Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari


INFOGRAFIK DASTURLAR VA ULARDAN O‘QUV JARAYONIDA



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/214
Sana05.07.2022
Hajmi7,25 Mb.
#742918
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   214
Bog'liq
To\'plam Xalqaro 2021 12

INFOGRAFIK DASTURLAR VA ULARDAN O‘QUV JARAYONIDA 
FOYDALANISHNI TASHKIL ETISH. 
 
Ismoilxanov Sunnatulla Yo‘ldoshxon o‘g‘li,
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti
Ta’limda axborot texnologiyalari yo‘nalishi 1-bosqich magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada infografik dasturlar va ulardan o‘quv jarayonida 
foydalanishni tashkil etishning imkoniyatlari va afzalliklari keng yoritilgan. 
Kalit so‘zlar:
Infografika, axborot-ma'lumotnoma, dinamik infografika,
 
statik 
infografika, videofunksiyalar. 
Bugungi kunda axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib bormoqdaki, qaysi 
bir soha boʻlmasin oʻzining yangi yo‘nalishlari bilan jamiyatga foyda keltirmoqda. Shu 
asosda, ta’lim tizimi ham alohida e’tirofga ega. Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, 
ta’lim tizimida AT ning keng qoʻllanilishi bilim olish samaradorligini tezlashtiradi va 
ta’lim sifatini oshiradi. Zamonaviy ta’lim tizimida infografik dasturlarga juda ko‘plab 
murojatlar bo‘lmoqda. 


Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
 
314 
Infografika - oxirgi paytlarda tobora ommalashib borayotgan usul. 
Infografika (lotin. Informatio – xabardor qilish, aniqlik kiritish, ta’riflash) – bu 
murakkab va katta hajmdagi ma’lumotlarni tez va aniq taqdim qilishga mo‘ljallangan 
ma’lumotlarning grafik interpretatsiyasi (shakli), “ma’lumot beruvchi grafik dizayn” 
hisoblanadi. 
Infografika keng qamrovli va juda ko‘p sohalarda qo‘llaniladi. Jumladan: 
geografiya, jurnalistika, ta’lim, statistika, texnik matnlarni aks ettirishda qo‘llaniladi. 
Infografika katta hajmdagi ma’lumotlarni ixchamlashtirish, unda aks ettirilgan 
predmetlarning o‘zaro munosbatlari, mantiqan bog‘lanishi va vazifalarini yaqqol 
ko‘rsata oladigan grafik yechim hisoblanadi. 
Infografika – azaldan reklama sohasida ko‘proq qo‘llanilgan, texnika texnologiya 
rivojlanishi va axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim, ijtimoiy soha va 
insoniyatning turmush tarziga singib ketgani uchun iste’molchiga uzatiladigan 
ma’lumot va g‘oyalarning vizual ko‘rinishi tariqasida jadal tarzda hayotimizga kirib 
keldi. 
Infografikaning ta’lim sohasidagi vazifasi esa – shakli va mazmuni jihatidan, 
ko‘rinishidan murakkab ma’lumotlarni keng auditoriyaga tez va tushunarli, ya’ni 
mantiqiy bog‘liqlik orqali taqdim etish va yetkazish maqsad qilib olingan. 


Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
 
315 
Infografika vositalari illyustratsiya tasvirlargina bo‘lib qolmay balki grafiklar, 
diagrammalar, blok-sxemalar, jadvallar, xaritalar, ro‘yxatlarni va boshqa shu kabi 
ma’lumotlarning grafik tarzda aks ettiriladigan shakllarini o‘z ichiga oladi. 
Infografika dizayni to‘g‘risida ikkita qarama-qarshi yondoshuv mavjud: 
– birinchisi tadqiqot (tadqiqiy) (ingl. explorative), taqdim etiladigan axborot 
dizayni ishlariga asos solgan Edvard Tafti tomonidan olg‘a surilgan. Uning 
qarashlarida infografika minimallik tabiatida bo‘lishi, ma’lumotni uzatishdagi barcha 
narsalar chetlashtirilib ma’lumotning o‘zi maksimal darajada anik aks ettirilishi shart 
degan qarash aytiladi. Bu yondoshuvning asossiy maqsadi ma’lum auditoriyaga zarur 
ma’lumotni yetqazishga xarakat qilish. Bunday yondoshuv ilmiy ishlarda, ma’lumotlar 
taxlilida, biznes-analitikada o‘zining asosli jixatlarini ko‘rsata oldi. 
– ikkinchi yondoshuv syujetli, qissali (ingl. narrative) yondoshuv, 1978-yildan 
1994-yilgacha “Time” jurnalidagi illyustratsiya qilingan ustunlarga “explanation 
graphics” – “Izohli illyustratsiya” nomini bergan Naygel Xolmsga ta’luqli. Bu 
yondoshuv o‘qish uchun jalb qiladigan ifodali dizayn va illyustratsiyaviylik obrazlarni 
yaratishga intilish bilan xarakterlanadi. 
Bunda nafaqat ma’lumot olish vositasi, balki ma’lumot iste’molchilari (jurnal 
o‘quvchilari) uchun maroq hamdir. Mazkur yondoshuv jurnalistika, bloglar, marketing 
va reklama materiallari sohalarida ko‘proq qo‘llaniladi. 
Shunday qilib, barcha infografika 4 turga bo‘lingan. 
Axborot-ma'lumotnoma.
Bunday turdagi jarayonni tushuntirish uchun yoki biror 
narsalarni o‘rganish uchun bir qator harakatlarni ko‘rsatishingiz mumkin. 


Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
 
316 
Ma'lumotlarning butun qatori ramziy sxemalar yoki grafik tasvirlar yordamida amalga 
oshiriladi. Ushbu turdagi har qanday ko‘rsatmalarda keng foydalaniladi. 
Dinamik infografika.
Bu turdagi jarayonlar yoki rivojlanish dinamikasini 
namoyish qilish uchun mo‘ljallangan. Ko‘pincha u ijtimoiy yoki iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarni tasavvur qilish uchun ishlatiladi. 
Statik infografika.
Raqamli ma'lumotlar va ilmiy haqiqatlarni, shuningdek 
ularning o‘zaro bog'liqligini bir-biriga qanday tushunish mumkin? Statik infografika 
yaratish. Odatda, ular grafikalar, diagrammalar, diagrammalar va boshqa sodda 
shakllarga ega. 
Videofunksiyalar.
Infografika yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy zamonaviy 
tendentsiyalardan biri, bu tomoshabinga murakkab ko‘p o‘lchovli ma'lumotlarni 
tasavvur qilish imkonini beradi. U ma'lumotlarni o‘qishning deyarli barcha turlarini 
birlashtirishi va ularni o‘qiganligi sababli ularni inson aqliga mahkam o‘rnashtirishi 
mumkin. Odatdagidek, birinchi qarashdan taxminan 80% ma'lumotlar esga olinadi. 
Ushbu turdagi infografiya tomoshabin tomonidan tushunish va tushunish jihatidan eng 
samarali hisoblanadi. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkin, infografikaning asoschilari ta’kidlagan zarur 
ma’lumotni – ma’lumot iste’molchisi (ta’lim oluvchi)larga yetkazish va uni ajratib 
olishni nazarda tutgan bo‘lsa, qissali (ya’ni har bir rasm yoki grafik elementning 
ma’nosi va tarixi aks ettirilgan) yondoshuv esa o‘quvchi amalga oshiradigan xulosani 
o‘zida aks ettiradi. Infografika statistika ma’lumotlarni talqin va tahli qilishda ham 
ishlatilishi ham mumkin. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish