Raqobatlashgan bozorda , qisqa muddatli oraliqda ishlab chiqaruvchining muvozanat xolati
Reja: Kirish. Asosiy qism. 1. Aniq lider bo‘lmagan bozorda firmaning raqobat strategiyasi. 2. Raqobatchilar narxini tushirishga agressiv ta’sir etish. 3. O‘zbekistonda iste’mol bozorini raqobatbardosh mahsulotlar bilan to‘ldirishda hukumatning roli Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish. Raqobat bozor iqtisodiyotining g‘oyat muhim xususiyati. U amal qilishi uchun ma’lum shart-sharoit muhayyo bo‘lishi talab qilinadi. Raqobat faqat bozor iqtisodiyoti muhitida bo‘lishi mumkin, chunki undagina u zarurat bo‘ladi, shuningdek, unga yo‘l ham ochiladi. Bas, shunday ekan bozor munosabatlarining yuzaga kelishi ayni bir vaqtda raqobatchilikning shakllanishini bildiradi. Bozor iqtisodiyotining shakllanishidagi klassik yo‘l g‘arb mamlakatlarida bo‘lib, u yerda raqobatchilik muhiti uzoq yillar mobaynida, davlatning ishtirokisiz, o‘z-o‘zidan, ya’ni stixiyali yuz bergan. Shu yo‘sinda erkin raqobat paydo bo‘lgan. Iqtisodiyotda monopollashuv tendenstiyalari paydo bo‘lish munosabati bilan erkin raqobat cheklanadi, shu sababdan sog‘lom rakobatchilik muhitini yaratishda davlat ham qatnashadi. Buni davlatning antimonopol siyosatida ko‘rish mumkin. Bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratishga emas, balki uni saklab qolishga, kezi kelganda qaytadan tiklashga, raqobatning madaniylashgan usullarini qaror toptirishga qaratiladi.
O‘rinbosar tovarlar - muayyan iste’molchilar guruhi uchun muayyan funksiyani bajaruvchi, biroq boshqa texnologiya asosida ishlab chiqarilgan tovarlardir.
O‘rinbosar tovarlarning bozorga kirib kelishiga, masalan, fan-texnika taraqqiyoti yoki narx siyosatining o‘zgarishi sabab bo’lishi mumkin - mikrokompyuterlar narxining pasayib borishi an’anaviy pochtaning elektron aloqa tomonidan siqib chiqarilishiga sabab bo’ldi. O‘rinbosar tovarlarning narxi tovar bozoridagi firmalar belgilashi mumkin bo‘lgan eng yuqori chegara vazifasini o‘taydi. O‘rinbosar tovarning narxi xaridorlar uchun qanchalik foydali bo‘lsa, tovar bozorida narxni ko‘tarish imkoniyatlari shunchalik cheklangan bo‘ladi (Porter).
Bu qonuniyat ayniqsa energiya bozorida yaqqol namoyon bo‘ldi va energiya manbalarining yangi turlarini ishlab chiqishga katta ta’sir ko‘rsatdi. Neft bozorlarida narx-navoning ko‘tarilib borishi atom va quyosh energetikasining rivojlanishiga turtki bo‘ldi.
O‘rinbosar tovarlar o‘sha xaridorlar guruhi uchun xuddi shu funksiyani bajaruvchi tovarlar, lekin boshqa texnologiyaga asoslangan. Bu permanent xavf yaratadi, chunki o‘rnini bosish xavfi doimo majud. Ushbu xavflar texnologik yutuqlar natijasida o‘sishi mumkin. O‘rinbosar tovarlarga bo‘lgan haqiqiy narxlar tovar bozorida harakat qiluvchi firmalar belgilashi mumkin bo‘lgan eng yuqori baholarni aniqlaydi. O‘rinbosar tovarlar foydalanuvchilarni qanchalik qoniqtirsa, tovar bozorida narxlarning o‘sish imkonyati shunchalik chegaralangandir.
Energoresurslar bozoridagi bunday holat energiyaning yangi manbalarini ishlab chiqarishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Neft bahosining oshib ketishi atom va quyosh energetikasining rivojlanishiga keng yo‘l ochib beradi.