Andressen Horowitz investitsiya fondining venchurli tadbirkori Kris Dikson quyidagilarni ta’kidlaydi: «Bir tomondan, sizda ish joyini yo‘qotgan bank xodimi bor va siz uning oldida o‘ng‘aysizlik his qilasiz, boshqa tomonidan esa, qolgan hamma bank tizimidan foydalanish tufayli 3 %dan to‘lashi kerak bo‘lmaydi va bu ulkan iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki bu kichik biznes rentabelligining o‘sishini jiddiy ravishda rag‘batlantiradi. Biroq jamiyatda yuzaga kelgan muammolga qarashlar nuqtai nazaridan bu holat salbiy qabul qilinadi. Ammo muayyan kishilar nimanidir yo‘qotadi va butun jamiyat esa uni qabul qiladi».
Bunday muammolar kriptovalyutalar asrida o‘ziga xos dolzarblikka ega bo‘ladi – har holda, bu holat blokcheyn avtomatlashtirish jarayoniga duch kelgan va uni ishonch asosida ishlatganlar band bo‘lgan tarmoqlarda ro‘y beradi. Ular moliyaviy xizmatlarni rivojlantirishning ushbu yangi yo‘li raqamli videokameralar istiqbollarini yaxshi tushuna olmagan EastmanKodaktushib qolgan vaziyatga olib kelmasligiga umid qilish imkonini beradi.
Biroq hozirgi kunda bir qancha yetakchi tadqiqotchilar bitkoinni o‘tib ketadigan bir qiziqish deb hisoblaydilar. AQShda kriptovalyutalarning asosiy aylanmasi risk yuqori bo‘lgan pul siyosati sharoiltarida ro‘y beradi. Bu maydonga kriptovalyuta va u bilan bog‘liq biznes «lobbisi» sifatida endi kirib kelmoqda. Bitkoin biznesi adolatli o‘yin qoidalari belgilash zaruratini tushunib yetadigan hukumatning qo‘llab-quvvatlashi tufayli yutuqqa erishishi mumkin.
Kriptovalyutalar asrida monopoliyaga qarshi qonunchilikka rioya qilishni, biznes yuritish qoidalarining shaffof bo‘lishini va iste’molchilar huquqlarining himoya qilinishini qat’iy talab qilish kerak. Monopoliyalar va trastlarni tiyib turish hamda raqobatni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan hozirgi davlat modeli bu masalalarda ilgari hech qanday qoidabuzarliklarga duch kelmagan deb bo‘lmaydi.
Kriptovalyuta tashabbuskorlari Google, Facebook, Twitter, Apple, Microsoftva shunga o‘xshash kompaniyalarni markazlashgan, demak, adolatli bo‘lmagan (dushmanlik ruhidagi) tuzilmalar deb hisoblashga moyil bo‘lgan bir paytda baribir shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, qachonlardir ular ham hech kimga ma’lum bo‘lmagan startaplar g‘oyalari tufayli radikal kompaniyalarga aylanishi mumkin. To‘g‘ri tashkil qilingan huquqiy tizim tufayli, kriptovalyutalar asosidagi bunday startaplar rivojlanishi va foyda olishi mumkin.
Natijada dunyo ishonch hosil qilinishi oqibatida yaxshi tomonga o‘zgaradi. Bikoinning nufuziga Silk Road va Mt.Gox saytlari bilan bog‘liq voqea asoratlari ham ta’sir ko‘rsatadi, albatta. Huddi shuning uchun ham ko‘pchilik kishilar butun boshli g‘oyani boshdan oxirigacha aldov deb hisoblaydilar. 2014-yil o‘rtalarida o‘tkazilgan so‘rovning ko‘rsatishicha, AQSh fuqarolarining faqat yarmigina bitkoin nima ekanligini biladi, atigi 3 %ga yaqini undan foydalangan, 65 %i esa undan foydalanish ehtimoli pastligini aytgan.
Kriptovalyutalarga ishonch hosil qilish uchun, kishilar unga ishonishni boshlagunlariga qadar ularga nimalarnidir tushuntirishiga to‘g‘ri keladi. Agar bitkoin haqiqatda yetakchi valyutaga aylanganida, u dunyo fuqarolarining katta qismini larzaga keltiruvchi iqtisodiy kuchlarni hosil qila olgan bo‘lar edi. Yangi kriptotangalar «ishlab topilish» tugaganidan so‘ng va ularning umumiy soni 21 millionga yetishi bilan bitkoin deflyasion valyutaga aylanadi.
Global iqtisodiyot hozirgi holatida inflyasion valyutalarga asoslanadi. Kreditga va kuchli monetar nazoratga asoslangan holda ishlovchi global iqtisodiyot uchun bunday tizim katta ziyon yetkazgan bo‘lar edi, ayniqsa, u tegishli tayyorgarliksiz joriy etilgan bo‘lsa. Ammo orada raqobat degan muammo ham mavjud. Visa va MasterCard kabi oshkora raqobatchilarni yoddan chiqaring. Agar, aytaylik, raqamli to‘lovlarning barcha afzalliklarini taklif qiluvchi va bundan bitkoinning barcha real va ehtimoliy kamchiliklaridan xoli bo‘lgan to‘lov tizimi mavjud bo‘lsa-chi?
Kriptovalyutalarning moliya tizimida ustunlik qiluvchi holatga erishish usuli ularning uzluksiz moslashuv jarayonidan iborat bo‘lib, buni hech kim kriptovalyuta bozoridagi asosiy o‘yinchilardan tezroq bajara olmaydi. Hozir raqamli asr, bitkoin esa – raqamli asr valyutasi hisoblanadi. Kishilar hayotini telefonsiz tasavvur ham qila olmaydigan, juda ko‘plab savdo bitimlari onlayn amalga oshiriladigan dunyoda muomala oddiyligi va xarajatlar tejalishi bitkoinga ustunlik beradi. U yuqorida aytib o‘tilgan katalizatorlardan bittasiga, keyin yana bittasiga, undan keyin yana bittasigava ehtiyoj sezadi.
Pirovardida bitkoin shu qadar ommalashdiki, pulning uchala funksiyasini birlashtiradi va shunda u xuddi dollar kabi buyuk ahamiyatga ega bo‘ladi. Jamiyatdagi salbiy imidjga va me’yoriy cheklovlarga qaramay, tashqi muhit kriptovalyutalarning gullab-yashnashiga to‘sqinlik qilyapti deb bo‘lmaydi. Kriptovalyutalarga moyillik bildiradian ayrim davlatlar, jumladan, Shveytsariya, Singapur, Birlashgan Qirollik va Kanada kriptovalyuta texnologiyalarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan innovatsion xablar yaratishga xizmat qilgan bo‘lar edi.
Hatto AQSHda ham, NDFU direktori Bendjamin Loski tomonidan taklif qilingan bit-litsenziya qabul qilinmaganiga qaramay, chuqur fikrlaydigan qonun chiqaruvchilar kriptoolam sohasidagi innovatsiyalar uchun imkon qoldirishgan. Shu bilan bir vaqtda, rivojlanayotgan mamlakatlardagi kriptotexnologiyalar rivojlangan mamlakatlar bilan bu sohada tenglashish ma’nosida juda ham sekin harakat qilmoqda. Lekin u yerlarda ham bitkoin bilan ishlashga intilish sezilarli darajadaligi OAV habarlari vositasida ma’lum bo‘lmoqda.
Bitkoinlar depozitariysi va elektron hamyonlar ijaraga beruvchi SEOmutahassisi Xapo Venses Kasares bitkoin kelajagini u onlayn-savdo uchun afzal ko‘riladigan ayirboshlash vositasiga aylanadigan «internet tabiiy valyutasi» sifatida ko‘radi. Bitkoin narxini oshiruvchi yagona omil bu – cheklangan emissiya va talabning ortishi yoki kamayishi bo‘lib, uni oltin yoki kumush kabi foydali qazilmalar bilan taqqoslash mumkin – dunyoda uning miqdori cheklangan va uni sun’iy raivshda ishlab chiqarib bo‘lmaydi.
Kriptovalyutaning asosiy ustunligi ham huddi mana shundan iborat – uni qalbakilashtirib bo‘lmaydi. Biroq moliyaviy ekspertlar bunday qo‘yilmalar riskli ekanligi haqida ta’kidlashni davom ettirishmoqda, ko‘plab davlatlar esa avvalgidek, o‘z ramsiy bozorlarida kriptovalyutalar bilan operatsiyalarni ta’qiqlamoqda. Shuningdek, mahalliy tartibga soluvchida kriptovalyutalarni nazorat qilish imkoniyati yo‘qligi ham shubha uyg‘otadi.
Biroq zamonaviy iqtisodiyotdagi tendensiyalar hukumatni raqamli elektron pullarni mahalliylashtirish ustida o‘ylanishga majbur qiladi. Kriptovalyutalar olamida xavfsizlik ham muhim ahamiyatga ega – ko‘pincha jinoyatchilar jinoiy yo‘l bilan topilgan pullarni kriptovalyuta yordamida «yuvish» uchun undan foydalanadilar.
Endi kriptovalyutalar birjasi haqida ham bir fikrlab ko‘ramiz. Agar siz nima qilib bo‘lsada, bir necha bitkoin yoki efiriumga ega bo‘lish istagida bo‘lsangiz, va bu orqali nimadir ishlab olishni istasangiz, siz to‘g‘ri birjaga yo‘l olishingiz lozim. Kriptovalyutalar birjalari ko‘pchlik hollarda oddiy birjalar bilan bir xil tartibda ishlaydi. Bu savdo maydonchalardagi asosiy farq shundaki, agar oddiy birjaga kishilar brokerlarsiz biror-bir ish qila olishmasa, kriptovalyuta birjasida savdolarda boshqalarni jalb etmay ham ishtirok etish mumkin.
Birjadagi bundan boshqa ishlar esa o‘xshash, ya’ni, ro‘yxatdan o‘tish, birjada kotirovka qilinadigan ma’lum bir valyutada hisobraqami ochish, shundan keyin operatsiyalarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Asosiysi – kriptovalyuta birjalarining ikki xil turi mavjudligini esdan chiqarmaslik kerak. Birinchi turdagi birjalarda kriptovalyuta «tirik» pulga – dollar, yevro, funt va hatto rublga sotiladi. Ikkinchi turdagilarida esa – kriptovalyutalar raqamli elektron pullarga sotiladi.
Elektron pullar bitkoinni efiriumga (yoki boshqa kriptovalyutaga) joriy kurs bo‘yicha onlayn rejimida almashtrish va bunda pul ishlab olish mumkin bo‘lgan kriptovalyuta ayirboshlash shahobchasi rolida ishtirok etadi. Agar birja savdosi siz uchun murakkablik qiluvchi bo‘lsa, lekin siz bitkoinni rublga yoki rublni bitkoinga almashtirish fikridan qaytmasangiz, kriptovalyuta ayirboshlash shahobchasiga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi.
Bunday shahobchalar joriy kurs bo‘yicha kriptovalyutani boshqa turdagi valyutaga ayirboshlashga imkon beruvchi oddiy servislardir. Kriptovalyuta ayirboshlash shahobchasini tanlashda yodda tutish kerakki, oxirgi paytlarda kriptovalyutaga ixtisoslashgan firibgarlar soni ancha ortgan. Shu sababli, ayirboshlash uchun maydonchani tanlashga jiddiy yondashish kerak. Internetda kriptovalyuta ayirboshlash shahobchalari reytinglari va ular haqidagi fikrlarni osonlik bilan topishingiz mumkin.
Endi esa kriptovalyutalar kapitallashuvi masalasini ko‘rib chiqamiz. Kriptovalyutalar bilan bog‘liq masalalarda kishilar yo‘l qo‘yadigan asosiy xatolik - bu atamalarning ma’no va mohiyatini tushunmaslik yoki bilmaslikdir. Ko‘pchilik kapitallashuvni kurs bilan adashtiradi bu esa qo‘pol xato hisoblanadi. Ha, kriptovalyutalar kapitallashuvi kriptovalyutalar kursiga bog‘liq, lekin bularning ikkalasi bir xil narsa emas.
Odatda, kurs qanchalik baland ko‘tarilsa, kapitallashuv shunchalik tez o‘sadi. Biroq ayrim mutaxassislar qaysidir kriptovalyutaning bozor qiymatini mavjud sxemalar bo‘yicha aniqlashning imkoni yo‘q, chunki kriptovalyutalar kapitallashuvi – tortishuvli masala degan fikrlarga qo‘shiladilar. Kriptovalyutalarning yo‘q bo‘lib ketish holatlari ekspertlar orasida shubha uyg‘otadi.
«Satosi Nakamotu» niki ostida ishlovchi tadbirkorlik subyektlari u bir necha yil oldin million bitkoin bilan birga g‘oyib bo‘lgan deb hisoblashadi. Shuningdek, avvalroq buzilgan uskunalarda «yonib» ketgan kriptovalyutalar haqidagi axborotlar ham paydo bo‘lgan. Albatta, hozir tizim ancha xavfsiz, elektron pullar qimmatlashuvi foydalanuvchilarni bu masalaga jiddiyroq yondashishga majbur qiladi, lekin risk baribir mavjud.
Mayning qilish uchun esa kriptovalyutani «mayning» qiluvchi asbob-uskunalar hamda tegishli dastur xarid qilish talab etiladi. Ko‘plab ijobiy fikrlarga qaramay, mayning uskunalari bitkoinni juda ham katta miqdorlarda «jalb qilmaydi». Kriptovalyuta fermasi egasi, uskunani kriptotizimga ular ekan, ushbu tizimdagi tranzaksiyalar haqidagi axborotni saqlaganligi uchun ma’lum miqdorda mukofot oladi.
2.2. Maynerlar va ularning elektron tijoratdagi ahamiyati Maynerlar, ya’ni kriptoiqtisodiyotda raqamli valyutalarni yaratuvchi (emissiya qiluvchi) subyektlar 2015-2018-yillarda bitkoin kursining oshishi hisobiga ulkan daromadga ega bo‘ldilar hamda uning kursi 2015 hamda 2018- yillarda keskin kamayishidan katta ziyon ham ko‘rdilar. Ammo, shunga qaramay, kriptovalyutalar yordamida salohiyat foyda olish imkoniyati mavjudligi tufayli, ko‘pchilik insonlar va kompaniyalar o‘zlarning kompyuter resurslarini mayning sohasiga jalb etishni hali ham davom ettirmoqdalar.
Xarajatlar, ayniqsa, elektr energiyasi xarajatlari o‘sishi foyda olishni tobora qiyin vazifaga aylantirishiga qaramay, mayningda kompyuter quvvatlarining hayratlanarli tarzda o‘sishi kuzilmoqda. Bitkoin jamiyatining ayrim a’zolari mayningni – o‘zlari uchun farovon hayot timsolideb hisoblanadilar va bunga ishonadigan kishilar yetarli darajada ko‘p. Shunday qilib, mayning ayni damda «qurollanish poygasi» yoki «xeshreytlar urushi» bosqichida turibdi.
Maynerlar bitkoin matematik masalalarini yechishda g‘olib chiqish uchun tobora yuqori natija beruvchi super kompyuterlardan va algoritmlardan foydalanmoqdalar. Nazariy jihatdan blokcheyn faqat bitta bo‘lishi lozim va u asta-sekinlik bilan barcha tasdiqlangan tranzaksiyalarning uzluksiz, monolit qaydini yaratuvchi xesh-aloqalar asosida shakllanadi. Vaqti-vaqti bilan blokcheynda ikkilanishlar paydo bo‘ladi: tashlangan – tugallanmagan yoki tasdiqlanmagan tranzaksiyalar bloki vujudga keladi.
Boshqa maynerlar uni verifikatsiya qilishga urinadilar, lekin ba’zida uning qonuniyligi va unga o‘z bloklarini qo‘shib olish immkoniyatiga ishonchlari komil bo‘lmaydi. Biroq umumiy rozilikka asosan tashkil qilingan bitkoin tizimi zo‘r mahorat bilan ishlangani shundaki, bunday ikkilanishlar uzoq vaqt davom etmaydi. Axir maynerlar guruhlari eng uzun blokcheyn tarmog‘i qonuniy hisoblanadi degan taxmindan kelib chiqib, harakat qiladilar.
Maynerlarning aksariyati, muayyan blokcheyn tarmog‘i ustida birgalikda ishlab, uning qonuniyligini tasdiqlaydilar. Chunki ular ko‘pchilik maynerlar tomonidan tan olinmaydigan zanjirning kichik tarmog‘ini xato ravishda (yoki firibgarlik maqsadlarida) davom ettishga harakat qilib, ushbu kichik qismi ega bo‘lgan hisoblash resurslariga ega bo‘ladilar. Kattaroq hisoblash resursi shuni anglatadiki, unga ega maynerlarning ko‘pchiligi ko‘proq sonli kriptotangalar yutadilar va vaqt o‘tishi bilan uzunroq blokcheyn zanjirini quradilar.
Bu holatni o‘z bloklarini bloklar raqamlari pastroq bo‘lgan va zanjirlari qisqaroq tarmoqlariga ulovchi kompyuterlar darhol sezib qoladi. Bu «adashgan» maynerlar keyinroq zanjirning uzunroq tarmog‘iga o‘tib oladilar. Bloklar va tranzaksiyalarularni maynerlarning ko‘chiligi shunday hisoblagan holdagina qonuniy hisoblanadilar. Agar alohida olingan bir mayner o‘z qo‘lida tarmoq hisoblash resursining 50 %dan ortig‘ini mujassam etsa, muammo yuzaga kelishi mumkin.
Shunday qilib, ochiq kodli dasturlar bilan ishlovchi dasturchilar guruhi hozirgi paytda «egoistik mayning» va «51% hujum»dan himoya qilishning qo‘shimcha choralarini qidirish bilan mashg‘ullar. To‘g‘risini aytganda, bitkoin yaratilgan paytdan beri bunday turdagi hech qanday muttahamlik sodir bo‘lmagan. Satoshi Nakamoto yozganidek, «…agar qaysidir serg‘ayrat firibgar barcha maynerlarning hammasidan ko‘proq hisoblash resurslari to‘plashning uddasidan chiqadigan bo‘lsa, u tanlov oldida qoladi: o‘z bitkoinlaridan takroran foydalanish yoki uning yordamida yangi tangalar hosil qilish asnosida undan firibgarlik maqsadlarida foydalanish. Ehtimol, u qoidalar bo‘yicha o‘ynash foydaliroq deb qaror qilishi mumkin: bu unga barcha nayranglardan ko‘ra ko‘proq tanga keltiradi, nayranglar butun tizimni barbod qilishi va uning farovonligini yakson qilishi mumkin».
Farovonlik darajasidagi farq katta ekanligi Uoll-Stritlik «semiz mushuklar» nazorati ostidan chiqishga va «xalq valyutasi» sifatida vujudga kelgan kriptovalyutalar imijiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tor doiradagi tanlanganlarga mansub hukumat va moddiy farovonlik aslo jamoatchilikda ishonch uyg‘otmaydi. Albatta, dollar, yevro va iyena iqtisodiyoti ham moliya va hukumatning markazlashuv darajasi kattaligi bilan ajralib turadi, boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi farq esa 1930-yillar darajasiga yetdi. Biroq bu an’anaviy valyutalar jamoatchilikni o‘z tomoniga jalb etishga muhtojlik sezmaydi.
Kriptovalyutalar esa bu masalalar, halq va davlat orasidagi munosabat masalasining ma’lum yechimini taklif qilishi lozim, aks holda ularning kelajagi bo‘lmaydi. Ayrimlar mavjud infratuzilmaga tayanadi va unga kengroq aholi guruhlari ulanishi uchun imkoniyatni ta’minlash usullarini izlaydi. Ular kriptovalyutalarni aholining eng bebahra qatlamlari imkoniyatlarini kengaytirish uchun bir vosita sifatida ilgari suradilar.
Kriptovalyutalar sohasida bunday loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqadigan hisoblash texnikasi bo‘yicha muhandislar ehtimol, bitkoin texnologiyasi kelajagini belgilashda ham yetakchi o‘ringa ega. Chamasi, aynan ularning g‘oyalari ajoyib kunlarning bir kunida kriptovalyuta pul tizimining rivojlanishiga turtki beradi va u shundagina kriptoiqtisodiyot texnologiyasi kelajakni harakatga keltiruvchi asosiy kuchga aylanadi.
Bitkoin kamchiliklarini muqobil kriptovalyutalar yordamida, masalan, turli ko‘rinishdagi altkoinlar yordamida bartaraf etishga harakat qilinadi. Hozirgi paytda bunday bitkoin imitatorlarining bir necha yuzlab turlari mavjud. Ularning ko‘pchiligining kelajagi yo‘q, chunki ular tez boyib ketish niyatida yoki hazil tariqasida joriy etilgan. Biroq shundaylari ham borki, ular foydalanuvchilar guruhlarida kriptovalyutalarni taqsimlash sohasida o‘yin qoidalarini o‘zgartirishning ilg‘or yo‘llarini taklif qiladilar.
Ularning asoschilari o‘z loyihalarini adolatliroq va yanada barqaror g‘oya sifatida reklama qiladilar. Ular bitkoindan markazlashmagan tuzilmaning eng yaxshi xususiyatlarini olishadi, lekin bunda uning kamchiliklaridan, shu jumladan, «qurollanish poygasi», ortiqcha elektr energiyasi iste’moli, hisoblash resurslarini sanoat usulida markazlashtirishga intilishdan xalos bo‘lish imkoniyatlarini axtaradilar.
Kriptovalyutalar raqamli iqtisodiyot sohasidagi yangi o‘yinchilar bilan taqqoslaganda, asos soluvchi katta ustunlikka ega, shu sababli, ko‘pchilik ishlab chiquvchilar tamomila yangi to‘lov tizimlari ishlab chiqish bilan shug‘ullangandan ko‘ra kriptovalyutalarning kamchiliklarini bartaraf etgan ma’qul deb hisoblaydilar. Lekin shunga qaramay, muqobil kriptovalyutalarning eng yaxshi namunalari bitkoinga nisbatan kuchli va salohiyat konstruktiv raqobatbardoshlikka ega, bu esa umuman kriptovalyutalarning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.
Hozirgi kunda barcha muqobil kriptovalyutalar orasida Charli Li tomonidan ixtiro qilingan laytkoin eng muvaffaqiyatlilaridan biri sifatida tanilgan. Laytkoin muvaffaqiyatining siri maynerlar tomonidan tranzaksiyalarni bitkoinga kiritish uchun foydalaniluvchi xeshirlash jarayonining boshqaroq amalga oshirilishdan iborat. Bundan tashqari, Li tizimi maynerlar orasidagi raqobatni ko‘rib chiqadi, lekin uning algoritm sifatida ma’lum bo‘lgan xeshlashtirish usuli maynerlarga bitkoin bilan taqqoslaganda, xeshing maqsadlariga erishishni biroz yengillashtiradi.
Laytkoinning asosiy kamchligi – agar tarmoqda bir vaqtning o‘zida yetarli sondagi maynerlar bo‘lsmasa, «51 % hujum» riski ortishi mumkin. Ayrim mutaxassislarni esa bu algoritm asosidagi valyuta mayningi kamroq himoya qilinganligi, «ishning isbotlari» unchalik ishonchli emasligi va nazariy jihatdan bu blokcheynga noto‘g‘ri tasdiqlangan soxta tranzaksiyalar kirishi ehtimoliga yo‘l qo‘yishi imkoniyatlari mavjudligi xavotirga soladi.
Biroq hozirgi paytgacha laytkoin yirik omadsizliklardan qochib qolishga erishgan. Vaqt o‘tishi bilan u ekologik jihatdan xavfsizroq bo‘lishi va bitkoinning demokratik raqobatchisiga aylanishi mumkin. Algoritm asosidagi mayning – «51 % hujum»ning oldini olish va bitkoin mayningini nomarkazlashtirish uchun yagona yechim emas. Ayrim muqobil kriptovalyutalar, jumladan, nextkoin va pirkoinlar resurslar sig‘imi va xarajatlar katta bo‘lishini talab qiluvchi «ish isbotlari – Proof of Work - PoW»ning o‘rniga «ulush isboti – Proof of Steak - PoS»dan foydalanadilar.
Shunday qilib, maynerning avtomatlashtirilgan tarzda mukofot olishga imkoniyati ordadi. Agar «ulush isboti»ga to‘liq asoslanadigan nextkoin haqida gapiradigan bo‘lsak, u yerda tangalar topilmaydi, balki komissiyalar tufayli kriptovalyutalar «ishlab olinadi». Nextkoin iqtisodiyotida har kungi tranzaksiyalarda foydalaniluvchi kiptotangalar soni chegaralanadi. Ular oxirgi blokni chiqargan tugunga o‘tkaziladigan tranzaksiyalarni amalga oshirish uchun komission to‘lovlar hosil qiladilar.
Bitkoin bilan bog‘liq bo‘lgan holatdagi kabi, tranzaksiyalar blokini «muhrlash» uchun to‘g‘ri xesh tasodifiy tanlov asosida aniqlanadi, biroq bitkoindan farqli ravishda bu lotoreyani yutib olish imkoni hisoblash resursiga emas, balki hisobraqamidagi tasdiqlangan kriptotangalar soniga bog‘liq bo‘ladi. G‘oya shundan iboratki, bu ekologik jihatdan xavfsiz va iqtisodiy jihatdan xarajatli hisoblash resursini oshirishga o‘lgan rag‘batlarni yo‘qqa chiqaradi.