Raqamli qtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalar



Download 17,84 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi17,84 Kb.
#320233
Bog'liq
IAKT AMALIY MASHGULOT-1


Topshriq 1.Raqamli qtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalar qo’llanilaniladigan sohalar va axborot texnologiyalarining valyutsion bosqichlari haqida izoh bering?
Javob.

Bugungi kunda iqtisodiyotning barcha sohalarida axborot kommunikatsiya texnologilalari asosiy ro’l o’ynamoqda.Buning oqibatida raqamli iqtisodiyot tushunchasi hosil bo’ladi. Buxgalteriya, bank tashkilotlari, sug’urta tashkilotlari, moliya, barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalar va hattoki maktab va bog’chalarda ham axborot tehnologiyalardan keng foydalanilmoqda.Bugungi kunda yurtimizda, nafaqat yurtimizda balki butun dunyoda AKTdan foydalaniladi,buning natijasida bizning qiyin deb o’ylagan ishlar osonlik bilan hal qilamiz.Misol uchun ,biz nimadir harid qilmoqchi bo’lsak yoki taxsi chaqirmoqchi bo’lsak bir dona sms yetarli holos bu juda qulay hamma aholi qatlami uchun.Hoziegi kunda AKTdan foydalanish juda samarali bo’lib qoldi hattoki ularning bazi dsturlari orqali daromat olsa ham bo’ladi.Bundan tashqari bank ,sug’urta,soliq, natarus,hokimyat ,oliy o’quv yurlari hamda , tibbiyot va boshqa barch davlat organlaridagi qog’ozbozlik yo’qotib uning o’rniga raqamli iqtisodiyotda AKTdan foydalanamiz. Bugungi kunda jahonning rivojlangan mamlakatlari xuxusan ,AQSH,Yevropa ittifoqi , va Sharqiy Osiyo mamlakatlarining asosiy iqtisodiyot tarmog’i sifatida raqamli raqamli iqtisodiyot tan olingan. . Faqat bank sohalari bilan cheklanib qolmay balki , sog’liqni saqlash, fan –talim, qurilish, energetka ,qishloq hamda suv xo’jaligi ,transport,geologiya,kadastr,arxiv,internet-banking va boshqa sohalarga jadal kirib bormoqda va yeratli natijalar bermoqda.Darhaqiqat,zamonamizning asosiy elementi hisoblangan axborot kommunikatsiya teknologiyalari o’z navbatida iqtisodiyotni ham qamrab olmoqda.Rivojlangan davlatlarning asosiy xususiyati ham shundaki,raqamli iqtisodiyotni keng qo’llab-quvatlash va amalga oshirish birinchi darajali islohot sanaladi.Masalan ,AQSHning yirik iqtisodiy markaz bo’lishiga asosiy sabab ham aynan axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyot hisoblanadi ,Jumladan, bank tizimlari,maxsulotlar ayirboshlash ,electron bozorlar barchasi raqamli iqtisodiyotni tashkil etadi.Axborot texnologiyalarini evolutsion bosqichlari quyidagi besh bosqichdan iborat,biz 1-bosqich XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etganligini ko’rishimiz mumkin.Bu bosqichda ‘’Qo’llik’’ axborot texnologiyasi taraqqiy etgan.Uning vositasi:pero,siyohdan kitob. Kommunikatsiya,ya’ni aloqa odamdan odamga yoki pochta xat vositasida amalga oshirilgan.2-bosqichda esa XIX asrning oxiri,unda ‘’Mehanik’’texnologiya rivoj topgan.Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi,arifmometr kabilardan iborat. 3-bosqich XX asr boshlariga mansub bo’lib,’’Elektromehanik’’ texnologiyalar bilan farq qiladi.Uning asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan.Bu bosqichda axborot texnologitasining maqsadi o’zaradi.Unda asosiy urg’u axborotni tasvirlash shaklidan,uning mazmunini shakllantirishga ko’chirildi.4-bosqich XX asr o’rtalariga to’g’ri kelib,’’Elekton’’ texnologiyalar qo’llanishi bilan belgilanadi.Bu texnologiyalarning asosiy vositasi EHMlar va ular asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir. Va nihoyat so’ngi bosqich XXasr oxiriga togri keladi,bu bosqichda ‘’Komputer’’ texnologiyalari taraqqiy etdi.Uning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo’ljallangan dasturiy vositalarga ega bo’lgan shaxsiy komputerlardir .Bu bosqichda turmush,madaniyat va boshqa sohalarga mo’ljallangan texnik vositalar o’zgarishi roy berdi. Lokal va global computer tarmoqlari ishlatila boshladi.
Topshiriq 2.Raqamlashtirish mohiyati, kelib chiqishi sabablari,shart sharoitlari, darajalari va afzalliklari.

Javob :

Axborotni raqamli formatga aylantirish jarayoni raqamlashtirish deyiladi. Raqamlashtirish ma'lumotlarni qayta ishlash, saqlash va uzatishda hal qiluvchi ahamiyatga ega, chunki u "barcha formatdagi barcha turdagi ma'lumotlarni bir xil samaradorlik bilan va bir-biriga aralashtirish imkonini beradi".Agar raqmlashtirish barcha sohalaraga kirib borsa, avvalo, qog’ozbozlik, tanish-bilishlik, korrupsiya holatlarining oldi olinib,shaffofli,taminlanadi.Yana xalq mablag’larini nazorat qilib ,qayerga, qancha sarflanayotganini ham aniq bilib turadilar. Raqamli iqtisodiyot yangi texnologiyalar platformalar va biznes modellari yaratish hamda ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko’chirishdir.Raqamli iqtisodiyot—iqtisodiy,ijtimoiy va madaniy aloqalarning raqamli texnologiyalarini qo’llash asosida amalga oshirish mumkin bo’lgan tizimdir.Iqtisodiyotni raqamlashtirish kelajakda real raqobatbardoshlikni uzoq muddatga saqlab qolish imkoniyatini beradi.Bundan tashqari raqamli iqtisodiyot korrupsiya va yashirin iqtisodiyot ning kuchandasi hisoblanadi.Chunki raqamlar hamma narsani muhrlaydi,xotirada saqlaydi,kerak payt ma’lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biron malumotni yashirish ,yashirin bitimlarni tuzish u yoki bu faoliyat haqida to’liq axborot bermaslikning iloji yo’q,komputer hammasini nomoyon qilib qo’yadi.Davlatning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo’lini tanlaganligi axborot texnologiyalari sohasida va umuman elektron hujjatlar aylanmasida yangi yo’nalishlar ochib beradi. Raqamli iqtisodiyot, bu noldan boshlab yaratilishi lozim bo’lgan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar , va biznes modellari ishlab chiqarish hamda ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko’chirish deganidir. Raqamli iqtisodiyot tufayli to’lovlar kamayadi (masalan , bankka borish uchun yo’lkira va boshqa resurslar tejaladi),tovarlar va xizmatlar haqida ko’proq hamda tezroq ma’lumot olinadi,raqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jaxon bozoriga chiqish imkonyatlari katta,istemolchi fikrini tez olish hisobiga tovar hamda xizmatlar jadal takomillashtiriladi. Xullas, raqamli iqtisodiyotga o’tish ham vaqtdan ham naqtimizni tejaydi. Shu bilan birga qog’ozbozlik , korrupsiya kabi illatlarni yo’q qiladi,bu o’z navbatida yuztimizni rivojlangan davlatlar qatoriga qo’shish imkoniyatini beradi.

Obidjonov Axrorbek tomonidan tayorlandi.
Download 17,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish