Mavzu: Savdo markazi kassalar ishini avtomatlashtirish. Tayyorladi:101-guruh magistranti
Hoshimov Donobek
Tekshirdi: dots E.Urunbayev
SAMARQAND 2022 REJA:
KIRISH……………………………………………………………………
I MA’LUMOTLAR BAZASINI ARATISH……..…………………………………..
Kassa haqida ma`lumot…………………………………………….
Ma'lumotlar bazasini loyihalash bosqichlari……………………..
1.1.1 Ma'lumotlar bazasini yaratish maqsadini aniqlash……………….
1.1.2 Ma'lumotlar bazasida bo'lishi kerak bo'lgan jadvallarni aniqlash..
1.1.3 Asosiy maydonlarni belgilash………………………………........
1.2 Infologik model…………………………………………………..
II DATALOGIK MODEL………...……………………………………………...
2.1 Ma'lumotlar bazasi tuzilishi. Jadvallar…..……………………
III FOYDALANUVCHI INTERFEYSINI YARATISH 3.1 Maxsulotlarni kiritish va so'rovlar………………………..………………………………..
3.2 Hisobotlar …………………………………………………………
IV ASOSIY MA’LUMOTLAR BAZASI INTERFEYSI.……………………………...
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar………………………….………………….
KIRISH Dunyo rivojlanishining jadallashishi hayotning barcha jabxalariga o`z ta`sirini o`tkazmay qo`ymayapti. Bugungi kunda kompyuterning kirib kelishi har bir sohadan inson omilini yo`qolib ketishiga olib kelinmoqda. Oddiy sotuv nuqtalarida sotuvchi bir paytning o`zida 1000 (va undan ham ko`plab) dan ortiq maxsulotning narxlarini esida saqlab qolishi kerak yangilishib ketsa kassaga katta zarar yetkazishi mumkin. Bundan ko`rinadiki bu ishni avtomatlashitirsa anchagina yengillik bo`ladi. Katta katta suppermarketlarda ham kassalarini avtomatlashtirishga katta extiyojlar bor.
Ma’lumotlar bazasi (MB) har xil foydalanuvchilarning axborot yetishmovchiligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Amaliyotda ko‘pchilik ma’lumotlar bazasi chegaralangan predmet sohasi uchun loyihalashtiriladi. Bitta EHMda bir qancha ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Vaqti bilan turdosh vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan ba’zi bir ma’lumotlar bazasi birlashishi ham mumkin.
Ma’lumotlarni boshqarish vositalarining rivojlanishi axborot texnologiyalari bazasiga qurilgan har qanday axborot tizimining asosi hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasi (date base) – bu EHM ning tashqi xotirasida saqlanadigan, har qanday jismoniy, ijtimoiy, statistik, tashkiliy va boshqa ob’yektlar, jarayonlar, holatlarning o‘zaro bog‘liq va tartiblashtirilgan majmuidir.