13-modda. Insofsiz raqobatni taqiqlash
Insofsiz raqobat, shu jumladan:
Oldingi
tahrirga qarang.
boshqa xo„jalik yurituvchi subyektga zarar keltirishi yoki uning
ishchanlik obro„siga putur yetkazishi mumkin bo„lgan noto„g„ri
taqqoslashlar. Bunda xo„jalik yurituvchi subyektning tovarini xolisona
tasdiqqa ega bo„lgan tavsiflarni yoki taqqoslash parametrlarini
ko„rsatmagan holda tovarning ustunligi haqida taassurot hosil qiluvchi
so„zlardan yoki belgilardan foydalanish orqali boshqa xo„jalik
yurituvchi subyektning (raqobatchining) o„zga tovari bilan taqqoslash
yoxud ko„rsatilgan so„zlarni yoki belgilarni o„z ichiga olgan tasdiqlar
yolg„on, noaniq bo„lgan yoki buzib ko„rsatilgan hollar noto„g„ri
taqqoslashdir;
yuridik shaxsning intellektual faoliyati natijalaridan va ularga
tenglashtirilgan
individuallashtirish
vositalaridan,
tovarni
individuallashtirish vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalanilgan
holda tovarni realizatsiya qilish, shu jumladan tovarni xo„jalik
yurituvchi subyektning (raqobatchining) tovar belgisiga, firma nomiga
o„xshash bo„lgan yoxud adashtirib yuborish darajasida u bilan o„xshash
bo„lgan belgidan uni tovarlarda, etiketkalarda, o„rovlarda joylashtirish
yo„li bilan yoki sotilayotgan yoxud fuqarolik muomalasiga o„zgacha
tarzda kiritilayotgan tovarlarga nisbatan tovar belgisidan boshqacha
tarzda foydalanish yo„li bilan, shuningdek ushbu belgidan domen
nomida foydalanish orqali qonunga xilof ravishda foydalanilgan holda
realizatsiya qilish;
tovarning xususiyati, ishlab chiqarilish usuli va joyi, iste‟mol
xossalari, narxi, sifati, ishlab chiqaruvchining (bajaruvchining) kafolat
majburiyatlari xususida iste‟molchilarni chalg„itish, xo„jalik yurituvchi
subyekt (raqobatchi) tomonidan fuqarolik muomalasiga kiritiladigan
tovarni uning tashqi bezatilishi va shaklini, nomini, tamg„alanishini,
etiketkasini, o„rovini, ranglar uyg„unligini, tovar belgisini takrorlash,
reklama materiallaridan yoki xo„jalik yurituvchi subyektning
(raqobatchining) tovarini individuallashtiruvchi boshqa elementlardan
nusxa ko„chirish orqali qalbakilashtirish;
(13-moddaning birinchi qismi ikkinchi, uchinchi va to„rtinchi
xatboshilari O„zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O„RQ-
429-sonli
Qonuni
tahririda — O„R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
fan-texnikaga, ishlab chiqarishga yoki savdoga oid axborotni, shu
jumladan tijorat sirini egasining roziligisiz olish, undan foydalanish, uni
oshkor etish;
tovar yoki moliya bozoriga boshqa xo„jalik yurituvchi
subyektning kirishiga to„siq qo„yish taqiqlanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Yuridik
shaxsni
individuallashtirish
vositalariga,
tovarni
individuallashtirish vositalariga bo„lgan mutlaq huquqni olish,
shuningdek xo„jalik yurituvchi subyekt (raqobatchi) tomonidan avval
fuqarolik muomalasiga kiritilgan tovarga nisbatan belgi bilan aynan
o„xshash yoki adashtirib yuborish darajasida o„xshash bo„lgan tovar
belgisini ro„yxatdan o„tkazish bilan bog„liq insofsiz raqobatga yo„l
qo„yilmaydi.
(13-moddaning ikkinchi qismi O„zbekiston Respublikasining
2017-yil 18-apreldagi O„RQ-429-sonli
Qonuni
tahririda — O„R QHT,
2017-y., 16-son, 265-modda)
Monopoliyaga
qarshi
organning
ushbu
modda
ikkinchi
qismining
tovar belgisiga bo„lgan mutlaq huquqni olish xususidagi
qoidalari buzilganligini e‟tirof etish to„g„risida chiqargan qarori tovar
belgisiga huquqiy muhofaza berish haqidagi guvohnomani haqiqiy emas
deb topish uchun manfaatdor shaxs tomonidan intellektual mulk
bo„yicha vakolatli organga yoki sudga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |