O’rta Osiyo hududida tuproq-tepaliklar sifatida uchraydi. Ular atrofi handaq bilan o’rab olingan, ko’pincha to’g’ri to’rtburchak shaklidagi ko’rinishga ega. Ularni sinchiklab o’rganilganda arxeologik jihatdan o’sha davrdagi hayot tarziga mos ravishda qurilganligini aniqlash mumkin. Chunki bu kabi feodal ko’shklari biron nufuzli feodal oilasining yashashi hamda mudofaalanishiga moslashganligi ma’lum bo’ladi. Shuning uchun bu qasrlar mustahkamroq mudofaa inshootini tashkil etib, alohida suv bilan ta’minlash majmuasiga va zaxira oziq-ovqat jamlash imkoniyatiga ega bo’lgan.
Odatda bunday qal’alar atrofida yirik mulk egasining yer-mulki va uning kadivarlari joylashgan. Shunday qilib har bir feodal ma’lum bir mavzeni egallagan va o’z nufuziga ega bo’lgan.
X asr tarixchisi Muhammad Narshaxiyning yozishicha shu davrda (IVasrgacha) Buxoro vohasi ham intensive o’zlashtiriladi. Turkistondan ko’chib kelgan kishilar dastlabki davrda dehqonchilik uchun noqulay hisoblangan yerlarni o’zlashtirishadi. Dastlab ko’chib kelganlar chodirlar va o’tovlarda yashashadi. Bu joylarda suvning ko’pligi, ov sharoitining yaxshiligi va daraxtzorlar borligi ularni shu yerda o’troqlashib mustahkam binolar barpo etib, o’troq holda hayot kechirish tarziga o’tishlariga sharoit yaratgan. Jumladan bir qancha : Nur, Harqonrud, Vardona, Taravja, Safna, Isvona kabi aholi punktlari yuzaga keldi. Ular birlashib o’zlariga yagona hokim saylashadi. Qadimgi davr tarixidan yaxshi ma’lum bo’lgan Abro’y shunday hokimlardan biri edi.
Shunday qilib ilk o’rta (V-VII) asrlar O’rta Osiyoda feodalizmning shakllanishi davri sifatida harakterlanadi va shu sababli tarixiy va ilmiy adabiyotda ilk feodalizm davri deb nomlanadi. Yuqorida aytib o’tilgan shaharlar bilan birgalikda bu davrda Sug’diyona, Chag’oniyon, Taxoriston, Shosh va Farg’onada ham qator nufuzli shaharlar barpo etilgan. Bularning ichida Sug’diyona davlatining poytaxti hisoblangan qadimiy Samarqand, Qadimgi Panjakent va Kushaniya shaharlari ancha mashhur bo’lgan.
Arab sayyohlari, tarixnavislari va geografiyashunoslarining ma’lumotiga qaraganda ilk o’rta asr davridagi O’rta Osiyo shaharlarining aksariyati uch qismdan iborat bo’lgan. Bu uch qismining biri shahar arki (ko’handiz) –hukmdor qarorgohi bo’lsa, ikkinchisi shahriston (madina dohil) bo’lib, shaharning asosiy qismi savdo-hunarmandchilik rastalari, boshqa jamoat hamda turarjoy binolarini o’z ichiga olgan. Uchinchi qism rabot deb atalgan va u shahardan tashqaridagi savdo-hunarmandchilik zonasini tashkil etgan. Lekin VII-VIII asr shaharlarini o’rganish natijalari ularning ko’pchiligi faqatgina ikki qismdan-ark (yoki qal’a) va shahristondan tashkil topganligini ko’rsatadi.
Milod VII asrning 30-yillarida Samarqand orqali o’tgan Xitoy ruhoniysi Syuan Szanning ma’lumotiga qaraganda, bu shahar devori aylanasining uzunligi 20 metri bo’lib, taxminan 10 kilometrni tashkil etgan va Iskandari Makduniy (Aleksandr Makedonskiy) davridagi Maroqand kattaligiga taqriban teng kelgan.
Ko’hna Samarqand tatqiqotchilaridan biri M.Pachos fikricha, ilk feodalizm davrida shahar qurilishi uch qismdan iborat bo’lgan. Shaharning qal’a qismi shimoliy tomonda Siyob arig’i bo’ylab yastangan bo’lib, 1.5 km uzunlikdagi mudofaa devorlari bilan o’ralgan. Shaharning ikkinchi qismi janubroqda joylashgan bo’lib, zodagonlarning qarorgohlaridan va jamoat binolaridan tashkil topgan. Uchinchi qism-rabod esa qal’a devorlari tashqarisida joylashgan bo’lib, mudofaa devorlariga ega bo’lmagan. VI asrda shahar tobora janubga kengaya borib, ikkinchi mudofaa devori bilan o’rab olinadi. Shahar o’zining kanallari bo’ylab intensive taraqqiy etadi. Bu narsa Balx va Termiz uchun harakterli hisoblangan.
Bu davrda yana Syuan Szan ma’lumotiga ko’ra Samarqandda ham otashparastlik, ham buddizm dini taraqqiy etgan edi. Shuning uchun ham shaharda uy-joylar va boshqa fuqaro binolari qatorida bu ikki dinga taalluqli ilohiy binolar-otashkadalar, sanam va butler bilan jihozlangan ehromlar, ibodatxonalar, daxmalar mavjud bo’lgan.
Afrosiyobning umumiy hududi 230 gektarni tashkil etadi va uning aytarlik butun hududida V-VI asrlar qatlamlari uchraydi (3-rasm). Shulardan yaxshi o’rganilganlari sifatida dastlab “ saroy kompleksi “ va endilikda “ nufuzli oilalar mahallasi “ deb atalgan shaharchaning markaziy qismida joylashgan binolar majmuasini ko’rsatib o’tish mumkin. Bu kvartalning ba’zi joylari o’tgan asr oxiri va XX asr boshlaridagi arxeologik qazishmalar vaqtida ochilgan bo’lsa-da, asrimizning 60-yillarida Afrosiyob bo’ylab Samarqandni uning shimoliy hududida joylashgan aholi punktlari bilan bog’lash maqsadida avtomobil yo’li qurilishi jarayonidagi tasodif katta rol o’ynaydi. Jumladan buldozer yer tekislash ishlarini olib borayotganida yer ostidan bir necha katta rangli devor bo’laklarini surib chiqaradi. Uning nimaligini aniqlash uchun mutaxassislar taklif qilinadi. Mutaxassislar bu topilmalarni aniqlaganlaridan so’ng qurilish ishlari to’xtatilib, arxeologik qazishmalar keng ko’lamda avj oldirildi. Natijada bir necha xonalar xarobalari ochiladi, ulardan ba’zilarining devorlarida rangli bo’yoqlar –tempera (tuxum sarig’iga rangdor mineral upasi aralashtirib tayyorlanadi) bilan ishlangan devoriy rasmlar topildi. Bularning ichida ayniqsa bir xonadan topilgani ancha yaxshi saqlanib qolgan.
1965-1968 yillarda Afrosiyobning ikkinchi va uchinchi halqasimon mudofaa devorlari oralig’ida bir necha xonadan iborat kompleks kavlab olingan edi (keyinchalik qazishmalar ancha kengaytiriladi). Devoriy surat mana shu kompleksning markazida joylashgan bir necha xonadan iborat imoratning mehmonxonasidan topilgan. Rasm syujetiga va bu devoriy suratlardagi bir odam tasvirining kamzuli etagiga tushirilgan so’g’diy yozuvga qarab binolar Samarqand shohi (ihshidi) Varxumanga dahldor imoratlar bo’lsa kerak deb taxmin qilinadi (4-rasm).
Imorat unchalik katta bo’lmagan (xarsang toshdan terilgan yo’lak yonidagi) maydonchaning g’arbiy tomonida joylashgan. Kiraverish qismi garchi yomon holatda bo’lsa ham nisbatan bir qismi saqlanib qolgan. Ikki yon devori borligi va uning sharqqa qaratilganligidan uning ayvonli qilib qurilganligini taxmin qilish mumkin. Ayvondan yo’l (ikki eshik) ko’ndalang joylashgan yo’lak tarzidagi dahlizga olib kiradi. Dahlizning markaziy qismida esa, ichma-ich joylashgan qisqarib boruvchi uch toqli (перспективные арки) eshik ichki devor tomonlari 11,20x11,20 metr bo’lgan kvadrat tarxli mehmonxonaga olib kiradi. Mehmonxonaning to’rt burchagida 2.5 metr masofada xona yopmasini ko’tarib turgan to’rt ustun izlari saqlanib qolgan. To’rt ichki devor bilan o’ralgan o’tirishga mo’ljallangan yaxlit supa ishlangan.
Devorlar hamda supa xom g’isht va paxsadan bunyod etilgan. Kiraverishda, ro’parada taxtga o’xshash o’rindiq joylashgan bo’lsa kerak, supaning o’sha qismi bo’rtib turganligi aniqlangan. Xona devorlaridagi rasmlarda shoh a’yonlari, Chag’oniyon, Tahoriston, Sharqiy Turkiston, Shosh, Chinu Mochin, Hindiston va boshqa mamlakatlardan kelgan elchilar olib kelingan ot-ulov, sovg’alar va ov sahnasi ifodalangan. Suratlar nihoyatda nafis ishlanib, yuqori did bilan ziynatlanib bo’yalgan.
Devoriy rasmlar shuningdek Panjakent, Bolalik tepa, Varaxsha, Yer qo’rg’on va V-VIII asrlarga oid boshqa ko’pgina shaharchalar xarobalaridan ham topilgan.
Buxoro ham ilk feodalizm davrida kattagina shahar bo’lganligi ma’lum. L.I.Rempelning fikricha Buxoro arki yonida joylashgan shahristoni falakning to’rt tomoniga qarata ikki ko’cha kesib o’tgan. Arkning ikki (Regiton va Go’riyon) darvozasi va Shahristonning Attoron ( Benu Saad), Mihra (Behu Asad), Ark, Hoki Roh, Nur, Shahriston nomli olti darvozasi bo’lgan. Shaharni Rudi-zar (Shohrud) arig’i kesib o’tgan. Narshaxiyning yozishicha shu ariq yonida sanamsotarlar (butsotarlar ) bozori va ularning katta ibodatxonasi bo’lgan.
Ark maydonining 3,5 ga ekanligini hisobga olsak, shahar nisbatan katta ekanligini bilib olamiz. Shahristonning kanal oqib o’tgan zonasida uning raboti joy olganligi haqida ma’lumot bor.
Ilk o’rta asrlarga oid mukammal o’rganilgan shaharlardan yana biri Qadimiy Panjakent hisoblanadi. Odatdagiday shahar hududining asosiy qismini Shahriston tashkil etadi, uning g’arbida alohida tepaliklarda mustahkam mudofaa tizimiga ega bo’lgan shahar arki joylashgan. Qadimgi Panjakent Zarafshon daryosining janubiy o’zanida tikka tepalikni tashkil etuvchi joyda qurilgan. Shahar Shahristoni yuqori va ikki yoni planda trapetsiya tarzida joylashgan bo’lib, janubiy tomoni biroz bo’rtib chiqqan uchidan shaharning bosh ko’chasi boshlanib shimolga tomon yo’nalgan. Shaharning tahminan markaziy qismida esa ikki ibodatxonaning vayronalari qazib olingan. Shuningdek, janubdan shimolga qarab yo’nalgan markaziy ko’chaning ikki yon tomonidan 1-2 qavatli asosiy turarjoy binolari qazib olingan.
Shaharning uch darvozasi bo’lgan deb taxmin etiladi. Bularning biri-asosiysi bo’lsa kerak, janubda joylashgan bo’lib mustahkam burjlar bilan istehkomlanganligi aniqlangan. Ikkinchi darvoza sharq va uchinchisi g’arb tomonga qaratilgan. Mana shu uchinchi darvoza shaharni ark (ko’handis) bilan bog’langan.
Yuqorida nomlari keltirilgan va mufassalroq to’xtalib o’tilgan Buxoro, Samarqand, Panjakent kabi shaharlardan tashqari Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda yana talaygina shaharlar mavjud bo’lganki, bular bizga qadimiy yozma manbalar, ilmiy ishlar va arxeologik qazishmalardan ma’lum.
Bu shaharlar sirasiga Eski Termiz, Paykent, Varaxsha, Kushaniya, Nur (eski Nur-ota qal’asi), Bunjikent, Arbinjon, Pivdod, Ishtixon, Binkent, Yer qo’rg’on (Qarshi yaqinida), Xusrav-qal’a (Turkmaniston)da va bugungi kunda Kofir-qal’a, Quldor tepa, Tali Barzu, Xayrobod tepa kabi nomlar bilan ataladigan xaroba tepaliklarga aylangan qator shaharlar kiradi.
Endi mana shu shaharlarga o’sha davrda qurilgan imorat turlarini ko’rib chiqadigan bo’lsak, ular orasida shahar ark (ko’handiz)lari o’zining muhtashamligi bilan ajralib turadi. Arklar odatda tuproq va loydan shibbalanib bunyod etilgan tepaliklarda qurilib, atrofi mudofaa inshooti sifatida qo’llanilgan chuqur chohlar bilan o’rab olingan tarzda barpo etilgan. So’ng mustahkam poydevor ustiga o’lchamlari 35-60x22-44x8-12 santimetrga ega bo’lgan chorsi (kvadra) va 1:2 nisbatdagi uzunchoq xom g’isht hamda lentasimon yoki 60-80 santimetr o’lchamdagi paxsa bloklaridan qasr binosi qurilgan. Varaxsha, Xusrav qal’a va Afrosiyob qasrlarini o’rganish inshoot yon devorlari bir –biriga uzluksiz ulanib ketgan silindrsimon ustunlardan iboratligini ko’rsatadi. Hozirgi Turkmaniston hamda Qoraqalpog’iston hududlarida haroba holida saqlanib qolgan qasr qoldiqlari bu me’moriy uslubning o’sha davrga xosligini ko’rsatadi.
Turarjoy binolarini o’rtada qurilgan katta kvadrat tarzidagi xona va atrofi qator uzunchoq va to’rt burchak xonalar bilan o’rab olingan komplekslar tashkil etadi. Ularning ba’zilari ensizroq va eshik joylari yarim aylanasimon toqlar bilan yopilgan bo’lsa, ba’zi chog’roq kvadrat xonalar gumbaz bilan berkitilgan. Kattaroqlari esa xona o’rtasidagi joyga to’rt ustun joylashtirilib yog’och to’sinlar bilan yopilgan. Mana shu katta xonalar markazi kichkina to’rt burchak tarzida ochiq qoldirilgan. Bu esa o’z navbatida XIX-XX asrdagi Xiva hovlilarining ko’rinishini eslatadi. V-VIII asrlarda ham shu katta xonalar mehmonxona va hovli rolini bajarganligi ehtimoldan uzoq emas.
O’rta Osiyoda garchi shu davrda asosan ikki xil din-otashparastlik hamda buddizm hukmronlik qilgan bo’lsa-da, yana boshqa qator diniy mazhablar bo’lganligi ma’lum. Shuning uchun ham turli xil ibodatxonalar barpo etilganligi aniqlangan. Lekin ularning orasida asosiy ko’pchilikni tashkil etadiganlari otashxonalar va budda ehromlari bo’lgan. Otashxonalardan chortoq va Hindistonda uchraydigan turarjoylarga mansub mandala tipidagi kichikroq muqaddas olov mehroblari ma’lum. Budda ibodatxonalarining minorasimon va oldi ayvonga qaragan ichma-ich joylashgan xonalardan iborat turlari bu davrda keng tarqalgan. Bu ibodatxonalar oltindan ishlangan haykallar hamda qimmatbaho toshlar bilan ziynatlangani haqida juda ko’plab tarixchilar ma’lumot berganlar. Bundan tashqari arab jug’rofiyachisi Ibn Havqalning Afrosiyob maydonlari juda chiroyli ishlangan har xil afsonaviy ko’rinishdagi haykallar bilan bezatilganligi va Narshaxiyning Buxoroda sanamlar haykallari sotiladigan shahar bozori bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor.
Bundan tashqari V-VIII asrlarga oid qator qishloq inshootlari ma’lum. Qizig’i shundaki, bularning asosiy qismi xom g’isht, paxsa, yog’och va ba’zilari tog’ toshidan qurilgan. Pishiq g’isht (garchi miloddan oldin ma’lum bo’lgan bo’lsa-da) devorlarni tiklashda ishlatilmagan. U faqat ba’zi qasr va otashxonalarning polini qoplashda ishlatilgan. Xona devorlari mayin somonshuvoq va maxsus ganch pardozi bilan sayqallangan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Ilk o’rta asrlardagi binolar juda ham hashamatli tarzda bezatilgan. Bunga jumladan Afrosiyob, Panjakent, Varaxsha, Bolalik tepa, Yer Qo’rg’on va boshqa shaharchalardan topilgan devoriy rasmlar guvohlik bersa, ikkinchi tomondan maxsus loydan ishlangan naqshlar va ko’plab topilgan yog’och o’ymakorligi namunalari misol bo’la oladi.
Bu davrda O’rta Osiyoda ilk feodalizm shakllanib, madaniy hayot barq urib kelayotgan edi. Lekin VII asr oxiri va VIII asr boshlaridagi arablar istilosi taraqqiy sur’atiga o’zining sezilarli ta’sirini o’tkazdi.
O’rta Osiyoning IX asrdan to XIII asr boshigacha bo’lgan davrdagi tarixi siyosiy jihatdan garchi bir yaxlitlikka ega bo’lmasada, somoniylar, saljuqiylar, qoraxitoy va qoraxoniylar hamda xorazmshohlar hukmronligi vaqtida butun O’rta Osiyoda bir qadar markazlashgan hokimiyat paydo bo’lib, mahalliy xalq madaniyatida umumiylikni yuzaga keltiradi. IX-XII asr O’rta Osiyo me’morchiligi ham shaharsozlik, ham binolar yangi turlarining vujudga kelishi, ham yangi qurilish materiallari va konstruksiyalari, bezatish ziynatining o’ziga xosligi va boshqa jihatlari bilan yaqqol ajralib turadi [4. 11-30 b].
Ilk shaharlar ko'p funktsiyali bo'lgan, ya'ni ular xo'jalik, ma'muriy va madaniy markazlarga ega bo'lgan. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga asoslangan holda ilk shaharlarni tashkil etuvchi 14 ta arxitektura-shaharsozlik atributlarini ishlab chiqdik:
1. Shaharning funktsional jihatdan ark va shahar (shahriston) qismlariga ajralishi;
2. Qo'rg'ondevorlar, handaqlar va darvozalarning mavjudligi;
3. Shaharlar tuzilishida tabiiy rel'efning ahamiyati: asosiy qismning eng baland hududda joylashuvi;
4. Daryolarga yaqin hududda joylashganligi;
5. Ko'chalar tarmog'ining shakllanganligi: asosiy keng ko'chalar, tor va berk ko'chalarga tabaqalanishi;
6. Jamoa yig'iladigan maydon va bozorning mavjudligi;
7. Diniy binoning mavjud ekanligi;
8. Saroy binosining mavjudligi;
9. Turar uylarning mavjud ekanligi;
10. O'lchov turlarining shakllanganligi;
11. Qurilish usullarining takomillashuvi;
12. Qurilish materiallarining rivoji;
13. Suv chiqarish qurilmalarining mavjudligi;
14. Qabristonlarning mavjudligi.
Bugungi kunda tadqiqotchilar oldida shaharni tashkil etuvchi omillarni va ilk shaharlarning paydo bo'lish shartlarini aniqlash kabi dolzarb muammoni yechish kabi masalalar turibdi. O'rta Osiyo shaharlarining paydo bo'lish shart-sharoitlari quyidagilar hisoblangan:
1. Qulay tabiiy muhit – tuproq (yer), suv, iqlim va boshqa – geografik omillar;
2. Yuqori samarador irrigatsiyaga ega dehqonchilik yerlari, rivojlangan texnlogiya (aholini barcha oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlaydigan). Ushbu jihatlar muqobil o'troq madaniyatning shakllanishiga sabab bo'lgan. O'troq manzilgohlar – iqtisodiy omilga bog'liqdir.
3. Zarur ijtimoiy shart-sharoitlar, ma'muriy boshqaruv, diniy liderlikning paydo bo'lishi. Bular – ijtimoiy omilga mansub. Ushbu 3 ta omil uyg'unlikda ilk shaharlar paydo bo'lishiga sharoit yaratgan. Agar omillar alohida shakllansa, shaharni tashkil qiluvchi muhitni yaratmaydi. Lapkoning fikricha, ilk shaharlar qaysi hududda iqtisodiy- geografik holat yaxshi bo'lsa, o'sha yerda shakllangan deb hisoblaydi [5. 34-35 b].

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish