Raqamli texnologiyalar fakulteti Amaliy matematika yo’nalishi 3-kurs talabalariga 5-semestr uchun Tizimli dasturlash


Operatsion tizimni o„rnatish usullari



Download 1,46 Mb.
bet7/126
Sana11.03.2022
Hajmi1,46 Mb.
#490571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   126
Bog'liq
Tizimli dasturlash to\'liq javobi

Operatsion tizimni o„rnatish usullari. Yangi kompyuterga operatsion tizimni «toza» qattiq 
diskka o‗rnatiladi. Quyida operatsion tizimni o‗rnatishning umumiylashtirilgan usullari keltirilgan.

«Toza» qattiq diskka o‘rnatish. Bu usuldan yangi kompyuterga o‗rnatish uchun yoki oldin 
to‗plangan ma‘lumotlarni yo‗qotish bilan tizimni qaytadan o‗rnatish uchun foydalaniladi. Bu 
operatsiyani bajarishda yuklovchi disk talab etiladi.

Mavjud bo‘lgan Windows operatsion tizimi ustidan o‘rnatish. Bu turdagi o‗rnatish mavjud 
bo‗lgan ilovalarning ishlash xususiyatini saqlab qolish bilan tizimning yangilanishini ifodalaydi. 
Bu kompyuterni «tozalash» nomaqbul yoki sermashaqqat jarayon bo‗lganda optimal variant bo‗lib 
hisoblanadi. Bugungi kunda Windows oilasiga ko‗plab operatsion tizim va ularning turlari kiradi. 
Shu sababli tizimni bunday o‗rnatish har doim ham mumkin emas. Ba‘zida bunday o‗rnatishni 
bajarish uchun qo‗shimcha shartlarga rioya qilish talab qilinadi.





12

2

Amaliy dasturiy ta’minotlar (turlari, vazifasi).
Amaliy DT tarkibiga quyidagilar kiradi:

-turli vazifalardagi amaliy dasturlar paketlari;

-foydalanuvchi va AT umumiy ish dasturlari.

Amaliy dasturlar paket (ADP)lari sinfiga quyidagilar oiddir:

-matnli (matnli prosessorlar) va grafik muharrirlar;

-elektron jadvallar

-ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT);

-integrasiyalangan paketlar;

-CASE-texnologiyalar;

-eksport tizimlar kobiklari va sun’iy intellekt tizimlari.

Matn muharrirlari. Amaliy dasturlarning bu toifasining asosiy vazifasi matnga ma’lumotlarni kiritish va tahrir qilishdan iboratdir. Ushbu dasturlarning qo'shimcha vazifalari kiritish va tahrir qilishni avtomatlashtirishdan iboratdir. Ma’lumotlarni kiritish, chiqarish va saqlash amallari uchun matn muharrirlari tizimli dasturiy ta’minotni ishga tushiradi (chaqiradilar) va undan foydalanadi, lekin bu amaliy dasturlarning hammasi uchun xos va bundan keyin ham bu faktni maxsus ravishda ko'rsatib o'tirmaymiz.

Odatda, dasturiy ta’minot bilan tanishishni amaliy dasturlarning ish toifasidan boshlanadi va kompyuter tizimi bilan o'zaro aloqaning birinchi amaliy ko'nikmalarini hosil qilinadi.

Matn protsessorlari. Matn protsessorlarining matn muharrirlaridan asosiy farqi shundaki, ular matnni kiritish va tahrir qilishgagina emas, balki uni formatlash, ya’ni shakllantirishga imkon yaratadi. Shunga muvofiq ravishda matn protsessorlarining asosiy vositalariga yakuniy hujjatni tashkil etuvchi matn, grafika, jadval va boshqa ob’ektlarni formatlash jarayonini avtomatlashtirish kiradi. Hujjatlar bilan ishlashning zamonaviy usuli ikkita muqobil yondashuvni ko'zda tutadi. Bular: qog‘oz va elektron hujjatlar bilan (qog‘ozsiz texnologiya bo'yicha) ishlash. Shuning uchun hujjatlarni matn protsessorlari vositalari bilan shakllantirish haqida gapirganda tamoyil jihatdan bir-biridan farqlanuvchi ikkita yo'nalish - chop etish uchun m o'ljallangan hujjatlarni formatlash va ekranda aks ettirish uchun mo'ljallangan elektron hujjatlarni formatlashni nazarda tutish kerak. Bu hollarda ishlaydigan usul va uslublar sezilarli ravishda bir-biridan farqlanadi. Garchi ularning ko'pchiligi har ikki yondashuvni o'zida birlashtirsa ham, shunga mos ravishda matn protsessorlari ham farqlanadi.

Grafik muharrirlari. Bu grafik tasvirlarni yaratish va ishlov berish uchun mo'ljallangan dasturlarning juda keng toifasi (sinfi)dir. Ushbu toifaga rastr muharrirlari, vektor muharrirlari va uch o'lchamli grafika (3D-muharrirlari)ni yaratish va ularga ishlov berish uchun ishlatiladigan dasturiy vositalar kiradi.






13

2

Windows reestri(reestrga kirish,vazifasi,bo’limlari).
Windows reestri
Windows reestri yoki tizim reestri - bu Microsoft Windows operatsion tizimlarining ko'pchiligida parametrlar va sozlamalarning ierarxik ravishda tuzilgan ma'lumotlar bazasi.
Reestrda apparat, dasturiy ta'minot, foydalanuvchi profillari, oldindan sozlash uchun ma'lumotlar va sozlamalar mavjud. Boshqaruv panelidagi o'zgarishlarning aksariyati, fayllar assotsiatsiyasi, tizim qoidalari, o'rnatilgan dasturiy ta'minot haqida ma’lumotlar reestrda saqlanadi.
Reestrdan foydalanishning afzalligi shundaki, Windows oynalari yordamida o'rnatib bo'lmaydigan sozlamalarni o'zgartirish mumkin.
Biroq, boshqa tomondan, ushbu parametrlarni o'zgartirish boshqaruv paneli yoki boshqa tizim / dastur parametrlaridan foydalanilganda ko'rsatiladigan noto'g'ri harakatlardan ogohlantirishlar, vizual dizayn va har xil ogohlantirishlar bilan qo'llab-quvvatlanmaydi.
Windows reestri bo’limlari


Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish