Unda YOKI so'zi kirgan fikrlar modellashtirilgan. Masalan, «agar shina yoki bo'yoq zavodlari komplektlovchi mahsulotlarni yetkazib bermasa, u holda avtomobil zavodi rejani bajara olmaydi». Fikrining rostligi «shina zavodi o‘zining mahsulotlarini yetkazib bermaydi» «YOKI» «bo'yoq zavodi o‘zining mahsulotlarini yetkazib berolmaydi», «YOKI» «shina va bo'yoq zavodlari o'zining mahsulotlarini yetkazib berolmaydi» fikrlariga bevosita bog'liq. Sxemadan ko'rinib turibdiki, agar signal birinchi yoki ikkinchi yoki har ikkala kirishga kelib tushsa, chiqishda signal paydo bo`ladi. Qarshiliklar sxema kirish va chiqishlari bilan triggerning muvoflqligini ta’minlashga mo`ljallangan. Trigger (signal manbalari) sxema chiqishlariga ulangan. U sxema kirishiga o`z signalini chiqaradi. Yarim o'tkazgichli diodlar kirishlarning o`zaro qisqa tutashuvini yuzaga kelishini oldini olish imkonini ta`minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |