III. Hududlarda raqamli texnologiyalar sohasini rivojlantirish hamda xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish
37.
|
Har bir shahar va tumanlarda raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini ochish, jumladan:
2020-yilda — 7 ta.
2021-yilda — 3 ta.
|
1. O‘quv markazlarini joylashtirish uchun zarur binolarni aniqlash.
2. O‘quv markazlarining joylarini mukammal ta’mirlashni tashkil etish.
3. O‘quv markazlar binolarini ta’mirlash, zarur kompyuter texnikasi va inventarlar bilan ta’minlash.
4. Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida, jumladan autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha xorijiy o‘quv dasturlarini mahalliylashtirish.
5. O‘quv markazlarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining axborot texnologiyalari bo‘yicha malakalarini oshirish uchun kurslar tashkil etish.
|
2020-2021-yillar
|
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi,
Davlat budjetidan va mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari mablag‘lar
|
Axborot texnologiyalari vazirligi
(O. Pekos),
Navoiy viloyati hokimligi
(K. Tursunov),
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov)
|
38.
|
Navoiy viloyatida hokimlar, davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish uchun Navoiy pedagogika davlat institutini biriktirish.
|
Navoiy viloyati hokimligi Navoiy pedagogika davlat instituti bilan birgalikda hokimlar, davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish yuzasidan hududlar kesimida tarmoq jadvallarini tasdiqlash.
|
har yili
1-dekabrga qadar keyingi yil uchun
|
Mahalliy budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar
|
Navoiy viloyati hokimligi
(K. Tursunov),
Axborot texnologiyalari vazirligi
(O. Pekos),
Navoiy pedagogika davlat instituti
(B. Sobirov)
|
39.
|
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Navoiy viloyati hududiy filialini tashkil etish.
|
1. Texnopark hududiy filialini qurish bo‘yicha yer uchastkasini ajratish hamda filial binosini qurish bo‘yicha buyurtmachi, bosh loyihalash, va pudratchi tashkilotlarni o‘rnatilgan tartibda belgilash.
2. Texnopark hududiy filiali binosini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.
3. Texnopark hududiy filiali binosi qurilishini yakunlash.
|
2021-yil
mart
2021-yil avgust
2022-yil
avgust
|
Davlat budjetidan va mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari mablag‘lar
|
Navoiy viloyati hokimligi
(K. Tursunov),
Axborot texnologiyalari vazirligi
(O. Pekos),
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi
(F. Ibragimov)
|
40.
|
Maktablarda “Bir million dasturchi” loyihasini keng joriy qilish.
|
1. Umumta’lim maktablarining 7 — 11 sinflari o‘quvchilarini “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida dasturlash tillariga o‘qitishni tashkil qilish.
2. O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan o‘quvchilarga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining IT-akademiyasida tahsil olishlari uchun maxsus chegirmalar asosida yo‘llanma berish tizimini yaratish.
|
2020 — 2022-yillar
|
Davlat budjetidan va mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari mablag‘lar
|
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),
Axborot texnologiyalari vazirligi
(O. Pekos),
Navoiy viloyati hokimligi
(K. Tursunov)
|
41.
|
Maktablar o‘qituvchilarini “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida malakasini oshirish.
|
1. Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘qituvchilari ro‘yxatini shakllantirish.
2. Ro‘yxat asosida o‘qituvchilar uchun vebinar tashkil etish.
3. O‘qituvchilar uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash.
|
2020-2021-yillar
|
Davlat budjetidan va mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida,
budjetdan tashqari mablag‘lar
|
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Axborot texnologiyalari vazirligi
(O. Pekos),
Navoiy viloyati hokimligi
(K. Tursunov)
|
42.
|
Informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etish.
|
1. Ixtisoslashtirilgan maktablar ro‘yxatini shakllantirish.
2. Ixtisoslashtirilgan maktablar binolari, moddiy-texnik va o‘quv-uslubiy ta’minotining amaldagi holatini to‘liq xatlovdan o‘tkazish.
3. Xatlov natijalaridan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablarning bino va inshootlarini mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
4. Ta’mirtalab bino va inshootlarni rekonstruksiya maktablarni zamonaviy kompyuter texnikalari va o‘quv mebellari bilan jihozlash ishlarining moliyalashtirish manbasi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
|
2020 — 2022-yillar
|
Davlat budjetidan va mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari mablag‘lar
|
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Axborot texnologiyalari vazirligi
(O. Pekos),
Navoiy viloyati hokimligi
(K. Tursunov)
|
43.
|
Suv xo‘jaligi sohasi mutaxassislarining raqamli texnologiyalardan, jumladan sohaga joriy etilgan axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalaridan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirish yo‘nalishida o‘quv kurslari va amaliy treninglarni tashkil etish.
|
1. Suv xo‘jaligi sohasi mutaxassislarini raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida sohaga joriy etilgan axborot tizimlari va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha o‘qitish.
2. Suv xo‘jaligi sohasi mutaxassislari uchun viloyatda joriy etilgan suv resurslarini avtomatlashtirilgan amaliy treninglar tashkil etish.
|
2021-yil
iyun
2021-yil
avgust
|
Suv xo‘jaligi vazirligi mablag‘lari
|
Navoiy viloyati hokimligi
(K. Tursunov),
Suv xo‘jaligi vazirligi
(Sh. Xamrayev),
Axborot texnologiyalari vazirligi
(Q. Yuldashev)
|
Shaxsan mas’ul: Navoiy viloyati hokimi (K. Tursunov), Axborot texnologiyalari vaziri o‘rinbosari (J. Maxsudov), Qiziltepa tumani hokimi (Sh. Nabiyev), “O‘zbektelekom” AK Navoiy filiali direktori (J. Djurayev)