III. Hududlarda raqamli texnologiyalar sohasini rivojlantirish hamda xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish
|
Har bir shahar va tumanlarda raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini ochish.
|
1. O‘quv markazlarini joylashtirish uchun zarur binolarni aniqlash.
2. O‘quv markazlarining joylarini mukammal ta’mirlashni tashkil etish.
3. O‘quv markazlar binolarini ta’mirlash, zarur kompyuter texnikasi va inventarlar bilan ta’minlash.
4. Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida, jumladan autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha xorijiy o‘quv dasturlarini mahalliylashtirish.
5. O‘quv markazlarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining axborot texnologiyalari bo‘yicha malakalarini oshirish uchun kurslar tashkil etish.
|
2020-yil davomida
|
“O‘zbektelekom” AK, “O‘zbekiston pochtasi” AJ, mahalliy budjet va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari
|
Axborot texnologiyalari vazirligi
(O. Pekos),
Buxoro viloyati hokimligi
(F. Umarov),
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov)
| |
Buxoro viloyatida hokimlar, davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish uchun Buxoro davlat universitetini birikti�ish.
|
Buxoro viloyati hokimligi Buxoro davlat universiteti bilan birgalikda hokimlar, davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish yuzasidan hududlar kesimida tarmoq jadvallarini tasdiqlash.
|
har yili
1-dekabrga qadar keyingi yil uchun
|
Mahalliy budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar
|
Buxoro viloyati hokimligi
(F. Umarov),
Axborot texnologiyalari vazirligi
(O. Pekos),
Buxoro davlat universiteti
(O. Xamidov)
| |
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Buxoro viloyati hududiy filialini tashkil etish.
|
1. Texnopark hududiy filialini qurish bo‘yicha yer uchastkasini ajratish hamda filial binosini qurish bo‘yicha buyurtmachi, bosh loyihalash, va pudratchi tashkilotlarni o‘rnatilgan tartibda belgilash.
|
2020-yil
oktyabr
|
Mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida va budjetdan tashqari mablag‘lar
|
Buxoro viloyati hokimligi
(F. Umarov),
Axborot texnologiyalari
vazirligi
(O. Pekos),
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi (F. Ibragimov)
|
2. Texnopark hududiy filiali binosini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.
|
2020-yil oktyabr
|
3. Texnopark hududiy filiali binosi qurilishini yakunlash.
|
2021-yil
iyul
| |
Maktablarda “Bir million dasturchi” loyihasini keng joriy qilish.
|
1. Umumta’lim maktablarining 7 — 11 sinflari o‘quvchilarini “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida dasturlash tillariga o‘qitishni tashkil qilish.
2. O‘quv kur�larini muvaffaqiyatli tugatgan o‘quvchilarga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining IT-akademiyasida tahsil olishlari uchun maxsus chegirmalar asosida yo‘llanma berish tizimini yaratish.
|
2020-yildan boshlab
doimiy
|
Davlat budjetidan va mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari mablag‘lar
|
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Buxoro viloyati hokimligi
(F. Umarov),
Axborot texnologiyalari
vazirligi
(O. Pekos)
| |
Maktablar o‘qituvchilarini “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida malakasini oshirish.
|
1. Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘qituvchilari ro‘yxatini shakllantirish.
2. Ro‘yxat asosida o‘qituvchilar uchun vebinar tashkil etish.
3. O‘qituvchilar uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash.
|
2020-yildan boshlab
doimiy
|
Davlat budjetidan va mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari mablag‘lar
|
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
Axborot texnologiyalari
vazirligi
(O. Pekos)
| |
Informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etish.
|
1. Ixtisoslashtirilgan maktablar ro‘yxatini shakllantirish.
2. Ixtisoslashtirilgan maktablar binolari, moddiy-texnik va o‘quv-uslubiy ta’minotining amaldagi holatini to‘liq xatlovdan o‘tkazish.
3. Xatlov natijalaridan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablarning bino va inshootlarini mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
4. Ta’mirtalab bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish yoki ta’mirlash, ixtisoslashtirilgan maktablarni zamonaviy kompyuter texnikalari va o‘quv mebellari bilan jihozlash ishlarining moliyalashtirish manbasi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
|
2021 — 2023-yillar
|
Davlat budjetidan va mahalliy byudjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari mablag‘lar
|
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Buxoro viloyati hokimligi
(F.Umarov),
Axborot texnologiyalari
vazirligi
(O. Pekos)
| |
Suv xo‘jaligi sohasi mutaxassislarining raqamli texnologiyalardan, jumladan sohaga joriy etilgan axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalaridan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirish yo‘nalishida o‘quv kurslar va amaliy treninglarni tashkil etish.
|
1. Suv xo‘jaligi sohasi mutaxassislarini raqamli texnologiyalar markazlarida sohaga joriy etilgan axborot tizimlari va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha o‘qitish.
|
2021-yil
yanvar — iyun
|
Suv xo‘jaligi vazirligi mablag‘lari
|
Buxoro viloyati hokimligi
(F. Umarov),
Suv xo‘jaligi vazirligi
(Sh. Xamrayev),
Axborot texnologiyalari vazirligi
(O. Pekos)
|
2. Suv xo‘jaligi sohasi mutaxassislari uchun viloyatda joriy etilgan suv resurslarini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan qurilmalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy treninglar tashkil etish.
|
2021-yil
aprel — avgust
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoniga
4a-ILOVA
“Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida 2020-yilda Buxoro viloyati Qorako‘l tumanini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish
“YO‘L XARITASI”
Shaxsan mas’ul: Buxoro viloyati hokimi v.v.b. (F. Umarov), Axborot texnologiyalari vaziri o‘rinbosari (J. Maxsudov), Qorako‘l tumani hokimi (Sh. Salomov), “O‘zbektelekom” AK Buxoro filiali direktori (X. Turdiyev)
Do'stlaringiz bilan baham: |