Raqamli iqtisodiyotda bank va moliyaviy texnologiyalar reja



Download 317 Kb.
bet1/6
Sana28.01.2023
Hajmi317 Kb.
#904232
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
18-MAVZU


18-MAVZU. RAQAMLI IQTISODIYOTDA BANK VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR
Reja:
18.1. Raqamli iqtisodiyotda bank tizimini barqaror rivojlantirish modellari
18.2. Moliyaviy hizmatlarni (Fintech) raqamlashtirish jarayonini amalga oshirish
18.3. Raqamli biznesini moliyalashtirish usullari


O‘quv maqsadi: raqamli iqtisodiyotda bank infratuzilmasini rivojlantirish yo‘llarini o‘rganishdan iborat
Tayanch iboralar: bank, bank innovatsiyalari, bank infratuzilmasi, raqamli iqtisodiyot.


18.1. Raqamli iqtisodiyotda bank tizimini barqaror rivojlantirish modellari

Bardoshlilik dinamik holat, barqarorlikka nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, bardoshlilik oqibat hisoblangan, barqarorlik esa uning sifatini ta’minlash sababi bo‘lgan barqarorlikka nisbatan sabab va oqibat holatida bo‘ladi; bardoshlilik barqarorlik asosida erishiladi. Faoliyatning turli jihatlarini aks ettirib, bardoshlilik va barqarorlikning turli ko‘rsatkichlar yordamida baholanishi ham bejizga emas. Biroq, bu tushunchalar o‘rtasidagi asosiy farq shundan iboratki, bardoshlilik predmetni (hodisa, jarayon) uning ijobiy rivojlanish nuqtai nazaridan tavsiflaydi, barqarorlik esa asosiy e’tiborni doimiylikni ta’minlashga qaratilgan status-kvoni saqlab qolishga qaratiladi.


Bank faoliyatini tahlil qilish jarayonida bankda nafaqat erishilgan darajani (barqarorlik) saqlab qolish, balki rivojlantirish, faoliyatni kengaytirish (bardoshlilikni rivojlantirish) bo‘yicha choralar ko‘rishni talab qiluvchi murakkab vazifalar paydo bo‘ladi.
Bardoshlilik va barqarorlik raqobatbardosh qiluvchi tushunchalar emas, ular hodisaning turli jihatlarini aks ettiradi, uning muhim tavsiflari bo‘lib ishtirok etadi. Shunisi ham muhimki, jarayonni tavsiflaydigan bardoshlilik va barqarorlik uning xususiyatlari emas.
Bardoshlilikni tushuncha sifatida tahlil qilish yakunida ayrim dastlabki xulosalar chiqarishimiz mumkin.

  1. Eng avvalo, ta’kidlash joizki, bardoshlilik uning holati nuqtai nazaridan ham, rivojlanish nuqtai nazaridan ham ko‘rib chiqadigan jarayon tavsiflnomasini beradi.

  2. Bardoshlilik – harakat, faoliyat jarayoni va holati sifati. SHu bilanbirga,bardoshlilik–predmetning(masalan,bank)sifatiemas,balkiuningqandayfaoliyat ko‘rsatishini ifoda etardi.

  3. Bardoshliliknuqtainazaridanrivojlanishbu–doimoijobiyharakatdir. U tezlashishi yoki sekinlashishi mumkin, lekin bunda yaxshilanishni,taraqqiyotniifodalaydi.

  4. Bardoshlilik bu taraqqiyot tomon harakatning kompleksili tavsifnomasi bo‘lib, tezlikni, strukturani, vaqt bo‘yicha o‘zgarishni, ichki va tashqi muhit elementlari bilan o‘zaro aloqalarini aks ettiradi.

  5. Bardoshlilik ko‘pincha faoliyatni kengaytirilgan takror ishlabchiqarishga qaratiladi.

Garchi bu xulosalar muhim bo‘lsa-da,biz bank faoliyatini bardoshlilik bilan bog‘lamasak, ular to‘liq mavhumlik bo‘lib chiqadi. Eslatib o‘tamizki, ko‘rib chiqilayotgan tushuncha ikkita elementdan iborat bo‘lib, bu bardoshlilik mazmunini umuman emas, balki kredit muassasasining faoliyatiga nisbatan aniqlash imkonini beradi. Uning faoliyati o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, muqarrar ravishda ko‘rib chiqilgan tushunchaga tus beradi.
Bank faoliyatining bardoshliligi to‘lov vositalarini chiqarish jarayonida (shujumladan, makrodarajada naqd pulni muomalaga chiqarish jarayonida), xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini to‘plashda, to‘plangan resurslarni naqd va naqdsiz pulda qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi. Bank faoliyati bardoshliligi - monetar sohani barqaror rivojlantirish, pulmuomalasi va kredit, pul shaklida taqdim etiladigan boshqa bank xizmatlariholatidir.
Albatta, moddiy ishlabchiqarish sohasi, bank faoliyatini rivojlantirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, ammo bu endi o‘z faoliyatini emas, balki unga ta’sir etadigan omillarga aylanadi. Bank faoliyatining bardoshliligi, uning ta’sir etadigan omillari ijtimoiy ehtiyojlarga ta’sirqiladigan bo‘lsa, amalga oshiriladi deb hisoblaniladi.
Bankning to‘lov operatsiyalarini tartibga soluvchi davlat muassasasi ekanligini unutmaslik kerak; uning faoliyati faqat bankning muayyan mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona sifatida faoliyatidan iboratemas. Yuridik shaxslar ham, jismoniy shaxslar ham, davlat ham, boshqa banklar ham bank faoliyatining barqarorligidan manfaatdordir. Bank faoliyati ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, uning barqarorligi uning umumiy ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiqligi darajasi bilan belgilanadi. Faqat o‘zlari uchun faoliyat yuritadigan banklar o‘z faoliyatlarini kengaytirish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning manfaatlariga javob bermaydi, oxir-oqibatda rivojlanishga ta’sir qilishni yo‘qotib, beqaror iqtisodiy tuzilmalar turkumiga aylanadi.
Banklar doimo ijtimoiy majburiyatlarga ega. Ma’lumki, banklarning aksariyat qismida to‘plangan resurslari ularning mulki hisoblanmaydi. Bank mijozlarining hisob varag‘idagi mablag‘lar banklarga tegishli emas, banklar nafaqat ushbu pulni saqlashi, balki tadbirkorlik sub’ektlariga qaytib berishlari shart. Risk sharoitlarida ham ichki, ham tashqi muhitda bank faoliyatining barqaror rivojlanishini ta’minlash majburiyatlari ortib boradi.
Bularning barchasi bank tizimining bardoshliligi uning xususiyati sifatida - jamoatchilik ehtiyojlariga mos ravishda faoliyat ko‘rsatishni kengaytirish bilan birgalikda kuzatiladigan IT struktura tizimining rivojlanishidir (albatta, sifat va son jihatidan).
Bank tizimi barqarorligini bir nechta mezon nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish mumkin. Ularga muvofiq quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Barqarorlik eng avvalo, faoliyat xarakteri bo‘yicha farqlanadi. Bundan uning iqtisodiy, siyosiy, axloqiy kabi turlari kelib chiqadi.
Barqarorlikning ushbu turi iqtisodiy institut sifatida bankning mohiyatidan kelib chiqadi. Xo‘jalik aylanmasi negizida kelib chiqib, bank xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar orasida pul operatsiyalariga ixtisoslashgan, ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish, iste’mol qilish va muomala sohasiga asoslangan o‘ziga xos muassasa sifatida ajralib chiqqan. Uning faoliyatida naqd pul, veksel, chek, obligatsiya, sertifikatlar va boshqa hisob-kitob hujjatlari ko‘rinishidagi to‘lov vositalari shaklida iqtisodiy institutlar foydalanilgan. Banklar iqtisodiy bitimlarga, ijtimoiy mehnat natijalarini almashinishga xizmat qiladi. Pul resurslarini ekspluatatsiya qilgan, jamiyat manfaatlariga muvofiq pul-kredit munosabatlarini tartibga solar, iqtisodiyotga xizmat ko‘rsatar ekan, banklar iqtisodiy muvozanatni, demak, o‘zining iqtisodiy barqarorligi ta’minlaydi. Iqtisodiy munosabatlar yuzaga keltirgan banklar iqtisodiy vositalar yordamida iqtisodiy munosabatlarga xizmat ko‘rsatgan, ularning barqarorligi qonuniy ravishda iqtisodiy xarakterga ega bo‘lgan.
Bank tizimi rivojlanishining barqarorligini nafaqat butun tizimga, balki alohida bank institutlariga nisbatan ham yo‘llash mumkin. Axloqiy barqarorlik, faoliyat yo‘nalishlari barqarorligi, operatsion barqarorlik, vaqt bo‘yicha barqarorlik, kadrlar barqarorligi, tashkiliy barqarorlik bunga misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Ma’lumki, bankning xo‘jalik yurituvchi sub’ekt sifatida faoliyat yuritishi har doim axloqiy jihatlarga ega bo‘ladi. Uning axloqiy barqarorligi bank qadriyatlari va ularga erishish vositasi jamiyat rioya qiladigan bajaradigan axloqiy tamoyillari, me’yorlari va tamoyillariga mos keladigan darajada belgilanadi. Bankning axloqiy barqarorligi uni qonun buzarliklarga qarshi turish, valyuta bilan bog‘liq firibgarliklarni istisno qilish, uni ekologik jihatdan zararsiz sanoatning rivojlanishiga ko‘maklashishini talab qiladi, shaffoflik, oshkoralik va ochiqlik tamoyillariga rioya qilishni talab qiladi. Jamiyat axloqiy tamoyillarini buzish oqibatida bankning obro‘sini yo‘qotishi oqibatida kredit tashkilotining iqtisodiy barqarorligiga beqaror zarar etkazilishi mumkin.
Bank barqarorligi uning faoliyati yo‘nalishlari nuqtai nazaridan ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Bank faoliyati, uning o‘ziga xos ekanligiga qaramay, serqirradir. U nafaqat mohiyatini (kredit, depozit, hisob-kitob) tashkil etuvchi bitimlarni, balki qonun bilan belgilangan boshqa operatsiyalarni ham qamrab oladi. Amaliyotda bejizga kredit portfelining barqarorligi, resurslarning barqarorligi, mijozlar bazasining barqarorligi va boshqalar haqida gapirishadi. Risklarni hisobga etarli bo‘lmagan holatda faoliyatning har bir yo‘nalishi muvozanatsizlikka olib kelishi mumkin, nafaqat bunday har bir yo‘nalishning samaradorligiga, balki kredit muassasasining umumiy iqtisodiy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. SHuning uchun bank faqat umumiy barqarorlik holatini emas, balki o‘z faoliyatining har bir tomonini ham nazorat qilishni talab qiladi.
Faoliyat yo‘nalishlarining barqarorligi bilan bir qatorda, banklar tomonidan bozor ehtiyojlariga muvofiq alohida operatsiyalar va bitimlarni amalga oshirishda vujudg keladigan operatsion barqarorlik ham farqlanadi. Barqaror rivojlanishni da’vo qilayotgan banklar muqarrar ravishda o‘z faoliyatini kengaytirishni, bank texnologiyalarini takomillashtirishni va bank mahsulotlari va xizmatlarining sifatini yaxshilashni ta’minlashi kerak. Mijozlarning talablariga kech javob berish kredit muassasasining raqobatbardoshligini kamaytiradi, aktivlar va majburiyatlarning izchil o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Aktiv va passiv operatsiyalar hajmini oshirish va sifatini oshirish banklarning operatsion barqarorligini rivojlantirishning asosiy shartlaridan biridir. U yoki bu operatsiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ularning o‘rtasidagi muvozanatga olib kelmasligi muhimdir. Masalan, kredit operatsiyalarini rivojlantirish nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda shuni anglatadiki, bank kreditlarni jalb qilish va ularni qayta taqsimlash uchun mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha operatsiyalar hajmi o‘rtasidagi muvozanatni emas, balki ularning shartlarga muvofiqligini ta’minlashi kerak.
Rivojlanish va holat xususiyati sifatida barqarorlik uzoq muddatli xarakterga ega bo‘ladi, shu sababli tasniflash nuqtai nazaridan, eng avvalo, bankning uzoq muddatli barqarorligi alohida ajratib ko‘rsatiladi. Ba’zi vaqtlarda faoliyat barqarorligi pasayishi mumkin, lekin taraqqiyot tomon harakatning mohiyatidan kelib chiqib, tendensiya saqlanib qoladi. Qisqa muddatli barqarorlik bu – vaqt bo‘yicha o‘ringa ega bo‘lmagan, faoliyatning yuqori sifatiga, haqiqiy va hayoliy, tasavvurdagi barqarorlikdir. Ko‘pincha banklar tomonidan jiddiy yutuqlar sifatida talqin qilinadigan qisqa muddatli yutuqlar faqatgina "shirin o‘zini o‘zi aldash"ga kiritilishi mumkin, baholashda sub’ektivlik va eyforiyaga qaramasdan, baholashdagi mubolag‘a aslida bank faoliyati samaradorligini oshirishni sekinlashtirgan nomutanosibliklarning kech bartaraf etilishiga olib keladi.
Bank xodimlari tarkibi bo‘yicha odatda bank faoliyatining barqaror rivojlanishi haqida mulohaza yuritish mumkin bo‘ladi. YAxshi, barqaror bank bu - yaxshi kadrlarga ega bo‘lgan bankdir. Bu erda ko‘p narsa oliy darajadagi menejmentga ham, umuman olganda zamonaviy bilim va zarur kasbiy mahoratga ega bo‘lgan mutaxassislar guruhiga ham bog‘liq. Qoidaga ko‘ra, eng malakali kadrlar barqaror bankda mujassam topadi. Aksincha, beqaror rivojlanishni namoyish etadigan bank, yuqori malakali mutaxassislarning etishmasligini his qiladi; u yuqori darajadagi xodimlar aylanmasiga ega, bunday bankning faoliyati yomonlashishi bilan, qoidaga ko‘ra, malakali ishchilar "qochishga tushadi ". Barqaror rivojlanadigan bankda xodimlar malakasini oshirishga ko‘p vaqt sarflanadi; beqaror bankda o‘qitish bo‘yicha ta’lim xarajatlari, aksincha, eng past ko‘rsatkichga ega bo‘ladi, bu esa inson resurslarini, yangi istiqbolli xodimlarning oqimini yanada pasaytiradi.
Barqaror rivojlanish nuqtai nazaridan bank bo‘linmalari va boshqaruv apparati strukturasi rivojlanish maqsadlari, strategiyasi va maqsadlariga to‘la mos kelishlari kerak. Boshqa turlar kabi, tashkiliy barqarorlik ham ilg‘or chora- tadbirlarni amalga oshirishni, ushbu holatda - boshqaruv apparati tarkibida faoliyatni yangilash va kengaytirishni ta’minlaydigan tarkibiy o‘zgarishlarni talab qiladi. Boshqaruv apparati strukturasi harakatchan bo‘lishi, muayyan vaqt davomida bank oldida yuzaga keladigan vazifalarga muvofiq o‘zgarishi kerak. O‘z navbatida, strukturalarning tez-tez o‘zgarib borishi, zaruratsiz strukturani almashtirish, aksincha, bo‘linmalar o‘rtasida o‘rnatilgan aloqalarni buzishi, kredit muassasasining barqaror rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin. Bozorning yangi mahsulot va texnologiyalarga bo‘lgan ehtiyojiga zaif javob qaytarishi va shu bilan birga, strukturani yangilashda sustkashlik ham bankning barqarorligi uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Umuman olganda, bank tizimi barqarorligi turlari 18.1-rasmda keltirilgan ko‘rinishda taqdim etilishi mumkin.
Ko‘rib chiqilgan turlardan tashqari, iqtisodiy adabiyotlarda muvozanatlangan barqarorlik va beqaror muvozanatli, doimiy va o‘zgarishda, tez rivojlanadigan, bir xilda rivojlanadigan, doimiy va tez-tez o‘zgarib turadigan, ijtimoiy foydali va egoistik turlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ular haqida yodga olish munozarali xarakterga ega bo‘ladi, biroq bizning modelni tashkil qilishning asosida yotadigan barqarorlik haqidagi tasavvurimizni kengaytiradi.






Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish