13
Mantiqiy qurilmalar asosida loyihalash
Mantiqiy model mantiq algebra nazariya asoslariga tayanadi. U nisbatan past
tezlikka ega bo’lgan raqamli qurilmalarni ishini yetarlicha aniq ifodalaydi va 20%
ga yaqin qurilmalarni ishlab chiqishda to’g’ri keladi. Kechikish holatlarining
aniqlash hisobi ikkinchi modelda ishlaydi va o’tish jarayonlari raqobatlashayotgan
jarayonlarini ifodalash uchun zarur va aniqmas ishlashlarni, raqamli qurilma ishiga
mos kelmaydigan signallar kombinatsiyasi paydo bo’lishi holatlarini oldini oladi.
Uchinchi modelni murakkab sxemalarni hisoblashda qo’llash zarur bo’lib, bunda
bitta elementni chiqishiga boshqa ko’plab elementlar kirishlari ulanadi,
ishlatilayotgan quvvat, tok, 0 va 1 mantiqiy sathlar, aloqa tarmog’idagi signallarni
uzatish ishlari o’ziga xosligini hisobga olgan holda tahlil etiladi.
Mantiqiy (raqamli) qurilmalar turli xususiyatlar bo’yicha sinflanadi.
Axborotni kiritish-chiqarish xususiyati bo’yicha: ketma-ket, parallel va
ketma-ket-parallel (aralash).
Ketma-ket qurilmada kiruvchi va chiquvchi simvollar kirishga berilishi va
ularning bir
vaqtda bajarilmasligi, ya’ni ketma-ket, bir razryaddan so’ng keying
razryadning bajarilishi asosida amalga oshiriladi.
Parallel qurilmalarda barcha kiruvchi o’zgaruvchilar kirishiga uzatiladi,
bunda barcha chiquvchi razryad o’zgaruvchilar razryadlari bir vaqtda olinadi.
Kirish va chiqishlar soni kiruvchi va chiquvchi so’zlar razryadlari orqali
aniqlanadi.
Ketma-ket-parallel qurilmalarda kiruvchi va chiquvchi o’zgaruvchilar turli
shaklda taqdim etilishi mumkin. Kirishga ketma-ket ko’rinishda tushadi,
chiqishdan esa parallel ko’rinishda olinadi, yoki aksincha.
Mantiqiy qurilmalar ishlash usuli bo’yicha ikki sinfga bo‘linadi: kombinatsion
va ketma-ket.
14
Kombinatsion qurilmalarda (xotirasiz avtomatlarda) chiquvchi so‘z faqat joriy
lahzada faoliyat ko‘rsatayotgan kiruvchi simvollar kombinatsiyasiga bog‘liq va
kiruvchi signallaming oldingi holat- lariga bogdiq emas.
Ketma-ket qurilmalarda (xotirali avtomatlarda) chiquvchi so‘z nafaqat joriy
vaqt lahzasidagi joriy so'zdan,balki
oldingi ichki holatga, ya’ni kelib tushgan
kiruvchi signallar ketma-ketligiga ham bog‘liqdir.
Ketma-ket qurilmalar,
qurilmaning oldingi ishlashi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlaydi, ya’ni
xotiraga
egadir.
Xotira hajmi bo‘yicha raqamli qurilmalar quyidagi turlarga bo’linadi:
-xotirasiz (kombinatsion qurilma)
-chekli xotirali;
-cheksiz xotirali;
Ideallashtirilgan avtomatlarga cheksiz xotirali qurilmalar kiradi. Bunday
avtomatlar mavjud emas. Lekin bu model katta xotira va masala shartlari bo‘yicha
xotira kattaligi va to‘lib qolishi mumkin emas bo‘lgan
hollarda raqamli qurilma
ishini tahlil etish va hisoblashlarini sezilarli darajada soddalashtirish uchun
qulaydir.
Chiquvchi signalni shakllantirish usuli bo‘yicha Mur va Mill avtomatlari bilan
farqlanadi.
Mur avtomatlarida chiquvchi Y signal kiruvchi X so‘zga bog‘liq emas,
balki
joriy vaqt lahzasidagi ichki U holatga bog'liq:
𝑈(𝑡 + 1) = 𝐹(𝑈(𝑡), 𝑋(𝑡));
𝑌(𝑡) = ψU(t).
Mili avtomatlarida chiquvchi Y signal, ham ichki holat U, ham kiruvchi X so’z
bilan aniqlanadi:
𝑈(𝑡 + 1) = 𝐹(𝑈(𝑡), 𝑋(𝑡));
𝑌(𝑡) = ψU(t), X(t).