shimoliy kenglikning o‟ttiz yettinchi – qirq beshinchi graduslari va sharqiy
14
Mazkur hududga turli havo oqimlari bemalol kira oladi. Shimoldan, g‟arbiy
shimoldan va g‟arbdan keng tekisliklarga o‟zgargan atlantik va sovuq atrika havo
massalari kirib keladi. Qishda issiq sektorlardan janubiy siklonlar keltiradigan
tropik havo massalari orqali jadal holda kunlar birdan isiy boshlaydi.
Respublika hududi baland frontal oqimlar mintaqasida joylashgan. Yilning
sovuq yarmida bu oqimning harakati tezlashadi, natijada, siklonlar harakati ham
kuchayadi. Ular Markaziy Osiyoni kesib o‟tganda ob-havo keskin o‟zgarib turadi.
Iqlimiy o‟zgarishlar respublika hududining iqlimiy xarakteristkasiga, suv
balansiga va suv resurslariga ta‟sir etadi.
Respublikaning tog‟li qismida muzliklar degradatsiyasi va ular maydonining
qisqarishi kuzatilmoqda. Ma‟lumotlar tahlili tog‟li daryolar basseynida qor
qatlamlari yil sayin kamayishini ko‟rsatdi.
Hududning tekislik qismida havo yog‟inlarining yillik majmui biroz oshgan.
Tog‟li va tog‟lar etagida statistik jihatdan ahamiyatli trendlar aniqlanmagan.
Yuqori haroratli va intensiv quyosh radiatsiyalari oqimining ta‟sirini
kamaytiradigan, o‟z vaqtida kiyim ostidan organizm hosil qiladigan ter bug‟larini
va karbonat angidridni tashqariga chiqaradigan kiyim paketining qobilyati muhim
ahamiyatga molik [10].
Har jihatdan qulay kiyim yaratish uchun kiyim ostidagi mikroiqlimga,
kiyimning odam organizm ta‟siriga oid miqdoriy bog‟lanishlarni aniqlash kerak.
XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlari, hatto 20 - 30 yillarigacha ham
O‟zbekiston qishloq aholisi kiyim - kechaklari uchun ishlatilib kelingan matolar
orasida uy sharoitida tayyorlangan mahsulotlar salmoqli o‟rin egallagan. Chetdan,
xususan Rossiyadan keltiriladigan fabrika mahsulotlari g‟oyatda qimmat bo‟lish
bilan birga, ular o‟lkaning hamma joylariga birday tarqatilmas edi. Bu esa mazkur
davrlarda o‟lkada hali kapitalistik ishlab chiqarishning o‟smaganligidan darak
berardi [11].
Uy sharoitida ip, jun, pilla, teri va boshqa narsalardan mato tayyorlash
O‟zbekistonda juda qadimdan mavjud bo‟lgan. Ipakli va yarim ipakli matolar
ishlab chiqarish qisman cheklangan edi. Bu soha asosan ma‟lum hududlarda
15
to‟plangan bo‟lib, ipakli va yarim ipakli matolardan yuqori sinf vakillarigina
foydalanishgan. Chunonchi, ipakli va yarim ipakli matolar ishlab chiqarish
Buxoro, Xiva va Qo‟qon xonliklari markazlarida, ularga qarashli yirik shahar va
qishloqlarda yo‟lga qo‟yilgan edi. Oddiy mehnatkashlar esa asosan ip - gazlama
matolardan foydalangan. Oddiy matolar kundalik yurish - turish uchun, ipakli va
yarim ipakli matolardan esa to‟y - tantana, bayramlarda kiyish uchun kiyimlar
tikilgan.
Ip juda qadimdan mavjud bo‟lgan charx bilan yigirilgan. Yigirilgan iplar
naychalarga o‟ralib, kalava qilingan yoki dumaloq, to‟p - to‟p qilib qo‟yilgan.
Ayrim joylarda aholi paxtani tozalab sotgan bo‟lsa,boshqa joylarda paxta ip qilib
yigirilib, kalava shaklida bozorlarda sotilgan. Ularni aksariyat to‟quvchilar sotib
olgan. Mutaxasislarning fikricha, charx juda qadimiy bo‟lish bilan birga, keng
tarqalgan, hamma joyda ham shakli va ishlatish jarayoni bir xil bo‟lgan asbobdir.
O‟zbekistonda pillakashlik, ipak qurti boqish va ipak yetkazish ham
qadimdan keng tarqalgan. Pillani pishirish va undan ipak olish jarayonlari ancha
murakkab, ko‟p ishchi qo‟lini talab qiladigan jarayon bo‟lgan [12].
Bunda bir nechta katta - kichik qozon, katta charx yoki dev charx, kichik
charx yoki bacha charx kabi charxlar ishlatilgan. Ustalar pilla qaynab turgan
qozondan maxsus pillacho‟plar yordamida ipak chiqarishganlar, ularning
yordamchilari esa ipakni avval katta charxga, so‟ng kichik charxga o‟rashgan.
Marg‟ilon, Xo‟jand, Buxoro, Shahrisabz, Kitob kabi o‟nlab shaharlarda maxsus
pillakashlik ustaxonalari bo‟lgan.
O‟tmishda pillakashlik bilan ko‟proq xotin - qizlar shug‟ullangan. Lekin
pillakashlikning keyingi taraqqiyotida bu ish erkaklar qo‟liga o‟tadi, ustaxonalarda
ishchi yollab ishlatish rasm bo‟la boshlaydi.
Toshkent kosiblari bo`z yoki karboz (oddiy bo`yalmagan ip gazlama), bosma
(ko`proq qizil tusdagi gulli bo`z), olacha (bo`yalgan ipdan to`qilgan yo`l – yo`l ip
gazlama), chopon tikishda qo`llaniladigan yo`l – yo`l nim shoyi matolar to`qishga
mohir edilar. Farg`ona, Marg`ilon, Namangan, Buxoro, Samarqand va boshqa
shaharlarda an`anaviy o`zbek ipak (kanovuz, shoyi, xonatlas), nimshoyi (beqasam,
16
banoras, adras) gazlamalar to`qilib, ulardan tikilgan turfa kiyimlar o`ziga to`qroq,
boy – badavlat kishilar orasida rasm bo`lgan. Quyida mana shu matolarning
ayrimlariga bir – ikki og`iz ta`rif berib o`tamiz:
Beqasam – yo`l – yo`l gazmol bo`lib, undan erkak, ayol va bolalar uchun
kundalik kiyiladigan to`nlar, ko`rpa – ko`rpachalar tikishda foydalanilgan
(1.2rasm).
.
Do'stlaringiz bilan baham: