Jozibali xalqaro bozorga kirish uchun qo‘yilgan to‘siqlarning barbod bo‘lishi;
Bozor sur’atlarining o‘sishi va hokazolar.
Narx raqobatbardoshligiga erishishning muximligi, shuningdek, hozirgi zamon dunyosida ko‘pgina iste’molchilar yuqori sifatli tovarlarni yuqori narxlarda sotib olish uchun yetarli daromadga ega emasliklari bilan ham tushuntiriladi.
Ko‘pgina davlatlar o‘z tajribasida anchadan beri ishlab chiqaradigan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish mexanizmlaridan foydalanib kelmoqdalar. Ular orasida narx raqobatini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan raqobat sharoitida tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’z xohishlariga ko‘ra bozor narxlarini ko‘tara yoki kamaytira olmaydilar,chunki doim o’‘rtacha bozor narxi mavjud bo‘ladi.Shu sababli, bunday sharoitlarda xarajatlarni boshqarish muhim ahamiyatga ega. Kam xarajatlar raqobatchilar narxlariga nisbatan past narxlarni qo‘yishga imkon beradi, bu esa raqobat afzalliklarining muhim manbaiga aylanadi.
Xarajatlarni kamaytirishga muvofiq ravishda, narx bo‘yicha raqobatbardoshlikka erishishga arzon tabiiy va inson resurslariga ega bo‘lish, energiya va transport xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, ishlab chiqarishga davlat tomonidan yordam ko‘rsatilishi - imtiyoz va dotatsiyalar berish kabilar ta’sir ko‘rsatadi.
Tashqi bozorga chiqish hamisha raqobat kurashiga tortilish demakdir. Tovar bozorlari g‘oyat to‘yingan, taklif talabdan ustun bo’lgan sharoitlarda har bir tovar va uning ortida turgan tovar ishlab chiqaruvchi iste’molchining nazariga tushish uchun kurash olib borishga majbur. Xaridorning ayrim bir ehtiyojlari teng yoki qisman o‘zgaradigan sharoitlarda bir xil yoki har xil usullar bilan qondirishga mo‘ljallangan xilma-xil tovarlar ayni bir paytda taklif etiladi. Bunday sharoitda iste’molchi o‘zining qiymat birligi bo‘yicha raqobatchilar tovarlariga qaraganda ehtiyojni ko‘proq va yuqori darajada qondiradigan tovarni tanlaydi. Mabodo tovar sotilmagan bo‘lsa va xaridor boshqa kompaniya mahsulotini tanlagan va mazkur tovarni rad etgan bo‘lsa, unda bu kompaniyani past xarajatlar ham, yuksak mehnat unumdorligi ham joniga oro kirmaydi. Kasodga uchrash xavfi aniq haqiqatga aylanadi. Umuman olganda raqobat deganda biron bir sohada ayrim shaxslar o‘rtasidagi bir maqsad uchun kurashda olib boriladigan raqiblik, bellashish tushuniladi.
Raqobat kurashining bir qancha ko‘’rinishlari uchraydi. Erkin yoki halol raqobat bozorda juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar hamda iste’molchilar faoliyat olib borganda yuzaga keladi, bunda yangi raqiblarning paydo bo‘lishi uchun to’siqlar qo‘yilmagan, narxlar talab va taklif ta’sirida erkin o‘zgarib turadi,bunday sharoitlarda raqiblarning birontasi ham narxlarga yoki boshqa usullar bilan bozordagi holatga ta’sir ko‘rsatish uchun yetarli darajada qudratga ega bo‘lmaydi. Ammo iqtisodiyotning hozirgi holati uchun bunday ahvol xos emas. Uning uchun aksincha, oligopoliya — ishlab chiqarish va sotishning katta qismini nazorat qiladigan bir necha yirik firmalarning raqobati ko‘p uchraydi. Ularning har biri bozor siyosatini mustaqil yuritadi, ammo ayni paytda ularning barchasi o‘zaro bir-biriga bog‘lanib ketgan va raqiblar strategiyasi bilan hisoblashishga majbur. Masalan, AQSh da 200 ta eng yirik korporatsiyalar mamlakat sanoat ishlab chiqarishining yarmiga yaqinini nazorat qiladi. Yaponiyada to‘rt eng yirik firmaning 96 sanoat kichik tarmoqlarida solishtirma hissasi 60% ni, 67 kichik tarmoqda 70% ni, 46 kichik tarmoqda — 80G‘ni tashkil etadi. Angliyada ikki kompaniya jami EXM larning — % qismini, Italiyada bir kompaniya avtomobillarning 90% ini, yana boshqa biri cho‘yanning 94 % ini ishlab chiqaradi. Yirik kompaniyalarning o‘z kapitalini jadal jamg’arishi bunday to’planishning o‘sishiga yordam beradi. Yiriklashuvning dastlabki bosqichlarida raqobat, raqobat bilan birga mayda firmalar, korxonalarning o‘zaro singib va qo‘shilib ketishi aksariyat tarmoq ichida ro‘y berib kelgan. Shunga ko‘ra ham raqobat tarmoq ichida, ya’ni bir xil tovarlarni ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish va mahsulotni sotishning eng qulay sharoitlari uchun, shu tovar bozorining katta hissasi uchun o‘zaro kurashib kelganlar. Faqat uzluksiz takomil, ishlab chiqarishni rivojlantirish bilan bo‘lgan kiritiladigan ustama foyda olish uchun bir tarmoqdagi korxonalararo raqobat ilmiy-texnika progressiga ergashib borish bilan cheklanmay, o‘ziga xos “moda yo‘riqchisi” tarzida hamisha oldinda, bo‘lish intilishini paydo etardi. Xuddi shu ichki tarmoq raqobati tufayli bozor iqtisodiyoti hukmron bo‘lgan ko‘pgina mamlakatlar o‘z raqiblarini mohiyat-e’tibori bilan olganda sanoat inqilobi davridayoq ortda qoldirib ketdi.
Ammo keyingi jamg‘arilish ehtiyojlari kapitalni tarmoqlararo raqobatta yo‘naltira boshladi. Tarmoqlararo raqobat vujudga keldi, ya’ni turli tarmoqlardagi ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida kapitalni eng qulay hamda foydali joylashtirish soxalari uchun kurash paydo bo‘ldi. Tarmoqlararo raqobat natijasida mablag‘lar iqtisodiyotning past rentabelli tarmoqlaridan yuqori rentabelli sektorlariga intiladi. «Tarmoqlararo raqobat» atamasi yana boshqa bir hodisani ifodalash uchun ham ishlatiladi — turli tarmoqlarda,ammo o‘xshash, bir xil ehtiyojlarni qondirishga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chigaruvchilar va shu sababli boz orda xaridor uchun kurashuvchilar o‘rtasidagi raqobatni ham ifoda etishda qo‘llaniladi. Masalan, turli yonilg‘ilar, tabiiy materiallar, va ularning o‘rnida qo‘llaniladigan sintetik materiallar.
Firmalar o‘rtasida quyidagi raqobatni o‘zgartirish variantlari mavjud:
Raqib firmalar sonini o‘sish bilan raqobat kuchayadi.
Ko‘pgina katta firmalar boshqa firmaga birlashib lider darajasiga chiqish uchun aniq choralar qabul qilishi asosida raqobat kuchayadi.
Tovarga bo‘lgan talab sekin o’sganda raqobat kuchli bo‘ladi.
Qachon tarmoqda xo’jalik yuritish sharoitlari firmani narxini pasaytirishga
olib kelsa yoki sotish hajmini oshirishdan boshqa vositalari qo‘llanilsa raqobat kuchayadi.
Qachon xaridor xarajatlari bitta marka iste’molidan uncha katta bo’lmagan boshqasiga o‘tayotganda raqobat kuchayadi.
Qachon bitta yoki bir necha firmalar o‘zining bozor ulushidan qoniqmagan bo‘lsa raqobat kuchayadi.
Muvaffaqiyatli strategik qarorlarning foydaning o‘sishi bilan proporsional holda raqobat kuchayadi.
Qachon bozordan chiqish xarajatlari katta bo‘lganda to‘siqlar yuqori bo’lganda raqobat kuchayadi.
Qachon strategiyalar, resurslar,tashkiliy xususiyatlar, firma missiyalari yuqori darajada farq qiladagan bo‘lsa raqobatning borishini aytish mumkin.
Raqobatbardoshlikka ta’sir etuvchi omillar:
Raqobatchi firmalar soni
Raqiblar harakatlarining diversifikastiyalashuvi darajasi
Bozordagi talab hajmini o‘rganish
Mahsulotni tabaqalashuvi darajasi
Iste’molchining bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga ko‘chish harakatlari
Bozordan chiqib ketish to‘siqlari va ularning darajasi
Bozorga kirib kelish va uning darajasi
Yondosh tarmoq bozorlaridagi vaziyat
Raqiblar strategiyasidagi farqlar
Tarmoq raqobatbardoshligi mazkur tarmoqda ishlab chiqariladigan tovarning raqobatbardoshligiga bevosita bog‘liq. Korxonalar raqobatbardoshligi tarmoqdagi holatga va uning mavqeiga ta’sir ko‘rsatadi, lekin aynan tovarning raqobatbardoshligi, o‘z navbatida, korxonalarning raqobatbardoshligiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan holda ular uchun ham hal qiluvchi omil hisoblanadi. Tarmoq va korxona (firma)ning raqobat jihatdan ustunliklari bir-biriga o‘xshash bo‘lib, ular tashqi va ichki ustunliklarga bo‘linadi.
Tarmoq va firmaning tashqi raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi:
kichik va o‘rta biznesning davlat tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanishi; mamlakat iqtisodiyoti faoliyat ko‘rsatishining sifatli huquqiy tartibga solinishi;
jamiyat va bozorlarning ochiqligi;
mamlakat iqtisodiyotini boshqarishning yuqori ilmiy darajasi;
standartlashtirish va sertifikatlash milliy tizimining xalqaro tizim bilan uyg‘unlashuvi;
fan va innovatsiya faoliyatining davlat tomonidan tegishlicha qo‘llabquvvatlanishi;
mamlakatni boshqarishni axborot bilan ta’minlashning yuqori sifati;
mamlakat ichida va jahon hamjamiyati doirasida integratsiyalashuvning yuqori darajasi;
mamlakatda past soliq stavkalari;
qulay va arzon resurslarning mavjudligi;
mamlakatda boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlashning sifatli tizimi va boshqalar.
Tarmoq (firma)ning ichki raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi:
tovarga bo‘lgan yuqori ehtiyoj;
jamlash, ixtisoslashuv va kooperastiyaning optimal darajasi;
boshqaruvning yuqori sifatli axborot va me’yoriy-uslubiy asosi;
yetkazib beruvchilarning raqobatbardoshligi;
sifatli xomashyo va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyatining mavjudligi;