“Shaffof qurilish” kompleks axborot tizimini joriy qilish.
|
1. Tizimlarni viloyat hududidagi qurilish obyektlarida joriy etish bo‘yicha reja-jadval ishlab chiqish.
2. Grafikka asosan tizimni bosqichma-bosqich joriy etish.
3. “Shaffof qurilish” kompleks axborot tizimini “Raqamli Samarqand” geoaxborot tizimiga integratsiya qilish.
|
2021-yil
fevral
jadvalga asosan
2021-yil oktyabr
|
Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida va budjetdan tashqari mablag‘lar
|
Qurilish vazirligi
(B. Zakirov),
Samarqand viloyati hokimligi
(E. Turdimov)
|
|
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini hududda joriy etish.
|
1. Loyihani sinov tariqasida ishlatishda aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish va tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.
2. Loyihani bosqichma-bosqich to‘liq amaliyotga joriy etish ishlarini olib borish.
3. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini “Raqamli Samarqand” geoaxborot tizimiga integratsiya qilish.
|
2020-yil
oktyabr-noyabr
2020-yil
dekabr
2021-yil
dekabr
|
Xalqaro moliya institutlarining grantlari
|
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
Samarqand viloyati hokimligi
(E. Turdimov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
|
Umumiy foydalanishdagi shahar yo‘lovchi tashish transportida avtomatlashtir�lgan to‘lov tizimi imkoniyatlarini joriy etish:
1 bosqichda — viloyat markazida;
2 bosqichda — viloyatning barcha hududlarida.
|
1. Avtobuslarni statsionar validatorlar bilan jihozlash.
2. Avtomatlashtirilgan transport kartalarini sotish qurilmalarini o‘rnatish.
3. Tizimni “Raqamli Samarqand” geoaxborot tizimiga integratsiya qilish.
|
2021-yil
iyun
2022-yil
aprel
2022-yil
aprel
|
Ijrochilar mablag‘lari va bank kreditlari
|
Transport vazirligi (I. Maxkamov),
Samarqand viloyati hokimligi
(E. Turdimov)
|
|
“Mahalla” yagona axborot tizimini joriy etish.
|
1. Tizimni sinov tarzda Samarqand shaxrida joriy etish va kelgusida viloyat hududida joriy etish bo‘yicha reja-jadval ishlab chiqish.
2. Grafikka asosan tizimni bosqichma-bosqich tuman va shaharlarda joriy etish.
|
2021-yil
fevral
jadvalga asosan
|
Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida va budjetdan tashqari mablag‘lar
|
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi
(R. Mamatov),
Samarqand viloyati hokimligi
(E. Turdimov),
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), manfaatdor vazirlik
va idoralar
|
|
“E-qaror” elektron tizimini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etish.
|
1. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, mas’ul ijrochilar “E-qaror” elektron tizimiga ulanishini ta’minlash.
Mazkur tashkilotlarning rahbarlari va mas’ul ijrochilarini elektron raqamli imzolar bilan ta’minlash.
2. “E-qaror” elektron tizi�idan doimiy ravishda foydalanishni ta’minlash.
|
2021-yil
sentyabr
doimiy ravishda
|
Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida va budjetdan tashqari mablag‘lar
|
Samarqand viloyati hokimligi
(E. Turdimov),
Axborot texnologiyalari vazirligi
(O. Pekos),
Adliya vazirligi
(R. Davletov)
|
|
|