xo„jalik yurituvchi subyekt
— tovarlarni ishlab chiqarish, olish
va realizatsiya qilish faoliyati bilan shug„ullanuvchi yuridik shaxs, shu
jumladan chet ellik yuridik shaxs, xo„jalik boshqaruvi organi,
shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor.
5-modda. Shaxslar guruhi
Yagona (umumiy) iqtisodiy manfaatga ega bo„lgan shaxslar
yig„indisi shaxslar guruhi deb e‟tirof etilib, ularga tatbiqan quyidagi bir
yoki bir nechta shart bajariladi:
ikki va undan ortiq yuridik shaxsning biri bevosita yoki bilvosita,
shuningdek o„zga shaxslardan olgan vakolatlariga muvofiq boshqa
yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizidan ortig„iga
egalik qiladi;
ikki va undan ortiq yuridik shaxsda ayni bir jismoniy shaxs,
shuningdek uning eri (xotini), ota-onasi (farzandlikka oluvchilari),
bolalari (farzandlikka olingan bolalari), tug„ishgan va o„gay aka-ukalari
hamda opa-singillari (bundan buyon matnda yaqin qarindoshlari deb
yuritiladi) ushbu yuridik shaxslardagi ishtiroki tufayli yoxud boshqa
shaxslardan olgan vakolatlariga muvofiq mazkur yuridik shaxslardan har
birining ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizidan ortig„iga ega
bo„ladi;
ikki va undan ortiq yuridik shaxsda ayni bir yuridik shaxs ushbu
yuridik shaxslarda o„zining ishtiroki tufayli yoxud boshqa shaxslardan
olgan vakolatlariga muvofiq mazkur yuridik shaxslardan har birining
ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizidan ortig„iga ega bo„ladi;
ikki va undan ortiq yuridik shaxsning ijro etuvchi organi tarkibiga
ayni bir jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari kiradi;
ikki va undan ortiq yuridik shaxsning kollegial ijro etuvchi organi
va (yoki) kuzatuv kengashi son tarkibining ellik foizidan ortig„ini ayni
bir jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari tashkil etadi;
Oldingi
tahrirga qarang.
ikki va undan ortiq yuridik shaxslardan biri qonunchilikka yoki
ushbu yuridik shaxslarning ta‟sis hujjatlariga yoxud ular o„rtasida
tuzilgan shartnomalarga asosan ushbu yuridik shaxslarga ijro etilishi
majburiy bo„lgan ko„rsatmalar berishga haqli bo„ladi;
(5-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O„zbekiston
Respublikasining
2021-yil
21-apreldagi
O„RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi,
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
ikki va undan ortiq yuridik shaxsda ayni bir jismoniy shaxs yoki
ayni bir yuridik shaxs qonunchilikka va ushbu yuridik shaxslarning
ta‟sis hujjatlariga yoxud ular bilan tuzilgan shartnomalarga asosan
ularga ijro etilishi majburiy bo„lgan ko„rsatmalar berishga haqli bo„ladi.
(5-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O„zbekiston
Respublikasining
2021-yil
21-apreldagi
O„RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi,
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu Qonunda shaxslar guruhiga tovar yoki moliya bozorining
yagona subyekti sifatida qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |