“Shaffof qurilish” kompleks axborot tizimini hududda joriy qilish.
1. Tizimlarni viloyat hududidagi qurilish obyektlarida joriy etish bo‘yicha reja-jadval ishlab chiqish.
2021-yil
fevral
Davlat budjetidan va mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari mablag‘lar
Qurilish vazirligi
(B. Zakirov),
Jizzax viloyati xokimligi
(E. Saliyev)
2. Grafikka asosan tizimni bosqichma-bosqich joriy etish.
jadvalga asosan
3. “Shaffof qurilish” kompleks axborot tizimini “Raqamli Jizzax” geoaxborot tizimiga integratsiya qilish.
2021-yil oktyabr
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”axborot tizimini hududda joriy etish.
1. Loyihani sinov tariqasida ishlatishda aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish va tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.
2020-yil
oktyabr-noyabr
Xalqaro moliya institutlarining grantlari
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
Jizzax viloyati xokimligi
(E. Saliyev),
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Loyihani bosqichma-bosqich to‘liq amaliyotga joriy etish ishlarini olib borish.
2020-yil
dekabr
3. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini “Raqamli Jizzax” geoaxborot tizimiga integratsiya qilish.
2021-yil
dekabr
Umumiy foydalanishdagi shahar yo‘lovchi tashish transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi imkoniyatlarini joriy etish.
1 bosqichda — viloyat markazida;
2 bosqich — viloyatning barcha hududlarida.
1. Avtobuslarni statsionar validatorlar bilan jihozlash.
2021-yil
iyun
Ijrochilar mablag‘lari va bank kreditlari
Transport vazirligi
(I. Maxkamov),
Jizzax viloyati hokimligi
(E. Saliyev)
2. Avtomatlashtirilgan transport kartalarini sotish qurilmalarini o‘rnatish.
2022-yil
aprel
3. Tizimni “Raqamli Jizzax” geoaxborot tizimiga integratsiya qilish.
2022-yil
aprel
“Mahalla” yagona axborot tizimini hududda joriy etish.
1. Tizimni sinov tarzda Jizzax shahrida joriy etish va kelgusida viloyat hududida joriy etish bo‘yicha reja-jadval ishlab chiqish.
2021-yil
fevral
Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida va mahalliy budjetdan tashqari mablag‘lar
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi
(R. Mamatov),
Jizzax viloyati hokimligi
(E. Saliyev),
Ichki ishlar vazirligi
(P. Bobojonov), vazirlik va idoralar
2. Grafikka asosan tizimni bosqichma-bosqich tuman va shaharlarda joriy etish.
jadvalga asosan
“E-qaror” elektron tizimini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etish.
1. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, mas’ul ijrochilar “E-qaror” elektron tizimiga ulanishini ta’minlash.
Mazkur tashkilotlarning rahbarlari va mas’ul ijrochilarini elektron raqamli imzolar bilan ta’minlash.
2021-yil
sentyabr
-
Jizzax viloyati hokimligi
(E. Saliyev),
Axborot texnologiyalari vazirligi
(O. Pekos),
Adliya vazirligi
(R. Davletov)
2. “E-qaror” elektron tizimidan doimiy ravishda foydalanishni ta’minlash.