Raqamli televizion signallarni aloqa kanallari tizimi orqali uzatishga



Download 62,88 Kb.
bet1/7
Sana03.03.2022
Hajmi62,88 Kb.
#480709
  1   2   3   4   5   6   7

Raqamli televizion signallarni aloqa kanallari tizimi orqali uzatishga bo‘ lgan talablar
Raqamli televizion signallarni uzatishdagi asosiy talablardan biri mavjud analog elevideniye aloqa kanallaridan foydalanishni ta'milashdir. Buni talabni bajarmaslik juda katta moliyaviy xarajatlarga olib keladi, chunki raqamli televideniye uchun yangi chastota diapazonlarini biriktirish, uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalarni,
antennalarni almashtirish, keng polosali uzatgichlar va televideniye qabul qilgichlarni yaratish kerakligiga olib kelar edi. Bu yerda avval aytilgandek, MPEG - 2 koderining chiqishida maksimal bitreyt qiymat 15 Mbit/s yetadi. Signalning amplitudasi ikki qiymatini qabul qilishi mumkin amplituda manipulyatsiyasi hosil qilinganda aloqa kanali orqali uzatishdagi samaradorlik 1 (bit/s) Gs bo‘ lishi mumkin. Demak raqamli televizion signalni uzatish uchun kerak bo‘ladigan chastota polosasi 15 MGs boclishi lozim, bu esa standart televideniye kanalining uzatish polosaning sezilarli darajada kengaytirishni talab qiladi. (O ‘zbekiston va MDX davlatlarida 8MGs, Yevropa, AQSH,Yaponiyada 6 MGs) Shuning uchun ham raqamli televizion signallarini uzatishda,ya’ni chastotalar polosasidan samarali foydalanishda, ayniqsa bir necha oddiy aniqlikdagi signallarni bitta kanalda uzatish yoki yuqori aniqlikdagi televizion signallarni uzatish uchun murakkab modulyatsiyalami qoMlashga tolg‘ri kelar edi. Bundan tashqari analog televideniyedagi oniy qiymatlari uzatiladigan to‘ liq rangli televizion signal (TRTVS) va ovoz tashkil etuvchisidan farqli ravishda raqamli televideniye tizimida, aloqa kanali orqali, alohida televizion programmalaming(programma oqimlari) siqilgan raqamli oqimlari uzatiladi. Bunda programma oqimi video, audio va qo'shimcha ishchi axborotlar signallarini birlashtirgan yakka transport oqimini tashkil etadi.
MPEG - 2 ning transport oqimi 4ta programma oqimini o’zichiga oladi va MPEG-4 transport oqimi esa 8 - 12ta programmaoqimini oladi.Transport qimining xalaqitbardoshligini oshirish muhim vazifa,chunki xalaqitlar analog televideniye ko‘rsatish sifatini yomonlashtirsa, raqamli axborotning xalaqit signallari orqali buzilishi tasvir va ovozni juda katta buzilishlariga yoki televizion axborotlarni umuman yolqolishiga olib kelishi mumkin. Amaliyotda bu ko‘rsatuv kadrlarining
qotib qolishi” yoki ularda mozaikali (chaplashib ketgan) kadr paydo bo‘lishiga olib keladi. Shunday qilib, raqamli televizion kanallarda, xalaqitbardoshlik yetarli darajada ta’minlanmasa, ular normal faoliyat ko‘rsatishlari mumkin emas. Shuning uchun xatoliklar paydo bo`lish sabablarini ko‘rib chiqamiz:

- xalaqitlar -shovqinlarning tabiiy har xil turlari (issiqlik shovqini, zaryadlar tashuvchilarning generatsiya – rekombinatsiyasini shovqini, kasriy shovqini va h.k), ular asosan qabul qilgichlarning kirish kaskadlarida namoyon bo‘ ladilar;
- industrial va atmosfera xalaqitlari (qisqa ko‘rinishdagi yoysimon raziyadlanishlar -payvandlash apparatlarida. Elektr transporti vositalarida, momaqaldiroq vaqtida);
- interferatsion xalaqilar -qo'shni xududlarda xuddi shu chastotalarda ishlaydigan radio uzatgichlardan chiquvchi xalaqitlar;
- ko‘p nurli radiotoMqinlardan hosil boMuvchi xalaqitlar-yerning usti, qurilish imoratlari,metall sathlardan va h.k. qaytgan radioto‘ lqinlar. Shunday qilib, xalaqitlar birlam chi va paketli (guruhli) bo’lishlari mumkin.
Birlamchi (yakka) xatolar bir biriga bogMiq emas va paketli
xatolar birdaniga bir necha qo'shni ikkilik simvollarni boiishi
mumkin. Misol uchun: ko‘p uzoq davom etgan impuls xalaqitlar tasvir
signalida kema ket kelayotgan bir necha ikkilik simvollarni barchasini
nolgayoki birga aylantirishi mumkin.
Xalaqitlardan saqlanishning an'anaviy usullari: televizion
signallarning uzatgichlari quvvati oshirish, antennalami ayni holatga
mos keluvchi ko'rsatgichlarini ta’minlash, qabul qilgich qurilmalarida kichik shovqin chiqaruvchi detallarni qoMlash, sovitish qurilmalarini
ishlatish (ventilyatsiya qo‘ llash), qo’shni xududlarda chastota
taqsimlanishini optiinallashtirishlardir
Raqamli signallar uzatilganda esa, xalaqitlarni kamaytirish
uchun. xalaqitlarning paydo boMishini aniqlovchi va ularni
yo‘qotilishini amalga oshiruvchi maxsus kodlaming foydalanish
mumkin.
Bundan tashqari tanlangan modulyatsiya usuli ham xalaqitlarni
kamaytirishga yo‘naltirilgan bo‘ lishi lozim. Shuning uchun ham
raqamli televideniyeda signallarni uzatish usullari analog
televideniyedan tubdan farq qiladi.
5.2. Oralatish va Skremblerlash
Paketli xatoliklarni tasirini samarali yo4qotish usulidan biri bu
oralatish yoki aralashtirish (inglizcha - interleaving- o‘zbekcha -
aralashtirish) dir. Ma’lumot aloqa kanali orqali uzatishdan oldin
kerakli tartibda joy lashtiriladi, qabul tomonda esa joy - joyiga qo'yilib,
tiklanadi yoki qayta oralatish amalga oshiriladi. Bunday holda
paketli xatolar, bo‘ laklangan yakka xatolarga aylanadi va ularni oson
aniqlanish imkoniyati yaratiladi hamda xatoni aniqlovchi kodlar
yordamida tuzatiladi.
Oralatish va qayta oralatishlar 5.1- rasmdan keltirilgan.
Dastlabki raqamli signal ikkilik so‘zlarining to‘rt razryadli ketma - ket
uzatiluvchi bitlaridir (5.1, a-rasm).

5.1- rasm. Oralatish va qayta oralatish
16 bitdan iborat kesimda raqamli signal oralatiladi. Sonlar bu
kesimdagi bitlarning nomerini ko‘rsatadi. Oralatish tasirida bitlaming
oy i o'zgaradi (5.1, b- rasm). Malumot blokida yulduzchalar bilan
belgilangan nisbatan uzun xatoliklami hosil qiluvchi xalaqitlar, paketli
xalaqitlar paydo boMadi. Qayta oralatish natijasida xatoliklar har xil
ikkilik so‘zlarga o‘tib ketadi va dastlabki signal tiklanish jarayonida
paketli xatoliklar yo‘qoladi (5.1, v -rasm). Shunday qilib ayrim
bitlarni emas balki bitlar guruhini yoki baytlami ham almashtirish
mumkin.
Raqamli televideniyening DVB standartida oralatish, Rid -
Solomon (keyingi bo‘limlarida kengroq beriladi) kodlanishdan socng,
transport oqimi paketlari doirasida amalga oshiriladi. Natijada
paketlarning hajmi 188 dan 204 baytgacha kattalashadi. Har bir paket
17 baytdan iborat 12 guruhga boMinadi. Dastlab hamma guruhning
birinchi baytlari (1, 18,..,171, 188), so‘ngra guruhlarning ikkinchi
baytlari (2,19,..., 172, 189) va h.k. lar uzatiladilar. Oxirida
guruhlarning so‘ngi baytlari (17, 34,..., 187, 204) uzatiladi. Shunday
qilib, oralatish jarayonida,transport oqimi paketi doirasida, har xil
baytlar 0 dan 176 pozitsiya oralig‘ida aralashib ketadilar.Eng asosiysi
qabul qilish tomonida hamma baytlar ketma ketligi tiklanadi.
Oralatish uzatilayotgan signallami sanksiyasiz (ruxsatsiz) kirishdan
saqlashda ishlatilishi qulay, chunki tiklash va dastlabki holatga
qaytarish va o‘rin almashtirish qonunlarini bilgan holdagina amalga
oshirilishi mumkin.
Skremblerlash. MPEG - 2 standartida. ma’ lumotlami ruxsatsiz
kirishga va olishga yo‘ l qo'ymavdigan. axborot oqimining (video,
audio va boshqalar) xarakterini o‘zgartirilishiga skremblerlash
deyiladi.
Qayta skremblerlash esa skremblerlashning teskarisidir, ya’ni
qayta tiklash operatsiyasidir. Raqamli televizion tizimlarda
skremblerlash asosan randomizatsiya (tasodifiylikni tashkillashtirish)
uchun qoMlaniladi.
Randomizatsiya raqamli signalni kvazitasodifiyga almashtirishni
amalga oshiradi va ikkita vazifani yechishga yordam beradi:
l.Uzun nollar yoki birlar guruhlarini, raqamli signallar tarkibida
ko‘plab paydo boMuvchi qiymatlar farqi shaklida hosil qilishdir, bu
esa uning tarkibidan takt impulslarini ajratishni osonlashtiradi (bu
xossa o‘z navbatida o‘z o ‘zini sinxronizatsiya qilish deyiladi) 2. Randomizatsiya radiosignal uzatilishida uning energetik
Download 62,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish