Jahon xo`jaligidagi raqobat – turli davlatlar milliy ishlab chiqaruvchilarning jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlash uchun boradi va uning natijasida alohida tovarrlarning jahon narxlari shakllanadi.
Tartibsiz (stixiyali) raqobat - bozor kuchlarining ta`sirida, tabiiy ravishda ro`y beradi.
Tartibga solinadigan raqobat – madaniylashgan tarzda va ma`lum me`yorlar doirasida sodir bo`ladi.
Narxning raqobat vositasi sifatida qo`llanish darajasiga qarab narx yordamidagi va narxsiz raqobat ajratiladi.
Raqobatlashishda g`ayrioddiy usullar (josuslik, qotillik, zo`ravonlik va h.k.) ning qo`llanish darajasiga ko`ra halol va g`irrom raqobat farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |