Raqamli iqtisodiyotda bank va moliyaviy texnologiyalar reja



Download 317 Kb.
bet3/6
Sana28.01.2023
Hajmi317 Kb.
#904232
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
18-MAVZU

Birinchidan, respublikamizda venchur korxonalar va ular bilan bog’liq bo’lgan venchur investitsiyalar rivojlanmagan yoki bunday mexanizmni bizning tadbirkorlar hali pishiq- puxta o’rganishmagan;
Ikkinchidan, mamlakatimizdagi tadbirkorlarning chet ellardagi moliyaviy texnologiya kompaniyalari va mutaxassislari bilan aloqalari maqtanalarli darajada emas. Chunki chet tillarni bilmaslik, bu sohadagi yangi adabiyotlarning mavjud emasligi yoki kamchilligi, yangi texnologiyalarga qiziqmaslik yoki ularni tushunmaslik innovatsion texnologiyalarni mamlakatimizda joriy qilish uchun o’ziga hos to’siq bo’lib turibdi;
Uchinchidan, ko’p yillar davomida bu sohaga yetarlicha e’tibor berilmagani tufayli moliyaviy texnologiyalar bo’yicha startaplar va biznes farishtalarning bizda sanoqli ekanligi;
To’rtinchidan, ichki investitsiyalar uchun juda muhim bo’lgan kapitalning chet ellarga nazoratsiz oqib ketayotganligi va yangi innovatsion texnologiyalar bo’yicha ta’lim jarayoning juda ham sust bo’lib qolganligi;
Agarda moliyaviy texnologiyalarga bo’lgan venchur investitsiyalarining Rossiya Federatsiyasidagi rivojlanishini ko’rib chiqsak, quyidagi diagrammani olamiz:

RBK va PwCning izlanishlariga ko’ra, 2017 yilda Rossiya moliyaviy texnologiyalaridagi umumiy kelishuvlarning hajmi 30,8 million dollar bo’lgan. Bu 2016 yilga nisbatan ikki baravar ko’proq. Bizda esa bu soha uchun mablag’lar yetishmasligi va investorlarning kamchilligi moliyaviy texnologiyalarning rivojlanishiga monelik qiladi.


Ko’pchilik g’arb va osiyo davlatlarda agarda sizda qandaydir biznesning modeli bo’lsa, uning uchun bir-ikkimillion dollar topish unchalik qiyinemas, bizda esa buning umuman imkoniyati yo’q.
Moliyaviy texnologiyalar sohasining yana bir katta muammosi– bizning FinTex mahsulotlarimizga tashqi bozorda talab unchalik katta emas yoki yo’q darajada. Xozirgi davrda FinTex-kompaniyalar eko-tizimlari doirasida robomaslahatchilar tezkorlik bilan rivojlanmoqdalar. Bunday tizimlar moliya-kredit va biznes soxasidagi innovatsiyalar sifatida 2010 yilda paydo bo’lgan va quyidagi amallarni bajarishda ishlatilganlar:

  • Global bozorlarga ta’sir qiluvchi bozor ko’rsatgichlarini bilish uchun tadbirkorlarga pullik maslahatlar berish;

  • Robomaslahatchilarning qisqa muddatlarda biznesning boshqaruvdagi aktivlarini ko’patirishga yordam berishi mumkinligi;

  • Yangi investorlarning nafaqat kam marjinalli mijozlar bilan ishlashini, balki badavlat mijozlar hamda aktivlarining sof qiymati ancha katta bo’lgan mijozlar bilan ham ishlashlariga imkonn yaratilishi. Oldingi davrda bunday mijozlar qimmat konsalting firmalarning maqsadli exklyuziv segmenti hisoblanar edi.

Robomaslahatchi–avtomatlashtirilgan tarzda investitsion yechimlar topib beruvchi avtomatlashtirlgan dasturiy tizimlar bo’lib, ular passiv operatsiyalar asosidagi matematik algoritmlardan va vositalarning diversifikatsiyasi strategiyasidan foydalanib, mijoz uchun optimal (yoki kvazioptimal) invewstitsion yechimlar topib berishga yordam beradi. Robomaslahatchilar minimal ravishda quyidagi imkoniyatlarga ega bo’lishlari kerak:

    • Mijoz uchun kerakli bo’lgan barcha dasturlarni ta’minlab berish;

    • Savdo portfelining balansini avtomatik ravishda tiklay olish;

    • Operatsiyalar bilan passiv boshqarishni amalga oshirish;

    • Mijozning texnikaviy ta’minotga bo’lgan talabini minimallashtirish;

    • Mijoz bilan interaktiv tarzda ishlay olish;

    • Bulutli texnologiyalar bilan ishlash;

    • Sun’iy intellect elementlarini qo’llay olish.

Yirik kompaniyalar FinTexning tayyor va sinalgan mahsulotlarini chetdan sotib olishga qiziqadilar, kichik kompaniyalarning esa bunday texnologiyalarni ishlatishlari uchun tayyor infratuzilmalar mavjud emas.
Dunyoning bir qancha rivojlangan mamlakatlaridagi moliyaviy texnologiyalarga bo’lgan investitsiyalarning miqdori quidagi jadvalda keltirilgan:
Bu sohadagi startaplar kerakli darajadagi rivojlanishga erishish uchun bir necha million dollarlik investitsiyalar talab qilganligi uchun hamda davlat tashkilotlari, banklar yoki yirik moliyaviy kompaniyalarga raqobatchi bo’la olmaydilar. Demak, shu miqdorlardagi investitsiyalar sizmoliyaviy texnologiyalar bo’yicha qandaydir diqqatga sazovor bo’lgan ishlar qilish mumkin bo’lmaydi. Undantashqari, O’zbekistondagi o’rta va kichik biznes ham murakkab FinTex yechimlardan foydalanishga hali-hanuz tayyor emas.
Bunday kompaniyalar uchun banklarning tadbirkorlarga taklif etayotgan yechimlari ham judamoskeladi. Masalan, onlayn buxgalteriya, hisobi ishlarini avtomatlashtirish, moliyaviy modellar tuzish va biznes rejalar yozib berish singari takliflar ularga asqotishi mumkin. Yuqorida tavsifetilgan shart-sharoitlarda moliyaviy texnologiyalardan foydalanish va ularni rivojlantirishga eng qiziqadigan tashkilotlar banklar bo’lib chiqadi. Kredit tashkilotlari bilan bog’liq bo’lmagan mustaqil yechimlar juda ham kam uchraydi. Bank sektorining konsolidatsiyasi sharoitida FinTex mahsulotlar orasidagi raqobat oz’-o’zidan kamayadi va bu holat startaplarga qarshi bir jiddiy factor bo’lib chiqadi. Raqobat bo’lmasa, turli xildagi kompaniyalarning yechimlari ko’pchilikda qiziqish uyg’otmaydi, ommaviylashmaydi, ularning rivojlanishi uchun kerakli bo’lgan investitsiyalar kelmaydi va g’oya qanchali yaxshi bo’lmasin, u unutilishga mahkum bo’ladi. Bloomchain ning boshqa ishtirokchilari ham banklar ichida byurokratiyaning juda yuqori darajada ekanligini va bu xolat tashqi innovatsion kompaniyalar bilan ishlashni ancha murakkablashtirishini bildirdilar. FinTex startap yillar davomida katta banklar bialn muzokaralar olib borib, yangi moliyaviy loyihaga rozilik olishi mumkin, ammo shartnomaga imzo qo’yish paytida bankning yuristi loyihaga qarshi chiqishi mumkin. Bu esa barcha ishning amalga oshmasdanoq, barbod bo’laganini anglatadi. Lekin mamlakatimizdagi banklarning ish sharoitlari ancha o’zgarib, liberallashib, innovatsiya va investitsiyalarga keng yo’l ochilayotgani tufayli, yaqin yillar ichida xolat tubdan o’zgarishiga umid qilish mumkin. Moliyaviy texnologiyalarni respublikamizda keng miqyosda rivojlantirsh uchun to’siq bo’lib turgan faktorlardan biri – bu saha bo’yicha yuqori malakali professor-o’qituvchilar va kadrlarning yetishmasligidir. Yaxshi mutaxassislar ko’pchilik xollarda turli-tuman vajlarni ko’satgan holda chet ellarga ketishga harakat qiladilar. Qolgan malakali mutaxassislarni esa O’zbekistonda ishlayotgan chet el kompaniyalari va tashkilotlari ko’proq maosh va yaxshi ish sharoitlari taklif qilgan holda ishga oladilar. Kichik kompaniyalar va davlat toshkilotlari esa ular bilan bu yo’nalishda raqobat qila olmaydilar. Hozirgi kunlarda yaxshi mutaxassislar uchun ish haqqi ancha katta bo’lgani uchun, startaplar loyihani amalga oshirish uchun endi ishni boshlagan yosh kadrlarni yoik frilanserlarni ishga jab etishlari mumkin. Ammo ularning ishlarini nazorat qilish va xatolarini to’g’rilash uchun juda bo’lmaganda bitta tajribali mutahassisni jab qilish kerak bo’ladi. Bunda boshqa muammoga ham duch kelish mumkin – yaxshi dasturchini tayyorlab bo’lganingizdan so’ng, uni boshqa bir kompaniya ilib ketishi ham mumkin. Bizningcha mutaxassislari kompaniyada ushlab turish uchun ularga motivatsion paketlar taklif qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Masalan, ular uchun aktsiyalar, optsionlar yoki loyihadagi ma’lum bir qism mulk sifatida berilishi mumkin. Ba’zi bir ekspertlar fintex-startaplarning muammolari ichida tarmoqni Markaziy Bank qattiq nazorat qilishi tufayli kelib chiadi deydilar ham. Hozirgi davrda huddi shu tashkilot bizda bozorning o’rnini egallagan va shu sababli ham bizda fintex industriyaning erkin rivojlanishi uchun imkoniyat ancha past darajada. Yana bir muammo – banklarning ham yangi texnologiyalar yaratishdan cho’chishi, ya’ni, ular “Markaziy bank bunga nima der ekan?”, - deb hadiksiraydilar.



Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish