Pulning paydo bo’lshi taraqqiyotning rivojlanishining natijasi bo’lib, u ayriboshlash
formalarining rivojlanishining natijasidir. Dastlab ayriboshlashning oddiy yoki
Ayriboshlashning 2 – shakli. Kengaygan shakli. Bunda bir necha tovarlar ekvivalent
19
Nodir metallardan sanalmish oltinga kelib to’xtab qolishligi bir qancha sabablarni o’z
aksida namoyon qildi. Chunki oltinning boshqa metallardan ko’ra ustun tomonlari
bor. Masalan, oltin eskirmaydi, olib yurishga qulay, katta qiymatni ifodalaydi va h.z
XX asr boshigacha pullarning iqtisodiy nazariyasida quyidagicha ikki masala: 1)
pullarning kelib chiqishi va mohiyati haqidagi va 2) pullarning qiymati va xarid qilish
kuchi haqidagi masalalar markaziy o ‘rin egallab kelgan. Birinchi masala bo’yicha
siyosiy iqtisodda ikki yo’nalish — pullarning metallistik va nominalistik nazariyaiari
amal qilgan. Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri mobaynida
turli tovarlar umumiy ekvivalent rolini o’ynagan. Masalan, ayrim joylarda chorva
mollari, ayrim joylarda tuz, ayrim joylarda mo’yna, nodir metallar (kumush, mis,
oltin) va boshqalar. Ekvivalent rolini o’ynovchi turli tovarlar ichidan ba’zi birlari
o’zining barcha tomonidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa boshladi (masalan, nodir
metallar). Chunki, ekviva- lent rolini o’ynovchi tovarlaming barchasi ham
ayirboshlash jarayonida vositachilik vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara olmas
edi. Nati- jada, barcha tovarlaming qiymatini bir xil tovar qiymati orqali taqqos- lash
mumkin bo’lgan qiymatning umumiy shakli vujudga keldi.
Tarix va arxeologiya fanlarining bergan maTumotlariga ko’ra, tovar-pul
munosabatlari eng qadimdan paydo boTgan va rivojlan- gan davlatlardan biri bizning
mamlakatimiz hisoblanadi. Chunki bu yerda pul ishlatila boshlanganiga 2 ming
yildan oshgan. Bunga mi- sol qilib, hozirgi O’zbekiston hududida yashagan xalqlar
va qabila- lar foydalangan dastlabki pul belgilari hamda tangalami ko’rsatish
mumkin. Tarixchilaming tadqiqotlariga ko’ra, eramizdan awalgi V-IV asrlarda
Axmonivlar imperivasida zarb qilingan oltin dariklar va kumush sikllami, eramizdan
awalgi III-II asrlar oxiriga borib, Shimoliy Baqtriya, So’g‘d, Buxoro, Xorazmda
kumush va suberatli (bronza ustiga yupqa kumush qoplangan) “o’xshatma” tangalar
zarb qilinganini aytish mumkin. Bizning mamlakatimizdan ancha keyin, XIX asming
20
oxirida mamlakatlar birin-ketin oltin valyutaga, ya'ni monometall tizimiga o’ta
boshladilar. Bu hol Avstriyada 1892, Yaponiyada 1897, Rossiya- da 1898, AQSHda
esa 1900-yilda sodir boTdi. Angliyada oltin pul tizimi XVII asming oxirida,
Germaniyada 1871-yilda, Gollandiyada 1877-yilda joriy etilgan edi. Umuman
olganda, pulning metallistik, nominalisitik va miqdoriy nazariyalarini farqlash mum-
kin. Pulning kelib chiqishi va muomalada bo’lishi metall pullar bi- lan bog‘liq
bo’lganligi sababli dastlab pulning metallistik nazariyasi vujudga kelgan. Uning
asosiy mohiyati pulni nodir metallar (oltin va kumush) bilan ayniylashtirish orqali
namoyon bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: