ya’ni son ikki ming, to‘qqiz o‘nlik va besh birlikdan iborat. Tuzilishi jihatidan pozitsion sistemalar bir- biridan farq qilmaydi, ammo ularning ba’zilari ayrim afzalliklarga ega. O'n ikkilik sanoq sistemasi o'nlik sanoq sistemasiga nisbatan «yaxlitlangan» hisoblansa, sakkizlik sanoq sistemasi ikkilik sanoq sistemasi bilan oddiy bog'lanish afzalligiga ega. Razryad simvollar sonini yozish uchun kerak bo'lgan miqdori bo'yicha eng tejamlisi uchlik sanoq sistemasi hisoblanadi. Hisoblashning ikkilik sanoq sistemasi o'ziga xos o'rniga ega: bu sistema eng kam asosga ega (sonlarni yozish uchun ikkita simvol yetarli) va unda sonlar ustida arifmetik operatsiyalarni bajarish o'ta soddalashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |