4-maruza. THOMSON REUTERS (Web of Knowledge – Web of Science) ma`lumotlar bazasida ishlash
Reja:
WEB OF SCIENCE MA’LUMOTLAR BAZASIDA
ISHLASH
Web of Science ma’lumotlar bazasining tarkibi
Kalitli so’zlar.: EBSCO, Elton Bryson Stephens Sr, uskuna, bibliografik, konferensiya, korporatsiyasi, iqtiboslik, ilmiy resurslar, EBSCO Publishing va h.k.
Mavzuning maqsadi.: "EBSCO" – (bu Elton B. Stephens Company ning qisqartmasi) axborot xizmatlari, Kutubxona texnologiyasi qo'llanmalar. dunyo bo'ylab juda ko'p turdagi kutubxonalarga mahsulot va xizmatlarni taqdim etish masalalari o’rganiladi.
Web of Science resurslari va vositalari haqida umumiy ma’lumot WEB OF Core Collection– bu ilmiy jurnallar, jurnal maqolalari va monografiyalarni iqtibosligini aks ettiruvchi eng obro’li referativ bazaga ega analitik axborot tizim.
Baza o‘zida turli ilmiy sohalarga oid 12000 ilmiy jurnal va 120000 ilmiy konferensiya to‘plamlarini o‘z ichiga olgan
qidiruv va tahlil vositalarini jamlagan. Unda 20 yillik arxiv to‘plangan.
WEB OF SCIENCE MA’LUMOTLAR BAZASIDA ISHLASH. Web of Science quyidagi vositalarni o‘z ichiga oladi: InCites – institutlarrning samaradorligini tahlil qilish tashkilotlar faoliyati, ulardagi xodimlar faoliyatini, respublika-dagi, dunyodagi hamkasblari bilan tahlil qilish, solishtirishga
mo‘ljallangan analitik vosita.
Bu vosita qanday savollarga javob berishi mumkin:
sizning mamlakatingizda qancha miqdorda ilmiy
ishlar, maqolalar chop etiladi?
Qanday ilmiy ishlar ushbu sohada eng kuchli?
Qaysi mualliflar bu sohaga katta hissa qo‘shyaptilar?
Mazkur mavzuda qaysi maqolalar eng «yangi» va qaynoq?
Siz faoliyat yuritayotgan institutning eng istiqbolli ilmiy sohalari qaysi?
Institutning dunyoning boshqa ilmiy tashkilotlari bilan xalqaro aloqalari darajasi qanday?
Qaysi jurnallar eng mashhur va samarador hisoblanadi?
InCites yordamida:
Institut va ilmiy muassasalarning ilmiy faoliyati monitoringini olib borish;
Institutlarning (shu jumladan dunyodagi) ilmiy faolligini solishtirish;
Eng nufuzli ilmiy tendensiyalarni kuzatish;
Tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarni kuzatish
hamda xalqaro hamkorlikni tashkil etish imkoniyatlari monitoringini olib borish (kollaboratsiya).
EndNote- bu bibliografik ro‘yxatlarni yaratish va havolalarni boshqarish uchun dasturning onlayn shakli hisoblanadi.
Bu dastur yaratilgan ilmiy hujjatlarni tekshirishga,
formatlashga, to‘g‘rilashga va axborot qidiruviga sarflanadigan vaqtni tejashga yordam beradi.
Mazkur resursdan Web of Science xizmati bilan birga
onlayn rejimda, EndNote dasturining shaxsiy kompyuter uchun mo‘ljallangan shakli yoki mustaqil mahsulot sifatida ham foydalanish mumkin.
Web of science ma’lumotlar bazasida ishlash