«Raqamli iqtisodiyot» fanining
2021/2022 o’quv yili uchun mo’ljallangan
S ILLABUSI
Fanning qisqacha tavsifi
|
OTMning nomi va joylashgan manzili:
|
Guliston davlat universiteti
|
Guliston shahri, IV mavze
|
Kafedra:
|
Iqtisodiyot
|
“Ijtimoiy-iqtisodiy” fakultet
|
Ta’lim sohasi va yo’nalishi:
|
340100– biznes va boshqaruv
|
5230100-Iqtisodiyot
|
Fanni (kursni) olib boradigan o’qituvchi to’g’risida ma’lumot:
|
Zikriyayev Zokirjon Ma’mirovich
|
e-mail:
|
zokirjon@gmail.com
|
Dars vaqti va joyi:
|
Bosh bino 2-ma’ruzalar zali
|
Kursning davomiyligi:
|
06.09.2021-25.12.2021
|
Individual grafik asosida ishlash vaqti:
|
Chorshanba va payshanba kunlari 15.00 dan 17.00 gacha
|
Fanga ajratilgan
Soatlar
|
Auditoriya soatlari
|
Mustaqil ta’lim:
|
42
|
Ma’ruza:
|
52
|
Amaliyot
|
52
|
Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi :
|
"Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar", "Boshqaruv va biznes jarayonlarida ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari", "Markazlashmagan ma’lumotlar reestri texnologiyasi va kriptoaktivlar", “Raqamli biznes modellar", "Intellektual axborot tizimlari", "Tizimli taxlil va loyihalashtirish”, “Axborot xavfsizligi", "Internet texnologiyalari"
|
Fanning mazmuni
|
Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:
|
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga raqamli iqtisodiyotni biznes va ijtimoiy sohadagi o‘rni va axamiyatini o‘rgatish, biznes jarayonlarini raqamlashtirish, biznes modellari, elektron tijorat, blokcheyn texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifalari - - talabalarga raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini tashkil etish, blokcheyn texnologiyalarning mohiyatini anglab yetish, global axborot resurs bazalaridan samarali foydalanish, davlat-xususiy sheriklik shartlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, axborot xavfsizligi muammolarini aniqlash, elektron biznes jarayonlarini samarali tashkil etish, elektron tijorat modellaridan samarali foydalanish yuzasidan samarali qarorlar qabul qilishni o‘rgatishdan iboratdir.
|
Talabalar uchun talablar
|
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
- raqamli iqtisodiyotning texnologik, xolati, tashkiliy-huquqiy hamda institutsional xususiyatlarini inobatga olgan holda vaziyatlarni to‘g‘ri modellashtirish, raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini tashkil etish, blokcheyn texnologiyalarning mohiyatini anglab yetish, global axborot resurs bazalaridan samarali foydalanishning usul va yo‘llarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, "blokcheyn" texnologiyalarini joriy etish,
davlat-xususiy sheriklik shartlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish, eng istiqbolli va strategik muhim loyihalarni amalga oshirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun platformalar tashkil etish, startaplarni ishlab chiqish va amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- raqamli transformatsiyaning ijobiy hamda salbiy oqibatlari, ularga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, raqamli iqtisodiyotning makro hamda mikro darajadagi ko‘rsatkichlarga ta’sirini baholash. raqamli transformatsiya samaradorligini baholash, axborot xavfsizligi muammolarini aniqlash, davlat xususiy sherikchilik asosida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, biznes jarayonlarini samarali tashkil etishga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash va ularni baholash, elektron tijorat modellaridan samarali foydalanish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |